Turkiy dunyo: Daryolar tutaşganda…
Global munosabatlarda turkiy mamlakatlarning örni tobora oşib bormoqda. Bu borada 2009 yil 3 oktyabrda taʼsis etilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi muhim örin tutadi. Mazkur tuzilma faoliyatida Özbekiston, Turkiya, Qozoğiston, Qirğiziston va Ozarbayjon aʼzo, Vengriya esa kuzatuvçi maqomida iştirok etib kelmoqda.
Poyoniga yetayotgan 2021 yil mazkur xalqaro birlaşma tarixida yangi sahifa oçdi. Xususan, 12 noyabr kuni Istanbulda bölib ötgan VIII sammitda Turkiy kengaş nomi Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) deb özgartirildi. Bu esa xalqaro munosabatlar tizimida tölaqonli yangi taşkilot paydo bölganidan dalolat beradi.
Taʼbir joiz bölsa, daryolar birlaşib azim dengizga aylanmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham Istanbul sammitida iştirok etib, hamkorlikning ulkan salohiyatini röyobga çiqarişga qaratilgan muhim takliflarni örtaga taşladi. Davlatimiz rahbari, jumladan, Turkiy davlatlar savdo hamkorligi tadqiqot markazi, Injiniring va texnologiyalar markazlari taşkil etiş, “TDTning transport sohasidagi özaro boğliqlik dasturi”ni işlab çiqiş, “Turkiy dunyo turizmi” va “Tabarruk ziyorat” loyihalarini amalga oşiriş kabi taşabbuslarni ilgari surdi.
Sammit yakunida öndan ortiq hujjat, jumladan, “Turkiy dunyo nigohi – 2040” imzolandi. Xöş, mazkur strategik hujjat özaro robitalarni kuçaytirişda qay darajada ahamiyatli? Qariyb 4,5 million kvadrat kilometr maydonni egallagan, 160 milliondan ziyod nufuzga ega, yalpi milliy mahsuloti 1,5 trillion AQŞ dollarini taşkil etayotgan TDT xalqaro muammolarni hal etişda qanday yeçimlar taklif eta oladi? Taşkilot aʼzolari – Turkiya hamda Qozoğistonning yurtimizdagi elçilariga uşbu savollar bilan murojaat qildik.
Olgan BEKAR, Turkiyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi:
– Turk dunyosining kelgusi 20 yillik istiqboli aks etgan “Turkiy dunyo nigohi – 2040” konsepsiyasi taşkilotga aʼzo hamda kuzatuvçi mamlakatlar örtasida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantiriş borasida zarur çora-tadbirlarni öz içiga oladi. Bu jihatdan uni yöl xaritasi deb ataş mumkin. Uşbu dasturilamal hujjatni qabul qiliş ğoyasi Qozoğistonning Birinçi Prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan ilgari surilgan edi.
Siyosat va xavfsizlik, iqtisodiyot va sektorlararo hamkorlik, xalqaro hamda uçinçi tomonlar bilan aloqalar kabi tört asosiy yönalişga tayangan uşbu hujjat aʼzo davlatlarning milliy va jamoaviy jabhada kuçli bölişini taʼminlovçi strategik yondaşuvlarni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir.
“Turkiy dunyo nigohi – 2040” siyosat jabhasida muştarak manfaatlar doirasiga kiruvçi xalqaro va mintaqaviy masalalar böyiça muntazam maslahatlaşuvlarni yölga qöyişga xizmat qiladi. Iqtisodiy sohada aʼzo mamlakatlar örtasida tijoriy munosabatlarni kengaytiriş, savdo hajmini oşiriş, aʼzo ölkalarni Şarq va Ğarb – Şimol va Janub savdo yöllarini boğlovçi kuçli iqtisodiy guruhga aylantiriş, şuningdek, raqamli robitalarni joriy etiş kabi maqsadlar közlangan. Madaniyat jabhasida esa turk dunyosi madaniy merosining yaxlit röyxatini şakllantiriş hamda ularni muhofaza etiş, xalqlarimizni yanada yaqinlaştiriş uçun har yili hamkorlikda film, musiqa festivallari va tadbirlarni taşkil etiş asosiy maqsadlar sifatida belgilangan.
TDTning xalqaro munosabatlarda işonçli iştirokçi sifatidagi örni va taʼsirini kuçaytiriş ham muhim vazifa sanaladi. Bu maqsadda uçinçi mamlakatlar, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar bilan hamkorlikni kuçaytiriş maqsad qilingan. Strategik hujjatda bu borada BMT va uning tuzilmalari, Islom hamkorlik taşkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik taşkiloti, Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş bilan munosabatlarni mustahkamlaş, şuningdek, Yevropa Ittifoqi, Qora dengiz iqtisodiy hamkorligi taşkiloti, Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti va Vişegrad guruhi singari mintaqaviy tuzilmalari bilan robitalarni yölga qöyiş belgilangan.
Muxtasar aytganda, jahon ayvonida şiddatli özgarişlar röy berayotgan bir pallada beqaror xalqaro muhitda böy körsatayotgan muammolarni hal etiş uçun strategik hujjat suv bilan havodek zarur edi. Xalqlarimizning til, madaniyat va muştarak tarixidan maʼnaviy kuç olgan TDT taʼsis etilgan ilk kezlardanoq aʼzolar örtasida robitalarni bosqiçma-bosqiç takomillaştiriş uçun mustahkam poydevor qöyilgan edi. Sobiq Turkiy kengaş hayotga tatbiq etgan maqsad-ğoyalar esa endilikda Turkiy davlatlar taşkiloti deya yangi nom bilan atalgan tuzilma faoliyatida töliq aks etmoqda. “Turkiy dunyo nigohi – 2040” uşbu yönalişlarga hayotbaxş kuç bağişlovçi dasturdir.
Nazarimda, TDT mavqe-maqomining oşişi aʼzo mamlakatlar örnini mustahkamlab, ularning farovonligini taʼminlabgina qolmay, turkiy dunyoning boşqa mintaqalardagi rolini kuçaytirişga, ayni çoğda, umuminsoniy ezgu maqsadlar röyobiga xizmat qiladi.
Darxon SATIBALDI, Qozoğistonning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi:
– Turkiy tilli davlatlar bilan munosabatlarni çuqurlaştiriş hamişa Qozoğiston Respublikasi taşqi siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri bölib qoladi. Bu borada Qozoğiston Respublikasi Birinçi Prezidenti – Elboşi Nursulton Nazarboyevning ham xizmati katta. Turkiy kengaşning joriy yil noyabr oyida Turkiyada ötkazilgan VIII sammitida Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jömart Toqayev hozirgi murakkab davrda muşkulotlarni yengiş, barqaror taraqqiyot yölida bir yoqadan boş çiqarib harakat qiliş, yangi texnologiyalarni işlab çiqariş böyiça yaqindan hamkorlik qiliş muhim vazifa ekanini taʼkidladi. Davlatimiz rahbari zamonaviy muammolarni hal etişda turkiy mamlakatlar hamkorlik qilişi mumkin bölgan ustuvor yönalişlarni sanab ötdi.
Birinçidan, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan keng foydalaniş. Bu esa istiqbolda uglerod betarafligiga yöl oçadi.
Ikkinçidan, vodorod energetikasini rivojlantiriş. Bu borada TDT mamlakatlarining yetakçi ilmiy muassasalari saʼy-harakatlarini uyğunlaştiruvçi xalqaro konsorsium tuziş taklifi ilgari surildi.
Uçinçidan, global isiş, suv va oziq-ovqat xavfsizligi, transçegaraviy suv manbalaridan samarali va odilona foydalaniş böyiça birgalikda qarorlar işlab çiqiş. Qozoğiston tomoni hamkorlikda gidroinşootlar qurişga tayyorligini bildirdi.
Törtinçidan, “yaşil” texnologiyalar va loyihalarni amalga tatbiq etiş uçun “yaşil” kapital bozorini rivojlantiriş. Davlatimiz rahbari “Ostona” xalqaro moliya markazi hamda Qozoğiston fond birjasining boy tajribasi va keng imkoniyatlarini hisobga olib, turkiy mamlakatlarning “yaşil” obligatsiyalarini mazkur tuzilmalar platformalariga joylaştirişni taklif qildi.
Beşinçidan, şahar aholisi soni oşib borayotganini inobatga olgan holda xizmat sifatini oşiriş. Bu borada turkiy mamlakatlarning IT kompaniyalari örtasida “aqlli şahar” loyihalari doirasida hamkorlikni kuçaytiriş lozimligi taʼkidlandi.
Qardoş Özbekistonning TDTga aʼzo bölişi tuzilmaning nufuzini oşirganini mamnuniyat ila qayd etişni istardim. Bu esa turkiy tamaddun hamda savdo-investitsiya aloqalarini rivojlantirişda yangi istiqbol eşiklarini oçadi, bojxona va tranzit jarayonlari, şuningdek, bank-moliya operatsiyalarini soddalaştirişga xizmat qiladi.
Biz Özbekistonning uzoq davom etayotgan pandemiya tufayli yuzaga kelgan muammolarni hal etiş, iqtisodiyotni qayta tiklaş va madaniy-gumanitar aloqalarni jonlantiriş borasidagi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaymiz. Taʼkidlaş joizki, 2022 yilda TDTning ilk sammitiga aynan Özbekiston mezbonlik qiladi. Uşbu anjuman turkiy dunyo ölkalari robitalarini yanada mustahkamlaşiga işonçim komil.
Sobirjon SALIM yozib oldi.
