Hujjat qanday yuritiladi? Yoxud Mahmudxöja Behbudiyning “Kitobat ul-atfol” asarini öqiganmisiz?

Turkiston ölkasida hujjatçilik va til tarixida mavjud qoidalarga asoslangan manbalarni hisobga olmasdan, ularni tarixiy tajribasidagi ijobiy va salbiy jihatlarini çuqur ilmiy tahlil qilmasdan, hozirgi hujjatçilik va til tarixining mohiyati va ahamiyatini töliq tuşuniş va baholaş mumkin emas. Şuning uçun ham mamlakatimiz tarixiy qimmatga ega bölgan asarlarini örganiş va ularni kelajak avlodlarga yetkaziş borasida köpgina xayrli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, XX asr boşlarida hujjatçilik va til tarixida yaratilgan asarlar bugungi kunda ham özining qadrini va qimmatini yöqotgan emas.

 

Şunday asarlardan biri Mahmudxöja Behbudiy tomonidan yozilgan “Kitobat ul-atfol” (Bolalar uçun yozuv kitobi) kitobi. 1908 yili Samarqandda naşr qilingan. Inqilobgaça ikki marta çop etildi. Ikkinçisi 1914 yilda qayta çiqarilgan. U özbek va fors tillarida yozilgan.

“Kitobat ul-atfol” kitobi Behbudiy tomonidan XX asr boşlarida usuli jadida maktablariga hujjatçilik va til qoidalarini örgatiş maqsadida yaratilgan yangi usuldagi uslubiy qöllanma hisoblanadi. U XX asr boşida Turkiston ölkasida hujjat yuritiş va til sohasida islohotlarni amalga oşiriş nuqtai nazaridan tuzilgan.

Qöllanmada hujjat yuritiş qoidalari öz aksini topgan bölib, yaʼni ota va onaning bolalarga munosabatlari; ota-ona oldidagi burçi; bolalarning huquqlari; xat yozmoqning qoidalari va şartlari; mahalliy hokimiyatga ariza yoziş; maʼlumotnoma; tasdiqnoma; mamlakat fuqaroligi uçun va xorijiy pasport beriş; şahodatnoma; tilxat kabi hujjat namunalarining yoziliş tartibi va qoidalari öz aksini topgan.

Şuni aytiş lozimki, tarqqiyparvar M.Behbudiy uşbu qöllanmani usuli jadida maktabining oxirgi bosqiçi uçun möljallab yozgan edi. Çunki, Behbudiyning taʼkidlaşiça, usuli jadida maktabini tamomlagan öquvçi barça zamonaviy fanlarni egallaş bilan bir qatorda Turkiston ölkasida tijorat işlari bilan şuğullanişi, mirzo sifatida işlarini amalga oşirişi, ölkaning bölisnoyxonalarida, idoralarida işlaşi mumkin bölardi. Bu qöllanma asosan öquvçiga mavjud idora va organlarda iş yuritiş qoidalaridan saboq berişga muljallangan edi.

Ayni paytda muallif kitobni naşr etişdan maqsadini ham aytib ötadi. Yaʼni: “Biz ham şul qoidağa binoan majmuai kitobat va inşo” unvonida avlodi vatan uçun rasmiy va xususiy hamda Turkistonning şarʼiy va milliy maxkamalarina maʼmul(amaldagi) barça vasoyiq(vosiqalar), hujjatu va biljumla musulmon volosnöyi upraviteli (nohiya mudiri) huzurinda böladigan doznoniya, protokul, qabohatnoma va rasmiy har nav maktublarni muxtaviy(öz içiga olgan) bir neça juzdan murakkab bir asar tahrir va naşr etmoq amalinda eduk. Şu maqsadğa uşbu “Kitobat ul – atfol” naşri ila şuruʼ etdim. Matlabimizning asosi bolalar va barça talaba toqatinça, tavhidi lison(til birligi), taʼmim(yoyiş) va tafhimi(tuşuntiriş) maktuboti turkiya va forsiyadan iboratdur”.

Behbudiy qöllanmaning uşbu kiriş sözida yozgan maqsaddan, qolaversa asarning tuzilişidan ham maʼlum böladiki, muallif ayni paytda hujjatçilik bilan şuğullanuvçi idoralar uçun iş yurituvçilar, boşqaruvçilar, mahalliy hudud rahbarlari, rahbariyat tarkibida olib boriladigan suriştiruvlar, davlat idoralari uçun majlis bayonnomalari, idoralar örtasida yoziladigan xatlarning mazmuni, barça fuqarolik holatlari bilan boğliq rasmiy yozişmalar kabi hujjatlarning namunalarini zamonaviy avlod mutaxassislarini tayyorlaş niyatida amalga oşirgan.

Maxmudxöja Behbudiy “Kitobat ul – atfol” qöllanmasida qöyidagi yönalişlarni urganib, öqib, amaliy jihatdan   köramiz:

  1. Iş yuritiş sohasidagi barça yönalişlarda “xat yozmoqning şartlari”;
  2. Xat yoziş usullarining odobi va madaniyati;
  3. Iş yuritiş hujjatlarida tiniş belgilarning qöllanilişi qoidalari;
  4. Şaxsiy xat yoziş qoidalari;
  5. Idoralarga xat yoziş tartiblari;
  6. Ota – onaga xat yozmoq tartiblari;
  7. Farzandga xat yozmoq tartiblari;
  8. Döstiga xat junatmoqning uslubi;
  9. Qarindoşga xat yozmoqning tartiblari;
  10. Fuqaroni tasdiqlovçi pasport beriş tartib­lari;
  11. Tasdiqnoma yoziş qoidalari;
  12. Şahodatnoma yoziş qoidalari;
  13. Işonçnoma yoziş tartiblari;
  14. Ariza yoziş qoidalari.

Qöllanmadagi iş yuritişning “Xat yozmoq şartlarida” uning ön sakkizta qoida keltiriladi. Eng avvalo iş yurituvçi maʼlum bir masalada xat yozişi zarur bölganida, uşbu istaydigan masalasini anglagan, özi yaxşi tuşungan bölişi zarur. Xat yozuvçi xatning mazmunida yaʼni tekstida özi bilmaydigan, tuşunmaydigan sözlarni kiritmasligi aytiladi.

Muallif iş yuritişda sözning qudrati, sözning muhimligiga alohida eʼtibor qaratib, har bir sözni öz qoidasi, öz imlosi böyiça yoziş talab etilişi körsatiladi. Xatni şaxsiy fuqarolarga bölsin, idoralarga bölsin uni mulohaza qilib, uning yetib borganida oluvçiga öz taʼsirini ötkazişini öylab,   fahm bilan yubormoq maqsadga muvofiq, deyiladi.

Şaxsiy xat yozilganda yoki idoraga xat yoziganda uning aybini yuziga solib, yaʼni körligini, karligini, öğriligini, içuvçiligini qolaversa, barça yomon xis­latlarini aytib yozmoq taʼqiqlanişi belgilangan. Qöllanmada qayd etiladiki, agarda yozilişi lozim bölgan holatlar yaʼni sudning hukmlari bölsa bundan mustasno ekanligi ham kiritilgan.

Hujjatçilik va til qoidalari   kitobida xat yozişning qoidalari sifatida yuboriladigan xat mazmunida özi tuşungani bilan boşqalar tuşunmaydigan, köçada qöllaniladigan jargon sözlar, köçada qöllaniladigan boşqa atamalar, ayb deb qaraladigan sözlar, har xil laqablar ham yozişilişi taʼqiq sifatida körsatiladi. Bundan taşqari, yuritilayotgan yozişmalarda xalq orasida unutilib ketgan, eski sözlar, qöllanmayotgan atamalar ataylab yozişmalarga kiritilişi notuğri ekanligi tuşuntiriladi. Qolaversa, ayni paytda öquvçini zehnini tuşurib yuborişi, halovatini buzişi, uni taşvişga qöyişi mumkinligi aytiladi.

Behbudiy har doim til masalasiga alohida eʼtibor qaratgan. Uning “Til masalasi”, “Ikki emas tört til lozim” kabi ilmiy maqolalari şular jumlasidandir. Uşbu munosabatlardan kelib çiqib, xat yoziş qoidalarida ham tilga eʼtibor masalasi alohida ajralib turadi. Aytiladiki, yozişmalarda öz tilingda yoziladigan sözlar, iboralar örniga rusça yoki xorijiy boşqa tillarda qöllaniladigan sözlarni, iboralarni qöllaş, işlatiliş mumkin emas.

Qöllanma qoidalarida idoralarga yozilayotgan xatlar kamsöz, serʼmano va ixçam tarzida bildirilişi talab qilinadi. Yozilgan xatlarni, maqolalarni mutaxassisga, öz muallimiga yoki ahli döstiga körsatib, kamçiliklarni bilmoq joiz, deyiladi. Bundan taşqari, yozilayotgan maqolada, xatlarda joylarning nomlari, mahallalarning, şaharlarning nomlari aniq holda yozilişi, qayd etilişi bildiriladi.

“Kitobat ul-atfol” (Bolalar uçun yozuv kitobi) qöllanmasida yozilgan qoidalar böyiça maktub, xatlarda taʼna, hazil, fisq, gunohga taalluqli sözlar, iboralar umuman keltirilmasligi belgilanadi.

Qöllanmaning ikkinçi yönalişi bu — yoziladigan xatlarning turlari beriladi. Yaʼni, xatlar birinçidan, xususiy. Ikkinçidan, umumiy xatlarga bölinadi. Muallifning taʼrifiga köra, xususiy xatlar ikki kişi orasida yoziladigan munosabat xatlaridir. Manbada xususiy xatlarning ham odabi körsatib beriladi. Yaʼni, xat yozadigan fuqaroning ismi, mansabi, muddosi kabi sifatlari körsatiladi.

Özbek hujjatçilik tarixida til, uning odobi, axloqi, uning iş yuritiş sohasidagi qoidalari mavjud asarlar içida “Kitobat ul-atfol” alohida ajralib turadi. Unda tiniş belgilarni ham öziga xos nomlanişlari örin egallagan. Jumladan, söroq belgisini alomati savol; undov belgisni alomati nido, taajjub xitob; tere esa, ikki sözni farq qilaturgon alomat; barobar esa, ikkisi bir poğonada; vergul esa, ozgina turmoq uçun; ikki nuqta esa bayon va tafsil uçun; köp nuqtalar esa, notamom sözlar; sözning oxiri yoki vaqfi tom alomati kabi atamalar bilan berilganligini köramiz.

“Kitobat ul-atfol” hujjatçilik sohasida tarixiy qöllanma hisoblanib, ayni paytda jadidlar maktabida darslik sifatida foydalanilgan. Unda til qoidalari mujassamlaşgan. Yaʼni matnlar, xatlar, hujjatçilikka oid tahlillar berilganki, bular öquvçini, talabalarni tarbiyalaş va öz savodlarini anglaşida alohida vosita hisoblanadi. Qöllanmada berilgan matnlarda odob va axloq qoidalarining yuqori darajada qöllanganligini köramiz.

Şu boisdan Behbudiyning “Kitobatul – atfol” kitobi hujjatçilikning manbasi sifatida tarixiy qimmatga ega. U bir asrdan oşganligiga qaramasdan hali ham öz kuçini yöqotgan emas.

 

PS: Uluğ jadidçi bobomizning uşbu asari bugungi kunda ham öz ahamiyatini yöqotmagan. Qaçonki, bugun köpçilik xat yozişni “unutib” yuborar darajaga kelgan bölsa-da, ayrim taşkilot, korxona va idoralardan, hokimliklardan jönatilayotgan baʼzi bir xatlarni öqib, kulişni ham, kuyişni ham bilmaysan. Pala-partiş, sözlarning noörin qöllaşi deysizmi, xullas ğirt savodsizlik bilan bitilgan böladi. Demak, qança rivoj topgan jamiyatga qadam qöyilmasin, xat, maktub yoziş, xujjat yuritiş madaniyati, ilmni puhta bilmoq kerak.

Normurod AVAZOV,

Toşkent davlat sanʼat va madaniyat instituti

“Til va adabiyot” kafedra mudiri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan