Ilmdan özga najot yöq

Asalari bilan inson bolasi örtasidagi farq haqida heç öylab körganmisiz? Yigirma kunlik asalarini guldan–gulga qönib, asal yiğayotganini köp körgandirsiz. Inson farzandi esa ikki yoşdan oşib oyoqqa turadi, gapirişni örgana boşlaydi. 6-7 yoşlarida maktabga boradi. Öqiş- yozişni örganadi. Maktabni va oliy öquv yurtini tugatguniga qadar yana öqiydi, örganadi, izlanadi. Çunki inson yaşaşi uçun avvalo, biror kasb yoki hunarni, qolaversa, hayotni, jamiyatni örganişga muhtojdir. Biroq asalari bolasi-çi? U asal yiğişni örganişi uçun na öqişga, na oliy öquv yurtini bitirişga ehtiyoji bor. U dunyo hayotiga mukammal holda yuborilgan. Inidan çiqar- çiqmas işini boşlaydi. Biz esa nafaqat yigirma kun yoki yigirma yil, balki umr böyi öqiş, örganişga muhtojmiz. Inson öz qobiliyatini bilim va tajriba bilangina oşiradi.

Buyuk şoir Zahiriddin Muhammad Boburning quyidagi ham maʼno, ham söz öyini jihatidan çiroyli misralariga nazar soling:

Kim yor anga ilm, tolibi ilm kerak,

Örgangali ilm tolibi ilm kerak!

Men tolibi ilmu tolibi ilme yöq,

Men bormen, ilm tolibi ilm kerak.

Har bir insonning öz hayot falsafasi va yöli bölganidek, har bir davlatning öz taraqqiyot strategiyasi böladi. Buni belgilaşda esa millat yetakçilarining salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Singapurni olaylik. Taʼbir joiz bölsa, “yöqdan bor bölgan” uşbu davlatni bugun dunyoning barça joyida bilişadi, havas qilişadi. Holbuki, yarim asr muqaddam bu hudud mustaqillik eʼlon qilganida Malayziya davlati unga qarşilik ham körsatmagan edi. Hatto bitta “boş oğriq”dan qutulganiga xursand ham bölgandir? Lekin Singapur bugun nafaqat iqtisodiyoti bilan, balki möʼjizaga boy maskanlari bilan jahon sayyohlari xaritasining eng yorqin nuqtasiga aylandi. Bu ulkan evrilişlar bir inson — haqiqiy maʼnoda yetakçi Li Kuan Yu nomi bilan boğliq. U davlat hamda fuqarolar örtasida uzviylikni taʼminlay oldi va dunyo iqtisodiyotiga “Singapur möʼjizasi” degan atamani olib kirdi.

Xitoy iqtisodiyotida öziga xos inqilob yasagan Den Syaopin islohotlari esa bugun uşbu davlatni jahonning yetakçilari qatoriga olib çiqdi. Kiçik biznesni rağbatlantirişdan boşlangan islohotlar yirik kompaniyalar, korporatsiyalar darajasigaça kötarilib, jahon bozorini zabt etdi. Bugun dunyoning har bir mintaqasida dasturxondagi taomdan tortib, maişiy texnikagaça Xitoy mahsulotlarini köriş mumkin. Yuqoridagi davlatlarda erişilgan yutuqlar fan va taʼlimdagi yangiliklarni hayotga keng tat­biq etilganligining natijasidir.

Ilm-fan – har qanday davlatning bugungi kuni va kelajagini belgilaydigan muhim sohadir. Özbekiston zamini jahon ilm-fani va madaniyati taraq­qiyoti yönalişini maʼlum darajada belgilab bergan uluğ allomalari, buyuk mutafakkirlari bilan şuhrat qozongan.

Davlatimiz rahbari akademiklar va ilm-fan ziyolilari bilan 2016 yil dekabr oyida ötkazgan uçraşuvda şunday degan edi: “Ilm-fan bilan şuğullaniş, yangi kaşfiyot va ixtirolar qiliş igna bilan quduq qazişdek gap. Şunday ekan, bu maşaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan   olimlarimizni mehnati tahsin va rağbatga munosib”.

Şu asnoda Özbekiston Prezidentining topşiriğiga asosan “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot işlarini taşkil etiş, boşqariş va moliyalaştirişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Şuningdek, maktabgaça, maktab, örta maxsus va oliy taʼlim, akademik ilmni rivojlantirişga doir qabul qilingan qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar soha rivojida yangi davrni boşlab berdi. Bugungi kunda Özbekiston Fanlar akademiyasining olimlari buyuk ajdodlarimiz anʼanalarini davom ettirib, mustaqil Vatanimizning ilmiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyoti yölida keng kölamli ilmiy izlanişlarni olib bormoqda.

Özbekistonda davlat ilmiy-texnika das­turlarining ijroçi taşkilotlari hisob­langan 93 ta ilmiy-taʼlim, 73 ta oliy taʼlim, 63ta konstruktorlik, jami 230 ga yaqin ilmiy-taʼlim muassasalari mavjud. Ularda 11 mingdan ortiq fan doktorlari, katta va kiçik ilmiy xodimlar fan taraq­qiyoti yölida xizmat qilayotir. Respublikamizda ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion potensialni yaratiş va taraqqiy ettiriş sohasida katta işlar amalga oşirilmoqda. Fan tizimini boşqarişni takomillaştiriş, ilmiy-innovatsion faoliyatning qonuniy va normativ huquqiy asosini kengaytiriş, akademik va oliy taʼlim tadqiqotlarini takomillaştiriş çoralari amalga oşirilmoqda, işlab çiqarişning innovatsion xarakterini oşiriş, axborot va innovatsion infratuzilmalarini yaxşilaş, yangi ilmtalab korxonalarni yaratiş, yangi yuqori texnologiyalarni joriy etiş işlari faollaşmoqda.

Yurt taraqqiyotini bilimli, dono, har tomonlama yetuk öğil-qizlar belgilab beradi. Unda millat kelajagi poydevoriga asos solinadi. Xalqimizning ertangi kuni qanday bölişiga, köp jihatdan, bugun farzandlarimiz taʼlim-tarbiya olayotgan yangi ilm maskanlariga qöyilayotgan tamal toşiga boğliq.

Bugungi kunda taʼlim-tarbiya tizimida olib borilayotgan islohotlar va bu sohada yaratilayotgan keng imkoniyatlardan ayonki, uçinçi Renessansning maktab ostonasidan boşlanişini tasavvur etiş qiyin emas, maktab yuksak maʼnaviyat beşigi, yoşlarimizni kasbga örgatadigan dargohga aylanişi muqarrar.

“Köpçilik ziyolilar qatorida men ham bir fikrni hamişa katta armon bilan öylayman: mamlakatimizda uçinçi Renessansni XX asrda maʼrifatparvar jadid bobolarimiz amalga oşirişlari mumkin edi. Ular “Ilmdan boşqa najot yöq va bölişi ham mumkin emas”, degan hadisi şarifni hayotiy eʼtiqod deb bildilar”, deya taʼkidlaydi Prezidentimiz.

Ammo bu yuksalişdan manfaatdor bölmagan mustabid tuzum özining qabih rejasini amalga oşirdi: jadidlar jisman qatliom etildi. Aks holda ölkamizda ne evrilişlar, ne yuksalişlar röy berardi, buni tasavvur etiş ham muşkul. Özbekistonda keyingi yillarda amalga oşirilayotgan islohotlarda jahon afkor ommasi dunyo siyosatida yangi bir tölqinni körayotganini eʼtirof etişmoqda. Bu tölqinni harakatga keltirayotgan kuç esa Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan mamlakatning yangi taraqqiyot yölidir.

Biqiq iqtisodiyotdan şaffoflikka ötgan, dunyoga keng quloç oçgan, har bir qadamida odamlar manfaatini ustuvor qöygan öziga xos taraqqiyot yölidir. Taʼbir joiz bölsa, uni beşta “I”- integratsiya, innovatsiya, inson kapitali, işonç va iqtisodiy ösişga asoslangan taraqqiyot formulasi, deb ataş mumkin.

Prezidentimiz mamlakatimiz kelajagini taʼlim va ilmu fanda körayotgani, uçinçi Renessans ğoyasi milliy ğoya darajasiga kötarilgani, zamonaviy dunyoga yuzlaniş hamda dunyo bilan tenglaşmoq istagida ana şu Vatan va millat tuyğusining yana bir jilvalanişini köriş mumkin.

Bu tuyğu xalqimizning qonida jöş urib turgan maʼrifatga taşnalik va öşa olis ötmişdagi buyuk Uyğoniş nasimlarining soğinçi bilan muştarakdir. Şunday ekan, dunyo sahniga yana yangi tamaddun bilan böylamoqqa bu xalq ming bora haqlidir. Uçinçi Renessans poydevorining mustahkam asosi bölib xizmat qiluvçi bugungi buyuk ğoyalarda ana şunday uluğ maqsadlar mujassamdir.

Böri QODIROV,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat

markazi masʼul xodimi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan