Harakatlar strategiyasi: milliy maqsadlarimiz röyobi
Umummilliy ğoya
Har bir xalqning oldiga qöygan uluğ va istiqbolli rejalari mamlakat öz taqdirini qanday köra olişi, unga erişiş salohiyatini ham namoyon etadi. Zero, davlatning milliy strategik maqsadlari majmuining borligi uning ertangi kuni, ezgu maqsadlariga yuksak işonç bor, deganidir.
Mamlakatimizda Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan işlab çiqilgan Harakatlar strategiyasi yurt taqdirini belgilovçi va yangi islohotlar davrini özida ifoda etuvçi umummilliy ğoyaga aylandi. Taʼkidlaş kerakki, mamlakatimizda amalga oşirilgan saʼy-harakatlarning beş yillik sarhisobi örtaga taşlanganda bu yölda muhim dasturilamal bölgan Harakatlar strategiyasi özini munosib ravişda oqlagani isbotlandi.
Xöş, bu sarhisob nimalarni özida ifoda etdi?
Avvalo, mazkur strategiya aniq va ustuvor tamoyillarga ega bölib, barça soha va tarmoqlarni qamrab olgan muhim yönalişlari bosqiçma-bosqiç hayotga tatbiq etildi, dastur va amaliy harakatning izçil birligi uning natijadorligini yanada oşirişga xizmat qildi. Odamlarning tili, millati, dinidan qatʼi nazar tinç va farovon, hayotidan rozi bölib yaşaşi davlatning boş maqsadiga aylandi.
Ayniqsa, kundan-kunga rivojlantirib borayotgan ijtimoiy sohalarda, jumladan, yoşlarga munosib taʼlim beriş, ularni zamonaviy kasb-hunarlar, bilim va salohiyatli insonlar etib tarbiyalaş yölidagi amaliy işlarni barçamiz şukronalik va minnatdorlik bilan tilga olmoqdamiz. Uzluksiz taʼlim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilaş, iqtidorli öğil-qizlar bilan aniq maqsadga yönaltirilgan işlarni amalga oşirişga ham birlamçi eʼtibor qaratilayotgani ahamiyatlidir.
Taʼlim va fan sohasi–strategiyaning “yuragi”
2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beş ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasining törtinçi — taʼlim va fan sohasini rivojlantiriş yönalişida belgilangan vazifa va maqsadlar tölaqonli ado etilayotganiga guvohmiz.
Yaʼni, uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillaştiriş yölini davom ettiriş, sifatli taʼlim xizmatlariga imkoniyatlarni oşiriş, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlaşga jiddiy kirişildi. Natijada, sönggi beş yil içida mamlakatda oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlaş tizimi tubdan isloh qilinişiga erişildi. Bunda maktabgaça taʼlim muassasalari tarmoğini kengaytirişdan tortib, mazkur muassasalarga bolalar qamrovini oşirişgaça samarali qadamlar qöyildi. Umumiy örta taʼlim sifati tubdan oşirilib, maktablarda çet tillar, informatika, matematika, fizika, ximiya, biologiya kabi boşqa muhim va talab yuqori bölgan predmetlar çuqurlaştirilgan tarzda örganilmoqda. Kasb-hunar kollejlari öquvçilarini bozor iqtisodiyoti va iş beruvçilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar böyiça tayyorlaş hamda işga joylaştiriş borasidagi işlar ham yanada takomillaşganini eʼtirof etiş kerak.
Qolaversa, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rağbatlantiriş, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etişning samarali mexanizmlarini yaratiş, oliy öquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslaştirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni taşkil etiş vazifasi bosqiçma-bosqiç ado etilayotir.
Harakatlar strategiyasining muhim ahamiyatlaridan biri bu — mamlakatimizda yoşlarga sifatli oliy taʼlim beriş borasida olib borilayotgan izçil işlarda yanada yaqqol namoyon bölayotir. Birgina oliy taʼlim qamrovining sönggi beş yilda 9 foizdan 27 foizga kötarilgani, 2016 yilda mavjud bölgan 77 ta oliy öquv yurti bugunga kelib 142 tani taşkil etib, oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilarni moddiy qöllab-quvvatlaşga erişilgani mazkur hujjatda belgilangan har bir band öz yeçimi va röyobini topayotganidan dalolat.
Mamlakatda oliy taʼlim tizimini isloh qilişning ustuvor yönalişlarini belgilaş, kadrlar tayyorlaş jarayonini sifat jihatdan yangi bosqiçga kötariş, oliy taʼlimni modernizatsiya qiliş, ilğor taʼlim texnologiyalari asosida ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş maqsadida joriy etilgan Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi esa bizga qöşqanot böldi, desak mubolağa bölmaydi.
Xalqaro hamkorlik ufqlari
Xorijiy mamlakatlar bilan qöşma taʼlim dasturlari doirasida yangi kasblar böyiça mutaxassislar tayyorlaş yölga qöyildi. Buni Farğona davlat universiteti misolida aytadigan bölsak, universitet hamkorlik aloqalarini örnatgan xalqaro oliy öquv yurtlari soni bugungi kunda 70 tadan ortdi. Qozon federal universiteti va Vengriya davlat universitetlari bilan qöşma fakultetlar taşkil etilib, talabalarning bilim oliş darajasi xalqaro standartlarga yanada moslaştirilmoqda. Şuningdek, ilm-fan va innovatsion rivojlaniş sohasidagi ijobiy özgarişlarning oliy taʼlim muassasalaridagi samaralari yoş olim va tadqiqotçilar safining sezilarli daraja oşişi universitet ilmiy salohiyatining yuksalişiga xizmat qilmoqda. Bu esa muhtaram Prezidentimizning “Biz öz oldimizga mamlakatimizda Uçinçi Renessans poydevorini barpo etişdek uluğ maqsadni qöygan ekanmiz, buning uçun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Uluğbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va şaroitlarni yaratişimiz kerak”, degan sözlari zamiridagi uluğvor maqsadning röyobi sari dadil qadamlar qöyilayotganini anglatadi.
Milliy taʼlim sifatini yangi va yuqori bosqiçga olib çiqiş, şuning barobarida oliy taʼlimni Yangi Özbekistonga xos va mos tizimga aylantirişni közda tutgan yuksak islohotlarning Farğona davlat universitetidagi amaliy ifodalari oliygohimizni taʼlim istiqboli sari munosib qadamlar taşlayotganini körsatadi.
Universitetning xalqaro oliy taʼlim yutuqlarini özlaştiriş va taʼlim sifatini dunyo standartlari darajasiga olib çiqişga qaratilgan saʼy-harakatlari ham yangi bosqiçga kötarildi. Yaponiyaning Toxoku universiteti, Moskva davlat universiteti, Germaniyaning Myunster universiteti, Janubiy Koreyaning Hanguk universiteti, Qozoğistonning Yevroosiyo milliy universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Xitoyning Konfutsiy instituti, Şvetsiyaning Lund universiteti singari 70 dan ortiq Yevropa va Şarqiy Osiyodagi nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan örnatilgan hamkorlik riştalari oliy taʼlimning xalqaro yutuqlarini özlaştiriş imkonini beriş bilan birga, talabalarning xalqaro standartlar asosida bilim olişi uçun zamin yaratmoqda. Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti bilan “Filologiya va tillarni öqitiş: rus tili” yönalişida qöşma taʼlim dasturining yölga qöyilgani bu boradagi munosib qadam böldi. Mazkur yönalişdagi hamkorlik aloqalari Tomsk davlat universiteti va Sankt-Peterburg davlat universitetlari ham örnatilişi rejalaştirilgan. Taʼkidlaş kerakki, muhtaram Prezidentimiz eʼtibori va taşabbusi asosida Farğona davlat universiteti va Vengriyaning Etvosh Lorand universiteti örtasida mevaçilik va uzumçilik yönalişida qöşma fakultet taşkil etilişi oliygohimizning agrar soha mutaxassislarini tayyorlaşdagi tajribasiga bildirilgan işonçning belgisidir.
AQŞning Özbekistondagi elçixonasi taşabbusi bilan ötkazilayotgan köplab ilmiy-innovatsion loyihalarga universitetimiz mezbonlik qilmoqda. Birgina Farğona davlat universiteti çet tillari fakultetida bölib ötayotgan EMI (English as a Medium of Instruction) xalqaro loyihasi turli yönalişlardagi fanlar va modullarni ingliz tilida öqitiş tajribasini rivojlantiriş, bu sohadagi strategiyalarni işlab çiqiş, fan öqituvçilariga öquv va baholaş materiallarini ingliz tilida yaratiş imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Britaniya Kengaşi hamda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda olib borilayotgan uç yillik loyiha professor-öqituvçilarining mutaxassislik fanlarini ingliz tilida öqitiş mahoratini yuksaltirişga xizmat qilmoqda.
Ilm-fan — taraqqiyotni belgilaydi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 sentyabrdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan şuğullanayotgan iqtidorli yoşlarni yanada qöllab-quvvatlaş töğrisida”gi Farmoni yoş va izlanuvçan pedagoglar, talabalar uçun alohida imkoniyat va eʼtibor namunasi böldi.
Bugungi kunda universitetimizda Begzod Iminov, Islomjon Möminov, Rustam Umrzoqov, Nizomiddin Qöldoşev, Nuriddin Ahmadiyev, Hasanboy Qodirov, Bekzod Toipov singari yoş tadqiqotçilar fanlar böyiça falsafa doktorligi dissertatsiyalarini himoya qiliş arafasidalar. Kuni keça universitetning özbek tili ixtisosligi 2-kurs doktoranti Gulruh Jöraboyeva esa öz dissertatsiya (PhD) işini muvaffaqiyatli himoya qildi. Filologiya fakulteti dotsenti Gulbahor Roziqova doktorlik (DsC)dissertatsiyasini yoqladi. Joriy yilning özida professor-öqituvçilarimiz safi 4 nafar fan doktori, 33 nafar fanlar böyiça falsafa doktorlari bilan kengaygani ilm-fan taraqqiyotini belgilovçi kuç sanalgan yoş avlodning ilmiy izlanişlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan saʼy-harakatlarning amaliy natijasidir.
Şu örinda aytişim mumkinki, özimning ilmiy işimni yoziş va uni himoyaga olib çiqiş jarayonidagi qiyinçiliklarni yodga olsam, bugungi ilmiy izlanişdagi yoşlar uçun yaratilgan imkoniyatlardan, ularning ilmiy-ijodiy parvoziga yuksak yoşlarparvar siyosat bilan qanot berilganidan quvonib ketaman. Aslida mana şu holatning özida biz oldimizga qöygan strategik maqsadlarning bugungi hosilasini körayotirmiz.
Innovatsion rivojlaniş vazirligi taşabbusi bilan universitetda taşkil etilgan “Texnoways Ferghana” texnologik rivojlaniş marafoni özining yangi innovatsion işlanmalarini yaratgan yuzdan ortiq talabalar va yoş olimlarga ilmiy yuksaliş va muvaffaqiyat olib keldi. “Men innovatorman” şiori ostida ötkazilgan marafon talaba-yoşlar va öqituvçilar örtasida innovatorlikni qöllab-quvvatlaş hamda loyihalarni amaliyotga tatbiq qilişga yordam beriş, yoşlarning innovatsiya, startap, texnologiya, dasturlaş böyiça bilimlarini oşiriş, şuningdek, işlab çiqilgan loyihalarni tijoratlaştiriş könikmalarini şakllantiriş va rağbatlantirişga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi. Unda 17 nafar yoşlarimiz tomonidan taqdim etilgan loyiha va işlanmalar yuqori baholandi va navbatdagi akseleratsiya bosqiçiga yöllanma berildi. Tursunoy Abduvaliyevaning “Elektr tokini ötkazuvçi siyohlar işlab çiqariş”, Bekzod Usmonaliyevning “Agroservis”, Abbosxon Aʼzamovning “Innovatsion ayerator”, Mirzarahim Mirzarahimovning “Real Job”, Dilfuza Xojiyevaning “TEAM work.uz”, Xondamir Rustamovning “BioDataBank.uz” kabi startap loyihalarining istiqboldagi samarasiga alohida işonç bildirildi.
Bugungi kunda oliy taʼlim tizimini yangi sifat bosqiçiga kötariş böyiça boşlangan katta işlar oldimizdagi uluğvor vazifa — Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bölgan, Vatan va xalq manfaatlarini qatʼiy himoya qila oladigan, zamonaviy, keng fikrlaydigan yoş avlodni şakllantiriş maqsadi yölidagi izlanişlarimizni yanada jadallaştirmoqda.
Oldimizda Yangi Özbekistondagi Uçinçi Renessansning tayanç ustuni bölişdek uluğvor maqsad turibdi. Şubhasiz, bu yöldan bizga taraqqiyotning tamal toşi bölgan ilm-maʼrifat mayoği bilan boramiz. Yoşlarimizni ilm-fan, maʼrifat va maʼnaviyat, taraqqiyot yutuqlari bilan taʼmin etmoğimiz esa yanada muhimdir.
Darhaqiqat, Harakatlar strategiyasi bugungi globallaşuv şaroitida Özbekiston uçun siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning eng muhim beş ustuvor yönalişini amalga oşirişning milliy strategik hujjati ekanligi amalda tölaqonli öz aksini topdi. Endilikda Uçinçi Renessans sari munosib odimlar taşlayotgan Yangi Özbekiston strategiyasi jamiyatning yaqin va örta istiqbolidagi taraqqiyotini közda tutgan ustuvor yönalişlari yurtimiz hayotida amaliy ifoda topişiga ulkan umid va işonç bor qalbimizda. Zero, qisqa vaqt içida Ona Vatanimizning yangidan-yangi özgariş va yangilanişlar mamlakatiga aylangani xalqimiz taqdiri yanada porloq va murodbaxş yillarga hamohang bölişini körsatadi.
Bahodirjon ŞERMUHAMMADOV,
Farğona davlat universiteti rektori,
pedagogika fanlari doktori, professor
