Yoruğ tonglar orzusi

Mamlakatimiz hayotida tarixiy voqea: kuni keça bölib ötgan Prezident saylovida xalqimiz öz xohiş-irodasini namoyon etdi. Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati—Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan körsatilgan nomzod, amaldagi Prezidentimiz Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev saylovda qatnaşganlar umumiy sonining 80,1 foiz ovozi bilan ğalaba qozongani eʼlon qilindi.

Bu natija, bu ovozlar — şak-şubhasiz xalqimizning öz Yölboşçisiga yuksak işonçining namunasidir.

Quyida esa davlatimiz rahbari tomonidan yozilgan “Yangi Özbekiston strategiyasi” kitobi xususida fikr yuritmoqçimiz. Zero, uşbu asarda Yangi Özbekiston orzusi, buyuk kelajagimizni bunyod etiş haqidagi oliy niyat, aniq maqsad, rejalar, ğoyalar asosida qalamga olingan.

…Özbekiston Respublikasi istiqlolni   qölga kiritganiga öttiz   yil böldi. Öttiz… Bu   oz muddat emas.   Deylik, yigit 30   yoşda ham jismoniy,   ham maʼnaviy jihatdan   yetiladi. Buni davlat   taraqqiyotiga tatbiq etsak,   şunday savol maydonga   çiqişi mumkin: xöş,   biz mustaqillik şaroitida   yaşab, öttiz yil mobaynida   nimalarga erişdik? Haqli   ravişda aytamizki, Yurtboşimiz Şavkat Mirziyoyevning “Yangi Özbekiston strategiyasi” nomli kitobi erişilgan   zafarlarning eng çöqqisidir.   Eng muhimi, mazkur kitobda   Uçinçi Renessans atamasining   urğulanişi har bir   fuqaroni ruhlantirib yuborişi   muqarrar.

Prezident yozadi:   “Dunyoda heç qaçon   bir xil tong   otgan emas”. Mazkur ibora paydo bölganidan buyon ming yillar ötdi. Bu butun koinot,   tabiat va başariyat   doimiy özgarişda, yangilanişda   deganidir.

Darhaqiqat, insoniyat   ham ana şu   azaliy qonuniyat   asosida   yaşaydi va hayot   keçiradi.

Har qanday yangilanişning mazmun-mohiyati, namoyon böliş xususiyati   şunday.

Davrlar ötaveradi, zamonlar almaşaveradi. Bu yoruğ olamga   kelgan har bir   odamzot avlodi turli   özgariş va yangilanişlar sari intilaveradi”.

Mazkur sözlarning   mağzi osongina çaqilmaydi.

Çunki uluğ jadid bobolarimiz yoruğ tonglarni orzu qilgan edilar.   Akmal Ikromov, Fayzulla   Xöjayev kabi davlat   arboblari, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Çölpon   kabi asl millatparvar adiblar hibsga olinib,   yöq qilindilar. Nega?   Çunki, “millat gullari”   el-ulusni uyğotişga kirişgan   edilar. Ular mahv   etilişi oqibatida xalqimizning buyuk orzulariga rahna solindi.   Yurtboşimiz öşa voqelikka   işora qilib, “davr   farzandlarini yuksak fazilatli   insonlar etib tar­biyalaş”   iborasini işlatadi-da, pirovardida mumtoz mutafakkirlarimizdan söng   jadidlar faoliyatini ham   şaraflaydi: “Bu orzu   Behbudiy   va Avloniy, Hamza va Munavvarqori, Fitrat   va Çölpon, Abdulla   Qodiriy va Usmon   Nosir kabi minglab   jadid bobolarimizni uyğotdi.   Ularning xalq   erkinligi   va saodati yölidagi   ezgu fikr, ezgu söz va   ezgu amallari uçun   ulkan maʼnaviy omil   böldi”.

Prezident yozadi: “Albatta, biz Yangi   Özbekistonni barpo etiş   va Uçinçi Renessans   poydevorini yaratişda ziyo­lilarimizga katta işonç bilan   qaraymiz. Şuning uçun   bu zahmatkaş insonlarning ilmiy va ijodiy   izlanişlarini har tomonlama   qöllab-quvvatlaş, ularga zarur   şaroitlar yaratişni özimizning   birlamçi vazifamiz sifatida   körişimiz darkor. Şu   maqsadda   hukumatimiz tomonidan   aniq çora-tadbirlar işlab   çiqilib, amalga oşirib kelinmoqda”.

Şuni röy-rost aytiş joizki,   mus­taqillikning   ilk yillaridagina emas, bundan beş-ön yil ilgari ham hattoki fan doktorlari,   professorlar maoşi evaziga   tirikçilik qilişga qiynalar   edi. Ayrim   olimlar   dorilfununlarni taşlab “Otçopar”   bozoriga çiqib ketganlari şundan edi. Ayni   zamonda esa institutu universitet domlalarining maoşlari neça barobar oşirildi. Doktoranturada tahsil körayotgan yoş   olimlarning stipendiyalari hattoki avvalgi professorlarning moyanasidan ham yuqoriroqdir. Darvoqe, bu yilgi   mustaqillik bayrami arafasida taniqli   adabiyotşunos olim Ibrohim Ğafurov   “Özbekiston Qahramoni” unvoni ila siylandi. Izzatu hurmat şunçalik   bölar.

Prezident esa   olimlar mavzusiga yana   qaytiş joizligini yozadi: “Biroq tan olişimiz kerakki,   ular bilan muntazam   uçraşib turişga, mamlakatimizda ilm-fan va uning   turli sohalarini qöllab-quvvatlaş, intellektual salohiyatni   bugungi zamon talablari   asosida rivojlantiriş masalalariga   doim ham yetarliça   eʼtibor qarata olmayapmiz.   Buning uçun barça   rahbarlar qatori men   ham özimning masʼuliyatimni yaxşi his qilaman.   Şuning uçun bu   masalaga yondaşuvimizni tubdan   özgartirişimiz zarur”.

Nomiga yaraşa   “Yangi Özbekiston strategiyasi” kitobi yangi davlatçilik   jab­hasining barça qirralarini   qamrab olgan. Kitobdagi istalgan bitta bölimni ajratib,   dasturilamal risolasi sifatida   foydalaniş mumkin. Prezident   hamma tuşunçalar orasidan Ilmni tanlab hikmatomuz iboralarni qöllaydi: “Eng katta boylik — bu   aql-zakovat va ilm,   eng katta meros — bu   yaxşi tarbiya, eng   katta qaşşoqlik —   bu bilimsizlikdir!

Şu sababli hammamiz uçun   ilğor bilimlarni özlaştiriş, çinakam   maʼrifat va yuksak   madaniyat egasi böliş   uzluksiz   hayotiy ehtiyojga   aylanişi kerak”.

Eng muhim xususiyat şundaki, orzu orzuligiça qolib ketmasligi   lozim. “Jahon xalqlari   siyosiy luğatlarida “Amerika   orzusi”, “Rossiya or­zusi”,   “Britaniya orzusi”, “Yaponiya orzusi”,   “Xitoy orzusi” degan tuşunçalar   mavjudligi buni   yaqqol tasdiqlaydi. Ular   besabab va tasodifan   şakllanmagan. Uşbu tuşunçalarning   har biri öşa   xalqning umumiy orzu-­umidlari, ular yaşayotgan davr va kelajakka doir maqsad-muddaolarni ifoda etadi”. Şu   barobarida “Yangi Özbekiston   orzusi” atamasini siyosiy luğatlarga   kirganini eʼtirof etişimiz   joizdir.

…“Yangi Özbekiston strategiyasi”ni öqib Vatanimizning kelajagi yölida yoqilgan maşʼalani, yorqin bir nurli maşʼalani körgandek bölasan.

“Mard va oliyjanob xalqimizning farovon hayotini taʼminlaş bilan boğliq murakkab va muhim savollar meni köpdan buyon öylantirib keladi”, deb yozadi Prezident.

Darhaqiqat, bu asar boşdan oxir Yangi Özbekiston orzusi bilan yöğrilgan. “Yangi Özbekis­ton tuşunçasi nimani ang­latadi?”, “Taraqqiyotning yangi bosqiçi qanday xususiyatlarga ega?”, “Jamiyatning yangi qiyofasi” deganda nimalar nazarda tutilmoqda?” kabi savollar bilan bir qatorda “Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş ğoyasi qanday maqsad-mud­daolarni ifodalaydi” degan savol va unga javoblar mazkur kitobning asosiy mundarijasini taşkil etadi desak, xato bölmaydi.

Dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar qatorida böliş uçun, munosib hayot tarzini yaratmoq uçun nima qilmoq kerak?

Uluğ maqsadlar mujassam bölgan asarda taʼkidlanganidek, yangi, demokratik jamiyatni barpo etiş, kelajak poydevorini yaratiş oson emas, albatta.

Yunon donişmandi Suqrotning “Özgalarni özgartirmoqçi bölgan inson, avvalo, özini özgartirişi lozim. Buning uçun esa aniq maqsad, tolmas iroda va doimiy izlaniş kerak”, degan hikmatini keltiradi Yurtboşimiz. Va ana şu haqiqat hamma uçun bugun asosiy mezon bölişi lozimligini uqtiradi.

Kitobda alohida aytib ötilganidek, mamlakatimiz özining boy ötmişi, beqiyos maʼnaviy ildizlariga ega yurt. Qadim-qadimdan “Buyuk ipak yöli” ötgan, öz madaniyati bilangina emas, iqtisodiy salohiyati bilan ham butun jahonni öziga rom etgan sehrli tarixi haqida juda köp töxtaliş mumkin. Ammo maqsad faqat buyuk ötmişni eʼtirof etişdagina emas, Özbekistonning buguni va ertasi qayğusi, uning taraqqiy darajasini oşirişdan, yuksaltirişdan iborat.

Tan oliş kerakki, Özbekistonda sönggi yillarda juda katta işlar amalga oşirildi. Şu sababli xalqimiz ongu tafakkurida keskin özgarişlar yasaldi. Çindan bugungi odamlar keçagi odamlar emas, Özbekiston ham keçagi Özbekiston emas.

Albatta, keçani yomonlaş, keçadan ayb axtariş bölsa, mingta misol keltirsak böladi. Yoinki, bugun hayotda mavjud muammo-yu kamçiliklarni sanasak ham oz emas. Maqsad-muddao axir boşqa, yaʼni uluğ niyatlar sari olğa intilmoq.

Uzoq yillar inson davlat uçun xizmat qildi. Sud-huquq sohasidagi ne-ne ğirromliklar, inson haq-huquqlarining poymol etilişi, zöravon jamiyatning oliy nuqtasiga yetib qolgan edik. Buni — keçagi kunimizga toş otiş uçun emas, haqiqat uçun aytsak töğri böladi.

Söz erkinligi yöq qilingan edi. Mabodo biror naşrda ozgina tanqid eʼlon qilinsa ham tanqid obʼyekti emas, tanqid qiluvçi nişonga olindi. Yoxud uzoq yillar “odil va xalqparvar” sudlarda birorta oqlov hukmi bölmagani nimani anglatar edi?

Avvallari sobiq Ittifoq aybdor edi, şu bois paxta yakkahokimligidan qutula olmas edik. Ammo mustaqil davlat bölganimizdan keyin ham nega maktab öquvçilaridan tortib, şifokorlaru öqituvçilargaça, bank idorasi xodimlarigaça hamma-hamma baribir paxta dalasiga haydaldi?

Bir paytlar “Özbekistonda hamma paxtakor” degan şior bölardi. Bölar edi emas, hatto hokimiyat binolarigaça katta-katta qilib plakatlarda yozib qöyilardi. Hayriyat, Yangi Özbekis­ton bösağasida bularga barham berildi.

Oliy öquv yurtlari deyarli yuz foiz taniş-bilişçilik, poraxörlik “bunker”lariga aylanib ketgandi. Yöli bor ekan, bu maynavozçiliklar, qallobliklar yöqotildi.

Heç kim heç kimni eşitmas edi. Eşitadigan böldi. Töğri, bu borada hamon muammolar talay.

Korrupsiya şu darajada ildiz otganki, uning ildizini kesib taşlaş oğir keçmoqda. Donişmand Suqrot haq: hamma ham özgargan emas.

Qança taşviqot, gap-söz öğri uçun bir pul ekan-da. Buning uçun nazarimizda uni imkoniyatdan mosuvo qilmoq joiz.

Kitobda inson haq-huquqlari haqida söz ketar ekan, “tergov va jazoni ijro etiş sohasida qiynoqlarning oldini oliş bugungi kunning dolzarb vazifasi bölib” qolayotgani aytiladi.

Bu bejiz emas. Garçi bu borada sönggi 5 yil içida nihoyatda katta özgarişlar qilingan bölsa-da, “çirigan” tizimda biratöla yoruğ natijalarga erişiş muşkul ekan. Nega? Negaki, hamma soha inson omili bilan boğliq. Yuz foiz adolatli, inson huquqini hurmat qiladigan kadrni topib, joy-joyiga qöyişning ilojisi bormi?

Kuçli Parlament va vakillik organlari—Yangi Özbekistonning tayançi sifatida baholanadi. Ammo Parlament saylovlarida ham hali qança muammolar borligi sir emas.

Kitobni bemalol Yangi Özbekistonni yaratiş yölidagi katta Dasturiy romanga mengzaş mumkin. Unda 7 ta katta bob, muqaddima va xotima qismlaridan taşqari, 44 ta asosiy mavzular yönalişi qamrab olingan. Mamlakat qonun ijodkorligidan tortib, mustaqil va odil sudlov tizimigaça, ijtimoiy masʼuliyatli OAVlaridan tortib, iqtisodiyot tarmoqlari, qişloq xöjaligini modernizatsiya qilişgaça. Yoxud soğliqni saqlaş, ilm-fan, taʼlim, ayollar, yoşlar masalalari, maʼnaviy yangilaniş, maʼrifat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, mamlakat xavfsizligi, mudofaa salohiyati-yu, taşqi siyosat borasidagi Özbekistonning örni. Bulardan taşqari, Prezidentimiz “Özbekiston va umumbaşariy muammolar” deb nomlangan qariyb 100 sahifaga yaqin bobda davrimizning global muammolari, iqlim özgarişlari, ekologik böhronlar, Orol va ona tabiatni asraş zarurati   xususida aniq vazifalar, nafaqat bugun yoki erta, balki yaqin kelajakdagi muhim vazifalar haqida söz yuritadi. Radikalizm, ekstremizm va terrorizm oqibatlari barçani ogohlikka çorlaydi. “Ekspertlarning xulosalariga köra, sönggi 10 yil içida diniy ekstremizm va terrorizm tufayli dunyo iqtisodiyoti 583 trillion AQŞ dollari miqdorida zarar körgan bölsa, 15 yil içida 100 mingdan ortiq begunoh insonlar terrorçilik hujumlari oqibatida halok bölgan”.

Bunday misollar har qanday soğlom odamni huşyor tortirişi tabiiy. Kitobning sönggi sahifalarida Korrupsiya illati haqida keng fikr yuritilgan. Butun insoniyatni, jahonning deyarli barça mamlakatlarini öylantirib kelayotgan global muammo xususida bahs yuritilar ekan, mamlakatimizda sönggi yillarda ana şu illatga qarşi olib borilayotgan islohotlar davlat siyosati darajasi deb qaratilayotgani taʼkidlanadi. Buning uçun önlab aniq va işonçli kuraş yöllari belgilab berilayotgani qayd etiladi. Insoniyatni öylantirib kelayotgan muammolardan yana biri bu—kambağallik masalasidir.

Albatta, har bir inson borki, baxtli va farovon yaşaşni istaydi. Ammo 2020 yilgaça bizda bu atama umuman işlatilmagan, göyo hamma boy-badavlat, tökis yaşayotgani kabi. Bu ham Prezidentimizning jasoratli qadamlaridan böldi deyiş mumkin.

Yurtimizda aholining kam taʼminlangan kambağal qatlamini qöllab-quvvatlaş uçun 2,5 millionga yaqin aholini öz içiga olgan 594 mingdan oşiqroq oila “Temir daftar”ga kiritilganligi, ularga daromad manbalari yaratiş borasida qilinayotgan çora-tadbirlar, mamlakatda 2030 yilgaça kambağallik darajasini 2,0 martaga kamaytiriş, kelgusi ön yil davomida esa kambağal oilalardagi işsizlarni tadbirkorlikka jalb etgan holda, 500 ming yangi iş örinlarini taşkil etiş, 2030 yilgaça kambağal oilalarni 600 mingta kvartiralar bilan taʼminlaş, kambağal oilalar farzandlarini köproq maktabgaça taʼlim muassasalari bilan qamrab oliş, boşqa köpdan-köp ijtimoiy loyihalarning közlangani Özbekis­tonda yaqin 10 yilda vaziyat butunlay yangi qiyo­­fa kasb etişiga şubha tuğdirmaydi.

Kitobda muxtasar aytganda Yangi Özbekis­tonni barpo etiş ğoyasi töliq oçib berilgan. Yuksak salohiyatli xalqimiz esa öz mehnati, bilimi, salohiyati bilan Uçinçi Renessansni bunyod etişga qodir deya işonç bildiriladi.

Bu uluğ reja, maqsadlar sari daʼvat etilgan asarni öqib bunga aslo şubha qilmaysiz.

Ha, “Yangi Özbekiston strategiyasi” kitobi katta taassurot uyğotadi. Eng muhimi, u rasmiy tildan yiroq, öqişli, aniq maqsad va vazifalar ilgari surilgani bilan ğoyat ahamiyatlidir.

Har bir taʼlim-tarbiya muassasasi, faoliyati turi, şaklidan qatʼi nazar kerak bölsa, har bir taşkilot va korxonalarda ana şu kitob bölişi, öqib-örganilişi yölga qöyilsa, maqsadga molik bölar edi.

Sababi, Ona Vatanimiz ertasi, yaqin kelajagini barçamiz bir bölib qurişimiz, Yangi Özbekistonni, Uçinçi Uyğonişdek uluğ maqsad poydevorini mustahkam bunyod etişdek ezgu amalni Prezidentimiz xalqimiz bilan bitta katta kuçga aylanib qurmoqçi. Şu sababdan ham bu uluğ ğoya atrofida bir bölmoq fursati yetgan.

Abdurasul JUMAQUL

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan