Navbatdan taşqari umumiy yiğiliş

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining Andijon viloyat bölimiga rais saylandi

 

Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqiçida yanada yuksak ijtimoiy–iqtisodiy salohiyatga ega bölib borayotgan Andijon viloyatida barça sohalardagi keng kölamli islohotlar qatori, ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy hayotdagi rolini oşirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Yaqinda Andijon şahrida ötkazilgan Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi viloyat bölimining navbatdan taşqari umumiy yiğilişida uyuşma aʼzolari, viloyat hokimligi, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. Tadbirda Prezidentimizning 2017 yil 10 avgustdagi “Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori Uyuşma faoliyatida dasturilamal bölib xizmat qilayotgani, uning milliy media muhitdagi örnini kuçaytiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratgani, bugungi kunda jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida jurnalistlarning iştiroki, örni va roli muhim ahamiyat kasb etayotgani xususida söz yuritildi.

Uyuşmaning Andijon viloyat bölimiga köp yillar davomida rahbarlik qilib kelgan, ustoz jurnalist Nazirjon Saidovning samarali faoliyati alohida eʼtirof etilib, unga Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining taşakkurnoma va esdalik sovğalari topşirildi.

Taniqli jurnalist N.Saidovning hayot yöliga nazar taşlasak, 1970-1980 yillarda Andijon va Oltinköl tuman gazetalarining boş muharriri lavozimida işlab, söng Oltinköl tuman ijroiya qömitasi raisi örinbosari, 1990-1993 yillarda esa Oltinköl tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan. Keyingi 14 yil mobaynida esa Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining Andijon viloyat bölimiga rahbarlik qilgan.

Yiğilişda taşkiliy masala körib çiqilib, tört nomzod orasidan “Andijon tongi” gazetasi muharriri vazifasida işlab kelayotgan Maxpuraxon Artiqova uyuşmaning viloyat bölimiga rais etib saylandi. Maʼlumot uçun: M.Artiqova 1992 yili M.V.Lomonosov nomidagi Mos­kva davlat universitetini jurnalistika yönalişi böyiça tamomlagani, “7x7”, “Hissador”, “Iqbol”, “Tibbiyot gulşani”, “Himoya”, “Huquq saboqlari”, “Adolat mezoni” kabi gazetalarda fao­liyat olib borgani va özining dolzarb mavzudagi maqolalari bilan eʼtirofga sazovor bölganini taʼkidlaş joiz.

Yiğilişda söz olgan Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Olimjon Ösarov andijonlik jurnalistlar oldida turgan qator vazifalarga töxtalib, viloyatda faoliyat olib borayotgan jurnalistlar hamkorligini mustahkamlaş, ularni qöllab-quvvatlaş, faol jurnalistlarni ham moddiy, ham maʼnaviy rağbatlantiriş, faxriy jurnalistlar holidan xabar oliş, umuman, barça OAV vakillarini ezgu maqsad yölida jipslaştiriş zarurligi haqida gapirdi.

Viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Elyorbek Xolmirzayev, Özbekis­tonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Abdumutal Abdullayev, Özbekis­tonda xizmat körsatgan jurnalist Mukarrama Xolmatova tomonidan Andijonda matbuot, jurnalistika sohasini yanada rivojlantiriş yuzasidan qator taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

Tadbir doirasida uyuşma aʼzoligiga qabul qilingan bir guruh jurnalistlarga aʼzolik guvohnomasi va kökrak nişonlari topşirildi. Viloyatdagi bir neç­ta bosma naşrlarga “Yurida-Orfo” das­turi sertifikatlari uyuşma tomonidan beğaraz yordam sifatida taqdim etildi.

Yiğilişdan söng Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi O.Ösarov rahbarligida jurnalistlar tomonidan “Yaşil makon” lo­yihasi doirasida Andijon şahridagi “Ekoboğ” hududiga manzarali daraxt köçatlari ekildi.

– Yurtimizda yaşil maydonlarni barpo etişdek xayrli harakatda faol qatnaşiş har birimizning insoniylik burçimiz, – dedi O.Ösarov. – Ekilgan har bir nihol eng avvalo, salomatligimizga, yurtimizni yanada gözal, ona tabiatimizni musaffo bölişiga xizmat qiladi.

Muxtasar aytganda, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Andijon viloyati bölimining navbatdan taşqari umumiy yiğilişi davomida taşkil etilgan tadbirlar samarali va mazmunga boy tarzda keçdi.

Özbekiston Jurnalistlari

ijodiy uyuşmasi axborot xizmati

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan