Sarhisob va kelgusi rejalar
Keça poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Boşqaruvining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda uyuşma Boşqaruvi aʼzolari, uyuşma qoşidagi ijodiy kengaşlari vakillari iştirok etdi. Yiğilişni uyuşma raisi Olimjon Ösarov olib bordi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan matbuot va ommaviy axborot vositalariga körsatilayotgan eʼtibor yildan-yilga oşib borayotgani, yurtimizda keçayotgan keng qamrovli tarixiy islohotlar mazmun-mohiyatini xalqimizga yetkazişda jurnalist masʼuliyatining örni xususida alohida söz yuritildi.
Yiğilişda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining yakunlanib borayotgan 2021 yil davomida amalga oşirgan işlari sarhisob qilinib, 2022 yilda amalga oşirilişi rejalaştirilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Uyuşmaning yangi yildagi iş rejasi tasdiqlandi. Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi qoşidagi ijodiy kengaşlari aʼzolari tarkibi maʼqullandi.
Bundan taşqari, Boşqaruv vakolat doirasida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi aʼzoligiga qabul qiliş, aʼzolikka kiriş va badallarni tölaş tartibi töğrisidagi nizom loyihasi muhokama qilindi hamda bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida qabul qilindi. Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi boşqaruv aʼzolari va uyuşma qoşidagi ijodiy kengaşlar tarkibi tasdiqlandi. Xususan, 8 ta ijodiy kengaşlar qatorida Eko-jurnalistlar kengaşi hamda Blogerlar kengaşlari faoliyati taşkil etildi.
Yiğiliş iştirokçilari tomonidan keyingi vaqtlarda uyuşmada iş, izlaniş samaradorligi oşgani alohida qayd etilib, kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan işlar yuzasidan qator taklif va mulohazalar örtaga taşlandi.
Yiğilişda körib çiqilgan qator masalalar yuzasidan tegişli qaror qabul qilindi.
Öz muxbirimiz.
