Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi faoliyati haqida oçiq muloqot
Bugungi kunda hokimliklar va korxona-taşkilotlar tizimida matbuot xizmatlari faoliyati tizimli yölga qöyilgan. Bunda esa avvalo, joylarda amalga oşirilayotgan islohotlarni keng yoritib boriş hamda aholini yangiliklardan izçil ravişda xabardor qiliş közda tutilgan. Navoiy viloyatining matbuot xizmatlari tizimida ayni paytda 50 nafarga yaqin xodim iş olib bormoqda.
OAV hamda matbuot kotiblari hamkorligini samarali yölga qöyiş hamda viloyatda yuritilayotgan axborot siyosati sifatini oşiriş, şuningdek, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi kanallarda viloyatda amalga oşirilayotgan loyihalar ijrosini keng yoritiş maqsadida yaqinda Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi hamda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi viloyat bölimi tomonidan matbuot anjumani taşkil etildi.
Navoiy şahridagi “Yoşlar media markazi”da ötkazilgan mazkur muloqotda matbuot kotiblari 2022 yilda yoritiladigan tadbirlar rejasi bilan iştirok etdi.
Dastlab, viloyat teleradiokompaniyasi boş direktori Ğulom Sultonov televideniyeda amalga oşirilayotgan yangi loyihalar, matbuot xizmatlari va televideniye örtasidagi özaro hamkorlik borasidagi muammolar hamda ularning yeçimlari xususida batafsil töxtalib, tizimda moddiy-texnik imkoniyatlar oşirilayotganiga eʼtibor qaratdi. Şuningdek, 2021 yilda amalga oşirilgan işlar hamda 2022 yil rejalari borasida ham atrofliça töxtalib ötdi.
— Bugunning özida Qiziltepada 5 ga yaqin yangi boğça oçilmoqda, Nurotada esa zamonaviy “Madaniyat uyi” foydalanişga topşirilyapti, — dedi televideniye rahbari. — Bu aslida viloyatimizdagi barça yangilikning özigina emas. Çekka hududlarimizda ayniqsa, yanada köproq yangiliklar bölmoqda. Albatta, bularning barçasini televideniyeda yoritişga harakat qilmoqdamiz. Biroq, ayrim hollarda muhim jarayonlar xususida aholini şu kunning özida xabardor qiliş borasida kamçiliklarimiz bor. Sababi matbuot kotiblari öz hududlari yoki tegişli tizimda ötkaziladigan yirik tadbirlar xususida yillik yo çoraklik reja tuzib, viloyat televideniyesiga taqdim etişsa, biz şunga qarab ijodiy guruhni taqsimlar edik va viloyatdagi barça jarayonlarni qamrab oliş imkoniyati tuğilardi. Bugungi tadbirdan maqsad ham matbuot xizmatlari bilan ana şunday kelişuvga erişişdan iborat.
Qayd etiş lozim, viloyat televideniyesi efirlari mazmun-mohiyati ijobiy jihatdan tubdan özgarib bormoqda. Bunga esa yoş, iqtidorli, kreativ fikrlovçi yigit-qizlarni ijodiy jarayonga jalb etiş orqali erişilmoqda. Yaqinda televideniye tomonidan kasting eʼlon qilinib, jurnalistikaga qiziquvçi 80 nafardan ziyod öğil-qizlarning mahorati közdan keçirildi. Bugungi kunda yoşlarbop, şuningdek, özbek, rus, ingliz va qozoq tillarida körsatuvlar tayyorlaşga kirişilgan. Bu borada Navoiy davlat pedagogika instituti bilan samarali hamkorlik yölga qöyilgan.
Oçiq muloqot jarayonida bir qator iştirokçilar ham sözga çiqib, öz mulohaza va fikrlarini bildirdi.
— Matbuot xizmatlari vakillarining, xususan, teleoperatorlarining viloyat teleradiokompaniyasida malakasini oşiriş taklifini bildirdik, — deydi Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari Otabek Jangirov. — Bu alohida inobatga olinib, 2022 yildan tegişli öquvlar taşkil etilişiga kelişib olindi. Bu albatta, bevosita matbuot xizmatlari tomonidan tayyorlangan materiallar ham viloyat televideniyesi orqali efirga berilişi, körsatuvlar xilma-xilligi oşişiga xizmat qiladi.
— Eʼtirof etiş joizki, viloyat televideniyesi va matbuot kotiblari örtasidagi bunday oçiq muloqot Navoiyda ilk bor ötkazilmoqda, — dedi Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi viloyat bölimi raisi Otabek Aslonov. —Anjuman davomida matbuot kotiblari tomonidan bir qator takliflar örtaga taşlanib, ularning taşabbuslari inobatga olindi. Endilikda viloyat televideniyesi, jurnalistlar uyuşmasi va hokimlik hamda korxona-taşkilotlar tomonidan memorandumlar imzolanib, 2022 yilda tegişli vazifalar amalga oşiriladi.
Matbuot anjumani söngida iştirokçilar “Yoşlar media markazi”ning zamonaviy studiyasini közdan keçirib, bu maskandagi mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanişdilar.
Ozod MUSTAFOYEV,
ÖzJIU Navoiy viloyati
bölimi mutaxassisi
