Izhor

Inson — işonuvçan mavjudot. Eng ehtiyotkor, quv va olğir kişi ham kimningdir izhoriga işonadi, kimningdir izhoridan aldanadi. Izhorda işontiriş ham, laqillatiş ham bor. Yomoni — izhoringni qabul qilmaganlarida. Hayratlisi şundaki, uni yaqinlaring ilğamaydi, ilğasa mensimaydi, goho sendan nafratlanişi ham bor. Iltijong — kulguli, ötinçlaring — ökinçli, faryodlaring — ötkinçi. Qöy, yalinma, deyman özimga özim. Izhorni eşitgandan, izhorni bildirgan afzal, çunki birinçisida — dard sizdan yiroqda, ikkinçisida — dard yaqinda; birinçisidan — istagan paytingiz qutulişingiz mumkin, ikkinçisidan — aslo. Birinçisi — özganing dardi, ikkinçisi — özingizniki. Demak, izhorda dard mujassam, yaşiringan.

 

Nima uçun inson izhorga ehtiyoj sezadi? Sevganida. Fikri toşganida. Yaqinini boş­qaça körgisi kelganida. Nimadandir behad örtanganida, alamlarini tökkisi kelganida. Odil, mard, inson bölğusi kelganida…

Inson umri, agar u çin inson sifatida yaşaşni xohlasa, mudom, izhorlardan iborat. Izhorlari tufayli u ijtimoiy mavjudot, izohlari uni farişta qiladi, izhorlari uni, antipotlari nazarida, toptaydi. Izhorlar bilan ğururlangandan, izhorlar bilan toptalgan yaxşi. Izhorlaringizni töking, aduvlaringiz tomonidan toptaling, men siz (aslida özim)ning toptalganingizni körgim keladi. Çunki “toptalgan qayta tiklanajak”.

“Dil izhori” degan ibora bor. U köpinça sevgan kişiga nisbatan işlatiladi. Ha, sevgan kişi dil izhoriga hojatmand. Rad etilgan muhabbati uni izhormand qiladi. Bir kişini bilardim. Röparamizdagi xonadonda yaşardi. U yakka, yetmişdan oşgan çol edi. Bukçayib, zörğa yurardi. Tatar bölgani uçun barçaga “san”lab, tatarça, rusça, özbekça aralaştirib gapirardi. Baʼzan uni qaysi tilda bidirlayotganini bilmay qolardim.

— Melay, tuxta! Sekrit bor munda, — dedi u meni uyimiz röparasidagi kafe oldida töxtatib. — Sevirman, şu xotinni sevirman.

U menga yoşi ellikka borgan ofitsiant ayolni körsatdi. Soçlari paxmol, köylaklari ğijim, çala yuvilgan doğlari bor fartukli ayol menda ğalati öylar uyğotdi. Indamadim.

— Sevirmanda…

U meni qöltiqlab, çekkaga tortdi.

— Xotin ulgan, olti yil oldin. Ya odin, ponimayeş. Jenщina nujna! Xotin kerak. Ya odin, ustal. Jenщina nujna!

Çamasi bir hafta ötgaç, işdan qaytayotganimda qöşnimning lang oçiq eşigi oldida töxtadim. Unga biror nima böldi şekilli, degan öy bilan içkariga möraladim.

— Men seni seviram, — derdi qöşnim ofitsiant ayol etaklarini quçib. Uning közlarida iltijoga töla yoş öynardi. — Kitma, proşu tebya. Kitma!

Ayol tizza çökib yiğlayotgan qöşnimning tepakal boşini silarkan ötindi:

— Erim bor, qololmayman…

Ayol yölakka çiqqaç, içkari xonadan qöşnimning, ya odin, odin…ulib qolaram, deb höng­rab yiğlagani eşitildi…

Iltijo imkon amrida. Imkoniyatni hisobga olmaydigan iltijo iztirobli nidolarga aylanadi. Imkoniyat va vaziyat qonunlari izhor istaklariga bepisand, ular töqnaşganida birinçisi yovuzlik, ikkinçisi yovuzlik qurboni tarzidagi halimlik körinadi. Imkoniyat va vaziyat qonunlari–beşafqat, ular har qanday iltijoni noörin yalinişga, ojizona ilinjga aylantirişi mumkin. Lekin inson dili mudom iltijo tomonda.

Şeʼr — izhor. Izhorning çöqqisi — alla. Şeʼr va allada kelajakka atalgan umid bor. Şu bois inson ularga quloq tutadi, goho özi töla anglab yetmagan ajoyibot kutadi ulardan.

Izhorda individual emotsional-ruhiy taj­ribalar mujassam. Şu bois izhor izhordan yiroq, ular betakror şaxsiy keçinma, holat sifatida qabul qilinadi. Kim izhorni ang­lasa insonni anglaydi; kim izhorni anglaşdan uzoq u insonni anglaşdan uzoq. Izhorning jöşqinligi ehtiroslar jöşqinligi bois. Zaif, sönik izhorda ehtiroslar jöşqinligi yöq. Çin dildan sevgan jöşqin ehtiroslarga bandi yuradi, şu bois uning izhorlari pörtanadek otilişga şay turadi. Bilaman, ehtiroslar adaştiradi, ratsional undan qoçadi, xayol uni mavhum uzoqliklarga olib ketadi. Izhor va ehtiroslarni bir-biridan ajratib bölmaydi, ular opa-singil, sevsangiz, ikkalasini ham sevişga majbursiz.

Izhor — fikr. U fikrning boşi ham emas, oxiri ham emas, u fikrning örtasi. Jöşqin, fikr fikrlarga ulangan qismi. Mutlaq yakka fikr yöq, fikr fikrlardan unib çiqadi yoki fikrlarga ulanib keladi. Uşbu unib çiqqan yoki ulanib kelgan fikrning jöşqin, ehtiroslarga burkangan qismi izhorga aylanadi. Har bir fikr izhor emas, ammo har bir izhor fikrdir.

Tahqirlangan izhor nozik dilni yo şoir qiladi, yo — qotil. Alamli keçinmalar örtaganida kişi ularni kimgadir aytgisi, öziga hamdard topgisi keladi. Uşbu içki istak insonning ijtimoiy mavjudotligidan. Aslida bunday kişi öziga hamdard topavermaydi. Izhor öta individual emotsional-ruhiy hodisa bölgani tufayli uni hamma ham tinglayvermaydi, agar tinglasa, hamdard bölavermaydi. Lekin dardmand dil izhor istaydi, unga alamini kimgadir aytiş muhim. Bu istak goho izhordagi halimlikni alamzadalikka aylantirişi mumkin. Bu holda izhor tub mohiyatini özgartiradi.

Odil, mard, inson böliş tuyğusi borligi tufayli inson izhorlari oliyjanob. Inson izhorlarida adolat izlaydi, mardlikni şaraflaydi, insoniylik kutadi. Izhordagi halimlikda uşbu gumanistik intilişlar mujassam. Biroq adolat, mardlik, insoniylik halimlik doirasida qololmaydi, ular real, barçaga taʼsir etadigan, sotsial norma va kuç bölmoği ham kerak. Izhor odil, mard va inson böliş tuyğusini noziklaştiriş kuçiga ega, bu bilan u ijtimoiy voqelikka aylangisi kelişini ayon etadi. Mening fikrimça, halimlikni sotsial norma va kuçdan farqlaş zarur. Izhor halimligi sotsial norma va kuçga tayanişga majbur, halimlikka xos yumşoqlik nozik fazilatdan boşqa narsa emas, hayot jöşqinligi va bedilligi halimlikka, yumşoqlikka örin qoldirmaydi. Uşbu taşqi talab içki, individual emotsional-ruhiy voqelik — izhorni batamom mahv qilmaydi, qilolmaydi. Muammo izhorning muhim içki maʼnaviy-ruhiy kuç va badiiy-estetik obʼyekt sifatida saqlab qolişdadir. Mexanizatsiya va ratsionalizatsiya asri uni inson dilidan siqib çiqarmasa böldi…

Viktor ALIMASOV,

professor

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan