Yaşaş iyzolari

“Hayot haqidagi öylardan qoç, öylab öyingga yetsang, hayotdan köngling soviydi”.

“Makar Çudra”. Maksim Gorkiy

 

Kimsasiz daşt va   örmon çekkasida yaşayotganimga bugun tört kun böldi. Yon-atrof­dagi osoyiştalik, sokinlik ruhimga qöngan. Yonimda heç kim yöq, na men boşqani, na boşqa meni bezovta qiladi, lekin çeksiz sahroni qoplagan çangsimon hovur va borliqni quçgan mavhumlikdan öyim notinç­roq. “Nahotki, şuni istading? Nahotki, diling muntazir osudalik, orom kimsasiz, har qanday tirik jonni yutişga şay sahroda? Yaşaş qiynoqlari boisi   balki mulkdorlik istagi qaçon paydo bölgandi menda, aniq bilmayman. Bozor iqtisodiyoti tarafdorlaridan biri edim. Dadam, xalq mulkini ömarmoqçimisan, e, jöja, sen kimning öğlisan, esingdan çiqarma, men kommunistman, degan mehnatdan qotgan va uruşda yöqotgan yarim panjasini kökragiga urib.

Institutni bitirib kelgandim öşanda. Maʼlumotimga oid iş yöq. Bir yilça bekor yurdim. Bir-ikki tanişim xususiy firma va qöşma sex oçişgaç, menda mulkka qiziqiş uyğondi. “Xususiy korxonam yoki dökonim böladi, istagan kişini işga olaman, yoqmasa, haydab yuboraman-da! Mulk xöjasi bölişim kerak, vassalom!”. Menda “laʼnati burjuyça yaşaş istagi”ni körgan dadam men bilan salom-alikni töxtatgan. Talabalikda yodlagan şiorim esimga tuşdi: “Buyuklikka daʼvogar bölmagan mavhumlikka mahkum”. Men mavhumlikka mahkum bölişim mumkin emas!

Oldi-sotdini örganiş uçun özimni bozorga urdim. Uç-tört kun rastama-rasta, “toçkama-toçka” kezib yurdim. Saharda kelib kötarasiga meva-çeva olib, ustiga qöyib, sotdim. Daromadim zörğa bir yarim-ikki kilo göştga yetardi. Keyin aravaça haydab kördim, bozor içida “pöşt-pöşt”lab yuriş tinkangni quritadi. Daromadi özimga yetardi, lekin u bilan mulkdor böliş qiyin edi.

Dadamga mulkdor bölganimni, men haqligimni körsatgim kelardi. Tavakkal qilib, poytaxtga keldim. “Çorsu” bozorida tirikçilik qilib yurdim. Arzonroq turar joy izlayotganimda “kvartira, uy—hovli sotib olaman va sotaman”, degan eʼlonga közim tuşdi. Olib-sotar bilan tanişgim, undan savdogarlik (u paytda “makler” degan söz bizda isteʼmolda emasdi) sirlarini örganmoqçi böldim. Sodda öylabman. U niyatimni bilgaç, aloqaga çiqmay qöydi. Keyin ikki oyça mardikorlik qilib yurdim. Undan ham bezib, uyga qaytmoqçi edim. Ufa, Samara tomonlarga qatnovçi andijonlik yigit bilan tanişib qoldim. U “anjonlikman, anjon­liklar yaxşi savdogar, bölişadi”, deb maqtanib qöyardi. Törttadan katta bozor sumkasiga mol — çoyşab, xalat, soçiq, paypoq yuklab, qaydasan Ufa, deb poyezdga mindik. Vagonda hatto tik turişga joy yöq, baʼzi ayollar yuklari ustiga yotib olgan. Hamma beçipta. Provodnitsa heç nima deya olmaydi, unga rahmi kelgan, insofni unutmagan “tadbirkor” yukidan u-bu narsa beradi. Ufada boş­qird oilaga qöndik. Özbeklarni juda hurmat qilişar ekan. Xalatlarni bir-biriga körsatib, çamalab, “motor” deyişadi. Bu “zör” degani ekan. “Balangi” qaynatib oldimizga qöyişdi. Katta idişda qaynatilgan beş-olti kilo kartoşkani “balangi” deyişarkan. Men, bizni qöy söyib, mehmon qilişmoqçi şekilli, deb öylabman. Ammo biz bir-birimizni tarjimonsiz tuşunardik. Uç kun içida yuklarimizni sotdik, ança daromad bilan orqaga qaytdik. Endi şerigim bilan asal yukladik. Omadimiz yurişmadi, boşqird bozorlari asalga töla ekan. Zörğa yöl haqini çiqaribmiz. Navbatdagi safar supurgi obketdik. Uy egasi, supurgi obke­sanglar, özim sotib beraman, bu yerda “xodovoy tovar” degandi. Har birimiz olti sumkadan supurgi yuklabmiz. Kasodga uçradik, sumkaga köp siğadi, deb dastasini kalta kesdirgandik. Qaytişga zörğa pul qildik. “Xalqaro biznes”dan könglim qoldi. Noiloj, yana mardikor bozoriga çiqdim. Taqdirni qarang, öşa maklernikiga xizmatga bordim, uni ovozidan tanidim. Undan biror nimani sörolmasdim, ammo imkoniyatdan foydalanişga ahd qildim. Unga, Xorazmda hovlim bor, uni sotib, şu yerdan uç xonali kvartira yoki hovli olmoqçiman, dedim.

U mendan hovli qayerda, şahardami yoki qişloqda, nimadan, ğiştdanmi yoki paxsadan, kimning nomida va qança metr kvadrat ekanini sörab-suriştirdi. Nimalarnidir yozib qöydi.

Taxminan qança turişini ham aytdi.

— Almaştiriş imkoni yöq, — dedi u, — poytaxtni viloyatga almaştiruvçi nodon yöq.

Demak, naqd pul kerak. Uning telefoni tinmasdi. Gap-sözlaridan “posrednik”ligini bildim.

Avvaliga bu iş juda oson körindi, keyin ang­ladimki, “posrednik”lik ança murakkab ekan. Sotuvçi bilan xaridorni keliştirib, ayniqsa, ularni bir-biriga röpara qilmay, faqat hujjatlarini uçraştiriş işonçga kira oliş sanʼatini talab etarkan. Muhim şarti — notarius “öz odaming” bölişi kerak. Devorlar va simyoğoçlarga yopiştirilgan eʼlonlarni yiğib yurdim. Birinçi “operatsiyam” omadli böldi. Bir hovlini sotib, egasiga bir-biridan yiroq ikki   kvartira olib berdim. Zarur hujjatlarni yiğişga uç kun ketdi, kadastr va notariusda yaqinlar orttirdim. Ikki mingdan ziyodroq “kökvoy” çöntagimni qappaytirdi. Bu meni ilhomlantirib yubordi. Har oyda beşta-oltita “operatsiya” qilardim. Uç xonali kvartira sotib oldim, uni könglimdagidek jihozladim. Endi uylanaman, adamni çaqiraman, deb könglimga   tugib qöydim.

Şu örtada “qimmatbaho operatsiya” qildim. Bir boyvaçça   danğillama hovlisini tezda sotiş niyatida menga murojaat qildi. Şartta işga kirişdim. Xaridor ham topdim. Boyvaççada menga işonç paydo böldi. U dökonlari va tikuv sexini ham sotajagini, Amerikadagi qizi oldiga ketişini aytdi. Qolgan mulklariga ham xaridor izlaşim va uning nomidan sotişim uçun barça hujjatlarni qölimga berdi. Ertasi boyvaçça oldiga kelsam, taşqari eşigi qulflanmagan, içkari eşiklari lang oçiq. Bahaybat ovçarka zanjirini uzay deydi. Çaqirsam ovoz çiqmaydi. Şubhalanib, içkari xonaga ötdim, boyvaçça çayqalma kresloda iyagini uşlagança ölib qolibdi. Hovli, mulklarga oid hujjatlar menda edi. Boyvaççaning, merosxörim — qizim, u Amerikada, olti yil avval avariyaga uçragandi, davolanayapti, hozir bu yerga kelolmaydi, degan gaplarini esladim. Onda-sonda qöşni, yarim jon kampir kelib, hovlini supurib, idiş-tovoqlarni yuviştirib ketardi. Qanday mulk menga nasib qilayotganini tuşundim va “öz odamim” bölgan notariusni işga soldim…

Omad juft keladi, deganlaridek, talabalik paytlari dilimni örtagan kursdoşimni uçratib qoldim. Turmuşga çiqqan, ikki öğli bor, eri qazo qilgan ekan. Oçiğini aytsam, ikkilandim, ota-onam rozi bölmasdi, bu aniq. U menga örganib qolganini aytdi. Ketsangiz, çiday olmayman, deb yiğladi. “Ayol aşki olmosni eritar”. Uylandim, axir kimgadir umrimni, topganlarimni sarflaşim kerak-ku, deb öylardim öşa paytda. Voyaga yetgaç katta öğilni, bir yildan keyin kiçigini uylantirdim. Ikkalasini ham oliy maʼlumotli qildim, maşinalar oberdim.

Baxtli yaşaşim uçun hamma narsa yetarli edi göyo. Iş bilan bandman, vaqti-vaqti bilan, öz farzandim bölişi zarur, degan öyga borardim, xotinim menga xayrixohdek edi. Yillar ötgan sayin bu öy tez-tez bezovta qilar, ayniqsa kiçik ögayning befarq va sovuq munosabati, dökonlardan ruxsatimsiz “navar” olib ketişlari, onasidan, menga bildirmay, pul undirişlari, biror iş buyursam bahonalar topib, hisob berişni xuş körmasligi kabi qiliqlari ğaşimga tegardi. Onasi bilan kelişib, dökonlarimni öz nomiga rasmiylaştirmoqçi ekanini eşitib qoldim. Ularni qattiq tergov qildim, köçaga haydaşim mumkinligini aytdim. Xotinim, dökonlaringizni boşqarsa, nima böpti, u ham merosxör-ku, desa böladimi dab-du­rustdan.

— Yöq, siyosatşunos. Oliy maʼlumotli qildim. Kasbi bilan şuğullansin!

— Mulki yöq qanaqa siyosatşunos böpti?

— Sohasi bilan şuğullansin! Vassalom!

— Ögay-da, mulkingizga şerik qilgingiz yöq.

Jahlim çiqdi, biror nima deyişdan qörqib, çiqib ketdim. Kuni bilan “ögay-da” xayolimdan ketmadi.

Boyvaçça katta kredit olgan ekan, buni bankdan ogohlantiriş kelgaç bildim. Tölanadigan foiz sex keltiradigan qöşimça daromaddan yuqori. Bu, şubhasiz, bankrotga olib kelişi mumkin edi. Boş hisobçi maoşni bir-ikki oyga uşlab berişni taklif etdi. Öz vaqtida maoş ololmaganlar, hatto hisob-kitob qilib ötirmay, böşab ketişarkan. Bu noqonuniy, ammo korxonani saqlab qoliş yöli. Maoşni kamaytiriş ham şunday yöl ekanini keyinroq tuşundim.

Biroq uç-tört faol bizni sudga berdi. Tajriba orttiriş fikri bilan sudga özim qatnadim. Mehnat kodeksi, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka oid hujjatlar bilan tanişişimga, köp narsalar ustida boş qotirişimga töğri keldi. Hujjatsiz yuristga aylandim. Sud işlari deyarli beş oyga çözildi, bordi-keldi va “san-man”dan juda çarçadim.

Boşqaruv idoralariga, ayniqsa, sud-huquq mahkamalariga işing tuşmagunça adolat haqidagi havoyi gaplarga işonib yuraverar ekansan. Sen uçun heç kim jon kuydirmaydi, sening adolat haqidagi öylaringni sud-huquq idorasi öziga zarur tomonga buriş, özgartiriş huquqiga ega. Bularni u qonun nomi bilan qiladi. Adolatni, huquqni örganişga hojat yöq.

Sexni yuritişga jiddiy kirişdim. Ikki-uç kunlab sexda qolib ketardim. Marketing bölimi boş­liği kiyim-keçaklar tannarxini arzon çiqarib dökonlarga, bozorga boşqa, yuqori narxda ötkazişini sezib qoldim. Ortiqça daromadni öz çöntagiga urar ekan. Avvaliga indamadim, özimni bilmaganga soldim. Keyin bölim faoliyatini reviziya qildirdim. Sexga keladigan qöşimça daromadlarning deyarli yarmini bölimdagilar özlaştirişar ekan.

Turkiyalik nemis kompaniyasi, biz orqali gazlamalar sotib olib, bankrotdan qutqardi. Tavakkal qildim, yo bankrot, yoki sexni yurgiziş. Xalqaro savdomiz izga tuşdi, köp buyurtmalar MDH dagi savdo kompaniyalaridan edi. Rosa bir yil omadli işladik. Triko­tajga talab kattaligidan yangi sex oçişni möljalladim. Xitoydan törtta stanok obkeldim. Xotinim, yoningizga oling, deb javrayverganidan kiçik ögayni yangi sexga menejer qilib qöydim.

U meni hayratga solib, tadbirkor çiqib qoldi. Nafaqat trikotaj, şuningdek, gazlama sexi faoliyati bilan ham qiziqa boş­ladi. U akasini ham rek­lama işlariga jalb qildi.

Ularni körganimda, baribir, öz farzand­larim yöqligi esimga tuşib, xotinimni yomon körib ketardim. “Ablah, deyarli ön beş yildan beri aldab keladi. Nuqul ana, homiladorman, mana, homiladorman, deydi. Bahonalari köp”.

Ögaylik begonalikdan özgaça tuyğu, u tezda qahrga, öç olişga aylanadi. Begona sizni aybingizni, qöpolligingizni tez unutadi, ammo ögay esidan çiqarmay, nima bilandir öç oladi. Begona sizdan uzoqda, ögay esa har kuni yoningizda, har qadamingizda unga röpara kelaverasiz. Natijada ögay asabingizni kemiradi, nima uçun uni yomon körayotganingiz boisini qidirib ötirmaysiz, undan nuqul qusur va ayb qidiraverasiz.

Baʼzan tuğişganlar ham özini yot, begona, ögay tutadi. Bunday ögaylik çeksiz ziddiyatlar va nizolarga aylanadi, oddiy “san-man”dan tortib, to bir- biriga tiğ sançişgaça boradigan ögaylikdan heç bir jamiyat xoli emas.

Biznes bilan qança köp şuğullansam, odamning aqli noqis, takabbur va nafs bandasi ekaniga şunça köp işondim. Oddiy ijroçiligini noyob iqtidor bilguvçi kişilar haddan ziyod, ammo biror yangilik kaşf etişda ular — bekas, heç nimaga yaramaydi.Pul bersang, yugur-yugur bilan boğliq har qanday topşiriğingni bajarişga tayyor, ixtiroga kelganda — soqov va kör.

Kiçik ögay bir partiya kiyimlarimizni bir vagon taxta-yoğoçga barter qildi. Taxta-yoğoçni pulladik, yaxşigina daromad kördik. Barter işlarini kiçik ögayga işonib qöydim, u Rossiya, ayniqsa Sibir tomonlarni kezib şeriklar topişga kirişdi. U uç-tört oylab yöq bölardi, kelganida istar-istamas “hisobot” berardi.

Uning bu qiliği “özim qilayapman, sen aralaşma”, degan maʼnoni anglatardi.

— Korxonamizning Ustavi va hisob-kitob tartibi mavjud. Sakkiz oy Rossiyani kezibsan, tuzgan şartnomalaring va safarlaring haqida hisobot bermabsan. Kelgusi hafta bankka, nalog­­ga va tadbirkorlar palatasiga hisobot berişimiz kerak…

Xudröy eşitişni istamay örnidan turdi. Körsatkiç barmoğini bigiz qilganiça silkitdi:

— Yöq, men öz firmamni oçaman! Köptarmoqli firma böladi.

— San sakkiz oy korxonamiz hisobiga şaharma-şahar kezib yurding…

— Korxonangizga qança daromad keltirganim esingizdan çiqdimi? Bergan qöl olişga haqli.

U korxonam muhri orqali firmasiga katta pul ötkazganini bilib qoldim. Pulni qaytarişga urinib kördim, lekin taşvişi köp ekan. Advokat uç oy harakat qildi, natija çiqmadi. Xotinim, bolam, beçora sakkiz oy begona yurtlarda, şaharma-şahar kezib, sizning korxonangizda işladi. Öziga firma oçgan bölsa, nima böpti, deb dard-yaram ustiga tuz septi. Çiqib ketayotganimda, “ögay ögay-da”, dedi. Tarsaki tortib yuborişdan özimni arang töxtatdim.   “Yaramas!”

Prokuratura tamğasi bosilgan konvertga közim tuşib, yuragim “şuv” etib ketdi. Unda idoraga kelişim xabar qilingan ekan. Ellik yoşlarga borgan katta tergovçi Amerika mulk­dorlar assotsiatsiyasi va Virjiniya ştati sudi tasdiqlagan, inglizça va rusça bitilgan xatni oldimga qöydi. Unda ön uç yil oldin ölgan boyvaççaning qizi otasidan qolgan mulkka qonuniy merosxör, şu sababli u hovli, sex va ikki dökonni qaytarib oliş niyatida ekanini bildirgan ekan.

Hujjatlarni rasmiylaştirib bergan notariusni, köçib ketganmi, vafot etganmi, topolmadim. Men nimaga, mulkning qaysi qismiga daʼvogar bölişim mumkinligini ham bilmayman. Axir ön uç yillik çop-çoplarim, aziyatlarim befoyda ketmagandir? Xullas, mulk va mehnat munosabatlarini biladigan advokat kerak edi. Yekaterinburglik advokatni yolladim, unga muammoni tuşuntirdim, hujjatlar nusxasini yubordim. Respublika Boş prokuraturasi bor mulk va transport vositalariga “zapret” qöydi. Köp ötmay advokat mulk noqonuniy özlaştirilganini, şu sababli, ön uç yillik mehnat haqini undirib berişdan boşqasiga kuçi yetmasligini aytib, işdan voz keçdi. Xotinim Tomskdagi kiçik öğli oldiga ketdi.

Ohvaş dilimni kimga yorişni bilmayman. “Öz farzandim bölganida…”. Közim tokçadagi “Napoleon”ga tuşdi. Qop-qora, noodatiy şişadagi fransuz konyagini oxirgi marta qaçon içgandim, esimda yöq. Ertalab uyğonsam, şişa-yarim. Boşim ğuvullab oğriyapti. Konyakni körgim yöq. Uyimiz oldidagi “Sosiseçnaya”ga kirdim. Bu yerga ön yildan ziyod böldi kirmaganimga. Yuzta “Özbekis­ton” va ikkita sosiska aytib, stolga ötirdim. Heç kim meni tanimayotganidan mamnun edim.

Endi qözğolgandim, qölidagi pivo bilan bir kişi röparamga ötirdi.

— Santexnik Mişa! Mişa aka, pomniş?

Esladim, uni tez-tez xizmatga çaqirardim.

— Esladim. Şunça yillar ötibdi-ya?!

— Men bilan işlaydigan Marat, pomniş, vo mujik bыl, ötgan oyda, işxonada ölib qoldi. Şaxmatist Abdurahmon, pomniş, toje ötgan yili qazo qildi. Sizlar podʼyezdingizdagi Raya opa, krasavitsey bыla, tri goda tomu nazad uşla. Infarkt u neye. Domingizdagi Şavkat, buxgalter, mahalla kotibi Rahimbiy, çöloq, pomniş, hammasi, joyi jannatda bölsin, umerli. Keyingi yillarda ölim köp, a? !

Keçqurun Mişa aka keldi, törtta somsa va bir şişa konyak obkelibdi. Dardçil öylarimdan xalos böliş bois, şerik topilganidan xursand edim ham.

Içişga örganib qoldim. Goh yakka, goho biror şerik topib, köngilxuşlik qilardim. Mulklarim borligini unutdim. Sud ularni boyvaççaning qiziga ötkaziş va menga iş haqlari ajratiş haqida hukm çiqardi. Qança ajratganini bilmayman, uning endi ahamiyati ham yöq edi.

Mulk taşvişlaridan qutulib, özimni yengil sezardim. Biznes-maqsadim alğov-dalğov bölib ketgan bölsa-da, ulfatlarim davrasida xursand edim. Deyarli heç nima esimga tuşmas, faqat bugun qayerda, qaysi kafe yoki oromgohda bazm qilamiz, degan savol tuğilardi. Erkin edim, bundan ortiq omadni tilaş mumkinmi?

Kiçik ögay ketiga reket tuşibdi, tizzasini majaqlabdi. Firmasini tortib olibdi. Xotinim qönğiroq qilib, yordam söradi. Mening qölimdan nima kelardi? Mulklar qonuniy egasiga ötkazilganini aytgandim, u tahdidona, ular umumiy mulkimiz-ku, deb baqirdi. Indamadim. Bir haftalar ötgaç, xotinim uçib keldi, aravaçada mayib öğli. Salom-alik yöq.

— Mulklarda mening dolyam bor. Enajonning ham!

Ona-bola sud va prokuraturaga qatnaşga tuşişdi.

— Ön uç yillik iş haqi olibsiz, — dedi xotinim ğazabli közlarini tikib. — Uning uçdan ikki qismi bizniki. Tinç, ortiqça gap-sözsiz ularni öğlim bilan menga, ikkimizga ajrating.

— Qanaqa iş haqi? Olganim yöq.

— Özingizni göllikka solmang. Hammasidan xabardorman. Xabardormiz!

Mol-mulk va yiğilgan daromadlardan iş haqi ajratiş haqida sud hukmi borligini bilardim, ammo hali sariq çaqa ham qölimga tegmagandi.

— Men ikki yilga yaqin eşakdek işladim, — deb gapga aralaşdi öğli. — Kimga “Spark” olib berilganini ham bilamiz. U bizning mulkimiz….umumiy.

— Yana bir bor tilga olsang…

— Umumiy mulkimizdan öynaşingizga “Spark” obering! — deb piçing qildi xotinim. — Uning ota-onasi oldiga boray, ana şunda körasiz!

— Ablah! Turmuş qurmagan qizni…Mayli, ol, öşa iş haqlarini. Qizni badnom qilma!

— U bilan restoranlarga borgansiz, rasmlarga tuşgansiz.   Rasmlardan tonib böpsiz.

— Ular döstona suratlar.

— Orqasidagi şeʼrlar, izhorlar-çi? Şu yoşingizda… Uyatsiz!

Xullas, yoningizdagilar kimligini bilmoqçimisiz, ularni mulkidan ayirib köring. Ayniqsa ayol zotidagi molparastlik uning şaʼniga töqilgan barça maqtovlarni çippakka çiqaradi.

Özim boyvaççadan ötgan danğillama hovlida turganim uçun uylanmasimdan oldin olgan uç xonali kvartiramni kiçik ögay nomiga ötkazib bergandim. Tağin şu kvartiraga qaytişga majburman.

Dadamni körmaganimga, eslamaganimga ança yillar böldi. Uning “burjuy” degan haqoratomuz piçingi esimdan çiqmagan. Örtamizda paydo bölgan ğoyaviy-ruhiy tösiqni bartaraf etişim kerak edi. Ota uydan çiqib ketganimga, sanasam, ön sakkiz yil böpti-ya?! Mulk topiş zavqi el bölib yaşaşdan kuçli ekan. Mulkdor böb dadamga kimligimni isbotlayman, deb ahd qilibman-a? Bundan ham ortiq takabburlik, aʼmolik bormi? Endi esa dada, dadajon, meni keçiring, degim keladi.

— Uylanibsan, xabardorman, — dedi dadam öziga xos kommunistça viqor bilan uruşda ayrilgan panjasining yarmini muşt tugib. — Ikki çoğasi (xorazmça, bolasi) ham bormiş. — Dadam “hm”lab közimga sinovçan tikildi. — Burjuylar uçun odam — tovar. Tovarni esa sotiş mumkin, oliş mumkin. Şuning uçun burjuy sadoqat, burç naligini bilmidi. Endi sen ögaylardan qutulolmaysan, ular zulukdek qoningni sörişadi.

— Dada…

— Gapimni bölma! Unutibsan. Xizmatçilaringga döq qilişing mumkin, manga emas. Xotin zoti bir “yöldoşi” uçun qirq erkakni laqillatiş makriga ega. “Yöldoşi” ikki bölsa, u heç bir erga mehr bermaydi. Ota-bobolarimiz sörab-suriştirib uylangan, sanday qoş-köziga mahliyo bölib emas. Qoşdagi surma tört kunlik. Buni turmuş aççiqlarini totgan bobolarimiz aytgan. Katta tadbirkor bölgan de­yişadi sani. Bankrot ham deyişadi. Nega bankrot, burjuyça hiylalarni tuşunmayman. Lekin erta bukilibsan. Közlaringga ğam qöngan. Ovozing mungli, xastasan. Elni işli, oşli, boşpanali qiliş oson emas, davlat uddasidan çiqolmayotgan işni zimmangga olib, qirqingda qariding. Bu bilan manga nani isbotlading? A, ayt, nani isbotlading?

Singlingni uzatdim, ikki ukangni uylantirdim, uy-joyli qildim. Birortasida yonimda turmading. Ularning ullisi (xorazmça, kattasi) eding-ku?! Enang, rahmatlining kuta-kuta umidi joni bilan birga   uzildi. Xabar qilsak, xotining, germonda, dedi.

— Aytmadi. Kelardim uçib.

Dadamning taʼnalaridan höngrab, bökirib yiğlagim keldi. Bostirib kelgan alamli köz yoşlarimni uşlab turolmadim. Dadam yelkamdan quçarkan dedi:

— Yiğla! Tovba qil, payti keldi!

Möyalab, özimni yerga otdim. Gunohim nima? Dunyo — oldi-sotdi. Uning öyinlariga kirganim uçun badbaxtmanmi?

— Uzoq joyga, panaga bor, — dedi dadam hukmona. — Odam bölmasin, odamdan qoç! Odamning aduvi — odam! Zuhdlik fikringni çarxlaydi. Endi qanday yaşaşing kerak, öylab kör. Öyla…

Viktor ALIMASOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan