Osmon yerga yaqin
– Assalomu alaykum, yaxşimisiz? – quvonçdan közlari porlab turgan ayol tavoze bilan salomlaşdi.
– Opa, yaxşimisiz? Bayramlar bilan!
Tabassum bilan uni tanimaganimni bildirmaslik uçun iliq söraşdim. Nimtaniş bu ayolning kimligini ilğab oliş uçun lahzada xotiralarimning eng tubigaça şönğidim.
– Mana Toşkentdayam körişdik, – dedi ayol suhbatni davom ettirib.
Endi savol nigohi bilan qarab, jim turişga majbur böldim…
– Tanimadizmi?! Başorat Tursunovaman. Uçquduqdan, – gina aralaş erka ovozidan juvonning yuzi yanada yorişib ketdi.
– Ey, opa, ming bor uzr! Bu pari ayollar içida, mana “man”, degan sultoniyam özini yöqotib qöyadi. Men kimman?!
Orada kulgu kötarildi. Töğrisiyam, tanimadim. Bu zabardast ayol bilan uçraşgani Uçquduqqa borganimga ham tört-beş yil muddat ötdi. Ustiga- ustak qaqragan çölning örtasida, iş jarayonida opa bilan körişib suhbatlaşganman. Innaykeyin pardoz ham juvonning çehrasini özgartirib yuborgandi, şu bois ilğay olmaganman…
Bu yilgi “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida davlat mukofotlari bilan taqdirlangan bir guruh faol xotin-qizlar qatorida fidoyi va jasur ayol – Başorat opaning ham borligi meni çeksiz quvontirdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinati Şimoliy kon boşqarmasining “Şarqiy” kon bölinmasi kran boşqaruvçisi Başorat Tursunova “Mehnat şuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.
Bu ayolning çekkan zahmatlari, mehnatlari menga juda taniş. Başorat opa bilan keçgan samimiy suhbat davomida u kişidan olgan taassurotlarim köz oldimda yangidan gavdalandi.
Quyida oddiy, kamtarin va kamsuqum, zahmatkaş özbek ayoli Başorat Tursunovaning hayoti aks etgan ijodiy lavhani “Hurriyat” muştariylariga ilingim keldi.
Bulutlarga yondoş ulkan kranning oynaband boşqaruv qutisida telefon jiringladi. Başorat opa bir nazar taşladi-yu, yana diqqatini yumuşiga qaratdi. Ilgakdagi yukni katta temir uskunalar atrofida ğimirlayotgan uç-tört çoğli muhandis va işçilarning imo-işorasi bilan ohista siljitib, bölaklarni bir-biriga jamladi. Söngra muhandisning “bir pas töxta”, degan işorasini jilmayib qarşiladi-da, özini erkin qöydi. Qöqqisdan notaniş raqamdan kelgan çaqiriq yodiga tuşib, telefoniga qöl çözdi. Öylanib ötirmay, raqamga qayta ovoz yubordi. Uç yil böldiki, notaniş raqamdan kelgan qönğiroqlar uning yuragiga qutqu soladi, qalbining tub-tubigaça zirqiratib oğriq qözğaydi. Qizi Dildora va kuyovi Otabekning avtohalokati haqidagi xabarni mana şu “quti”da eşitgan, öşanda bu kabina judayam torayib ketgandek tuyulgan edi. Uning bağridan yulqinib, öttiz beş-qirq metrlik baland va tor temir narvondan qanday şiddat bilan tuşganini hamon his qila olmaydi…
– Allo!
– Sveta opa, bormisiz?! Şimoliy kon boşqarmasidan Laylo Karimovaman, – şöxçan ovozda şoşib özini taniştirdi suhbatdoş.
– Ha, Layloxon, uzr, qizğin iş paytida qölim telefonga yetmadi, – köngliga xotirjamlik tuygan bölsa ham, ovozi titrab çiqdi.
– Opa, unda sizni yana bezovta qilmayin-da, maqsadga ötayin… Ertaga poytaxtdan yozuvçi-şoirlar kelar ekan, siz haqingizda maqola yozişmoqçi, bir pasda yurtga tanilib ketasiz… Şunga tayyor bölib keling-a, Sveta opa?!
“Laylo ham, Sveta opa, deyişga ötibdi”, – öy keçdi içidan. – “Ismlarim ham köpayib ketdi, axir buning ham öz yuki bölsa kerak. Feʼl-atvorimning, kayfiyatimning turfaligi şunga boğliqmikan?!”. – Telefondan baqirib yuborayin dedi: “Sveta emas, Sevdo!”.
Xöjam aka va Sabohat opa şu qizlari dunyoga kelganida, onasiga uyqaş qilib, Sevdo deb ism qöygan edi. Zamonasini qarang, öşa kezlarda tuğilganlik haqidagi guvohnomani oila boşining qaçon vaqti bölganida qişloq sovetidan olib kelavergan ekan. Xöjam aka ham Sevdo beş yoşga kirganida tört nafar qizaloqlarining barçasiga birdaniga guvohnoma yozdirib kelibdi. Uyga kelib, qizlar özlariga tegişli nom-nişonini anglatadigan ikki enlik hujjatni talaşib oçib qarabdi. Sevdo örniga Başorat yozilgan emiş… Na kularingni, na yiğlaringni bilasan?! Ostona hatlab çiqqaningda sen emas hujjat tilga kiradi. Sevdo şu soz maktabga çiqdi-yu, Başoratga aylandi. Ammo maktabdan, işdan narida Sevdo bölib qolaverdi. Uçquduq köp millatli şahar, bu yerga köçib keldi-yu, yana Sevdo ismidan ayrildi. Öris qöşnilari tiliga moslab, Svetaga aylantirişdi… Ism-şarif özgaraverar ekan, biroq insonning qalbini, taqdirini, manglayining yoziğini özgartirib bölmas ekan.
Lahzada çuvalaşib ketgan xayollarini jamladi:
– Layloxon, men haqimda yozadimi? – Bu “topşiriq”dan hangu-mang qoldi.– Men haqimda… Qaysi karomatim uçun? – Bu savol suhbatdoşning kulgusiga sabab böldi şekilli, göşakdan jozibali “qah-qaha” eşitildi. – Nimaga tayyorlanib kelaman? Bu bahaybat devning ustiga adras köylakda suv parisidek tovlanib ötirolmaymanku…
Sevdo boşqarayotgan ulkan texnikani haybatli devga qiyos etadi. U şu devning közlarida yaşaydi. U bilan gaplaşadi, dardlaşadi, baʼzan yiğlab ğamlaridan söylaydi. Xullas, Yeru Osmon örtasida qalbini oçib-soçadigani şu ulkan temir matoh.
Şimoliy kon boşqarmasiga qaraşli “Şarqiy” kon bölinmasi kran boşqaruvçisi Sevdo – Başorat Tursunova asli Samarqandning Pastdarğom tumanidan. Oiladagi tört nafar qizlarning eng erkasi, şöxi, yigitlardek abjiri ham şu – soçlari qönğirrang qizaloq. Tomdan sakragan ham, daraxt şoxidan qulagan ham, otasi “mallavoyim”, desa eng avval hoziru nozir böladigan ham – Sevdo. Oilada öğil farzand bölmagani bois öğilning yuki uning yelkasiga tuşar, kartoşkami, piyozmi, qummi, qoplab yelkasiga ortmoqlab, taşib qöyar, onasi Sabohat opa ortidan “hay-hay”lab qolardi. Ona-da, bundan yigirma yil avval ilk bor kran boşqaruvçisi bölib, iş boşlaganida Sabohat opa qizining hayotidan qattiq xavotirlangan edi:
– Qizim, ayol boşingga bu iş oğirlik qiladi-yov, kel, şu tavakkal işingdan voz keç! Keçalari uyqum qoçsa, sen haqingda öylayman, bunday balanddan boşi aylanib tuşib ketmasmikan, deb…
Sevdo volidasini hadikdan xoli qiliş uçunmi, yoki sodda onasining boladek yolvorişi dilini yoydimi, baland ovozda kulib yuborgandi:
–Ha, enam-a, buning xavotirli joyi yöq, tomdan pastga qaragandek gap…
* * *
Sevdo örta maktabni, söngra texnika bilim yurtini aʼlo baholarda tamomladi. Bir olam orzular bilan yuragi hapqirib öqişga hujjat topşiriş uçun poytaxtga jönadi. Toşkent politexnika instituti (hozirgi Texnika universiteti)da tahsil oliş, kelajakda özi tanlagan sohada yetuk mutaxassis böliş orzusi bir dam uning qalbini tark etmas, aksinça, bot-bot hayajonga çölğaverar edi. Biroq bu hayotda hamişa ğolib bölavermaysan! Sevdoning közlari namlandi, ikkinçi bor urinişi ham zoye ketdi… Şunda ham tuşkunlikka tuşaveriş kerakmas, albatta boşqa yöllar ham baxt köçasiga olib çiqadi. Soçlari qönğiroq qizgina Samarqandga qaytdi-yu, şahardagi “Krasnыy dvigatel” zavodiga parmalovçi bölib işga joylaşdi. Asosan er-yigitlar işlaydigan zavodda, ularning qatorida turib, şahd bilan mehnat qildi. Baʼzan zavoddagi şovqin-suron uni toliqtirar, keng dalalar bağrida bahri-dili oçilib hordiq çiqargisi kelardi. Haş-paş degunça ana şu şovqin-suronlar bilan uç yil ötibdi. Sevdo galdagi mehnat taʼtiliga ariza yozar ekan, Navoiyning Malik çölida oilasi bilan tarvuz-qovun yetiştirib yurgan Gulnora opasining xöjaligiga borişni diliga tugib qöydi.
* * *
Adoqsiz daştu dalalar… Çölda kunduzi quyoş qizdirgani bilan oftob botar mahal salqin şabada yelib dilga orom beradi. Poliz örtasidagi odmigina çaylada tortilgan qamiş devorlarning tirqişlaridan esayotgan yelning sasi sibizğaning kuyini yodga soladi. Nega bunça mungli? Nega bunça hazin? Nega bunça orombaxş?
Sevdo oftobning botişini uzoq kuzatib turdi. Şu dam alvon quyoşni ğarq pişgan tarvuzning bir pallasiga öxşatib, xayoliga keçgan öydan bir jilmayib qöydi. Behos nigohi tuşgan Gulnora opa singlisining öyçanligidan bir narsani uqqandek böldi.
– Nimalarni xayol surayapsan, otamning Mallavoyi? Yöq-yöq, savol berişda adaşdim, çoği, kimni xayol surayapsiz? – Börqsitib loy öçoqqa öt qalayotgan Gulnora opa gap tagidan gap otdi.
– Opa, nimalar deysiz-a?! – Şafaqning rangi Sevdoning yuzlariga köçdi. Keyin ikkisi ham kulib yubordi.
Çirildoqlar tunning köksini yoray deydi. Oy harir şuʼlasini olamga yoygan, yulduzlar jilvasi tamomila özgaça hislarni köksingga tökayotgandek tuyulaveradi. Öqtin-öqtin polizning uzoq-yaqinidan çirsillagan ovoz eşitiladi. Şiraga töyingan qovunlar tars yoriladi. Neʼmatlarini şiraga töyintirgan Egam insonni metin qilib yaratgan. Odam dardu-öylari, ğamu ğussalarini kötarib umrguzaronlik qilaveradi…
Qovun-tarvuzni dala boşida palakdan uzib yeyişning gaşti özgaça böladi. Keyingi kuni Navbahorning Arabsoyidan polizga mehmonlar keladigan böldi. Gulnora opa Sevdoni bir neça bor tergadi: “Soçingni turmakla! Egningni töğrila! Yangi köylagingni kiyib ol!”. Qizgina lolu hayron:
– Opa, daştu dalada atlas köylak kiyib, qovun-tarvuzga özimni körsatamanmi? – Qah-qah otib kuladi Sevdo.
Çaylaga suv sepilib joy hozirlandi. Tuproqning isi dimoqqa xuş urildi. Paykal oralab uç yigit yurib keldi. Sevdo mehmonlarga öçoq boşidan iymanibgina salom berdi. Mehmonlar hol-avhol söraşib çaylada çordona qurdi.
– Sevdo, çanqoqbosdiga paykaldan tilyorar tarvuzdan olib çiq! – Gulnora opa jörttaga baralla ovozda singlisiga buyruq berdi.
Qizgina poliz oralab ketdi. Yigitlar bir-biriga köz uriştirib jilmaydi. Qoşi, közu kipriklari tim qora, soçlari jingalak, barvasta yigit örnidan sapçib turdi:
– Qiz bolani yolğiz yuborib böladimi? – Keyin örtoqlariga köz qisib qöydi. Apil-tapil çang qönsa ham ohorini yöqotmagan poyabzalini oyoqqa ilib Sevdoning ortidan jönadi.
Sevdo yigitning nigohlaridan nimanidir uqqandek böldi. Uning uzun tim qora kipriklari hayajonini oşkor qilib qöyardi:
– Ğarq pişgan tarvuzni xomidan qanday ajratasiz? – Yigit dabdurustdan savol berdi.
– Men dehqon emasman, tavakkal, könglim buyurganini bandidan uzib olaman, – ajablanib javob qaytardi qiz.
– Bir umr birga yaşaydigan turmuş örtoğingizni ham tavakkal tanlaysizmi?
Sevdo gap nimada ekanini endi tuşunib yetdi. Oyoği ostidagi tarvuzni şartta bandidan uzib oldi-yu, çayla tomonga ildam yurdi. Yigit yelday kelib, qizning qölidan tarvuzni yulqib oldi:
– Bu sizga oğirlik qiladi!
– Tarvuz sizning savolingiz oldida ançagina yengil, – Sevdo yigitning közlariga boqmay javob berdi.
– Men Öktammi, desam, mendan ham gaplaringiz ança öktam ekan. Öktam Temiroviçman, tanişaylik!
Sevdo yigitning közlariga bir qaradi-yu içida allaqanday totli titroqni his etdi…
Öşa kuni qiz polizning eng şirin tarvuzini tanladi…
Öktam Buxoro pedagogika institutini tamomlab kelib, Navbahor tumanidagi maktablardan biriga ona tili va adabiyoti fanidan dars berar ekan. Ikki yoşning ahdu paymoni bilan barça töylar kabi hali sarposi, hali suruği kam, degan şirin taşvişlari ortda qolib, “dangir-dungur” bilan töy bölib ötdi. Öşa pallada kelinlarga urf böla boşlagan ovropason oq libosda emas, yal-yal tovlanib, kelinga körk beradigan özimizning sulton atlasda Sevdo malikalardek kelin böldi. Oilaning tönğiç farzandiga umr yöldoş bölişning ham mazasi, ham masʼuliyati böladi. Qolaversa, şaddodgina qizning bir keçada qaymoqdek quyulişi osonmi? Ammo Sevdo hayotni anglagan, ota-onasining pandu nasihati, tarbiyasini öziga yuqtirgan, mehnatdan, maşaqqatdan böyin tovlamagan farzand edi. Arabsoyda ikki yil mehribon qaynota-qaynonasiga xizmat qildi. Söngra Öktam Temiroviçning işi viloyat xalq taʼlimi boşqarmasiga köçdi-yu, yoş oila Navoiy şaharda ijarada yaşay boşladi. Ijara uyda kun köriş, çöğ ustida yaşaşdek gap! Ijara haqi, tölovlar… Sevdoning bağrida ikki yoş bolasi – Dildora va Rasul… Öktam keça-yu kunduz mehnat qilib, ota-onasining kömagi bilan amal-taqal bir xonali xonadon sotib olişdi. Söng biroz köngli tingan yigit bolaligidagi orzusiga erişaman, deb içki işlar bölimiga işga kiriş uçun hujjat topşirdi. Barvasta, ismi jismiga monand öktam yigitni köp ötmay Uçquduq şahar içki işlar bölimiga işga qabul qilişdi. Qizilqum gultoji – Uçquduq yoş oila uçun bağrini oçdi… Çölmi, boğu roğ, toğu toşmi, qayda ildizing mahkam tutsa, şu yerda daraxtday yaşab, yaşnab ketar ekansan?!
Sevdo Uçquduqda köp qavatli uylarning bir xonadoniga joylaşar ekan, yangi qöşnisi Rohatoy opa, “xuş kördik”ka çiqdi.
– Xuş kelibsiz!
– Assalomu alaykum!
– Va alaykum assalom! Qayerdansiz, kelinjon?
– Samarqanddanman. Navoiy şaharda yaşardik, iş yuzasidan bir-ikki yilga köçib keldik.
Rohatoy opa miyiğida kuldi.
– Yaxşi, jonim bolam. Men Buxorodanman. Biz ham bir-ikki yil yaşaymiz deb Uçquduqqa kelgandik, mana yigirma yildirki, bu joyni taşlab ketolmayapmiz…
Öşa davrlarda mamlakatdagi iqtisodiy qiyinçiliklar barçaning hayotiga, oila-yu rözğorlarga iz qoldirayotgan edi. Maoşlar tortilar, çöği kamdek tuyular, hayot yuki ortilgan aravani tortişda kişi oqsardi. Qolaversa, Sevdo Dildora va Rasulni bolalar boğçasiga berişi zarur edi. Turmuş örtoği bilan kelişdi-yu, bilim yurtidan olgan diplomi va mehnat daftarçasini qöltiqlab Toğ-kon texnikalari jihozlarini taʼmirlaş sexiga bordi. Kadrlar bölimi mutaxassisi obdan hujjatlarga qarab çiqdi.
– Başorat Tursunova, siz parmalovçi bölib işlaganmisiz?
– Ha!
– Qiz bola boşingizga oğirlik qilmaganmi?
– Yöq!
Sevdo qisqa fursatda mazkur sexning faol işçisiga aylandi. Begona jamoaga tez singib ketdi. Venera opa, Julduz, Şura opalar bilan tuğişgandek opa-singilga aylandi. Albatta, parmalovçi bölib işlaş ayol kişi uçun oğir: sakkiz soat uskunaning oldida tik turiş, uning quloqni qomatga keltiradigan suroniga bardoş beriş, keçqurun uyda farzandlar tarbiyasi, uy-rözğor yumuşlarini bajariş kişini toliqtiradi. Ayniqsa, bolalarning şamollab, isitma qilgan damlarida bu yuk, xavotir yanada ortar, baʼzan “dod”, deb yuborgisi keladi. Şunday paytda Öktam Temiroviç Sevdoga dalda böladi.
2002 yilning boşida Şimoliy kon boşqarmasi kran boşqaruvçiligi uçun öquv kurslarini taşkil etdi. Sevdo uşbu olti oylik öquv kursida öqib tajriba orttirişni diliga tugdi-da, maşğulotlarga qatnay boşladi. Sakkiz soatlik iş vaqti, undan söng ikki soatlik maşğulotlar ayoldan sabr-matonat, iroda, kuç-quvvat, şijoat talab qildi. U maqsadni mustahkam qildi. Tuşlik damlarida böş qolgan kranlarga yaşirinib çiqar, vujudidagi hadikni yengiş uçun balandlikdan yerga boqar, ruhini toblardi. Ötmagan kun, bitmagan yara bormi? Bari ortda qoldi. Mana yigirma yilga yaqin muddat bölibdiki, mitti insonning aqlu zakosi bilan bunyod bölgan ulkan ğaroyib temir maxluqot uning dösti, sirdoşiga aylandi. “Şarqiy” kon bölinmasiga keladigan burğulovçi uskunalarni tuzatadi, vagonlarga ortadi, tuşiradi. Ulkan buldozer va ekskovatorlarni jamlaydi. Biz u noyob texnikalarning suratini körganmiz, xolos. Karʼyerda keça-kunduz tinim bilmay işlaydigan bu temir maxluqlarning har biri yetti vagonga joy böladi. Qizilqum bağridan maʼdanga boy toşu tuproqlarni kavlab, yuk maşinalarga joylaydi, ulkan toğ qilib uyadi.
Sevdo öz işining hadisini olgan, hayiqmaydi, jasorat bilan mehnat qiladi. El-yurt koriga yarayotganini köz-köz qilmaydi. Oq köylak, qora yupkada işga kelmaydi. Nozik kaftlarini boşqaruv tutqiçlari qadoq qilib yuborganini olamga jariyalamaydi.
* * *
– Mehnating juda oğirda, bolam, – deydi Sabohat opa Sevdoning peşonasidan öpar ekan. – Yöl uzoq, sal dam olişga imkoning bölsa, horib meni körgani kelasan-a… Şuning uçun aytamanda:
“Bir qizim qoşimda-yu,
özi Qarşida,
Bir qizim Qarşida-yu,
özi qoşimda”.
Sevdo onasining sönggi kunlarigaça vaqt topdi degunça yoniga oşiqdi. Onaizorni öğlim yöq, deb öksinmasin, dedi.
Hayot öz hukmini aytaveradi. Inson oltinmidi, zeb bersa yaşnaveradigan. Qariydi, qartayadi, keyin esa çiptaçidek pattani qölga tutqazib ravona qiladi. Ota-onasidan keyin Sevdo işga yanada qattiq boğlandi. Turmuş örtoği bilan farzandlarining taʼlim tarbiyasiga katta eʼtibor qaratdi. Qizi Dildora tibbiyot kollejini tamomladi. Suxsurdek qiz böldi, eşik qoqib keluvçilarning keti uzilmadi. Bir kuni baxt darvozasi lang oçildi. Otabek Kumuşga köngil boğlaganidek, Dildoraning Otabegi uni sevdi, ardoqladi. Yaşasam, sen-la yaşayman, ölsam, sen-la ölaman, dedi. Oliygohda birga tahsil olamiz, Qizilqumning siru sinoatlarini oçamiz, sahroni böston, yurtni guliston qilamiz deb ahdu paymon qildi. Oq harir libosda kelin qilib olib ketdi. Hokisor onaizor Sevdoning sevinç yoşlari qalqidi. Köp ötmay yana sevindi: Dildora “yuk” kötaribdi. Yana quvondi: qizi va kuyovi Navoiy davlat konçilik institutiga hujjat topşiribdi… Bir kuni barça şodliklaringni yulib olsa, könglingni nimtalasa, ulkan sinovlarni boşingga parvona aylasa, yaşatib öldirsa, içingga öt ketsa, kipriklaring yoş körmay yiğlar ekansan.
Institutga kiriş imtihonlarini topşiriş uçun yölga çiqqan yetti oylik kelin-kuyov – Otabek va Dildora mudhiş avtohalokatga uçrab nobud bölibdi, degan xabar yeru kökni larzaga soldi. Qizilqum boşdan to adoq lovullab yondi. Olam bir tutam bölib qoldi, Sevdo kukunga aylandi…
Eng aççiq malham ham, eng totli malham ham vaqt ekan. Yupanç ham, dalda ham vaqt ekan. Odamga berilgan iroda, bardoş Sevdo boşqarayotgan ellik tonnalik ulkan temir maxluqotda ham yöq ekan. Hayot ekan, taqdir ekan… Nailoj?! Sevdo hamon bir kuni Dildora Otabek bilan ostona hatlab kirib keladi degan öy bilan yaşaydi…
Sahroda ham bahor özgaça tarovat bilan keladi. Saksovullar, yulğunlar kurtak yozadi. Qovjiragan çöl maysalari örnida yana yaşillik yuguradi. Hayot uyğonadi, umr jonlanadi. Sevdo va Öktam aka mehnati evaziga olgan zamonaviy uslubda qad rostlagan namunali hovli-joyida quvonç quloç yozadi. Sevdoning qabatida, “Şarqiy” kon bölinmasida burğulovçi bölib işlayotgan öğli Rasuljonga munosib yor, qaynona-qaynotaga suyukli kelinning çehrasidan baxt ufuradi… Öktam Temiroviç mahalla raisi sifatida tongdan idoraga şoşadi. Sevdo esa tuya örkaçidek sunʼiy toğlar oralab, olis-olisdan çorlab turgan bir közli dev dösti bilan dillaşgani yölga tuşadi…
* * *
Muxbir Şimoliy kon boşqarmasining “Şarqiy” kon bölinmasi kran boşqaruvçisi Başorat Tursunovaga sönggi savolini berdi:
– Sevdo Xöjamovna, kasbingiz taqozosi bilan kun davomida osmon va yer qarşisida göyo muallaq, kabinada yolğiz işlaysiz. Böş qolgan damlaringizda xayolingizdan nima keçadi?
– Osmon Yerga bunçalar yaqin, degan öy keçadi. Darhaqiqat, Osmon Yerga yaqin…
Sevdoning közlarida yoş qalqiydi. Bu köz yoşlarda barçasi qorişiq: armon va iztiroblar, şodligu şukronalik…
* * *
Mening esa dastlab xayolimga kelgan öy — ayol kişining kran boşqarişini tasavvur qilolmaganim haqidagi xayol Başorat Tursunova hayoti, matonatli bu samimiy ayol haqidagi bilganlarimdan söng unga ahamiyatli bölmay qolgan edi. Biz bilgan, bilmagan qanday taqdirlar, zamondoşlarimiz borligi haqida öylar edim…
Faxriddin HAYIT
