Lolaqizğaldoq

yoki Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf haqida bilgan va   bilmaganlarimiz

 

Uluğ tarixiy, ijtimoiy hodisalar öz odamlarini – öz şoirlari, öz siyosatçilari, ijodkor fidokorlarini yaratadi. Muhammad Yusuf xuddi istiqlol uçun yaratilgandek edi. U xuddi Mahtumquliga öxşardi. Şeʼrlari ozod xalq orzulari bilan tutaşib ketgan edi…

Ibrohim ĞAFUROV,

Özbekiston Qahramoni

 

Özbekiston Qahramoni, davrimizning uluğ ziyolisi — Ibrohim aka haq: darvoqe uzoq yillar biz uçun samimiy döst va siyli oğa bölgan otaşin şoir Muhammad Yusufning şaxsiyatida ham, şeʼriyatida ham körkam Kopettoğning turnaköz buloqlaridan, azim Atrek va Gurgon daryolarining zilol irmoqlaridan suv içgan faylasuf şoir Firoğiyning taqdiriga öxşaş tafsilotlar, qismatiga öxşaş qirralar bor edi. Bu birinçi navbatda inson qadri uçun söz orqali kötarilgan isyonda körinadi. Buyuk turkman faylasufi beadad armon bilan:

Xuş qolinglar, endi, döstu yoronlar,

Işonmang, barçadan ötar dunyo bu.

Çora topmadilar ötgan valiylar,

Barçaning boşiga yetar dunyo bu.  

– deb yozsa, oradan roppa-rosa 200 yil ötgaç, uning özbekistonlik zabardast izdoşi:

Dononi xörlab töymagan,

Holi joniga qöymagan,

Şayton bilan oşiq öynagan,

Pixini yorgan dunyosan.

– deya xitob qildi. Gözal, töq, tinç hayotga intilgan lirik qahramonning iztirobi har ikkala banddagi orzuda ayon közga taşlanadi. Navoiyning nidosiga, Fuzuliyning faryodiga, Tagorning tuğyoniga ulanadi. Va ötli qalam sohibi yoğdu va qayğularga qorişgan yigirmançi asrning sönggi çoragida turib uşbu şafqatsiz xulosaga keladi:

Mening yölim uzun armon,

Özim dovon, özim karvon,

Meni sahro tuşungaydir,

Sen, ey sarbon, tuşunmaysan.

Yaşirib nima qildik: aslida biz bilgan şoir Muhammad Yusuf va biz bilmagan şoir Muhammad Yusuf bor edi. Biz bilganimiz köz yoşu iltijolarga işonmaydigan poytaxt şaharning bir çekkasida jimgina işlab, jimgina ijod qilib, dastlabki şeʼrlarini gazeta-jurnallarga berib-bermay yurgan dalli-devona şoir. Bilmaganimiz özining ijodini köz-köz qilişdan köra kamtarlikni köproq xuş körgan 25 yaşar azamat yigit. Esimda: aynan öşa kunlari “Yoşlik” almanaxining bir sonida ikkitagina şeʼri suratsiz berilganu bölğusi rafiqasi Nazira Salomovaning şeʼrlari surati bilan berilgan edi. Gap suratda emas, adabiyot maydoniga qarab qadam taşlayotgan navqiron şoirning içki maʼnaviy olamida edi. Uning özi bu haqda oçiqçasiga şunday yozadi:

Mening haqimdagi ğiybatlar yolğon,

Ixtiyor özimda bölsa qaniydi…

Inson öz orzularining qanotlarini keng keradi. Ammo hamişa ham uning izmi, ixtiyori özida bölmaydi. Bu bevosita Muhammadjon akaga ham, uning atrofidagi yaqin döstlari – Abdunabi Boyqöziyev, Ğulom Fathiddin, ukalari – Yahyo Toğa va menga ham tegişli edi. Abdunabi aka Leningradga, Yahyo jöram Moskvaga öqişga ketdi. Ğulom eşon Riştonga, men Ellikqalʼaga tuman gazetasiga işga ketdik. Mening ketişimning sabablaridan birini 43 yildan keyin oşkor qilmoqçiman. Gurunglarimizdan birida Muhammadjon aka “Menga Şumanaydagi maktablardan biridan iş topib bera olasizmi?” deb piçirlab söradi. “Harakat qilib köraylik!” dedim. Ertasiga poç­tamtga borsam, tuman gazetalaridan tuzukkina qalam haqi kelgan ekan. Öşa kuni keçqurun Nukusga uçib ketdim. Bir yölini qilib Xöjayliga yetib oldim. Bekatda talaba yigit bilan tanişdim. Ertalab Kirov nomidagi davlat xöjaligining “Moyliözak” degan bölimiga, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti filologiya fakulteti tolibi, beruniylik döstim Rus­tam Xudoyberganov paxta terayotgan dalaga bordim. U bizning Kirov nomidagi jamoa xöjaligiga qöşni “Pravda” kolxozida yaşardi. Hali pioner paytimizdan bir-birimiz bilan hazillaşardik. “Mana, “otiz” (dala – muallif izohi) töla qiz. Qaysinisini tanlaysan?” deb kuldi. “Ha, qiz tanlaşga keldim!” dedim. Muhammadjon akaning iltimosi haqida oğiz ham oça olmas edim. Tuşga yaqin tuman maorif bölimiga bordim. Masʼul şaxs “Rus tili öqituvçisi kerak. Lekin bir yarim ming kilometr uzoqda tuğilgan odamning bu yerga işga kelişini raykomga, obkomga qanday tuşuntiramiz?” dedi. Tarvuzim qöltiğimdan tuşib, Toşkentga qaytdim. Oğamga ming xijolat bölgan köyi vaziyatni tuşuntirib, qöriqqa tumanga ketdim.

Har zamonga bir zamon deydilar. Oradan 14 yil ötgaç, poytaxtga qaytib, “Turkiston” gazetasiga işga kirdim. Keyin “Qişloq hayoti”ga, söng­­ra “Xalq sözi”ga ötdim. Oğam aziz dösti Sirojiddin Sayyid bilan “Toşkent oqşomi”da işlab, 1985 yili “Taniş teraklar”, 1987 yili “Bulbulga bir gapim bor” kitoblarini çiqardi. Bora-bora Muhammadjon aka hayoti va ijodining yulduzli onlari boşlandi.

— Baxt nimadir, ey odam?

— Baxt bir burda qora non.

deb yozgan va “Toş şahrida uyi boloxona” bölgan şoir oğamga poytaxtning nufuzli “Puşkin-Salor” mavzesidan şinam turarjoy ajratildi. Benazir ijodi uçun 1996 yilda “Döstlik” ordeni bilan taqdirlandi. 1997 yili Özbekis­ton Yozuvçilar uyuşmasi raisining örinbosari bölib saylandi. 1998 yili Xalq şoiri unvoni bilan taqdirlanişidan taşqari Özbekiston Res­publikasi huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tugatdi. Birozdan söng Çinozdan Ikkinçi çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati böldi. Ketma-ket kitoblari çop etildi. 1999 yili Tölepbergen oğa, Abdulla aka va Muhammadjon akaning saʼy-harakatlari tufayli kaminai kamtarin ham uyuşma aʼzosi böldim. Bir kuni “Ugolok” kafesida qovurilgan tovuq tanovul qilib ötirganimizda oğam menga jiddiy tikilib, “Sport homiylaridan biri huzuriga taklif qilyapti. Abdulla aka bilan bormoqçiman. Nima deysiz?” dedi. “Özingiz bilasiz, oğa!” dedim. Öşa homiylik evaziga şaxsiy avtoulov – “Tiko” xarid qildi. Qator teran mazmunga ega şeʼrlari taronalarga aylanib, muhim davlat tadbirlarida ijro qilindi. Ularda mus­taqillik ostonasida turgan özbek xalqining eng ezgu orzu armonlari, iztiroblari, intiliş­lari yaqqol ifoda etilgan edi. “Özbekiston”, “Vatanim”, “Xalq böl, elim”, “Talabalar mad­hiyasi”, “Özbekning ayollari”, “Özingdan qöymasin, xalqim” kabi davr daʼvatiga mengzagan şeʼrlari millionlab qalblarga muhrlandi:

Erk vodiysi – zahmatlarga siylovdir bu,

Toy qoqilib ot bölguvçi yaylovdir bu,

Ranj çekmasang nurli,

                                nurli tonglar qayda,

Sinovdir bu, balki buyuk sinovdir bu.

Boş ketsa ham qaytma endi sözingdan-a,

Özingdan qöymasin, xalqim, özingdan-a.

Haqiqatan ham yangi asr bösağasida özbek adabiyoti böstonida gujumdek gurkirab Muhammad Yusuf fenomeni paydo böldi. Bu aslo mubolağa emasligining tasdiği tarzida öşa böstonning tört azim çinori, tört nafar qahramon adib­larning xulosalarini keltirmoqçimiz. Atoqli adib Said Ahmad “Keyingi paytda birorta şoir Muhammad Yusufdek tez nom çiqarmagan, nomdor bölmagan edi” desa, ardoqli ustozimiz Erkin Vohidov “U birinçi qadamidanoq yurt osmonida baland parvoz qilguvçi, yuraklarga qanot berguvçi şeʼriyati bilan elning oğziga tuşdi” deb eʼtirof etdilar. Mustaqil mamlakat davlat madhiyasi muallifi, aziz ustozimiz Abdulla Oripov esa “Hali yoşlik yillaridayoq bunçalik köp muxlis orttirgan, döst-oğaynisi bisyor ijodkorni körmagan edim” deb yozdi. Allomalar allomasi Ozod Şarafiddinov “Muhammad Yusuf degan şoir şeʼriyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi. Ammo u tezda, hammani hayron qoldirib, oğizga tuşib ketdi” deb tan oldi.

26 aprel – Muhammad Yusuf tavallud topgan kun. Şu sana arafasida köpçiligimiz atoqli şoirni eslaymiz, esdaliklarimizni qoğozga tuşiramiz. Meni hayron qoldiradigan joyi şundaki, bu kezlar umri bino bölib Muhammadjon aka bilan biror marta uçraşmagan odamlarning ham ilhomi “tölib-toşadi.”

Endi öz mavzuimizga qaytaylik. Oğamiz hayot çoği u bilan köp yillar bir kulçani ikkiga bölib yegan, bir joyda birga işlagan qadrdon dös­ti, ayni kunda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi rai­si, Xalq şoiri Sirojiddin Sayyid “Ustozlar izidan, safdoşlari bilan yonma-yon Muhammad Yusuf ham, taʼbir joiz bölsa, öz şeʼrlari bilan nurli köpriklar solib, yangi yoruğ yöllar oçişga muvaffaq böldi.” deb yozganida bir neça karra haqdir. Zotan bir qança mualliflar yoxud adabiyotşunoslarning şoir adabiy merosini adabiyotimizning umumiy boğidan ayro holda tavsiflaşga, ortiqça baho berişga urinişini töğri deb hisoblamayman. Biz uçun hazrat Navoiy, hazrat Bobur, hazrat Ogahiy ham, otaşnafas şoirlardan Çölponu Usmon Nosir, Ğafur Ğulomu Oybek, Mirtemir ham, Jumaniyoz Jabborov, Maʼruf Jalil, Çölpon Ergaş, Yöldoş Eşbek, Asqar Qosim ham, Zulfiya, Saida Zunnunova, Oydin Hojiyeva, Ullibibi Otayeva, Nazira as-Salom ham birdek qadrlidir.

Oğir toşni suv oqizib keta olmaydi. Kezi kelganda yigirmançi asr özbek adabiyotiga oid antologiyalarni, qöllanmalarni qayta tayyorlaş zarurati borligini taʼkidlamoqçimiz. Aytaylik, beş marta qayta naşr etilgan “Özbek adib­lari” nomli kitob professor Sobir Mirvaliyevning beqiyos mehnatidir. Beşinçi naşrda unga professor Nuʼmon Rahimjonov ham katta uluş qöşdilar. Ammo uşbu noyob naşrda ötgan asrning örtalarida poeziyamizda yulduzdek porlagan şoirlar – “Eron osmoni ostida” turkumining muallifi Mamarasul Boboyev va Özbekiston Şörolar respublikasi madhiyasi avtorlaridan biri Temur Fattoh haqida biror oğiz söz yöq. Yoinki turli avlodga mansub söz ustalaridan Ilyos Muslim, Jumaniyoz Şaripov, Ötkir Raşid, Raʼno Uzoqova, Yonğin Mirzo, Eʼtibor Oxunova, Teşa Saydaliyev, Duşan Fayziy, Nizomjon Parda, Oşiq Erkin, Nilufar, Maksim Karim, Ibrohim Doniş(röyxatni uzoq davom ettirişimiz mumkin) asarlari har qanday antologiyani bezamaydimi? Bezaydi. Biz bu mulohazani faqat kelgusi işlarni közlagan holda bildiryapmiz.

Muhammad Yusuf fenomeni haqida gap ketganda uning yurtdoşi, Xalq şoiri Tölan Nizomning quyidagi xulosasi yodga keladi: “Satrlar quyma, sözlar xalqona, fikrlar tiniq, haroratli.” Gap şundaki, söz zargari poeziyamizga Halima Xudoyberdiyeva, Tilak Jöra, Azim Suyun, Mirpölat Mirzo, Şavkat Rahmon, Usmon Azim, Xurşid Davron, Muhammad Rahmon va boşqa qator isteʼdodli şoirlardan iborat qudratli avlodning ortidan kirib keldi. Lekin u özidan bir köylakni oldin tözdirgan Mirpölat Mirzo taʼkid­laganidek, “şu davr jahon şeʼriyatidagi turli oqimlar, tajribalar, keskin evrilişlarga ergaşmasdan kitobiylikdan yiroq, xalq qalbiga yaqin” şeʼrlar bitdi. Şoir ijodining öziga xos olmos qirralari ana şunda mujassam:

Mening kimligimni

Bilmaydi heç kim.

Men bir ğalatiman,

Men – alohida.

Kiyiklar qonini

Keladi içgim,

Çayonni çaynagim

Kelar gohida…

Şoir şaxsi bilan lirik qahramon içki olami barça zamonlarda adabiyot ilmini öyga solgan. Yuqoridagi satrlardan kelib çiqib taniqli munaqqid Umarali Normatov “Şoirning lirik qahramoni ğaroyib şaxs” degan xulosaga kelib, uning ijodida “jahon yangi şeʼriyati nafasi” va “yangiça şeʼriy tafakkur” epkini paydo bölganiga işora qiladi. Ikkinçi atoqli munaqqid Abduğafur Rasulov esa “Şoir şeʼriyati – mukammal vujud: unda har bir aʼzo, asab tolasi, qon qatrasi, kiprikdan tirnoqqaça aniq vazifani bajaradi.” deb yozadi. Uçinçi tajribali munaqqid Saydi Umirov şoir şeʼrlarining tavsifiga “Tabiiy va samimiy, jozibador va maftunkor, taʼmli va totimli, sodda va teran, xalqona va mardona” degan metaforalarni qöşadi. Uçala ustozning munosib izdoşi Adhambek Alimbekov esa şoir ijodi haqida tugal monografiya yozib, uni “Latif şeʼriyat” deb nomladi. Asar adabiy jamoatçilik tomonidan iliq kutib olindi.

Muhammadjon aka “Toşkent oqşomi” gazetasida işlaganida maqolalariga “Maqsad Yaxşiyev” degan imzoni qöyardi. Men u paytlar “Oqşom”ga, ustoz Ötkir Hoşimov va Nasriddin aka Muhammadiyevning yonlariga tez-tez borib turardim. Gazetani varaqlab, öşa imzoni körardimu içimda maqsadi yaxşi insonlarga yondoşişdir, degan xulosani çiqarardim. Keyinçalik bunga köp bora işonç hosil qilganman. Dastlabki davr­­da Muhammad Yusufni keçqurunlari 41-15-86 raqamli telefondan topiş mumkin edi. Undan bu raqamni olganmanu bu kimning uyi deb söramagan ekanman. Qönğiroq qilsam:

— Eşitaman, mullaka! Kim kerak? – dedi salobatli ovoz.

— Menga Muhammadjon aka Yusupov kerak edilar!

— Şoir Andijonga ketgan edi. Siz kim bölasiz?

— Qoraqalpoğistonlik tanişi bölaman.

— Iye, Nukusga borsang, inim Jölmirzaga salom ayt. Ittifoq yozuvçilarining birinçi sʼyezdida birga qatnaşganmiz!

Telefon-avtomatning göşagini qöydimu boşimga birov gurzi bilan urganday böldi. Şu tob fazodan uçar tarelka tuşsa-yu, meni Marsgami, Yupitergami, olib ketsa, u qadar ajablanmagan bölardim. Mening xayolimda şöro yozuvçilarining birinçi qurultoyida iştirok etgan özbek adiblari köp yillar avval yaşagan degan fikr bor edi. Qönğiroğimga javob bergan odam meni rosa laqillatdi, deb öyladim. “Qoraqamiş ½” bekatida avtobusdan tuşsam, şoir Tursun Ali kartoşka xarid qilayotgan ekan. “Qayerdan kelyapsiz?” dedi. “Muhammad Yusuf turadigan uyga qönğiroq qiluvdim…” Çaynalayotganimni körib şoir “Trubkani Nazir Safarovning özi oldimi?” dedi. Qotib qoldim. Nahotki, Tursunoy Oxunova haqida asar yozib, keyin maşina terimidagi közböyamaçilikka qarşi çiqqan adolatli yozuvçi, “Navröz” romanining muallifi bilan gap­laşgan bölsam-a. Keyin bilsam, şoir köpinça ana şu otaxon adibning xonadonida, Butlerov köçasi, 17-uyda bölar ekan. Köp ötmasdan oğam quyidagi satrlarni qoğozga tuşirdi:

Termulaman, izlaridan jim,

Boqib közim tolib ketadi.

Tramvaylar seni har kuni

Bodomzorga olib ketadi.

Tez orada Nazir ota Muhammadjon akaning eng yaqin döstlaridan biri Abdunabi Boyqöziyev bilan birga bir-ikki kilo konfetu qand-qurs kötarib, Kirov, hozirgi Yunusobod tumani, Bodomzor mavzesidagi Boksyorlar köçasi, 59-uyga sovçilikka boradi. Eşikni oçgan uy sohibiga:

— Ğaybulla Tojiddin öğillari özingiz bölasizmi? – deydi.

— Qadamingizga hasanot! – deydi professor Ğaybulla as-Salom va oşxona tarafga qarab buyuradi. – Çoy damla, qizim!

Şu tariqa öşa qiz yaʼni Nazira as-Salom Muhammadjon akaga oqila rafiqa bölib, 18 yil şirin çoylar damlab, biri-biridan gözal qizlarni dunyoga keltirdi. Mana, 21 yildirki, aziz oğamning xotirasiga ehtirom bajo etib kelmoqda. Ziğirça bölsa ham minnat qöşmagan holda ayta olamanki, şu kungaça men kennoyimizning hurmatini joyiga qöyib kelmoqdaman. Davlatimiz rahbari şoirning oilasiga Yakkasaroy tumanidagi Yusuf Xos Hojib mavzesidan şinamgina hovli berdi. Yangi xonadonda Nazira opa va farzandlarining bir qança quvonçli kunlarida iştirok etdik.

— Allohning bandasi peşonasiga nelar yozilgani bilolmas ekan, – deydi şoirning rafiqasi, isteʼdodli şoira, Muhammad Yusuf jamoat fondi rahbari Nazira as-Salom.

— Toşkentning Navoiy köçasidagi köpçilikka maʼlum 30-uyda, “Öqituvçi” naşriyotida işlar edim. Tuşlikka çiqayotganimizda bino yölagida qoraçadan kelgan, ozğingina, istarasi issiq, soçlari jingalakka moyil, közlari çaqnab turgan yigit soat neça bölganini söradi. Aytdim. U bir lahza közlarimga tikildi-da, mayin jilmayib örtoqlari yoniga ketdi. Keyinçalik eşitsam, öşanda döstlariga “Falakning gardişi qay tomonga aylanişini bilmadimu men aynan şu qizga uylanaman” degan ekan. Tez orada töyimiz böldi. Farzandlar tuğildi. Nevaralik böldik. Özlari Bilol deb ism berdilar va şu nomda şeʼr yozdilar, men çinorman, sen niholsan, dedilar. U şeʼrda meni körolmaslar köp, nişlarini ayamasdan sançadilar, degan sözlar ham bor. Naçora, hayot şunday ekan, qiynaldik, qoqildik, qad tikladik. Bunda rahmatlik otam, yirik tarjimaşunos, fan doktori, professor Ğaybulla as-Salom bizga qölqanot böldilar. U kişi Xatirçida oddiy oilada ulğayib xalqimizning atoqli olimi maqomiga erişdilar. Falokat oyoqning ostida bölar ekan: Muhammadjon aka özimizning avtoulovimizda televizorimizni tuzattiriş uçun teleatelga olib ketayotib avtohalokatga uçradilar. Toşkent tibbiyot ins­tituti klinikasida uzoq davolandilar. Uning oyoqqa turişida maşhur tib olimi, professor Damin Abdurahimoviç Asadovning xizmati katta böldi. Avariyadan xabar topgan taniş-bilişlar Toşkentga oqib keldi. Muhammadjon aka klinika palatasida şeʼr yozib, “Xalq sözi” muxbiri Ozod Rajabovga bergan intervyusiga qöşdilar. Sönggi marta Qoraqalpoğistonga ketganlarida ham toblari yöq edi. “Safarga bormasam bölmaydi!” deb turib oldilar. Unga va oilamizga çeksiz muruvvat körsatgan öşa tabarruk tuproqda olamdan ötganini esa faqat Allohning irodasi deb bilaman!

Yölomon yöl, elomon el qidiradi. Endi Xalq şoiri hayotining sönggi çoğlariga xolis töxtalişni lozim deb topdik. Çunki Muhammadjon aka — Muhammad Yusuf hayotining aynan şu davriga oid yozilgan esse, maqola, yodnomalarning hammasi ham unça haqiqatga töğri kelmaydi. Avvalambor Muhammad Yusuf öşa kezda Ellikqalʼaga şunçaki borgani yöq. Men u paytlari “Xalq sözi” – “Narodnoye slovo” gazetalarining Qoraqalpoğiston böyiça muxbiri edim. Özbekis­ton Yozuvçilar uyuşmasi, “Xalq sözi” – “Narodnoye slovo” gazetalari, Qoraqalpoğiston hukumati Ellikqalʼada şeʼriyat bayrami ötkaziş böyiça memorandum imzolandi. 2000 yilning 12 iyun kuni Yozuvçilar uyuşmasining “Mustaqillik maydoni” metro bekati, Toşkent zarbxonasi yonidagi binosida, rais Abdulla Oripovning kabinetida Muhammad Yusuf   ikkimizga qarata:

— Meni yaxşi bilasizlar. Yolğon gapirişni yomon köraman. Men aslida Ellikqalʼaga şeʼriyat bayrami deb emas, u yerdan çiqqan tabibga qizimni körsatiş uçun bormoqçiman! – dedi.

— Qaçon jönamoqçisan? – deb söradi Abdulla aka.

— Ertaga!

— Unda mening Ruxsora qizimni ham olib ketinglar. Qoraqalpoqni körsin!

13 iyun kuni Muhammad Yusuf Nukusga uçib ketdi. 14 iyun kuni Abdulla aka boşçiligida 15 kişidan iborat guruh samolyotga çiqdik. Samolyot örnidan qözğalganida illyuminatordan taşqariga qarasam, aeroportga keçikib kelgan şoir Azim Suyunga közim tuşdi. Şeʼriyat bayramida Qoraqalpoğistonning öşa kezlardagi rahbarlari Timur Kamolov va Aminboy Tojiyevlar iştirok etişdi. Tadbir yuksak saviyada ötdi. Öşanda “Xalq sözi” – “Narodnoye slovo” gazetalari Boş muharriri örinbosari, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Şuhrat Jabborov “Tadbirga beş nafar Xalq şoiri kelibdi. Agar bir nafar Xalq şoiri kelganida ham tarixiy voqea bölgan bölar edi!” dedi. Haqiqatan ham bayramga 5 nafar Xalq şoiri – Abdulla Oripov, Jumaniyoz Jabborov, Omon Matjon, Usmon Azim, Muhammad Yusuf kelgan edilar.

Ertasiga Tuproqqalʼa va Ayozqalʼani ziyorat qilganimizda Abdulla aka “Bugun mening köz yoşlarim içimga oqyapti. Çunki ular quvonç köz yoşlaridir. Men bunday top-toza, yap-yaqin va moviy osmonni birinçi marta körişimdir. Sahroga qarang, Biz bu sahroni şunçalar gözal deb öylaganmidik?” dedi. Xalq şoiri Usmon Azim “Abdulla aka! Iltimos, şu sahroni menga sovğa qiling!” dedi hazillaşib. “Ortingdan Boysunning daşti ergaşgan edi. Bu sahroni ham ergaştira qol. Berdik senga. Maʼqulmi?” deb Qoraqalpoğis­ton hukumati raisining muovini Tatlimurat Atamuratovga qaradi. Tatlimurat oğa boş silkib, kulib yubordi. Abdulla aka bilan Timur Kamoloviç Toşkentda yonma-yon yaşardilar. Bir kun oldin “Keçqurun uyda, Nukusda kutaman!” degan edilar. Abdulla aka bilan Hanifa opa bir maşinada, Muhammad Yusuf bilan men ikkinçi maşinada Nukusga otlandik. Mehmondorçilik avjiga çiqdi. Bir payt Timur Kamoloviçning yordamçisi kirib, menga “Sizni Toşkentdan söraşyapti” deb şahar telefonining göşagini berdi. Masʼul xodim “Ustozingizni tez aeroportdan jönating. Ertalab Duşanbega uçadilar!” dedi. Qöl yuvadigan xonada soqolini qirtişlayotgan Muhammad Yusuf: “Nima gap?” dedi. “Yuqori”ning topşiriğini aytdim. Öşa oqşom ustozni, Hanifa opani, Muhammad Yusufni “AN-24” bortigaça kuzatdim. Keyinçalik Törtköl tumani hokimi, Qoraqalpoğiston hukumati raisi bölgan Tursunboy Tangriberganov (u paytlari issiqxona direktori edilar) beret kiyib bortda ötirgan ekan. “Siz ham ketyapsizmi?” dedi. “Yöq!” dedim. Kulimsirab qöydi. Qahramon şoirga ehtirom şu qadar yuksak edi. Samolyot bortida Abdulla akaga “Ibroyim oğaga salomingizni, uzringizni aytaman!” dedim. Ustoz jilmayib qöydi. Va Ibroyim oğa bilan öşa yilning 9 sentyabr kuni öşa paytlari katta idorada işlayotgan Ahmadjon Meliboyev bilan birga kelib Nukusda, Berdaq nomidagi teatrda “Mamanbiy afsonasi” muallifining 70 yilligida qatnaşganida uçraşdi. Va yubiley minbaridan turib “Agar dunyo xalqlarining ramziy paradi ötkaziladigan bölsa Kunxöja, Ajiniyoz, Berdaqning ortidan Tölepbergen va Ibroyim yurgan bölardi!” dedi. Bu beqiyos baho gulduros qarsaklar bilan olqişlandi.

Şeʼriyat bayramidan söng Muhammad Yusuf Ellikqalʼaga har oyda bir keladigan böldi. Ehtimol uning bu taşriflari ön, yigirma, balki undan ham köp yillar davom etgan bölardi. Faqat öşa maşʼum avariya uni töşakka mixladi. 2001 yilning 25 iyuliga möljallangan mamlakat yoş yozuvçilarining “Aqçaköl ilhomlari” respublika anjumani oldidan uyuşma raisining huzurida kengaşib oldik. Tobi yöqligiga işora qilsak, oğam Abdulla akaga: “Ustoz! Bu yoş yozuvçilar anjumani. Vazifamga köra men bormasam qanday böladi?” dedilar. Menga qarata: “Yangiboy oğa! Yomğir şarros quyib turganida Toşkent viloyatiga borib, tarğibot işiga qöşilganingiz yoddan çiqdimi? Sizlardan men uçun samolyotga sarf-xarajat lozim bölmasa, borganim maʼqul emasmi?” dedi. Qayta eʼtiroz bildirişning iloji bölmadi. Tangri taoloning oldida adolat yuzasidan qayd qilişimiz kerakki, öşa çoğlari endi kurtak otayotgan milliy “şou-biznes” muhiti aziz oğamning feʼl-atvoriga oz bölsa-da taʼsirini ötkazgan, sanoqli kunlardan keyin “Zarafşon” restoranida mualliflik keçasi ötkazilişi haqida afişalar osilgan edi. Yoş adib Abduqayum Yöldoşev ssenariy ham yozgan edi. Oğamning öşa davralarga kirib borişi uning xalqqa kengroq tanilişiga yöl oçib bergan bölişi ham mumkin. Qolaversa u çoğlari ham, hozir ham “şou-biznes”da iymonli, eʼtiqodli insonlar juda köp bölgan va böladi.

“Aqçaköl ilhomlari” tadbiriga uyuşma raisi bilan birga viloyat bölimlari masʼullaridan Tölan Nizom, Toşpölat Ahmad va boşqalar bordi. Habib Saʼdulla, Xosiyat Bobomurodova va özi boşqa sohada işlaydigan şoir oqsoqol uzrli sabablarga köra samolyotdan qolib ketişdi. Öşa oqsoqol bir neça marta “Muhammadjon mening örnimga samolyotga çiqdi. Agar men uçganimda u omon qolar edi!” deb yozdi. Bu butunlay notöğri. Birinçidan, Muhammad Yusuf Oliy Majlis deputati bölgani uçun parlament aʼzolariga doimiy saqlab qöyiladigan örinda uçdi. Ikkinçidan, Xosiyat opaning qölida çiptasi bölgani uçun uning örni ham böş edi. Uçinçidan, Allohning suyukli bandalarimiz, sönggi nafasimiz qayerga muhrlanganini yolğiz Yaratgan Egamning Özigina biladi. (Allohning amri ekan: buyuk musavvir Örol Tansiqboyev 1974 yilning 18 aprelida, buyuk davlat arbobi Şarof Raşidov 1983 yilning 31 oktyabrida Quyi Amudaryo vohasida dorilbaqoga yöl oldilar) Törtinçidan, Muhammad Yusuf dastlabki ikki kun, ikki keçada soğligiga salbiy taʼsir qilişi mumkin bölgan narsalar isteʼmol qilgani yöq. Buni aniq bilaman. Ayniqsa hozir şov-şuvga öç janoblar yozib yurgan qimron haqida söraganida hozirgi holatida unga mumkin emasligini aytganimda “şubot” töla kosani örniga qaytarib qöygan edi. Beşinçidan, öşa avariya asoratidan töliq xalos bölmagani uçun minbarda turib anjuman ğoliblari röyxatini öqigan çoğlarida nafasi yetmasdan yiqildi. (Bu hol safarga otlanişimiz arafasida Toşkentda ham yuz bergan edi). Oltinçidan, öşa keyinçalik öz nomiga qöyilgan akademik litsey auditoriyasida yiqilganida mahalliy vraç Xudoybergan Karimberdiyev şoirning tilini tanglayidan tortib olib şifoxonaga jönatganidan keyin Muhammad Yusuf öziga kelganu kasalxonadan çiqib ketgan. Anjuman ğoliblarini men eʼlon qilib, uni yopganimizdan keyin mening uyali telefonimga ustoz Tölepbergen Qaipbergenov qönğiroq qilib: “Biz Xalilla Davletnazarov bilan Böston şahriga kirib keldik. Qayerga boraylik!” dedi. Men “Botanika boğiga boringlar. Tuşlik uçun öşa joyga boramiz!” dedim. Borsak Tölepbergen oğa maşinadan tuşib, boğ binosi zinasidan yuqoriga kötarilayotgan ekan. U yerda Tölan aka, Toşpölat aka va xonanda Gulbahor Erqulova turgan edi. Bir payt eşik oçilib, Muhammad Yusuf çiqib kelsa böladimi? Avval Tölepbergen oğa bilan, keyin Xalilla oğa bilan quçoqlaşib körişdi. Ammo şu payt auditoriyadagi ahvol qayta takrorlandi. Oğam huşidan ketgança yana yiqildi. Yana şifoxonaga eltib, Toşkentga, Nazira opaga qönğiroq qildik. Rafiqasi yetib keldi. Şoir uç keça-yu uç kunduz ajal bilan olişdi. Ajal kengaşib kelmas va uning yöli çilning qadamidan ham qisqa bölar ekan.

Oradan yillar ötdi. Şoir tavalludining 50, 60 yillik sanalari davlatimiz tomonidan keng miqyosda nişonlandi. Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahnamoligida Andijonda şoir nomida ijod maktabi oçildi. Ijod maktabining oçilişi, unda davlatimiz rahbarining iştiroki Nazira opa uçun çeksiz hayajon baxş etdi. Xiyol qon bosimi oşibdi. “Darxon” mavzesi va Irrigatsiya instituti yaqinidagi respub­lika ixtisoslaştirilgan kardiologiya markaziga körgani borsam opaning kayfiyati baland. “Akangizning ruhi şod böldi, Yangiboy. Yurtga ham, yurtning Egasiga ham beadad rahmat!” dedi. Isteʼdodli adibalar Yoqut Rahimova, Öktamxon Xoldorova kelişgan ekan. Yozuvçilar uyuşmasidan Faroğat Xudoyqulova ham kirib keldi. Nazira opaning yuzlari yorişdi. Axir bunday oqibatli yurt qayerda bor?

Men Muhammad Yusuf tuğilgan uyda bir neça bor bölganman. Hayotligida ham, olamdan ötganidan keyin ham onaizori bilan suhbatlaşganman. Hammamiz ham xom sut emgan bandamiz. Muhammad Yusuf birinçi bor Ellikqalʼaga rahmatlik tabib Töxtaboy aka Boltaboyev huzuriga kelgan edi. Ikkovi rosa çiqişib qoldilar. Keyin men Muhammad Yusufni yuzlab kilometr­gaça tep-tekis, ammo yovşan ösgan taqirlarga olib çiqdim. Toğlik joylarda ösgan odamga bu alohida ekzotika. Bir neça çaqirim piyoda yurdik. Yayradi şoir. “Öşa Abdulla akamning kabinetidagi sözimni unuting!” dedi. Ana öşanda oğam hali soppa-soğ edi. Qimiz içib bir yoşlik töqlining hil-hil pişgan göştini tört odam yeb qöygan edik. “Siz Qoraqalpoq farzandi böldingiz. Men endi Andijon farzandi bölaman!” dedim hazillaşib.

Bir yigitning orqasidan qirq yigit otga minadi. Muhammad Yusuf öz vaqtida qator sözi va özi butun navqiron ijodkorlarning boşini siladi. Bir qançasi bugungi adabiyotimiz iqlimini belgilab turibdi. Birisining nomini keltirsak, ikkinçisi, ikkinçisinikini qayd etsak, uçinçisi xafa bölişi tayin. Ustozning ham, safdoşlari va şogirdlarining ham mağzi töq asarlari yuksak didli kitobxonga peşma-peş yetib bormoqda. Har bahor oğamning qadimiy Mingtepa zaminidagi, kindik qoni tomgan Qovunçi qörğonidagi sönggi manzilida qizğaldoq oçiladi:

Mendan nima qolar:

Ikki misra şeʼr,

Ikki sandiq kitob,

Bir uyum tuproq.

Odamlar ortimdan

Nima desa der,

Men seni öylayman,

Özimdan köproq,

Lola, lolajonim,

Lolaqizğaldoq!

Yangiboy QÖÇQOROV,

Özbekistonda xizmat körsatgan

madaniyat xodimi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan