Matbuotga qaytmasak bölmaydi

Yoki millionlab xonadonlarga gazeta-jurnallar yetib bormayotganiga

sabab nima?

 

Köp yillar oliy öquv dargohida bölajak jurnalistlarga saboq bergan olim Saydi Umirovni köpçilik biladi. U kişi biz bilan qöşni edi. Eski matbaaçi bölganim uçunmi men bilan gurunglaşişni yaxşi körardi. “Sizlar tuxumni arçib mehmonga tutgan mezbon kabi, öqiş payti talabalarni şijoat pöçoğidan ayirib qöyasizlar çoği, matbuotda yurak hovuçlab işlaydigan bölişadi – tanqidiy maqola yozişdan qörqadilar”, deb hazillaşsam, öylanib qolardi rahmatli. Nega gapni bundan boşladim? Çunki öşa hazil-çin gap zamirida keyingi yillar meni   öylantirgan juda katta muammolar yotadi.

Kamina 1936 yilda Toşkent tumanining Keles şahrida tuğilib ösganman. 1953 yili mehnat faoliyatimni Toşkent poçta boşqarmasida gazeta va jurnallarni saralovçiga yordamçi sifatida boşladim. Sohaga qöygan ixlosim tufayli faoliyatim doirasida bir neça bosqiçlardan ötib, poçta boşqarmasi rahbari lavozimiga kötarildim. Köp yillar Toşkent şahar “Soyuzpeçat” agentligi (hozirgi “Matbuot tarqatuvçi” AK) direktori vazifasida işladim. Töğri, bir sohada uzoq işlagan baʼzi kişilar işdan ketgandan keyin korxonasi faoliyatiga bepisandlik bilan qaragan, ularning işidan nuqson izlagan hollar köp kuzatilgan. Şu maʼnoda andişaga borib özimga savol beraman: matbuotning bugungi ahvoli, uning muştariylarga yetib boriş darajasi, bu sohadagi muammolar haqida munosabat bildirişga maʼnaviy haqqim bormi? Söng yana özimga deyman: töqson yoşni qoralaş arafasida turibman, bildiradigan fikrim qandaydir manfaat, tama ilinjida emasligi ayon. Çunki menga şu yoşimda heç qanday iş, vazifa kerak emas, Xudoga şukr, pensiya gaştini surib yuribman.

Qolaversa, Özbekistonda söngi beş–olti yil içida yoşu qarini quvontiradigan özgarişlar böldi. Yaşirişning hojati yöq, deyarli barça soha inqi­rozga uçraş arafasida edi. Jurnalistlar taʼbiri bilan aytganda, xom-xatala bir maqolani tahrir qilişdan köra yangisini yoziş oson bölganidek, siyo­siy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy hayotda birovlar yöl qöygan kamçiliklarni bartaraf etiş juda qiyin. Şukrki, qi­yinçilik bilan bölsa-da, elimiz farovonlik sari qadam taşladi.

Bu ezgu yölda barça, ayniqsa, biz qariyalar haqli islohotlarga boş bölayotgan Yölboşçimizni har tomonlama qöllab-quvvatlamoğimiz kerak deb hisoblayman. Şu maʼnoda matbaaçilikdagi ellik yillik tajribamdan kelib çiqib, mazkur sohaga yana eʼtibor berilişi zarur bölgan masalalar xususida öz munosabatimni bildirmoqçiman.

Prezidentimiz faoliyatlarining ilk damlaridan boşlab davlat va jamoat arbobi, yozuvçi Şarof Raşidovning nomini tiklaşga   alohida eʼtibor qaratganlari bejiz emas. Çunki hukumat işini yuritiş heç qaçon oson bölmaganidek, şörolar davrida hukumatni boşqarişning öziga yaraşa yanada murakkab­liklari bor edi. U kişi har sohada Ittifoq böyiça joriy qilingan, ammo bir tomonga yönaltirilgan iş tizimidan oqilona foydalangan. Jumladan, matbuot tarğiboti ham misli körilmagan darajada edi. Masalan, “Özbekiston ovozi” (“Sovet Özbekistoni”) 700 ming, “Pravda Vostoka” 200 ming, viloyat gazetasi “Toşkent haqiqati” 60 ming, bolalarga bağişlangan gazeta va jurnallar yuzminglab nusxada çop etilgan. Gazeta va jurnallarni aloqa bölimlariga yetkaziş uçun 130, “Soyuzpeçat” çakana savdo dökonlariga olib boriş uçun 26 ta yuk avtomaşinasida xizmat körsatilar edi. Poytaxt­­da 213 ta aloqa bölimi, 420 ta gazeta dökonlari faoliyat yuritardi. Davriy naşrlar poçta bölimlariga soat   8-00, savdo dökonlariga 7-00 gaça yetkazib berilmasa, aholi şikoyat bilan çiqardi. Siyo­siy ahvol özgarib, qayta quriş, oşkoralik, respublikalarning ittifoq ixtiyoridan çiqarilişi, yurtimiz mustaqilligi eʼlon qilingandan keyingi bir neça yillik ötiş davri qiyinçiliklari taʼsiridan matbuotimiz ham zavol topdi. Negaki, şörolar siyosati bilan birga öylangan, natijasi oy kabi ravşan iş tizimidan ham voz keçdik. Mana, hozirgaça matbuotimiz   özini önglayolgani yöq. Bunga misol keltiraman: 2022 yilga kelib “Özbekiston ovozi” gazetasi 2010, “Pravda Vostoka” 3988, “Milliy tiklaniş” 1057, bir paytlar qariyb 800 ming nusxada çop etilgan “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi 925 nusxaga tuşib qolibdi. Poytaxtda gazeta xarid qiluvçi odam qayerda “Matbuot” dökoni borligini suriştirib yuradigan bölib qoldi. Özim istiqomat qiladigan Yunusobod tumanining Bodomzor mavzesining sakkizta mahallasida 30 mingga yaqin aholi yaşaydi. Ikkita poçta bölimiga kirib fuqarolarning obuna bölganliklariga qiziqib kördim: “Şayx Şabli” mahallasidan bir fuqaro “Xalq sözi”, yana bir kişi “Yangi Özbekiston”, Mirzo Uluğbek mahallasidan ikki kişi “Xalq sözi” va “Böz suv” mahallasidan kamina “Pravda Vostoka”, “Hurriyat” va “Xabar” gazetalariga obuna bölganmiz. Mahallamizdagi 105-sonli maktabdan gazeta-jurnallarga heç kim yozilmaganligini bilib, qarilik ekan közlarimga yoş keldi. Şunday ekan, matbuot dökonlari faoliyatini tezroq yölga qöyaylik, odamlar özlariga kerak gazeta-jurnallarni xarid qilişsin, axir?!

Viloyat va tumanlarda-ku matbuot dökonlarining faoliyati umuman töxtagan hisob. Faqat baʼzi bozorlarning gavjum joylarida matbuot naşrlari sotilayotganligiga közingiz tuşib qoladi. Ularda ham “sariq matbuot inʼomlari”. Hatto juda kam qolgan matbuot dökonlarining old peştaxtasidan ham şunday oldi-qoçdi naşrlar örin olgan. Sayo­hat, ziyorat ilinjida viloyatlarga köp çiqaman. Taniş-bilişlarning uyida mehmon bölaman. Töğrisini aytiş kerak, qişloqlarimizda şunday xonadonlar borki, kitob u yoqda tursin, bir parça gazeta yoki jurnal parçasini ham körmaysiz. Kitobxonlikka bölgan daʼvatlar kim uçun? Keyin matbuot orqali yangiliklardan vaqtida xabardor bölib turiş kitobxonlikning boşlanişi emasmi? Qiziq, tuman markaziy kutubxonasida hatto tuman gazetasi yöq. Köp yillar öz holiga taşlab qöyilgan tuman gazetalarini, asosan, obunaçi öqituvçi va öquvçilar saqlab keldi. Ammo dafʼatan “Obuna majburiymi” degan masala örtaga çiqdi. Oqibatda qobiliyatli öquvçilarning dastlabki oynasi bölmiş tuman gazetalari masʼullari muştariy izlab maktablar maʼmuriyatiga murojaat qilolmay qoldilar. Bu holat öquvçilarni öz sevimli naşrlaridan ham benasib qildi. Axir, heç bölmasa “Gulxan”, “Tong yulduzi”, “Ğunça” kabi bolalar naşrlarini har bir sinfga bittadan yetkazişning iloji bor-ku! Maktab rahbarlariga ham hayronman, baʼzi gazeta va jurnallarga yuqoridan körsatma bölsagina obunasini taşkil qilişadi. Ammo inson ruhiyati, maʼnaviyati, muammolariga asoslangan “Yangi Özbekiston”, “Xalq sözi”, “XXI asr”,   “Tafakkur”, “Şarq yulduzi”, “Özbekiston ada­biyo­ti va sanʼati”, “Hurriyat” kabi matbuot naşrlari, bolalar tarbiyasiga möljallangan gazeta va jurnallardan öqituvçi va öquvçilarni benasib qilayotganlari haqida öylamaydilar ham. Nahotki, atrofdagi biznesmen, tadbirkor, fermerlar öz xodimlarining köngli uçun ham ularni vaqtli matbuotga obuna qilişni istaşmaydi? Xöş, hokimlar qayerga qaraşyapti? Ularga viloyat, tuman va şaharlari hududida matbuot dökonlari faoliyatini yölga qöyiş şunçalik ham qiyinmi? Bugungi kunda kitobxonlikka davlat miqyosida ahamiyat berilayotganini biladilar-ku!

Hozir hokimliklarda matbuot kotibi ştati joriy qilingan. Afsuski, hokim yordamçisi mavqeidagi mazkur matbuot kotiblari faqat hokimlar faoliyatini internet saytlariga joylaştiriş, ularni işlayotganday körsatişdan ortmaydilar. Hatto bu işga tuman gazetasi xodimlarini ham jalb etişadi. Aslida kotiblarning asosiy vazifasi aholini matbuot bilan maʼnan boğlaş, bu masalada jurnalistlarning rolini oşiriş, tumanda soğlom ijodiy muhit yaratişdan iborat, hokim qayerga borsa, uning ortidan qolmaslik emas!

Gap köp, muammo köp. Ularni hadeb takrorlaşdan köra, amaliy işga ötiş lozim. Matbuotning mavqeini tiklaş uçun, avvalo, mutaxassislarning fikrini örganiş lozim. Mening ham şu örinda kamtarona takliflarim bor: birinçidan, tahririyatlar, obunani taşkillaştiruvçi taşkilotlarni qöşimça qiymat soliğidan butunlay ozod qiliş, yagona soliqqa ötkaziş lozim; ikkinçidan, obuna uyuştiruvçi muassasalarga maʼlum şartlar evaziga obuna qilişga ruxsat beriş kerak; ularning har bir tumanda bu iş bilan şuğullanuvçi xodimi, viloyat kesimida tarqatiş tizimi va logistikasi bölişi şart; mahalliy tuman hokimlariga hududlarida matbuot dökonlari örnatilişi va faoliyat holati böyiça masʼuliyat yuklaş kerak. Binobarin, aholiga matbuot naşrlarining talab darajasida tarqatilişi, gazetxonlar safining kengayişiga qarab ham hokimlarning maʼnaviy ahvoliga yetarliça baho beriş mumkin.

Qolaversa, gazeta-jurnallarga obuna qiliş tizimi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan birgalikda har bir hokimlikda nazorat qilinişi maqsadga muvofiq. Agar şunday qilinsa, bu “majburiy obuna” bölib qoladimi?

Yöq, albatta. Odamlar baribir gazeta-jurnal öqigisi keladi. Buning uçun sohaga yanada eʼtibor, tarğibot va qöllab-quvvatlov kerak, xolos.

Qolaversa, nima uçun ijtimoiy tarmoq, internet deganlari nihoyatda rivoj topgan dunyo mamlakatlarida har bir xonadonda gazeta bor, ertalabki nonuştadan avval maʼnaviy ozuqa — gazeta öqişadi, matbuot naşrlariga birrov köz yugurtiradilar. Ha, bu xususda juda köp gapiriladi, köp yoziladi. Çunki bu madaniyat. Lekin şu darajaga qaçon yetamiz özimiz?

Bizda-çi, bugun millionlab xonadonlarga aqalli biron-bir nomdagi naşr bormaydi. Şuning uçun poçta xodimlariga ham iş yöq. Aslida bu katta kemtiklik. Gazeta-jurnal öqimaydigan odamlar yolçitib kitob ham öqişmaydi. Şu bois, allaqaçon “har bir xonadonga gazeta” yoki “har bir uyga — matbuot naşri” loyihasida iş olib borişning mavridi keldi.

Qaçonki, uyda, maktabda, oliy taʼlim dargohida gazeta-jurnal öqilmas ekan, bu ulkan fojia. Uning asoratlari, oğir belgilari bugungi yoşlarda aks etayotgani bejiz emas. Heçdan köra keç deydilar. Matbuotga qaytiş kerak. Özga çora yöq. Özga yöl yöq.

Bir zamonlar jadid bobolarimiz bejiz “Najot-taʼlimda” deyişmagan edi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev ham taʼlimga, ayniqsa, maktab taʼlimiga eʼtiborni kuçaytirayotir. Taʼlim va tarbiyani rivoj toptiradigan omillardan biri esa bu — matbuot vositalari ekanligini unutmaylik.

Sobir XATAMOV,

mehnat faxriysi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan