Zul Kifl payğambar ziyoratiga qaçon boramiz?

Örta Osiyoda Allohning   inoyati bilan uçta   payğambarning muborak   makonlari — qabrlari   borligi tarixiy manbalarda   qayd etilganligini köpçilik yaxşi bilsa kerak. Ana şu uç uluğ qadamjo ham Yaratganning marhamati   bilan Özbekistonda joylaşgan.   Biri qadim va hamişa navqiron Samarqand şahrida. Doniyol payğambar (nasroniylar Daniel deyişadi) ning qabrlari. Sohibqiron Amir Temur bobomiz harb yurişlari   davrida payğambar qabrining xarobaligini körgaç, ezgu niyatda Iroq   tomonlardan tuproği bilan tuyaga orttirib, röyi   zamin sayqali bölgan   poytaxti Samarqandga olib kelib, bahavo joyga dafn qiladi va   haşamatli maqbara qurdiradi. Bugungi kunda ham bu yerdan   ziyoratçilarning qadami uzilmaydi.   Keyingisi, “Qisas ul anbiyo”   kitobida Amudaryo böyida, Xöjayli tumanida Şaʼmun Nabiy alayhissalomning   qabrlari borligi qayd etilgan.

Uçinçisi esa   Surxondaryoda — Amudaryoning öng sohili, Payğambar   oroli   degan makonda Zul Kifl payğambar qabri   qönim topgan. Şu yerga kelib   daryo ikkiga bölinib   yana ön çaqirimlardan söng qöşilib   ketadi. Payğambar orolning boş tarafida, daryo özani eng toraygan joyda avliyo Hakim   Termiziyning maqbaralari ming yildan buyon savlat tökib   turibdi.Daryo şundoq yonidan   çayqalib oqadi. Atigi sohildan   maqbara öttiz-qirq qadam berida. Yaratganning qudrati bilan asrlar ötibdiki, maqbara zax ham   tortmaydi, unga biron ziyon ham yetmaydi.

Nuroniylarning aytişiça,   bir asr ilgari tinimsiz ön kunlarça yoğingarçilik bölib, Boysun,   Bobotoğ, Hisor, Pomir toğlaridan   juda katta hajmda   sel kelgan. Bulutlar   tarqab, kun oçilgaç, mahalliy aholi vakillari birinçi ana şu ikki   ziyo­ratgohdan xabar olişadi va   hayratdan lol qolişadi. Ming-ming kublab ötgan   sel suvi maqbaralar töğrisiga   kelganda zörğa yarim   qariçlar kötarilgan ekan. Buni sinçkov qariyalar suvning,   selning izi — tamğasidan   bilişgan. Odamlar Zul Kifl payğambarning maqbarasida ham şunday   holni körişadi. Şunda Termiz sayyidlaridan biri “Alloh öz   döstini özi saqlaydi”,   degan ekan.

Söngi maʼlumotlarga qaraganda, Orolning umumiy maydoni tört ming gektardan   ziyod, eni olti, böyi sakkiz kilometrdan   ortiqroqdir. Miloddan avvalgi VI-VII asrlarda yaşab ötgan Zul Kifl hazratlari şu yerda dafn etilganligi bois, aholi bu joyni “Payğambar oroli” deb nom   berişgan de­yişadi.   Muqaddas Qurʼoni karimning “Anbiyo” hamda “Sod” suralarida nomlari zikr etilgan Zul Kifl alayhissalom (maʼnosi-kafolat sohibi)ning qabri şu tariqa neça ming yildan buyon yurtimizda eʼzozlanib, asrab   kelinmoqda. Şaksiz, tabarruk kitobda   eslangan yigirma beş   payğambardan biri Zul Kifl   alayhissalomdir. Alişer Navoiy “Taʼrixi   anbiyo va hukamo” asarida bul zoti mukarramning taʼrif hamda zikrlarini xöp keltiradi. Uşbu ruboiy ham şu xususda:

Zul Kifl işikim,

                           Haqqa dalolat erdi,

Haq rahmatidin   elga kafolat erdi.

Çun qavmning oyini   zalolat erdi,

Ötti çu zamiriğa   malolat erdi.

Payğambarlar Allohning   elçilaridir. Zul Kifl alayhissalomning fazilatlari, payğambar sifatidagi xizmatlari   haqida önlab uluğ   allomalarning asarlarida bayonlar keltiriladi. Abul Lays Samarqandiyning “Tafsiyr ul Qurʼon”, Ismoil Haqqiy Bursaviyning “Ruhul bayon”   kabi bebaho asarlari   şular jumlasidandir. Bu narsani XVII asrda yaşagan balxlik qomusiy olim Mahmud ibn Valiy özining “Sirlar dengizi” kitobida: “Payğambar Zul Kifl alayhissalom dafn etilgan Termiz   yaqinidagi   bu orol Hakim   Termiziy bilan Xizr alayhissalomning uçraşuv joyi bölgan”ligini taʼkidlaydi.

Özbekistonda xizmat   körsatgan yoşlar murabbiysi, taniqli islomşunos,   mohir tarjimon, isteʼdodli şoir Mirza Kenjabek özining   “Buyuk Termiziylar” kitobida   Zul Kifl alayhissalomga alohida bob ajratgan   bölib, unda donişmandona şunday sözlarni aytadi: “Bu qabr keyinçalik şu Orolda paydo   bölganmi yoki qabr qadimdan   mavjud bölib, köhna Jayhun ke­yinçalik hurmat yuzasidan bu qabrni ziyo­rat qilib, ikkiga bölinib   oqqanmi – bu tadqiqottalab masaladir.”

Endi ayni muddaoga ötsak   ham böladi. Şörolar bizning ozod va   obod hududimizga “qullikdan   qutqaramiz” bahonasida bostirib   kelgan kundan, yaʼni 1920 yil   amir   Olimxon taxtidan voz   keçib, Buxorodan   Afğoniston   sari yöl olgandan   buyon Payğambar oroli yopiq   hudud hisoblanadi. Demak, payğambar Zul Kifl alayhissalomning qabrlari va maqbaralarini ziyorat qiliş   huquqidan mamlakat   aholisigina emas, butun olam sayyohlari 100 yildan   oşibdiki, bebahra,   dangalini aytganda, mosuvo bölişgan. Buning uçun faqatgina ming-ming afsus, deysiz, xolos! Uluğ   avliyo va Hakimiya   tariqatining asosçisi bölgan,   dunyo tan olgan olim   Hakim Termiziyning maqbaralari   ham mustaqillikka erişgunimizga qadar ana şunday taʼqiq   hudud maqomida edi. Hatto rus harbiylari çegara bahonasida ziyoratgoh   yonida çöçqaxona bunyod   etişgandi. Buni bilgan bilardi,   çunki heç kimga çegaradan ötişga (harbiylardan taşqari) ruxsat berilmasdi. Endi mustaqilmiz, tarixni orqaga qaytarib   bölmaydi.

Yaratganga şukrki, Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev taşabbusi   va rahnamoligida payğambar Zul Kifl alayhissalomning   qadim hamda boqiy mangugohi 2018 yilda tubdan taʼmirlanib, zamonaviy köriniş kasb etdi.   Maqbara, katta gumbazli   maçit, hilxona rekonstruksiya qilingaç, atrofi obodonlaştirilib, gullar va mazarali   daraxt köçatlari ötqazildi.   Ötgan asrning 80-yillarida bir bahona sabab bu dargohga   borganimizda açinarli darajada xarobazorga aylangan maqbara manzarasi hozir ham   köz öngimda turibdi. Har   gal maqbara oldida tuşgan suratimizni körganda taşlandiq   holga kelib qolgan manzaradan yurak uvuşib ketardi. Şunçalik   töqayzor, patta daraxti, qamiş, jinğil, ajiriq va boşqa yovvoyi   öt-ölanlar balandligidan   hamda tiğizligidan azbaroyi qadam   bosişga qörqarding. Hozir esa   boşqaça, yuz foiz boşqaça   köriniş, körsang közing   quvnaydi, beixtiyor şukronalar   aytasan!

Yana bir karra taʼkidlamoqçi edikki, orol Afğoniston bilan tutaş   çegara hududida. Aslida esa   Termiz şahri, Termiz, Muzrabot,   şimoli şarqiy tomondan yana bir qança tumanlar çegaraga tutaş joylaşgan. Hozirça, bu yerda çegara qöşinlariga qaraşli harbiy   qism   bölinmasi mavjud. Maʼlum bayramlar, hayitlar munosabati bilan yiliga bir ikki marta maxsus delegatsiya aʼzolari yoki boş­­qa vakolatli kişilar orolga borib harbiylarni tabriklaşadi, ularga yaratilgan şart-şaroit   bilan tanişişadi, şu bahonada   payğambar qabrini ham   ziyorat etib, Qurʼon   tilovat qilişadi.

YUNESKOning tabiat   yodgorliklari röyxatiga kiritilgan   Payğambar oroli va   Zul Kifl alayhissalom maqbarasidan hozirça bahramand bölayotganimiz hamda foydalanayotganimiz şugina, xolos. Töğri,   maslahat, taklif berişdan   osoni yöq. Lekin biz   aytmoqçi bölgan narsalarning imkoni va yeçimi bölsa kerak. Demoqçimanki, Orolni va payğambar   Zul Kifl   alayhissalomning maqbara majmuasini mahalliy aholi hamda   xorijiy sayyohlarga oçib   qöyiş uçun “çegara   hudud” degan gap bahona bölolmaydi. Agar sayyohlar uçun kerakli   şaroit va qulayliklar yaratilib, maxsus avtobuslar qöyilsa, nur ustiga, aʼlo   nur bölardi. Töğri, sayyohlar   xavfsizligini taʼminlaş juda muhim masala! Bizga bu borada maʼlum tajriba, könikma uçun maʼlum vaqt   kerak böladi. Biror muddat Orolda sayohlar uçun mehmonxona, ovqatlaniş, savdo, xizmat körsatiş şoxobçalari, köngiloçar nuqtalar qurib bölmas.   Lekin kelajakda bu   orolni haqiqiy jannatmakonga aylanişiga işonçimiz komil. Millatidan, irqidan, tilidan, dinidan   qatʼiy nazar kim ham muqaddas Qurʼoni karimda nomi zikr   etilgan payğambarning qabrini ziyo­rat qilişni istamaydi deysiz?! Şunda bu   dargohga yiliga ming-minglab mahalliy   va xorijiy sayyohlar taşrif   buyurişadi. Mana sizga Surxondaryo turizm imkoniyatining birgina jihati. Ayniqsa, Orolning tabiati   va hayvonot olami har   qanday sayyohni lol qodiradi. Orolda ördak, ğoz, tustovuqdan tortib, qoplongaça uçratiş mumkin. Ham benazir   turizm maskani, ham   muqaddas ziyoratgoh, ham   betakror tabiatli davlat   qöriqxonasi böladi.

Xöş, nomlari Qurʼoni karimda bir neça bor zikr   qilingan payğambar Zul Kifl alayhissalomning maqbaralarini ziyorat qilişni istaysizmi?!.. Umidsiz   bölmang! Axir biz eng rivojlangan XXI asrda yaşayapmiz! Inşoolloh, nasib   bölsa, mamlakatimizdagi tegişli mutasaddi davlat taşkilotlari rahbarlari bu muammoga ham ijobiy   yeçim topadilar, degan   komil niyatdamiz…

Şu örinda albatta alohida taʼkidlaşimiz joizki, davlatimiz çegaralari daxlsizligini taʼminlaş öta muhim masala. Bundan taşqari, bugun Afğonistondagi siyo­siy vaziyat ham tuşunarli. Ammo Eski Termiz hududi orqali boriladigan Amudaryoning qoq örtasida joylaşgan — “Payğambar oroli” — yurtimiz hududida. Uşbu hududga doimiy nazorat ostidagi yölak oçiş imkoniyatlarini taşkil etişning iloji bölsa kerak. Qolaversa, uzoq yillar Amudaryo qirğoğida joylaşgan Termiz ota qadamjosi ham bir paytlar yopiq, tikonli simlar ortida edi. Bu haqda yuqorida ayt­dik.

Istiqlolimiz şarofati ila xalqimiz, yurtimizga taşrif buyuradigan sayyohlar Zil Kifl payğambar qadamjosini ham ziyo­rat qiliş saodatiga erişsalar, bu juda ulkan voqea bölur edi.

Safar OMON,

“Hurriyat”   muxbiri.

Suratlarda: “Payğambar oroli”da­gi Zul Kifl alayhissalom maqbarasi körinişidan lavhalar.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan