Taskin (Hikoya)
Jumaqul QURBONOV
Muallif haqida:
Jumaqul QURBONOV — 1955 yili Muborak tumanining Kuhnaşahar qişloğida tavallud topgan. 1981 yilda Toşkent Davlat universiteti (hozirgi ÖzMU) ning filologiya fakultetini, söngra Qarşi Muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan. Siyosiy fanlar nomzodi.
Ijodkorning “Qoraköz”, “Çorraha”, “Dard” hikoyalar va qissalar töplamlari, “Amir Temur tuğilgan joy yoxud Zanjirsaroy qissasi”, “Uluğ hadisşunos Muborak al-Marvaziy” tarixiy asarlari, “Turkistonda milliy mustaqillik uçun siyosiy kuraş” monografiyasi, “Sardoba” roman-trilogiyasi naşr etilgan.
1977-1978 yillarda “Qaşqadaryo haqiqati” gazetasida adabiy xodim sifatida faoliyat yuritib, ötgan yillar davomida turli masʼul vazifalarda mehnat qilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
Taskin
(Hikoya)
Qurbonali ota radioda berilayotgan hazin qöşiqni eşitib, közlarini yumgança xayolga çömar, mayin taralayotgan navo uning qalbiga hayajon solar, osuda kayfiyat baxş etib, sokin xayollar surişga çorlar edi. Şu payt nevarasi Dilşodbekning qönğiroqday ovozi uni huşyor torttirdi:
— Bobojon yuring, ovqat tayyor böldi, dadajonim çaqiryaptilar. Haliyam qöşiqning taʼsirida qalbida nozik bir tuyğular uni tark etmagandi. Yoşing keksalik pillapoyasiga qadam qöyayotganida mumtoz qöşiqlarni eşitiş dilga orom berib qolarkan. Armon bölib qolgan his-tuyğular birma-bir köz öngingdan ötaverarkan. Ovqatlaniş paytida öğli Murodillo gap oçib qoldi.
— Ota, xöp desangiz yakşanba kuni sizni bir Samarqandga olib borib kelsam. Mana kunlar ham oçilib ketdi, havo ham xuş, şu bahonada qadamjolarni ham ziyorat qilsak. Aytmoqçi, yana institutda birga öqigan kursdoşingiz Neʼmat amaki bilan diydorlaşib kelardingiz.
Öğlining bu taklifi Qurbonali otaga moydek yoqdi. – Yaxşi bölardi, faqat imkoniyatingga qara. Işlaring qolib ketmasin, öğlim, ziyorat, bölsa qoçmas.
— Işlarimdan taşviş çekmang. Hammasi joyida. Qolaversa, özimning ham iş yuzasidan bitiradigan yumuşlarim bor.
Ota boş silkib rozilik berdi.
— Faqat bir şart bilan, Dilşodbekni ham birga olsak, — dedi.
Öğli ayoli Nigoraga qaradi. Kelin mayin jilmayib, boşi bilan tasdiq işorasini qildi.
Ular tong bilan yölga tuşişdi. Dilşodbek barvaqt turgani uçunmi, köp ötmay maşinada uxlab qoldi. Qurbonali ota, nevarasini qöltiğiga olar ekan, mehr bilan unga tikildi. “Quyib qöygan otasining yoşligi”, könglidan ötkazdi. Uning bu nevarasiga mehri bölak, juda ziyrak. Zero, nabira bir niholga öxşaydi. Bejiz boboni boğbonga, momoni qörğonga tenglaşmaydi. Farzandni hosil, nabirani esa nasl deyişadi. Kelin esa bir sir. Negaki kelinni anglaş, içidagini biliş juda qiyin. Bejiz Amir Temur bobomiz “Öğillarga kelin tanlaş davlatni boşqarişdan ham qiyin ekan” demagan ekan-da. Aytişadiki, agar kelining yaxşi bölsa, farzanding ikkita böladi, aksi bölsa öğlingdan ham ayrilasan. Şunga bir voqea esiga tuşdi.
Öşanda bir iş yuzasidan qariyalar joylaşgan Saxovat uyiga borişga töğri kelgandi. Uning nazarida bu dargohda heç kimi yöq, muhtoj kişilarni uçrataman degandi. Lekin bu yerda boşqa manzarani kördi. “Nahotki bularning hammasining farzandlari, qarovçisi bölmasa?!”
Saxovat uyi rahbarining gapi uni yana taajjublantirdi.
— Meni maʼzur tutasiz, dedi u öyçan qiyofada. — Afsuski, bu yerda yaşovçilarning sakson foizidan ortiqroğining farzandlari bor. Kelinlari siğdirmaganidan bu yerga kelib yaşaşga majbur bölişgan.
Qurbonali ota avtomaşinaning rulini boşqarib kelayotgan öğliga razm soldi. U otasining mumtoz qöşiqlarini yoqtirgani bois, radioda klassik qöşiqlarni eşitib kelayotgan edi. Şu yoşga yetgunça na öğli, na kelini biror marta ham könglini qoldirgani yöq. Bu borada biror muammo paydo bölganini eslolmaydi. Aytişadi, ota-onasidan faxrlangan farzand — baxtli farzand, farzandlaridan faxrlangan ota-ona ön karra baxtlidir.
Bir kişi Xizr alayhissalomni uçratib “Meni duo qiling” debdi. Xizr duo qilibdi. Şundan keyin öşa kişi endi farzandlarimning haqiga ham duo qilsangiz deb iltijo qilibdi. Şunda hazrati Xizr “Bolalaringga özing duo qil, çunki ularga mendan köra sen yaqinroqsan” degan ekan.
Maşinaning tösatdan qattiq silkinişi uning xayollarini bölib yubordi.
Dilşodbek ham uyğonib ketdi. U zarurat yuzasidan bobosidan maşinani töxtatişni söradi. U bilan birga Qurbonali ota ham maşinadan tuşdi. Dilşodbekning közi birdan tepada qanotlarini keng yozib, çarx aylanib goh pastga, goh yuqoriga kötarilayotgan burgutga zavq bilan hayratlanib tikildi.
— Bobo, bobojon, “qarang”, bu qanday quş?
Qurbonali ota nevarasiga:
— Bu quşlarning hukmdori — burgut, bolam.
Dilşodbek burgutga havas bilan tikilib:
— Bobojon, men ham burgutdek uçgim kelyapti.
— Albatta uçasan bolam, “faqat buning uçun ulğayişing kerak”, deb nevarasining gaplaridan ğoyat zavqlandi. Şunda burgut bilan boğliq bir rivoyat esiga tuşdi.
Rivoyat qilişlariça burgut öz poloponiga uçişni örgatişdan oldin uni yelkasiga mindirib, yuksak çöqqilar ustidan bulutlar orasida sayr qildirar ekan. Özi zabt eta oladigan balandlikka kötarilgaç dilbandiga şunday sözlarni aytarkan.
— Poloponim, mana şu balandlik meni umr böyi intilgan va uzoq maşaqqatlardan söng yetişgan manzilim. Sen esa birinçi parvozdayoq zabt etding. Bir kun kelib qanotlaring kuçga tölganda bundan yuz karra yuksakroq uçişing kerak. Men yeta olmaydigan çöqqilarga sen yetişing lozim. Çunki sen burgut bolasisan…
Nihoyat Samarqand şahriga yetib kelişdi. Samarqandga kiraverişdagi halqa yöldan ötayotganda maşina “paq” qildiyu birdan töxtab öçib qoldi. Öğli maşinadan tuşişga ulgurmasdan uni bir töda ayollar örab oldi. Murodillo bunga ajablanmadi. Aftidan ularni oldindan bilsa kerak, beparvo dedi:—Biz işga olib ketmaymiz, maşina buzilib qoldi. Ayollar asta-sekin maşinadan uzoqlaşişdi.
Qurbonali ota ayollarning mardikor bozori töğrisida eşitgan edi, lekin haqiqiy ahvolini öz közi bilan körgaç, köngli allaneçuk bölib ketdi. Içidan nimadir uzilgandek böldi. Nahotki bular hammasi işsiz bölsa. Ayollar töp-töp bölib özaro suhbatlaşa boşladilar. Har xil yoşdagi ayollar, hammasining qölida tör xalta, aftidan iş kiyimlari bölsa kerak. Nahotki hammasini muhtojlik yetaklab kelgan bölsa? Axir bu ayollar kimningdir onasi, kimningdir qizi, kimningdir opasi, singlisi, kimningdir rafiqasi. Nozik yelkalarida rözğor taşvişi, bola parvarişi tarbiyasidek bu dunyoning toğday zalvorli yuklarini kötarayotgan ayollar! Qurbonali ota ayollar töpiga qöşilmay alohida çetda turgan öttiz beş-qirq yoşlar atrofidagi juvonga közi tuşdi. Uning yuragi şuv etdi. Uning yuzi uzunçoqdan kelgan, qoşlari xiyol tutaş, istarasi issiq, çap iyagi ustida qora xoli bor. Axir u kursdoşi Nodiraga juda öxşab ketarkan. “Tavba odam odamga ham şunçalik öxşab ketarkanda. Mabodo qizi emasmikan?” Lekin u toşkentlik edi. Ayolning nigohida maʼyuslik, yuzida qandaydir bezovtalik aks etardi. Içida alami borga öxşardi… Qurbonali otaning talabalik davrida mardikorlik bilan bölgan voqea esiga tuşdi. Öşanda talabalar yotoqxonasidan joy ololmay ijarada turişga töğri keldi. Ijaradagilar jizzaxlik Samad, samarqandlik Neʼmat, qaşqadaryolik Oybek va özi edi.
Samad bulardan bir kurs yuqorida öqirdi. Şuning uçun talabalik ob-havosini bilişda tajribaga ega. — Yigitlar — dedi Samad. — Yakşanba kuni “ToşMI”ga borib saboq olib kelmoqçiman, çöntak ham huvillab qoldi, stipendiyani ham quritdik. Talabgorlar bölsa marhamat! Qurbonali hayron qoldi. Qanaqa “ToşMI” — yakşanba kuni öqiş bölmaydi-ku. Qolganlar kulib yuborişdi. “Hademay bilib olasan, xohlasang aylantirib kelaman”, dedi Samad uning yelkasiga qoqib. Keyin aniqlaşiça “ToşMI” deb Toşkent mardikor instituti deb hazil qilarkan. Keyinçalik Qurbonali ham Samadning safiga qöşilib, “ToşMI” ga qatnay boşladi. Ayniqsa, bir voqeadan keyin qançalik moddiy qiyinçiliklar bölmasin, qaytib mardikorlikka çiqmadi.
Bir gal Toşkentning Nazarbek hududiga öra qazişga borişdi. Bir soatlar işlagandan keyin uy egasining qizi bölsa kerak, çoynak-piyola kötarib, ularning yoniga keldi. Salom berdi-yu çoyni qoldirib ketdi. Qurbonali qizni körib hang-mang bölib qoldi. Uyatdan qip-qizarib ketdi. Yer yorilmadi yerga kirib ketsa! Uning ahvolini körib Samad turtdi senga nima böldi özi, namunça birdaniga ranging özgarib bözrayib qolding. Nima balo, qiz körmaganmisan? Yo darrov yuragingdan urdimi? Qurbonali miq etmadi. Bu özining kursdoşi Nodira edi. Uning içiga çiroq yoqsa yorişmasdi, lekin bor alamini işdan oldi. Nihoyat, işni tugatişdi. Uy egasi ularni dasturxonga taklif qildi. Dasturxon noz-neʼmatlarga töla, did bilan bezatilgan edi. Samad esa hayron. Qurbonali qara, uy egasi nihoyatda saxiy ekan, şunça mardikorlik qilib, heç kim bunday möl dasturxon yozib mehmon qilmagan edi. Uy egasi ularni xoli qoldirdi. Qurbonali qança oçiqqan bölişiga qaramay tomoğidan ovqat ötişi qiyin edi. Nodira qaytib körinmadi. Samad bökkunça yedi. “Kambağalning bir töygani-boyigani”, derdi kekirib. Ular dasturxondan turişgaç, uy egasi ularni maşinasi tomon boşladi. “Katta yölga çiqarib qöysangiz böldi” deb qarşilik kursatişganiga qaramay yaşaş joyigaça keltirib qöydi. Maşinadan tuşayotganida ikkovining iş haqini uzatdi. Maşina jönab ketganidan keyin sanaşsa, iş haqi ular kelişgandan ikki barobar köp edi. Heç narsadan xabari yöq Samad “qanday saxiy, oliyjanob odamga duç keldik” deb sevinçini içiga siğdirolmadi. Qurbonali bu saxiyliklar Nodiraning işi ekanligini anglab yetgandi. Qanday mard va oqila ekan bu qiz, bu haqda na öziga, na kursdoşlariga çurq etmadi.
Qurbonali ota yana ayolga razm soldi. Xuddi quyib qöygan Nodiraning özidek edi. Bu ayolga yordam bergisi keldi. Lekin qanday qilib. Xayolida ziyorat uçun ajratilgan pullarini unga eltib bermoqçi böldi. Lekin ayolning rad qilişi, uning öksik qalbini yanada çöktirişi mumkinligini öylab, şaştidan qaytdi. Şu payt öğlining “uzr ota, sizni ham kuttirib qöydim, qayiş uzilib ketgan ekan, yangisini qöydim”, deb maşinaga taklif qildi. Ziyorat davomida ham haligi ayolning siymosi xayolini tark etmadi. Sobiq kursdoşi Neʼmat uni oçiq yuz bilan qarşiladi.
— Keçadan beri ung közim uçib turibdi, sening taşrifing ekan-da deb quçoqlaşib körişdi. Talabalik davrlarini eslaşdi. Dilşodbek Neʼmatning nevaralari bilan öyinga berilib ketdi. Suhbat qizigan vaqtda Neʼmatning öğli Bahodir kelib qoldi. Neʼmat öğli Bahodirning yaqinda xorijdan kelganligini, töqimaçilik böyiça qöşma korxona oçayotganini aytib ötdi.
Qurbonali ota birdan xuşyor tortdi va yöldagi mardikor ayollar bilan bölgan voqeani aytib berdi.
— Iloji bölsa, şu ayollarni yangi oçiladigan korxonaga işga olsang. Savobga qolarding. Albatta bu taşvişli hol, dedi Bahodir, bu yerda biz erkaklar aybdor deb bilaman, lekin baʼzida ular ham doimiy işlaşdan boş tortişadi. Masʼuliyatdan qoçişadi. Çetdan keltirilayotgan dastgohlar qimmat turadi, uni hammaga ham işonib bölmaydi. Siz aytgan ayollarni tayyorlaş kerak. Mayli amaki, bu ayollar ham begona emas, urinib köraman. Bir ilojini qil öğlim, imkoniyating darajasida, — dedi Qurbonali ota xayrlaşayotib.
Oradan çamasi beş oyça vaqt ötdi. Samarqanddan kursdoşi Neʼmat qönğiroq qilib qoldi. Uç kundan söng albatta yetib kelişini, öğli Bahodir yangi korxonani işga tuşiriş marosimini ötkazayotganligini, xorijdan va özimizdan köplab mehmonlar kelişini, marosimdan söng sobiq kursdoşlar bilan uçraşuv bölişi töğrisidagi xabarni ham yetkazdi. Qurbonali ota, kursdoşlarini eslab entikdi. Köpçiligi bilan institutni tugatgandan beri uçraşmagan. Barçalari özgarib ketgandir. Nodira ham kelarmikan. Qurbonali ota albatta borişga vaʼda berdi. Kursdoşi Oybek qöşni tumanda yaşaydi. Uni topib birga borişga kelişişdi. Belgilangan kuni Qurbonali ota sobiq hamxonasi va kursdoşi Oybek bilan yetib kelganida ularni Neʼmat sobiq kursdoşlaridan bir guruhi bilan birga kutib olişdi. Tantanali qism boşlandi. Dastlab korxona rahbari sifatida Bahodir korxonaning taşkil etilişi va işlovçilarga yaratilgan şaroitlar töğrisida gapirdi. Keyin xorijdan kelgan hamkor nutq sözladi uning gaplarini tarjimon tarjima qilib turdi. Tantanali qism tugagandan keyin korxona faoliyati bilan taniştirişdi. Keng va yoruğ xonalarga zamonaviy dastgohlar örnatilgan.
Dastgohlar yonida bir xil kiyimda çiroyli kiyinişgan ayollar dastgohlarni epçillik bilan boşqarişardi. Iş jarayonlarini zavq bilan tomoşa qilayotgan Qurbonali ota birdan töxtab qoldi. Öşa mardikor bozorida uçratgan ayolni tanidi. Beixtiyor yoniga yaqinlaşdi. Sinçiklab qaradi, xuddi, öşaning özi. Ayol atrofga qaramas, çap iyakdagi xolidagi durraça ham öziga juda yaraşgan, zavq bilan dastgohini, boşqarar, yuzlarida baxtiyorlik aks etardi. Qurbonali otaning beixtiyor, rahmat senga, mingdan bir rahmat deya lablari piçirladi. Keçasi miriqib uxladi. Tuş kördi. Tuşida kursdoşi Nodira piyolada çoy uzatib jilmayib turganmiş.
