Kunlar uçayapti

Nortöxta QILIÇ

 

Muallif haqida: Nortöxta QILIÇ — 1946 yilda tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetida öqigan. Yozuvçining “Oppoq tong”, “Yorongul”, “Möʼjiza”, “Çiğiriq”, “SOS — iltijo”, “Bayram”, “Oydin tongday nomozşom”, “Baxt quşi”, “Ikki olam aro”, “Tantana” singari qator nasriy kitoblari çop etilgan. Şuningdek, yozuvçining “Tuhmat” nomli romani ham öquvçilarda katta qiziqiş uyğotgan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

 

Kunlar uçayapti

(Hikoya)

Dam oliş kuni edi.

Asr mahali.

Juda bir zarurat yuzasidan Ö. Nusrat oşnasi Musulmonqulning işxonasiga qönğiroq qildi.

Dastakni kötargan yigit, salomga alik olib:

– Keçirasiz, kimsiz? – dedi, negadir, ha­yiqibgina.

… Yo tavba, bunça?!.   Tobora odamlarning qörqoqmi, ehtiyotkor bölayotganlarimi, unga yoqmas edi. – Nega… nima uçun biz bunçalar?..

Ö.Nusrat kimligini aytib:

– Menga Musulmonqul kerak, – dedi. – Mumkinmi?..

Musulmonqul deganimizning yoşi allaqaçon oltmişlardan ötgan – zabardast möysafid: yuzlari çöziq, burni katta, quloğiyam… Qişin-yozin, hatto, jazirama saratonda ham muştday töğalangan galstuk taqadi. Goho qaro terga botgan köyi, pörim kostyumini bilagida kötarib yuradi. Tepa soçi taqir tökilgan, çap çakkasining deyarli töla oqarayozgan soçlarini östirib, taqirini amal-taqal yopgan böladi.

– Musulmonqul aka hozir yöqla, – dedi yigit. – Nima deb qöyaay?

– Yaxşisi, menga qöl telefoni yo uy telefoni raqamini ayting?

Öşa – yarim oşkor, yarim pinhon hayiqiş ohangida, yigit:

– Telefonlarini men bilmayman-da, – dedi.

Yigitning uyalmay-netmay, yolğon gapirayotganligini ovozidan bilib, Ö. Nusrat:

– Hozirgina, nima deb qöyay, dedingiz-ku! – dedi. – Telefonini bilmasangiz, kimga nima deb qöyasiz?

– Bölim boşliqlaridan birortasiga…

… nima, bölim boşliqlari bugun işxonada laylak haydaydimi?.. Dam oliş kuni-ku!..

Aslida, navbatçining yolğon gapirayotganiga parvo qilmay, Ö.N. içida kulibgina qöya qolişi kerak edi. Çunki, hayot deganimiz şunaqa: xohlasangiz-xohlamasangiz, birov sizni, siz birovni…

… astağfirulloh!.. Bir qanoti qora, bir qanoti oq kunu tunlar bahaybat bir quş kabi ustingizdan uçib ötaveradi… ötaveradi, – deb öyladi Ö. N. – Aldayotgan bilan ham, aldanayotgan bilan ham işi yöq. Aytişlariça, bari hisob-kitob çin dunyosida bölar emiş. Uv-v-vv!..

Xullas, qoni qaynab, Ö.Nusrat çirq etkazib telefonini öçirdi-da, öylab-öylab, – şu kunlarda birovdan, garçi u birov yaqiningiz bölsa ham, bir nima söraş azobini aytmaysizmi?!. Musulmonqulning yaqinroq bir oşnasiga – hamqişloğiga qönğiroq qildi. Va, taniş xirqiroq ovoz eşitilişi bilan, uzr-maʼzurlar aytib, bola-çaqalariyu nevara-çevaralarigaça – barining bir-bir soğliq-esonliklarini söragaç, yana bir karra uzrini gap orasi qistirib:

– Xoldorxon, menga Musulmonqulning qöl telefoni kerak edi, jöra, – dedi.

– Musulmonqulning qöl telefoni menda yöq-da, oşna.

Xoldorxonning gapi tugar-tugamas, Ö.Nus­ratning tişlari ğijirlab ketdi; lekin gap ohangini özgartirmaslikning uddasidan çiqib-çiqolmay:

– Uyiniki-çi? – dedi, öktamroq ovozda. – Uyiniki bordir?

Harflar… sözlararo çars-çurs çaqnayotgan ohanglardan nimalarnidir anglabmi, sezibmi, Xoldorxon:

– Beş minutdan keyin telefon qiling, – dedi. – Men telefonimni bir titkilab köray.

Ö.N. tabiatan betoqat – lahzalarning ötişini sabrsizlik bilan, behalovat kuta boş­ladi.

Lekin, biror daqiqayam ötar-ötmas, Ö.N.ning telefoni jiringladi.

– Topdingizmi? – deb söradi darhol Ö.N. ovoz egasini tanib.

– Topdim, – dedi Xoldorxon. Ammo neçundir dabdurustdan ovozi xiyla özgardi. – Lekin, iltimos, jöra, mendan olganingizni aytmang?.. – Bunga ham qanoat qilolmay, Xoldorxon yanayam elandi: – Aytmaysiz-a?..

Xoldorxonning keyingi gap ohangidagi tavallo-yu makr birdan Ö. N.ga boşqaça taʼsir qildi. Juda!.. Tutaqib sökingisi keldi… Lekin, sökinmadi.

… nahotki, biz şunçalar ortga qaytgan bölsag-a?!. Bir qadam olğayu ming qadam… milliyon qadam orqagami?.. Kimdan, nimadan axir?.. Bunaqa tuya feʼllik qaçon yuqa qöydi bizga?..   Qaçongaça axir?!.

Xoldorxon bilan xayrlaşgan-xayrlaşolganligini bilolmay, yuqoridagi öjar savollar paydarpay xayolidan keçayotgan köyi, Ö. N. xayolparişonlik bilan, Musulmonqulning uy telefoni raqamini terdi.

Hayal ötmay, uç-tört yoşlardagi qizaloqningmi, bolakayningmi çuçukkina ovozi eşitildi:

– Kimşiz?

… darvoqe, kimman özi?.. – deb söradi Ö.N. xayolan özidan. – Bundan buyoğida odamligingiz emas, unutmang – kimligingiz muhim, oğaboy, kimligingiz?!.. Odamligingiz – kapeyka. Odamligingiz?.. Tfu-u!.. Laʼnati kapitalizm deganlarining şarti şunaqa ekan.

– Assalom, – dedi Ö.N., şiringina talafuzda. – Bobojoningizni çaqiring?

– Hoziy…

Söng… u yoqdan bolaçaning kimgadir, bobojoniyizzi çaqiying, devotti bittasi, degani Ö.N.ning quloğiga baralla çalindi. Va, beixtiyor uning könglidan bir iddao keçdi: hay, mişiqi-ya!..

Yöq, yöq-da, qaqqos urib kulolmasa hamki, köngliga aççiq iddaoni yölatmay, Ö.N. miyiğida kulimsib qöya qolişi kerak edi. Şuni öylab, lablarini çöççaytirdi.

… e voh, na çora?!.

Xiyladan söng – çamasi, bir yarim daqiqalardan keyin – ovozidan ön beş-ön yetti yoşlardagi qizmi yo qizaloqning onasimi, salom-aliksiz:

– Kim bölasiz? – deb söradi.

… ola-a!.. – deb öyladi, Ö.N. tang qotib. – N-na… nahotki men anomal odam-man-a?!.

– Men bobojoningizning oşnasiman, – deb, Ö. Nusrat nomi-nasabini aytdi. Lekin, jörasiman, demadi; töğri-da, oşnasiga özini jöra deb bilgani bilan, oşnasi jöra deb biladimi yo yöqmi – hali-hozirça bunisi mavhum: çunki, davr boşqa, davron boşqa.

– Vannaga kiriptilar…

… yolğon. Yolğon!.. Hoynahoy, namoz öqiyotgan bölişi kerak – asr namozi mahali-ku! Hozir köpçilik galstugining uçini şimining kamariga qistirib, namozini yaşirin öqiydigan bölgan. – deb öyladi Ö. Nusrat, böğilib: feʼli şunaqa özi – dunyosining yolğonçiligini bilsa ham, aslo yolğonga toqati yöq. Emişki, yolğonçi – Xudoning duşmani. Binobarin, Xudoni öziga döst qilolmay, esini tanigan kunlaridan beri azizgina joni halak. Hatto, mişiqilar aldasalar ham, illoh, mişiqilarni ham aldamasligi kerak – aqidasi şunaqa. – Yo Xudojon, Özing sabr berğaysan?!. Sabr… sabr… sabr!

– … Aytamiz, nömiriyizni bersayiz, özlari qönğiroq qiladila.

Ö.Nusrat telefon raqamini aytib:

– Yaxşisi, man özim qönğiroq qila qolay, – dedi. – Qançalarda qönğiroq qilsam böladi?

– Ön beş minutlardan keyin…

… kutiş… Kutiş… Kutiş, – deb öyladi Ö.Nusrat, çakkalariga kaftlarini bosib; bilolmadi – kaftlari qizib ketganmi yo çakkalarimi, yoki har ikkaloviyammi? – Bötaloqlarim, baxt ham, baxtsizlik ham nisbiydir. Kutmoq va umid qilmoq kerak. Kim aytgan buni – nihoyat, bir tasodif tufayli omon qolib, bari yovuz kuçlar ustidan mutlaq ğalabaga erişgan Edmon Dantesmi?.. Yöq, Edmon Dantes – şunçaki bir vosita. Yozuvçi dahosining iqrori bu. Şunday.

Nihoyat, oradan beş-olti daqiqa ham ötmay, Ö.N.ning telefoni jiringladi.

Quloğiga mardona ovoz çalinar-çalinmas, ovoz egasini tanib, Musulmonqulning qizimi, kelinimi çindan ham yolğon gapirganligiga könglida nadomat bilan işonç hosil qilarkan, Ö.N.:

– Musulmonqu-ul! – dedi salomlaşib. – Bormisiz?

– Özingizmi?.. – dedi Musulmonqul, xiyla malolsiz, lekin xiyol xuşhollik bilan.

– Özimman, – dedi Ö. Nusrat ham, köksidagi bir parça muzmi, nimadir asta eriyotganini jonu dili bilan sezdi. Yengilgina entikdi.

Nihoyat, ança dilkaşlik bilan hol-ahvol söraşganlaridan söng, Musulmonqul:

– Bir yoqqa çiqqan edim, – dedi. – Qönğiroq qilganingizni bolalardan eşitdim. Tinç­likmi?

… ana, vannaga emas, bir yoqqa, – deb öyladi Ö. N. – Bari yolğon-da!

– Tinçlik… tinçlik!.. Lekin, bir…

Ö.Nusrat dangal muddaosini aytgaç, Musulmonqul:

– Böpti, – dedi.

Ajab, Ö. Nusrat uning ham röy-rost jöra deyişini kutgan edi. Lekin, U – jöra, demadi: davr boşqa, davron boşqa-ya; keçagi kun bilan yaşab bölmaydi-ku!..

… mayli, şunisigayam şukr.

– Ertaga…

– Önda…

Şartta Ö.Nusratning gapini bölib, Musulmonqul:

– Yöq, önda majlisimiz bor, – dedi. – Ön ikkilarda qönğiroqlaşib körişamiz.

Xiyla öktam ovozda, işonib-işonmay, Ö. Nusrat:

– Qöl telefoningiz nomerini ayting?! – dedi.

Musulmonqul esa heç ikkilanmay, qöl telefonlari orqali keçajak har qanday gap-söz temir tasmalarga bitilib, zirhli, – ha, aynan zirhli!.. –   pölat sandiqlarda asrab qöyilişini bilsa-da:

– Yozing, – dedi. – 497-75…

– Rahmat, Musulmonqul! – dedi Ö. Nusrat, boyayoq köksiga bosilgan bir parça muzmi, nimadir allaqaçon erib, jismu joniga singib ketganini dil-dilidan his etgan köyi. – Otangizga rahmat, Musulmonqul!

– Xöş-e, bunça?!

Axiyri, Ö.Nusrat anavi oşnaning hali-hamon köngilni ğaş qilayotgan boyagi gapini qiynalibroq aytdi:

– Rostisi, uning oşnaçilikka töğri kelmaydigan, umuman erkakka yaraşmaydigan lattaçaynarligi manga yomon taʼsir qilgan edi. Heç xayolimdan ketmayapti.

– Kim ekan u – oşnamiz?

– Qöyavering…

– Ayting-da!..

– Yöq!.. – Garçi endi heç qaçon mavridi kelmasligini bilsa ham: – Bir mavridi kepqoganda haligi oşnani örtaga olib kulişarmiz, – dedi. – Maʼqulmi?

– Mayli. Ertagaça!..

… ertagaça, Musulmonqul, ertagaça, jöra! – Ö.Nusrat qöllarini köksi uzra bir-biriga kiyiştirib, közlarini yumdida, agar vaqtiyi zamonida Xudoga yoqiş-yoqmaslikni öylamay, davru davron şamollarida bearmon tebranib, ham nişga, ham poynakka ursa, muqarrar barisidan yuksakroq… Yöq, y…ö…q, bunaqasi rahmatli otasidan olgan tarbiyasiga… jon diliga singgan eʼtiqodiga aslo töğri kelmasligi ixtiyorsiz ravişda könglidan keçayotib, uyoğini öylagisi kelmay, ensasini oromkursining suyançiğiga bosdi. Xazin entikdi. Va, beixtiyor aziz bir şoirning gözal bir bayti yodiga tuşdi: manga siğar ikki jahon,   man bu jahona siğmaram. Bunça sodda, bunça töpori falsafa. Ö, şoir-ey!..

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan