Hayot va hikmat (anʼananing davomi)

Birov aytib bergan voqea asosida asar yoziş ‒ adabiyotda avvaldan bor. Maşhurdan-maşhur “Revizor” komediyasi mazmunini Gogolga Puşkin aytib bergan. Özbekis­ton xalq şoiri Jamol Kamol 6 jildlik “Saylanma”si (2018) 5-jildidan örin olgan “Anvarmirzo hikoyatlari”   turkumini yaratişda ana şu eski adabiy anʼanani izçil davom ettirgan. Yaʼni şoir Anvarmirzo Husainov sözlab bergan 61 voqeani şeʼriy hikoyat tarzida bitgan.

 

Anvarmirzo ‒ kim?

 

Anvarmirzo ‒ bolalik döstim. 1969 yili yozgi taʼtilda tumanimizda çiqadigan hozirgi “Vobkentnoma” gazetasida kamina 8-sinfni, u esa 9-sinfni bitirib, birga işlaganmiz. Bu davr ikkalamizni ham ToşDU(hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetiga yetakladigina emas, “tayyorladi” ham. Kamina universitetga qabul qilinganimda Anvarmirzo “Toşkent universiteti” gazetasida men haqimda maqola ham eʼlon qilgan.

Armiya xizmatiga borib keldi, respub­lika yoşlar taşkilotida masʼul vazifada işladi, keyin esa şu taşkilot viloyat qömitasi kotibi, viloyat içki işlar boşqarmasi boşliği örinbosari, yuqori idora masʼul xodimi, “Özbekneftegaz” kompaniyasi raisining birinçi örinbosari ‒ Özbekiston davlat neft taʼminoti vaziri böldi, söng   Mos­kvada “Rosti ‒ rusti” korporatsiyasiga asos solib, uning direktorlari kengaşiga raislik qildi. Köp yaxşi kitoblarga homiylik yordami körsatdi, xalq diplomatiyasi bilan şuğullandi va hokazo. Juda kitobsevar, ziyoli, maʼrifatparvar inson.

Köpni körgan, katta hayotiy tajribaga ega, falsafiy muşohada qiladigan, qölida qalami bor kişilar bir xazinaga öxşaydi. Suhbatiga töymaysiz. Şunday odamlarni öylaganda, baʼzi bir yozuvçilarimizga unçalar qoyil qolmayman. Eʼtirozim şundaki, hikoya, qissa yo romanga xomaşyo tugul, hatto, xamirturuş ham böla olmaydigan voqealarni yozişadi, köproq ijodxonada ötirib olib, töqişadi, çamamda. Hayotdagi hamma voqea­-hodisa ham yozgulik emas. Baʼzi keksalar adabiyotga sal-pal aloqangiz borligini bilib qolsa, böldi: “Mening hayotimni yozsangiz, bir katta kitob böladi”, ‒ deydi. Yöq, işonmang. Yozişga arzigulik, ilmiyroq qilib aytganda, asarga “material” böla oladigan, çinakam xomaşyo vazifasini ötaydigan narsanigina yoziş ‒ mumkin. Şu maʼnoda J. Kamol hikoyatlarida arzigulik mağz ‒ bor.

 

Hikoyat ‒ nima?

 

“Hikoya” bilan “hikoyat”ning heç farqi ‒ yöqday. Aslida, bu ikkalasi ‒ bir söz. Köpligi ‒ “hikoyot” (“hikoyatlar”) böladi. Ammo adabiyotşunoslikda “hikoya” ‒ boşqa, “hikoyat” ‒ boşqa tuşunçani anglatadi. Hikoya ‒ bugungi özbek nasridagi janr. U rusça “rasskaz” va “novella”ni ifodalaydi. Forsiy va turkiy söz sanʼatidagi, asosan, nazmiy va qisman nas­riy yöl bilan bitilgan muayyan voqea tasviriga bağişlangan janr yoxud asarlar içidagi şunday parça “hikoyat” deyilgan.

J. Kamol fors-tojik şeʼriyatining aynan hikoyatlar bilan boyitilgan köp-köp asarlarni özbek tiliga ögirdi. Rumiyning olti daftardan iborat yirik “Masnaviyi maʼnaviy”si, Attorning “Mantiq ut-tayr”, “Asrornoma”, “Ilohiynoma”, “Pandnoma”, “Bulbulnoma”, “Uşturnoma” dostonlari ‒ şular jumlasidan. Bularning bari ‒ masnaviy, yaʼni juft qofiyali baytlar asosida bitilgan. Bulardan faqat “Pandnoma”dagina hikoyat uçramaydi. Qolganlari hikoyatlar aralaş holda yozilgan.   Tarjimon özi şoir bölsa, ögirgan asari uning ohoriy ijodiga taʼsir qilmay qolmaydi. “Anvarmirzo hikoyatlari” turkumidagi barça asarlar ‒ hikoyat. Ularning bari masnaviyda bitilgan. Bitta   farqi ‒ bular barmoq vaznida ijod qilingan.

Şoir jami 61 hikoyatning hammasi uçun bitta vazn tanlagan: bu ‒ 15 böğinli, turoqlari 4+4+4+3 bölgan vazn. Lekin şoir satr­larni ikkiga bölib yozgan. Aslida, aa, bb, vv va hokazo tarzda qofiyalangan masnaviylar göyoki abvb tarzida qofiyalangan, toq mis­ralari 8 (4+4 turoqli) va juft misralari esa 7 (4+3 turoqli) böğinli satrlardan iborat törtliklar kabi tasavvur uyğotadi. Özbek xalq oğzaki ijodi namunalari orasida şunday bandlardan iborat şeʼrlar ham ‒ köp-da. Bunday tarzda çop etiş közni çarçatmaydi, öqişni qulaylaştiradi, albatta. Ammo janriy nuqtai nazardan bular ‒ aslan masnaviy.

Şoir va olim (filologiya fanlari nomzodi) J.Kamol nazdida badiiy mahorat bobida XX asr özbek şeʼriyatida Hamid Olimjonga teng keladigani topilmaydi. Hikoyatlardagi töq qofiyalar, jarangdor radiflar, ravon uslub va tuşunarli bayonda ana şu ustozning yaqqol taʼsirini seziş qiyin emas.

 

Bir hikmat uçun bir hikoyat

 

Baʼzi hikoyatlar, aslida, ikki yo tört satrga siğadigan hikmatni kengroq, yaʼni şarhlab tuşuntiriş, uning haqiqatiga öquvçini işontiriş uçun bitilgandek. “Nogiron Sofokl hikoyati” ‒ şunday. U göyoki Sofoklning hikoyat söngida keltirilgan: “Ğayrat bilan iroda omon bölsin”, ‒ degan xulosasini isbotlaş uçun qoğozga tuşgandek. Çunki u buning natijasini öz hayotida köradi-da. Bolaligida Sofoklning böyni qiyşiq, bir oyoği ikkinçisiga nisbatan kalta, şuning uçun oqsoqlanib yurar edi. Öylab-öylab, yölini topdi: dengiz bir toşni böyniga, ikkinçisini kalta oyoğiga boğlab oldi. Azobga esa çidadi. “Çidaganga çiqargan”, ‒ deb, şuni aytsalar kerak-da ‒ yigit niyatiga yetdi: şu tariqa uning qiyşiq böyni tuzalib, oyoği keragiça çözildi. Jahon, jumladan, özbek teatri sahnasini gullatgan “Şoh Edip” fojiasini aynan Sofokl yozgan.

 

Martaba

 

“Martaba” ‒ zör söz! Nima dedingiz? Ammo afsuski, uni har kim har xil tuşunadi.

Anvarmirzo keçki bölimda öqiyotgan talaba sifatida oltmişlardan oşgan, “beş panjasi ‒ hunar” bir uyğur naqqoşga şogird tuşadi. Usto “Sibirlarda örmon kesgan… jafokaş” bir inson edi. Jon-jahdi bilan işlar, şogirdini ham: “Imillama!” ‒ deb urişar edi. Urişsa, mayli:

“Biz bezaymiz poraxörlar

           qasri, uy-ayvonini,

Garçi şirin bölsa hamki,

           yema, ‒ derdi, ‒ nonini”.

Tuşlikda joynamozga ötirib, peşinni öqirdi-da, keyin yiğlab, Xudo bilan muloqot boşlar edi:

“Ey Xudoyim! ‒ derdi. ‒ Magar

           körmaysanmi Sen uni,

“Hokimman” deb fuqaroga

           jabr qilar har kuni?

Körmaysanmi u mirşabni?

           Magarki, jin uribdi,

Non sotuvçi xotinlarni

           Qon qaqşatib yuribdi!

Bozorni kör, tarozida

           har kun yangi toş bölar,

Nega öşa yulğiçlarga

           bozorqömi boş bölar?.. (B. 107).

Anvarmirzoning usto erişgan maʼnaviy martabaga hamon havasi keladi. Hattoki, şu darajaga yetiş ‒ haligaça uning könglidagi bir armon. Armonligi şundaki, sajdaga boş qöyib, Qurʼon öqisa, qança jahdu jadal qilsa ham, hali öşa usto yetgan martabaga yetgani ‒ yöq. Ammo u umidsiz ham emas ‒ bir kun kelib, öşa martabaga yetişni orzulaydi.

Hikoyatda davrning manzarasini ham, öşanday zamonda halol-pok, haromdan hazar qiladigan, söfiyqalb, joynamozga ötirganida Yaratgan bilan yuzma-yuz turganday gaplaşadigan, uni jamiyatdagi adolatsizliklaru oçközliklarni körişga undaydigan kişilar bölganini ham köz oldimizga keltiramiz. Roviyga qöşilib, özimiz ham öşa yuksak martabalarga yetişni dilimizga tugamiz.

 

Taniş çehralar

 

Turkumni, bir butun asar, deb tasavvur qiliş ham ‒ mumkin. Xöş, uning boş qahramoni ‒ kim? Yalpi olganda, boş qahramon ‒ ikki şaxs: roviy (Anvarmirzo) va şoir. Ikkalovlarini ham yaqindan taniyman. Muayyan muddat ular bilan birga işlaganman ham. Lekin har bir hikoyatning öz boş qahramoni va personajlari ham ‒ bor. Ular orasida Yunusmirzo Husainov, Qori Abdulaziz Vobkandiy, Ğaybulla Salomov, Nuriddin Muhiddinov, Şamsiddinxon Boboxonov, Şayx Abdurazzoq Yunus, Asror Samad, Toşpölat Tojiddinovlarni ham yaqindan bilaman.

 

Makon va zamon

 

Hikoyatlar qamrab olgan makon ham, zamon ham ‒ keng. Qalamga olingan voqealarga bu jihatdan muayyan çegara belgilaşning imkoni ‒ yöq. Ziyoli oilada tuğilib ösgan, köp kitob öqigan, davlat va jamoat taşkilotlarida uzoq yillar masʼul lavozimlarda işlagan, tadbirkor, jahongaşta bir inson ong-tafakkuri, hayotiy kuzatuvlari, muşohada-mulohazalari, çiqargan qatʼiy xulosalarini makon va zamonning tor ölçovlariga solib bölmaydi-da, axir.

Ammo qahramonimiz Buxoro viloyatining Vobkent tumani markazida tuğilib, ösgan. Hikoyatlardagi voqealarning köpi bevosita ana şu makon bilan boğlanadi. Şuning uçun Vobkent turkumning boş makoni yangliğ namoyon böladi. 15 masnaviyda aynan Vobkent hayoti bilan boğliq tasvirlarga asoslaniladi.

Şeʼriyatimizda mamlakatimiz mintaqalari markazlari haqida asarlar kam emas. Biroq Qöqon, Marğilon, Şahrisabz, Olti­ariq, Asaka, Pop, Gazli kabi tuman va şaharlarimiz, Vodil, Olmos kabi qişloqlarimiz allaqaçon şeʼriyat timsollariga aylanib, ulgurgan. “Anvarmirzo hikoyatlari” şeʼriyatimizga Vobkent va qisman Ğijduvon timsollarini olib kirdi. Ularda bu qadim göşalar tarixi, xususan, avliyolari, Vobkent minorasi, ajoyib kişilari haqida qiziqarli hikoyatlar öqiymiz. Turkumda qarz qiyomatga qolmagan: oxirida endi şoir öz roviyi bölmiş Anvarmirzoga hikoyat aytadi ‒ “Şayx Abduraz­zoq Yunus hazratlarining Navoiyga atab haj ado etgani hikoyati” şu asosda yuzaga kelgan.

Zamon desangiz, masalan, Sofokl eramizdan oldingi 496/5 ‒ 406 yillarda qadim Yunonistonning Afinasida yaşagan. Yoki Buxorodagi Çaşmayi Ayub yodgorligi bunyod etilişiga sabab bölgan payğambar (a.) qadim zamonlarda hayot keçirgan. Yana hazrat payğambarimiz Muhammad (s. a. v.). Bu yoği Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Ivan Bunin, amerikalik buyuk boksçi Muhammad Ali va yana qança uzoq va yaqin   zamondoşlarimiz. Makon desangiz, hikoyatlardagi voqealar Vobkentdan boşlanib, Osiyo, Yevropa va Amerika qitʼalarining turli göşalariga borib tutaşadi. Millat va elat maʼnosida hikoyatlarda özbek, tojik, uyğur, tatar, arab, yunon, yapon, yahudiy xalqlari vakillari timsollarini köramiz.

 

Özbeklar va jahon

 

Baʼzi hikoyatlarda elimizdan yetişib çiqqan maşhur kişilarning xorijdagi obrö-eʼtibori, faoliyati va şarafi bilan boğliq voqealar qalamga olingan. Buning özi ‒ bir qiziq mavzu. Ayniqsa, mustamlaka zulmini boşidan keçirgan, öksitilgan xalq uçun bu ‒ umidbaxş yönaliş.

“Buxoriylar, qaydasiz?” hikoyati voqeasini Anvarmirzoga ukasi ‒ Ahmadmirzo hoji aytib bergan. Maʼlumoti böyiça u nemis tili mutaxassisi. Hajga borganida Kaʼbatulloh eşigida novça böyli bir çol aynan olmonçalab: “Ovoz bering, buxoriylar, qaydasiz?” ‒ deb yurganini eşitib qolibdi. Tanişsa, “Habibulloh Hofman” degan nemis şifokori ekan. U hajni buxoriylar bilan birga ado etişni diliga tukkanini aytibdi. Çunki u diyonatni, iymon aro matonatni                 Imom Buxoriydan örgangan ekan-da.

Yoki Anvarmirzoning Ğ. Salomov va yana ön uç kişining haj xarajatlarini kötargani, domlaning ziyoratga xasta holda borib, “misli yigitdek” bardam bölib qaytganlari, şundan keyin savobtalabning tijorat işlari yurişib ketgani bayon etilib, hikoyat Moskvada avliyosifat bir ulfatining unga: “Bir uluğning xizmatini qilibsen”, ‒ degan   bu gapi bilan tugallanadi. Atoqli davlat arbobi Yo. Nasriddinovaga Moskvada öqilgan janoza, Amerikaning Xyuston fazo markazida özbek allomasi Ş. Vohidov nutq sözlagani, Baykanurda rus olimi Utkinning Mirzo Uluğbek çizmalarini doskada tasvirlab, uning miltiq yasaş nazariyasini yaratganini isbotlab berganiyu buyuk islomiy olimning   bu odamzodni öldiriş qurolini yasamagani, Anvarmirzoning Butunittifoq davlat kinematografiya institutida taʼlim olayotgan 34 talabaga şartnoma mablağini tölab bergani, Tokio şahrida Navoiyga haykal qöyilişi tarixi, Rossiyaning Ural ölkasida Imom Buxoriy ramziy qabrining bunyod etilişi, Hazrat Eşon Boboxonning Moskvada öşa vaqtdagi Ittifoq rahbari qabulida bölgani, Brejnevning akademik R. Islombekovga oliy mukofot topşirişi sözlangan hikoyatlar bizni atoqli vatandoşlarimiz ortidan Yer yuzining turli göşalariga yetaklaydi.

 

Şeʼriyatimizda yangilik

 

Şeʼriy hangomalar hozirgi özbek adabiyotiga begona hodisa emas. Özbekiston xalq şoirlari E. Vohidov, A. Oripov, A. Obidjon ijodida ham uning ayrim yorqin namunalarini uçratamiz. Biroq şeʼriyatimizda hozirga qadar aynan hikoyat janrida bunday maxsus turkum yaratilmagan edi. Jamol Kamol bu janrni dadil olib kirdi. Buni olqişlaş, yangi ijodiy voqea sifatida baholaş ‒ zarur.

Albatta, bundan, mavjud hikoyatlarning bari bir saviyada, hammasi ham yuksak badiiy mahorat bilan yozilgan, degan fikr kelib çiqmasligi ‒ lozim. Lekin işoningki, “Anvarmirzo hikoyatlari”dagi aksar asarlar qiziqiş bilan öqiladi. Çunki ularda bir-biriga aslo öxşamagan qahramonlar, turli insoniy taqdirlar, qatʼiy   hayotiy pozitsiyalar, köplarga örnak böladigan donolik va teran   falsafa ‒ mavjud.

Sultonmurod OLIM,

filologiya fanlari nomzodi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan