Topar oyi

Farrux Jabborov

Muallif haqida:

Farrux Jabborov — 1985 yili Jizzax viloyatida tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti (bakalavr 2007), Özbekis­ton Milliy universiteti jurnalistika fakulteti (magistratura 2012),   Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti folklor bölimini (tayanç doktorantura, 2018) tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2006 yili “Hurriyat” mus­taqil gazetasidan boşlagan. Hozirda oyina.uz maʼnaviy-maʼrifiy portali boş muharriri.

 

Topar oyi

(Hikoya)

Qovoqxonaning çirkin derazasidan çorrahaga tikilib ötiribdi. Sarğayib yungi tökilgan telpagi çetidan oq oralagan jingala soçlari toşib çiqqan. Rangi uniqqan çoponi ham qoqsuyak yelkasini yaşirolmaydi. Qora sovuqda tönglagan şuuri bilan taşqarini kuzat­yapti. Uzoqdan uç bola yaqinlaşib keladi. Şahardan tölib-toşib qaytayotgan taksilar, şoşa-pişa bozorliklarini tuşirayotgan odamlar… Böş xaltasini qunt bilan taxlab, qöliga mahkam uşlagança şaharga şoşayotganlar maşinani zumda töldiradi, kirakaş işi yurişayotganidan işşaygança rulni çapdastlik bilan ortga buradi. Qişloqning tökilib qolgan “Nek­siya”yu “Damas”lari yonida yanayam yarqirab allatovur avtomobil tezligini ham pasaytirmay tuproq köçaga qayriladi; garçi qora qiş bölsa-da, bir tomçi yoğin yoğmagani bois yöl çangib qoladi. Yukxonasidagi katta sunʼiy arça şoxlari silkillab boradi…

“Karimboy keldi…” – şişadoşining tili aylanmay ğöldiraşidan taşqariga maʼnosiz qarab ötirgan Egamqulning xuşi öziga qaytadi, örnidan yarim turib, maşina ortidan qaraydi: böynini qiyşaytirib, deraza oynasiga yuzini tirab, ğubor içra yöqolib borayotgan avtomobilni nigohi bilan tutib qolmoqçi böladi. Joyiga horğin çökar ekan, qöşni dökonga kirib ketayotgan bolalariga közi tuşadi. Tönğiçi – qiz, onasining malla tivit römolini kampirlarga öxşab beligaça aylantirib örab olgan. Uç öğli bultur sunnat töyiga amma-xolalari olib kelgan çoponçalarini kiyib, opasiga ergaşgan. Ularning kaltarib qolgan kiyimlariga qarab, yillar tez ötayotgani haqida öylaydi beixtiyor. “Ha-a, oldiq” degan gapdan xayoli tarqaydi. Dasturxonga qaraydi. Şişa böşagan, yaltirab turibdi. Ulfatlar har qança avaylamasin, aroq ham, gazak ham oxiri ado böldi. Hayotga aççiq qilgandek aççiq-aççiq içayotganlar turli yoşda – birovining moş-birinç soqoli çala olingan, ikkinçisi esa hayotning ilk zarbalariga ojiz kelgan, keyingisi qirqida qarigan… barini yuzlaridagi zaxillik, közlaridagi söniqlik muştarak olamning odamlari ekanini anglatib turadi.

Baland peştaxta ortidagi juvon tuzlama bodring töğraş bilan band, har zamonda kunda-şunda mijozlariga qarab qöyadi: bugun bayram, hamma uyda tökin dasturxon, tekin içkilik bor – bularning aroqxonada ötirganidan ajablanadi. Şöring qurğurlarni qişloqda kimdir yolçitib mehmon qilişigayam işonmaydi.

Ulfatlar qadah sözi ham aytib ötirmasdan, labi uçgan piyolalarni azot kötarib, havoda töqiştirgan böladi-da, oxirgi tomçisigaça sipqarib, likobçadagi tuzlama bodring bölaklarini hidlab, joyiga qöyadi. Gazakni yeb qöymaslik oltin qoidaga aylangan bu davrada.

Yaltiroq zarlar ilinib, yorqin ranglarda Yangi yil bezaklari çizilgan oynavand dökon içida kelgan-ketganga xalaqit berib tört bola uymalaşmoqda. Sarmast ota esa qöşni qovoqxonada ötirib, xotini farzandlarini bayram dasturxoni uçun nimadir xarid qilgani yuborgan bölsa kerak deb öylayapti. Lekin pulni qayerdan oldi ekan?

Uç hamtavoq unga sözsiz tikilib ötirganidan bildiki, aroq oliş navbati yetibdi. Çöntak esa böş. Sotuvçi juvonga röpara keliş azobini iloji boriça ortga suriş uçun yuzini taşqariga burdi. Sarxuş ongining tözigan qaznoqlarida allaqanday xotiralar ğimirlay boşladi.

Maktabni bitiriş arafasi: orzular osmon, yurak­lar çappar uradi. Köngilda borini aytiş pallasi. Qişloqning tor muhitida bundan keyin imkon bölmaydi. Yigit-qiz uçraşmoği muşkul. Durkungina Sanamoyga heç bir sinfdoş yigit köngil yorolmaydi. Şunda Egamqul nimanidir iltimos qiladi. Qiz öylanib turib: “…senga yöq deya olmayman…” deydi. Bundan rost dil roz bölurmi, bundan oşkor izhor bölurmi?! Qisqa sözlaşuvga guvoh ğayir közlar, ğayir köngillar… tezda ikki kabutarning sevgi afsonasini olamga doston qiladi. Qörç yigitlardan umidvor böy qizlar Sanamoy egalik bölganidan şodmon tarqatadi bu xabarni. Sanamoydan bunaqa şirin gap eşitiş tugul, bir nigoh taşlaşiga mahtal ösmirlar ilk qadahini kötaradi öşa kuni.

Şerigining turtkisidan öziga kelib, peştaxta ortidagi juvonga tikildi. Öşal damlardan qolgan qadrdon nimadir qidirdi. “Senga yöq deb bölmaydi” izhori xuddi yigirma yil avvalgiday hozir ham köka­yini kuydirib ötdi. Kuç berdi. Oyoqqa qalqdi. Yaqinlaşib bordi-yu, yuzma-yuz kelganida şaşti qaytdi. Böm-böş çöntaklarini kavlaşga tuşdi. Ayol ham bilardi, zotan, uning hemiriyam yöqligini. Grafinga yuz gramm içkilik quyib uzatdi, bir likobça tuzlama berdi. Bu yonga köz ostidan qarab ötirgan mijozlarning sarmast ongida yigirma yillar avvalgi sevgi afsonasi ğimirlab qolgani va bu nigohlarida aks etganini tuyib, qarşisidagi erkakdan ijirğandi. Egamqul esa öşal şirin damlardagi şirin vaʼdani, aççiq hayotidagi birgina totli xotirani, qoronği könglidagi yagona yoniq şamni yuz gramm aroqqa almaşib yuborganidan ori qözidi.   Grafinni zarb bilan yerga urib, çilparçin qilgisi keldi – na çora, köpning rizqi…

Şişadoşlar kaftlarini bir-biriga işqab şoş­qin qarşi oldi. Ularning jonlanib qolgan xatti-harakati şovqiniga sotuvçi ayolning “Bolalaringga qarasang, bölmaydimi?!” degan söroği singib ketdi. Lekin Egamqulning miyasini parmalay boşladi. Piyon otaning noçor bolalari dökonda şirin taomlarga möltirab yurganini butun olam bilganida ham bunçalik taʼsir qilmas edi. Xayolan xotinini sökdi. Sabr qilib ötirsa bölmasmidi? Karimboydan qarzini undirib, hali bozordan tölib-toşib borardi-ku!

Hamtovoqlar homiyning hurmatini joyiga qöyib, alohida eʼtibor körsatdilar. Hamma qölidagi qadahni undan söng kötarişini eʼlon qildi. Egamqul ğolib sarkarda yangliğ piyolani bir zarbda böşatdi. Muhabbatini mana şu dadarlarga içirib yuborayotgani alam qildi. Dast örnidan turib, gandiraklab köçaga yönaldi. Dökondan quruq qöl bilan çiqayotgan bolalariga ham qayrilib qaramay, anovi allatovur avtomobil ketgan tomonga yurdi. Qizi farosatli, ukalarini darrov panaga oldi. Otam urişmasin, dedimi, yo…

Öziga özi ğödranib borardi. Kuzning salqinida badani junjikib qança işladi Karimboynikida. Ana beraman, mana beraman bilan qarzini haliyam uzgan emas. Pulni bayramga yaqin undirsam, yaxşi-da, hozir xarjlab qöyaman, keyin Yangi yil fayzsiz ötadimi, deya avvaliga köp qiçamadi. Avvalgi haqini tölamay turib, yaqinda yana çaqirib işlatdi. Odamlar uyalmaydiyam, a?! Bu könmasa, boşqasi topilardi baribir. Şuning uçun tarang qilmadi. Boyni qarz qilib qöyaveraylik-çi, deya hazillaşib, undan özini baland his etdi, tanti his etdi. Tong demadi, tun demadi – tindirmadi. Orada boybiçça ham “Anovini uytmabsan, manovini buytmabsan. Bayramga nozik mehmonlar aytilgan, uyalib qolamiz bu turişda”, deb kattasindi. Hay dedi. Pul odamni gapirtiradi-da…

Hozir boraman-da, şartta başarasiga aytaman, deb öyladi. Bersang – ber, bermasang… Nima deyman? Bermasang… bermasang… Xudoga soldim, desammi? Yöq, xotinça bölib qoladi. Keyin, qarzimni qaytib sörolmayman ham. Senikida işlagunça dalada paxta tersam bölar ekan, harna, uç-tört söm… deyman. Buyam ayolça gap. Heç insofing bormi, Karimboy?! Insofi bölsa, şunaqa qilarmidi? Qandaydir taʼsirliroq gap topişi kerak-da… Birovning haqi buyurmaydi … – çollar aytadi bunaqa nasihatni. Teşib çiqsin… – endi bunisi kampirlarniki. Uff… Öz haqingni talab qilişdan oğiri yöq ekan hayotda. Ayniqsa, odamning surbetiga uçrasang.

Mana, bola-çaqang bilan maişat qilib ötiribsan, menikilar esa oç-nahor… Ha, bolalarini qöşsa, har qanday inson eriydi. Köngli iyadi. Lekin bu sulloh “Oilangni mening familiyamga ötkaz, özim boqvolaman!” deyişdan ham tap tortmaydi. He, enangni…

Qöşqavatli koşonaning salobati bosdi. Tili aylanmay qoldi. Öylab kelgan gaplarini unutdi. Imtihonga tayyorlanmagan talabaday mum tişladi. Naqşin darvoza oldiga borişga ham holi yetmadi. Neça marta umidsiz qaytganlarini esladi. “Ellik gramm kamlik qildi-da, bölmasa yorib taşlardim hammasini…”.

Ortida intiq bolalari, oldinda… zabt etib bölmas qalʼa. Sudralib borib, qönğiroqni bosdi. Bir gal darvozani taqillatganida boybiççadan eşitadiganini eşitgan. Nima emiş, böyoği köçar emiş. Qiş­loqidan olib, qişloqiga solgan. Körmaganning körgani qursin, otang kimçi, enang kimçi, ötirib ketingni çimçi! Xöpmi? Bolaligingda burning oqib yurganida özim yoqangga artib qöyardim-ku, Oqmirza aravakaşning qizi?!

Darvoza ortida quvnoq ğimirlaş sezildi. “Kelişdi!” deya ayolning şip-şip qadam tovuşi yaqinlaşdi. Hali eşik oçilmasidan uning qanday tömpillab kelayotganini tasavvur qildi… Gulgun çehraga qarab bu ham iljaydi. Ammo qoşlar birdan çimirilib, közlar öqrayib, yalmoğiz başaraga aylandi. Bunaqasini birinçi uçratişi. Lolu hayron. Karimboy baland ravoqli peşayvonda turiboq vaziyatni ilğadi. Yangi mehmonlarga peşvoz çiqmoqçi bölib taşqarilagan eski qönoqlarni yana içkariga boşladi. Egamqulning közlari şu tomonda qoldi.

– Bayramdan keyin kelsin, dedilar! – xotin hali uning muddaosini eşitmasdanoq javobini berdi, eşikni yuziga yopdi. Eriga maslahat ham solmadi. “He… anovi ipirisqi… Odamlarning yaxşi kunini buzişga usta bular…” – arzimas narsadek izoh bera-bera uzoqlaşdi boybiççaning sasi.

Qönğiroqni yana bosişga jurʼati yetmadi. Ellik gramm kamlik qildi-da. Orqa darçasidan kirib borsamikan? Mehmonlarining oldida izza qilsami? Şeriging olaqarğa bölsa, titganing göng böladi. Buning qönoqlari ham görmidi. Burqsigan kabob tutuniga ergaşib Karimboyning taşqi çorboğiga ötdi. Dastyor yigit çöğ yelpib ötirardi. Bir-ikki qöl olgan, şiringina böp qolgan.

– Ha, aka?

– Karimboyning berişi bor edi, bayram kuni keling, degan, – past ketgisi yöq edi hamon. Yana, bu öziga öxşab xizmatçi toifadan bölsa.

Töqiştirib içgani ulfatga muştoq ekanmi, yigit uni xuş kutib oldi. Qalin ğölani kursi örnida taşladi. Stol tortmasiga bekitgan aroqdan olib, ikki piyolaga quydi.

– Qani, bir nima deng, aka!

Indamadi.

– Biz alkaş emasmiz-ku, gapirmay kötaradigan. Xa-xa-xa!

Egamqul qölidagi piyola bilan işora qildi: “Özingdan bölsin!”. Dastyor ortiqça mulozamat körsatmadi.

– Oğamning işlari yanayam yuraversin. Qozi poççalarni ham çiroyli kuzatib olaylik… Kuç-da ular, tiq deganni tiqadi, yöqot deganni yöqotadi… Karimboyning pullari, nima deydi, möl bölsin, bizgayam tomib tursin… Qani, oldik.

Qip-qizil pomidordan bir bölagini gazak qildi.

– Şuning atrofida doim girdikapalaksan. Ha­qingni ajratib ololasanmi?

– Qayoqda… – endi ikki hamşişa hamhasrat böldi. – Paytini poylab, foydalanib qolaman. Bozorga yuboradi yanga, ön sömlik narsani ön ikki sömga oldim, deyman. Maşinani tuzatişga oboraman, pulidan qa­yiraman. Köçada u-bu kimning işi bölsa, oğamning tanişlari orqali bitirib berib, soqqasini çöntakka uraman. Şunaqa-da, e…

Yigit şişadan yana ğölqillatib piyolalarga quydi.

– Meni hozir xotini… megajin haydab soldi. Ellik gramm kamlik qilgandi-da, bölmasa yirtib taşlardim.

– Yöğ-ye, janjal bilan kim baraka topibdi. Jon-jon deb jonini olgan yaxşi. Odam özini heç unutmasligi kerak. Mana, men şaşlikning qiymasidan ötinning orasiga yaşirib qöydim. Bolalarim tişining kirini sörib ötirmaydi-ku, töğrimi?

Egamqul beixtiyor ğöla ğölaga, novda novdaga ajratib çiroyli taxlangan ğaramga qaradi. Das­tyorning iş uslubi jöyaliday tuyuldi.

– Bayram kuni… bolalarning oldiga böş qöl bilan qaytişni ayt, – gapiriş ohangi yalinçoq çiqdi, xuddi ömarilgan göştdan umidvorday.

– Nega quruq qaytarkansiz?! – Tantiligi tutdi uning, özining uyida bölganida şu xotamtoylikni qilarmidi-yöqmi, xudo biladi. – Manovi partiya­­ni mehmonlarga kirgizvoray, jiyanlargayam törtta şaşlik qöyib beraman.

Laganga kaboblarni did bilan taxladi. Sixlarning qorayib qolgan uçini oppoq soçiqça bilan artdi. Şipillab darçadan hovliga kirib ketdi.

Bu bölsa, piyolani böşatdi. Yana töldirib quydi. Yigit oğzi quloğida çiqib keldi.

– Oğamning tanişlari kuç-da, – şişa böşab qolganini payqadi. – Buning ham izini öçiramiz, – deb ğaram ortiga otib yubordi. Tört six kabobni qöraga qöydi. Jizillab seli oqib, tutay boşladi. Şu payt darça oçilib, bolakay köriniş berdi. Odamga bepisandlik şuginada ham bor-a.

– Içganingizni aytaman dadamga.

– Iya, biz sen bilan kelişvolganmiz-ku, bahor kelsa, varrak yasab beraman, – maşhur filmdagi gap bilan uni kalakaladi. Kenjatoyga esa bu taklif qiziq tuyuldi.

Ikki ulfat piyolalarni böşatib, stol tortmasiga yaşirdi. Dastyor qizarib pişgan kaboblarni laganga oldi, manovi böşang qişloqdoşimga qanday qilib berib yuborsam ekan, deb öylanib turgan edi, bolakay bir şaşlikni yeyişga çoğlandi. Egamqul ğayrişuuriy tarzda ilkis turib, uning qölidan sixni tortib oldi. Kenjatoy arillab qoldi. Ammamning kalişiday lang oçilgan oğzidan hali çaynab ulgurmagan göşt bölagi pastga tuşdi. Das­tyorning közi olazarak. Zum ötmay, Karimboy çiqib keldi. Buni körib, taʼbi tirriq böldi.

– Ha, kuçing şu bolaga yetdimi?

Egamqul tişlangan kabobni laganga qöyib, qarzdori qarab yurdi:

– Otasigayam yetadi kuçim, – şunday deya muşt dölaytgan edi, boyning dağdağasidan qöli muallaq qoldi.

– Ur-Ur! Umringni qamoqda çiritaman. Bolalaring eşikma-eşik sarğayib ötadi, – ğazabini yanayam soçmoqçi böldi: – Hurliqo xotining… qölma-qöl aylanadi! – xuddi oldindan yodlab olganday izma-iz kuçaytirib borardi haqoratlarini.

Egamqul kuzning zamharir kunlari özi quygan beton yölakda dahşatli xavfni sezgan ojiz quyon kabi oyoqlarini tapillatib, qöllarini silkitib qolaverdi. Karimboyning tumşuğiga tuşurolmadi. Şart ortga burilib, lagandagi tört kabobni namoyişkorona kötarib haydadi. Haqining bir qismini bölsa-da, ayirib olgandek his etdi özini.

Bolalari esa uçinçi yo törtinçi marta dökonga qaytib borgan edi. Bir-biridan mazali va şirin tortlarga möltirab turardi. Kenjasi rasta oynasiga qölini tekkizib, xuddi şirinlik yalaganday oğziga soldi. Sotuvçi otaxon köz qiri bilan qarayapti. Buni payqagan qiz “Dadam pul olib kelsa, mana şunisini sotvolamiz”, dedi astagina, ukaçasi xayolan yalab qöygan tortni körsatib. “Otasi içib-siçib yuribdi, bolalarining ahvoli esa bu”, deya könglida rahm-şafqat tuyğularini uyğotayotgan sotuvçini boşqa xaridorlar çalğitdi. Bugun olarmon köp, savdo zör.

Qoronği tuşib, köça-köyni mast-alastlar suroni töldirganida qişloqning bir çetidagi loysuvoq uyda opa va uç uka kamtargina bayram dasturxoniga yiğildi. Ayol bittagina sariq olmani yupqa arçib, bolalariga mayda-mayda töğrab berdi. Pöçoğini özi yeyayotgan edi, uluşini paqqos tuşirgan kenjasi möltayib qaradi, “Şiyinmi?” deb söradi. Onaning oğzidagi pöçoq ham tala-tala böldi.

Ayol eri allaqaydan topib kelgan, sovib moyi töng­lagan kaboblarni dasturxonga qöydi. Six uçidagi kuygan, kömir tutunidan qoraygan joylarini ajratib, qolganlarini jujuqlariga ulaşdi. Qizi “Ayam ham yesin”, demaganida uç görsöxta öğil kuyindiga ham ega çiqarmidi.

Ota esa özini uxlaganga solib, sarxuş yotibdi. Goh közi ilinadi, goh xayollar qiynab ingranadi. Bolalar qorni qovzanib, nafsi hartugul qonib, köçadagi gulxan atrofida qiyqirib öynayotganlarni derazadan tomoşa qiladi.

– Bugun tunda qorbobo keladi, yaxşi bolalarga sovğa beradi, – deydi qizaloq ukalariga.

– Ayasining şaşligini yeb qöymaganlargayammi? – deb söraydi katta ukasi.

– Menga moşinça kerak emas, tort kerak! Kat-tasidan, – quloçini yozib körsatadi kenja. – Mana bunday. Yöq, mana bu-unday, – keng oçilgan qöllari hatto ortiga ham bukilib ketadi. Baribir köngli tölmaydi. Akasining quloçi kengroq tuyuladi. – Aka, siz körsating…

– Yöq, menga şaşlik olib kelsin, – deydi örtança öğil.

– Tişlanmaganidanmi? – deb söraydi kenjatoy.

Ayol erining oyoğini uqalab, yiğlab ötiradi. Egamqul esa…

Ertasiga qişloq keç uyğondi. Xuddi bir yil uyquda yotgandek hamma karaxt edi.

– Egamqul! Ho, Egamqul! – çaqirgan tovuşdan ayol uyğonib, erini turtdi. Uning boşi löqillab oğrirdi. Issiq örnidan turiş yoqmadi. Kelgan odam ham juda tirriq ekan, heç ketavermagaç, çoponga öralib taşqariladi. Atrofi devor bilan tösilmagan yaydoq hovli. Sotuvçi otaxon qölida tort bilan ayvonga yaqinlaşib qolgan edi. Egamqul ajabsinib angrayganidan salom bergan-bermaganini eslolmaydi ham.

– Yangi yil qutli bölsin!

Egamqul çaqirilmagan mehmonga hayron-hayron boqdi. Qölidagi şirinlik… Şuning örniga ellik gramm bölsamidi, boşoğriqqa zap yarardi-da.

– Bolalaringga, – dedi çol. Xijolat bölmay olsin degan öyda öziça tuşuntirdi: – Endi bunga it ham qaramaydi. Bayram ötib böldi.

– Pulini… – dedi Egamqul.

– He… topar oyida berarsan, – uni xijolat qilmay, tezroq ketişga şoşildi dökonçi.

Otaning qora töni ortidan ikki öğil möraladi. Bir-biriga qarab iljaydi. Yutindi.

– Karimboy mendan qarz. Kattagina qarzi bor, – mahobat qildi Egamqul. – Şuni undirişim bilan keliningiz olgan mayda-çuydaning ham pulini yetkazaman.

Çol tortni bolalarga tutqazib, köçaga qarab yurdi. Egamqulga esa ellik gramm kamlik qilib turardi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan