Kulrang böri
Suyundik MAMIROV
Muallif haqida:
Suyundik Mamirov — 1970 yil Ğallaorol tumanida tuğilgan. 1997 yil ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Şeʼr va hikoyalari “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi, “Şarq yulduzi” va “Yoşlik” jurnallarida çop etilgan. Hozirda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasida yetakçi mutaxassis vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kulrang böri
(Hikoya)
Bir kulrang böri bilan ançadan beri köz taniş bölib qolganmiz. U menga yaqinlaşmaydi, men unga. Oraliqdagi masofaga qaramay ikkimiz bir-birimizni sözsiz tuşunamiz. Öşa böri qayoqqadir yugurib ketayotganini yoki iniga qaytayotganini körib qolsam, qölimni oğzimga karnay qilib ovoz beraman. U meni tovuşimdan biladi. Bir dam töxtab, “ha, bu senmi, qöşni”, deganday qarab qöyadi. Qoyatoş yoniga kirib-çiqişidan ini şu yerda. Muhimi, qöylarimga hujum qilmaydi, ötga berilib, makoniga yaqinlaşib qolganida ham ziyon-zahmat yetkazmaydi. Bunga işonçim komil.dam qilganini odam qilarkan-da, qöy boqişga ham könikib ketdim. Aslini olganda, qişloqdan şaharga, şahardan qişloqqa yölovçi taşiydigan kirakaş edim. Kim neça söm berarkan, deb qöliga qarardim. E, bu menga öxşagan şaxsiy avtomobilida kirakaşlik qiladiganlarning navbat talaşib janjallaşişi jonimga tegib ketgandi. “Noqonuniy faoliyat olib borayapsan”, deydigan tekşiruvçilarning jarimaga tortişidan rosa yurak oldirib qöygandim. Barçasiga qöl siltab, toğu toşga çiqib ketib, quloğim tinçidi. Maza, toza havo — tanga davo. “Hoy, nima qilayapsan”, deguvçi yöq.
Bilasiz, davralarda mavzu baʼzan aylanib-aylanib börilarga borib taqaladi. Şunda bu hayvon öta yirtqiç, oç qolganida hatto odamlarga ham hamla qilişi, çorvaga qiron keltirişi haqida eşitib qolamiz.
Meni odamlar bilan hududi yonma-yon töğri kelib qolganda, biz yirtqiçligiga heçam şubha qilmaydigan şu hayvon qöni-qöşniçilik tartib-taomillariga qattiq amal qilişi, hatto inson bilan qiyoslaganda ham orqa-oldini öylab, aqlli iş tutişi hayratga soladi.
Şunga qaraganda kulrang böri öz rizq-nasibasini uzoq-uzoqlardan topib, qornini töqlab, keyin Qoratoş yonidagi iniga qaytsa kerak, bunday deyişimning yana bir boisi qişloğimizga böri oralaganini eşitmaganman. Demak, şu atrofda ov qilmasligi aniq, men toğ adirlarida bamaylixotir qöylarimni ötlatib yuraversam böladi.
Kunlarning birida ovçilar kelib, kulrang börini suriştirib qolişdi. Ulardan har ikkisining avzoyi buzuq, buni yelkalariga osilgan miltiq ham isbotlab turardi.
— Şu toğlardan bir kulrang böri qöşni tumanga ötib, çorvaga ziyon yetkazayotgan ekan. Biz uning iziga tuşganmiz, lekin juda ayyor bölgani uçun heçam tutib bölmayapti. Qöylarni adirlarda boqib yurib, öşa böriga közingiz tuşgan bölsa, ini qayerdaligini bizga körsating.
Xöş, men qanday yöl tutişim kerak? Börining iniga boşlab boraymi? Yöq, men unday qilmayman. Axir, biron yomonlik körmagan bölsam, bu insofdanmas.
— Adaşayapsizlar, bu taraflarda böri yöq. Agar bor bölganida men bilardim. Inini izlaş befoyda, — deb gapni qisqa qildim.
Ovçilar bir-biriga qarab qöydi. Nazarimda, ular menga unçalik işonişmadi. Nimanidir yaşirayapti, deb öylagan bölişi ham mumkin.
— Börining surobini töğrilaşga yordamingiz tegsa, sizni quruq qöymaymiz. Bizga ham, sizga ham mukofot bor. Bundan taşqari, börining terisi, tişi, tirnoği katta pul turadi. Mijozlarimiz ham tayyor. Sotamizu uççalamiz bölişib olamiz.
Ha, mana ularning asl maqsadi nima ekan. Gap böri yirtqiç, vahşiy hayvon sifatida çorvaga xavf solayotganida emas, bu bir bahona ekan-da.
Şartta burildim-u, xayr-maʼzurni nasiya qilib, uzoqlaşib borayotgan qöylarni ovoz çiqarib töxtatdim. Şuning barobarida itlarni ham çaqirdim.
— Bu yirtqiçdan heç qaçon yaxşilik kutma. Ertami-keçmi u sening qöylaringga ham hujum qiladi, — deb ovçilar ortimda baqirib qolaverdi.
Oradan neça kun ötib, kulrang börini tepada çönqayib ötirib, osmonga tumşuğini çözib uvillayotgan holatda körib qoldim. U ham meni kördi. Birmunça vaqt tikilib turdi. Yaxşilab razm solsam, göyoki ovçilarga uni aytib qöymaganim, iniga boşlab kelmaganim uçun menga minnatdorlik bildirayotgandek edi. “Ha, qöşni, mendan xotirjam bölaver. Seni heç qaçon sotmayman”, deb könglimdan ötkazdim. Böri buni tuşunganday asta örnidan qözğalib, bir uvilladi-da, toğlar bağrida közdan ğoyib böldi.
Bir gal esa uzoqdan Qoratoş yonida itning bolasidek keladigan böribaççalar öynab yurganini kördim. “Böri nega yöq bölib ketdi, ovçilar otib öldirib qöydimi?” desam, xavotirim örinsiz, böri bolalagan ekan-da. Qiziq, kulrang böri ona böri bölsa, ota böri qayerda? Uni men nega umuman körmaganman? Balki ota böri allaqaçon ovçilar tuzoğiga tuşgandir. Bilmadim, bilganim ona böriga qiyin. Bolalarining qornini töydiriş uçun yakka özi ovga çiqişiga töğri keladi.
Könglimdagi öy bekorga paydo bölmagan, xavfni oldindan seza boşlagan ekanman. Nima böldi, nima qöydi, qöşniçilik tartib-taomillari qayerda qoldi — tuşunmadim. Öşa kuni men uyga erta qaytgandim. Adirda, qöyning yonida ikki öğlim qolgandi. Keçki payt qöylarni hovliga haydab kelişdi. “Bu nimasi, biroz sabr qilişsa, özim borardim. Keçasi ötlatardim”, deb hayron böldim.
— Dada, bittasini böri olib qöydi, — dedi tönğiç öğlim yiğlamsirab.
— Nahotki, kulrang böri şu işni qilgan bölsa? — deb işongim kelmadi. — Axir biz eski qadrdon edik-ku. U qöy-qözilarimizga sira ola qaramasdi. E, yirtqiçni tuşuniş qiyin, baribir hayvonligiga borar ekan-da. Men şu börini ovçilardan asrab qolibman-a.
— Dada, qöziçoqqa kulrang böri teginmadi, — dedi kiçik öğlim tutilib. — Böri bolalari uni galalaşib, Qoratoş yoniga olib ketib qolişdi. Onasini biz körmadik.
Garçi kulrang böriga işonsam-da, mol aççiği — jon aççiği deganlaridek, könglimga şubha oraladi: “Bolalari ulğayib qoldi. Endi ona böri ularning qornini töydirişga qiynalyapti. Şuning uçun özlarini ov qilişga örgatyapti. Dastlab ölja uçun mening adirda ötlab yuradigan qöylarimdan maʼquli yöq. Ini ham yaqinginada. Ona böri bolalariga yöl-yöriq körsatib, özi biron panada ularni kuzatib turgan. Ha, qulay vaziyatda rahm qilmasdan, qöşniçilik demasdan ovçilarga inini körsatsam, hozirgi ahvolga tuşib ötirmasdim. Endi biron çorasini topmasam, kulrang böri ham, bolalari ham qöylarimni tinç qöymaydi.
Demak, ovçilarga xabar beraman. Yöq, bunday yöl tutişdan oldin kulrang böri bilan uçraşişim lozim. Qani, köray-çi, bölib ötgan voqeadan keyin u özini qanday tutarkan?
Atay qilayotgandek, kulrang böri menga duç kelavermadi. Uzoq-uzokdan közim tuşib qolib, orqasidan hayqirganimda esa töxtamadi, ögirilib ham qaramadi.
Oradan ön kunlar ötgaç, yarim tunda şirin uyquda yotgandim, itlar bezovtalanib hura boşladi. Hovliga “tap” etib bir narsa tuşganday böldi. Şoşa-pişa kiyinib taşqariga çiqsam, qöra eşigi yonida kattakon bir qöçqor qörqqanidan içini urib turar, toğ tomonga taniş — kulrang böri döltanglab çopib ketardi. Qöçqorni qötondagi qöylar orasiga kiritib yubordim. “E, qöşni, quloqsiz bolalaringning şöxligini, aybini tan olsang böldi edi. Menga tovon uçun qöçqor olib kelişing şartmasdi”, deb qöydim.
Öşa kezlari ayni qiş örtasi bölib, qöylar qamovda edi. Toğning narigi betidan bir çöpon oşnam ot minib, uyimizga keldi. Hangomamiz qizib, kulrang böri bilan bölib ötgan voqeani sözlab berdim.
— Böri keltirgan qöçqorni bir körsam maylimi? — söradi mehmon.
— Bajonidil, qötonga yuring, körsataman, — dedim.
Çöpon oşnam qötonga kirib, qöylarni oralab qöçqorini darrov tanidi. Quloğiga qanaqa en bosilganini aytdi. Bundan çikdi, kulrang böri qöçqorni uning otaridan olib qoçgan ekan-da.
— Sizniki bölsa, uzr, qaytişda olib ketasiz, — dedim.
U unamadi.
— Yöq, olib ketolmayman. Börilar juda sezgir va kuzatuvçan hamda öta qasoskor böladi. Agar kulrang böri sizdan qöçqorni olib ketganimni sezib qolsa bormi, mening suruvimdagi qöylarni soğ qöymaydi.
Kulrang börini hamon toğ adirlarida uçratib turaman. Qöşniçilik munosabatlarimiz yana iziga tuşib ketdi. Sönggi paytlarda kulrang böri özi hujum qilmaganidan taşqari, boşqa börilarni ham qöylarimga yaqinlaştirmasligini seza boşladim…
Lekin kulrang böri bilan bunday iliq munosabat sirini özimça köp öyladim. Yirtqiç jondor bölsa, nima uçun u menga heç ziyon yetkazmadi. Aksinça, bolalarining bir safargi qilmişi uçun “tovon” töladi.
Qiziq, ammo bu sirni tuşuna olmadim…
