“2”ni kimga qöyiş kerak?
yoxud köça yozuvlaridagi xatolar savodxonlikka qanday taʼsir körsatmoqda?
Barça fanlardan yaxşi baholarga öqiydigan Donoxonni nima jin urdi?! Borib-borib ona tilidan olingan kontrol işdan “2” olib ötirsa! Bölişi mumkin emas! Yuz bergan noxuş voqeadan dardi dunyosi qoronğilaşib ketdi. Öqituvçisining tanbehi esa dard ustiga çipqon böldi. Sinfdoşlarining oldida şolğomday qizarib ketganini aytmaysizmi!?
Nima emiş: u “xuş kelibsiz”, “mahsulot”, “xarid”, “şoxobça” sözlarini töğri yozolmagan emiş. “Nomaʼqulning nonini yebsiz!” alamini içida şunday sözlar bilan ifodaladi u. Öqituvçisining kontrol işdagi mazkur sözlarni qizil qalamda körga hassaday qilib tuzatib qöyganligi ölganning ustiga tepgan böldi. Axir, bu sözlarning yozilişini köça-köyda köraverib, yod bölib ketgan bölsa. “Huş kelibsiz”, “maxsulot”, “harid”, “şahobça” deb yozilgan sözlarning nimasi xato? Men hali ustozimga haqligimni körsatib qöyaman!
Donoxonning qarori jiddiy edi. Katta tanaffusda ustozi Maʼrifat Oqilovnaning huzuriga şaxd bilan bostirib borib, tomdan taraşa tuşganday:
—Ustoz, men bilan biroz toza havoda aylanmaysizmi? ─ dedi.
Aʼloçi öquvçining manziratidan Maʼrifat Oqilovna erib ketdi. Hoynahoy xatolarini böyniga olib, keçirim sörasa kerak, deb öyladi. Egilgan boşni qiliç kesmas, degan maqol bor-ku! Ikkovlaşib maktab hovlisiga çiqişdi. Bolakaylar hovlini boşlariga kötarib baqir-çaqir qilişardi. Axir, ularning kuçi tanasiga siğmaydigan davr-da! Donoxon maktab darvozasi tomon yurdi. Maʼrifat Oqilovna şogirdim köpçilik örtasida uzr xohlik qilişdan uyalyapti, şekilli, deya orqasidan ergaşdi. Şundoq darvozadan çiqişlari bilan Donoxon peştoqdagi yozuvga işora qildi.
─ Ustoz, qani aytingçi, “Xuş kelibsiz!” degan sözda men xato qilibmanmi, siz?
Maʼrifat Oqilovna maktab darvozasi manglayidagi “Huş kelibsiz!” degan yozuvni körib angrayib qoldi. Har kuni şu darvozadan neça bor böylab peştoqdagi sahv (xato) yozuvga eʼtibor bermaganidan özini koyidi. Ajin bosgan peşonasi terçidi. Röbarösida jangda ğolib çiqqan askardek ğöddayib turgan şogirdi oldida yer yorilsayu, yerga kirib ketsa. Içidan bir narsa uzilib ketganday böldi. Biroq boş yorilsa, börk içida qabilida öquvçisiga sir boy bermadi.
─ Endi bu yoqqa yuring! – deya buyruq ohangida Donoxon ustozini maktab yonidagi dökonga boşladi. Maʼrifat Oqilovna tuya ortidan yörğalagan bötaloqdek şogirdiga ergaşdi. Ne köz bilan körsinki, dökonning kiriş eşigi tepasiga öqloqdek-öqloqdek harflar bilan “Oziq-ovqat maxsulotlari dökoni” deb yozib qöyilibdi. Ustozu şogird uzun-qisqa bölib dökon içiga kirişdi. “Haridingiz uçun raxmat!” degan yozuvga közi tuşdi. Har kuni şu dökondan xarid qilib, xato lavhalarga közi örganib qolganiga hayron böldi. Sotuvçi ham huşyorgina yigit ekan. Domlaga qarata:
— Huş kelibsiz, opa! Qaysi kampitdan tortib beray! – dedi tavoze bilan qölini köksiga qöygança. Maʼrifat Oqilovnaning huşi boşidan uçdi. Qani, endi röbarösida turgan lavhalar ertaklardagidek bir yumalab töğri bölib qolsayu, şogirdi qarşisida mulzam bölişdan qutulsa…
Ustoz-şogird dökondan şundoq çiqişlari bilan peştoqiga “Maişiy xizmat şahobçasi” deb yozib qöyilgan binoga röbarö kelişdi. Maʼrifat Oqilovnaning mazasi qoçdi. Peşonasini sovuq ter bosdi. Çidab bölmas darajadagi boş oğriğidan ötirib qoldi. Donoxon esa bopladimmi, “2”ni kimga qöyiş kerak ekan, deganday öqituvçisiga maʼnoli qarab turardi.
Muhammadali AHMAD,
“Yangi Sirdaryo” gazetasi bölim mudiri
