Hokim deputatlarga “boşliq”mi?
Xalq deputatlari mahalliy Kengaşlariga hokimlarning
özi raislik qilişi mantiqqa zid holatdir
Prezidentimiz Konstitutsion islohotlar muhokamasiga oid yiğilişda davlat hokimiyati va boşqaruvi tizimini isloh qiliş mavzusiga töxtalgan edi. Bu ham bölsa, joylarda hokimlar va mahalliy Kengaşlar vakolatini ajratiş bilan boğliq masala. Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev Prezidentlik lavozimiga kirişişdagi tantanali marosimdagi nutqida ham xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari hamda hokimlarning vakolatlarini aniq belgilaşga oid qonuniy asoslarni yaratiş vaqti kelganligini taʼkidlab ötdi.
Bu bejizga emas. Amalga oşirgan islohotlar natijasida mahalliy Kengaşlar, fuqarolarning özini-özi boşqariş organlarining vakolatlari kengaydi. Şundan kelib çiqib, hokimlar bir vaqtning özida xalq deputatlari Kengaşlariga ham boşçilik qilişi haqidagi qoidani Konstitutsiyadan çiqarib taşlaş taklifi ilgari surilmoqda. Bu islohotning joriy etilişi hokimiyat vakolatlarining böliniş prinsipini mahalliy darajada tatbiq etişga, mahalliy Kengaşlar faoliyati samaradorligini, hokimlarning xalq vakillari oldidagi masʼuliyatini oşirişga olib keladi. Hududlarda xalq manfaatlarini töliq taʼminlaşga, hokimliklar faoliyati ustidan Kengaşlar va jamoatçilik nazoratini kuçaytirişga xizmat qiladi.
Ayonki, hokimliklar qarorlarini mahalliy Kengaşlar tasdiğidan ötkaziş amaliyoti yölga qöyilgani sababli noroziliklarga olib keladigan noqonuniy qarorlar qabul qilinişi kamaydi. Ammo qiziği şundaki, qarorlarning haqqoniyligiga baho beriladigan va tasdiqlanadigan kengaşlarga hamon hokimlar raislik qiladi. Bu holat Davlatimiz rahbari tomonidan ham tanqid qilinib, mahalliy Kengaşlarga hokimlar raislik qilişi amaliyotiga barham beriş zarurligi taʼkidlandi.
Gap şundaki, kimki hokim qaroridan norozi bölsa, idorama-idora, sudma-sud yurişiga töğri kelar, adolatni tiklaşga esa kamdan-kam holda erişilgan.
Fuqarolik jamiyati asoslaridan biri xalq irodasi bölsa, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy-ruhiy holatiga faqat hokim javobgar yo masʼul emas. “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunining mohiyatini çaqsak, viloyat, şahar va tumanlardagi muammo va masalalarda mahalliy hokimlik rahbariyati qatori xalq vakillari, yaʼni xalqning xohiş-irodasi bilan saylangan deputatlar ham masʼuldirlar. Şunday ekan, bu borada muvozanat muhim rol öynaydi. Nuqul hokim qaror qilgan, körsatma bergan, rejalaştirgan masalalarni köriş, qarorlarini qabul qiliş emas, deputatlar ilgari surgan, eʼtiroz bildirayotgan, taklif etayotgan masalalar amalda ham eʼtiborga olinişi kerak. Bu borada ham ança ijobiy özgarişlar bor, ammo muammolar ham talaygina. Bu holatni bartaraf etiş uçun bosqiçli islohotlar zarur.
Demak, hokimning Kengaş raisi maqomini bekor qiliş jarayoni boşlandi. Albatta, bu tizimga zinama-zina, tajriba va könikmalarni şakllantiriş, şaroitlarni örganib ötilmoqda. Yaʼni köriladigan çoralar, qabul qilinadigan qaror va işlab çiqiladigan qonunlar amalda özini töliq namoyon etib, aholi ongida “hokim” va “deputat” tuşunçalari yangilanişi kerak. Ana şunda amaliy natijalarga erişgan bölamiz.
Agar hokimning deputatlarga raislik qilişi vakolati bekor qilinsa, Kengaş raisi saylansa, fuqarolik jamiyati rivojlanişining yangi bosqiçiga ötgan bölamiz. Qolaversa, hududiy rahbarlar özgargani bilan strategik vazifalar, maqsadlar özgarmaydi.
Özbekiston yangi marralar sari oldinga ildamlamoqda. Izlaniş, rağbat, ijod barobarida erkinlik bu borada muhim omil bölib xizmat qilmoqda. Yangi davr, yangiça ruh va istiqbolli loyihalar samarasidan Vatanimiz bilan şu yurtning farzandi ekanligimiz bilan faxrlansak arziydi. Tarix zarvaraqlarida bu yillar Özbekistondagi yangi uyğoniş davri sifatida ham yozilajak. Buning uçun esa har birimiz fuqarolik pozitsiyamizga qatʼiy turib, bilimimiz, mehnatimiz, jasorat va sadoqatimiz bilan xalqparvar, Vatanparvar şaxs sifatida xalqning dardi va yurt ravnaqi taşvişi bilan yaşaşimiz kerak.
B. ABDURAIMOV,
Jamoat xavfsizligi universiteti katta öqituvçisi,
N.GULYAMOV,
universitet dotsenti
