Obunaçi qarşisidagi “devor”
Neça yildirki, poçta tizimi xodimlari tahririyat va obunaçilar oldiga aynan ana şunday tösiq— devor muammosini yaratmoqda. Bu qanday tösiq, qanaqa devor deysizmi? Marhamat, birgina misol:
Bundan bir yil avval — ayni şu kezlarda obuna mavsumi boşlanayotganida Samarqand viloyat “Zarafshon” gazetasi rahbariyati taşabbus bilan çiqib, viloyatimizda yaşovçi nafaqadagi bir guruh jurnalistlarni “Hurriyat” gazetasiga tahririyat hisobidan obuna qiliş harakatini boşladi.
Bu xayrli işni tahririyatimiz jamoasi ham qöllab-quvvatlagan holda şaharda yaşovçi 161 nafar mehnat faxriysi, jumladan, 22 nafar pensiyadagi jurnalist tahririyat hisobidan “Samarqand” gazetasiga obuna qilindi. Gazetani faxriy obunaçilarga yetkaziş uçun esa Samarqand şahar poçta-aloqa boğlanmasi hisobiga kerakli mablağ ötkazildi.
Yaqinda obuna qilingan mehnat faxriylaridan biri bilan uçraşib qoldim.
— Qayoqda, fevral-mart oylarida 2-3 ta gazetani keltirib berişdi, — dedi u kişi mening gazetani olib turibsizmi, degan savolimga javoban. — Tahririyatdan telefon qilişib, gazetani olayapsizmi, deb söraşganida olmayotganimni bildirgaç, poçtadagilar ham norozi bölişibdi. Oçiği, pul tölab obuna bölmaganimdan söng poçtaga borib talab qilişni özimga ep körmadim.
Tahririyat va şahar poçta-aloqa boğlanmasi örtasida obunaçilarga gazetani yetkazib beriş muammosi bir neça bor muhokama etildi. Hatto ikki-uç bor tahririyatning poçta bölimiga rasmiy xatlar ham jönatildi. Bu xatlarning birortasiga rasmiy javob olinmadi.
Köpinça “gazetaga obuna bölib nima qilamiz, baribir, poçtaçi yetkazib bermaydi”, degan gaplar quloğimizga çalinadi. Bu gaplarda aslo mubolağa yöq. Işxonasidan gazetamizga obuna bölgan muştariylardan biri şunday deb qoldi: “Gazetalaringiz poçtaga kelmayotgan ekan. Şuning uçun men gazetani ololmayotgan ekanman”.
Gazeta nega poçtaga tahririyat tomonidan yetkazib berilmas ekan?
Uşbu muammo yuzasidan tahririyat hisobçisi bilan yil boşidan beri çop etilgan va obunaçilarga yetkazib beriş majburiyatini olgan taşkilotlarga jönatilgan gazetalar soni va ularni yetkazib beriş-qabul qiliş hujjatlari bilan tanişganimda gazetaning har bir soni poçtaga öz vaqtida yetkazilgani va qabul qilinganligi maʼlum böldi. Unda nega obunaçi gazetani olmayapti?
Yuqorida aytilganidek, obunaçilarga gazetani yetkazib beriş xarajati şahar poçta-aloqa boğlanmasiga töliq tölangan va çop etilgan gazetaning har bir soni töliq adadi bilan tarqatuvçi taşkilotlarga yetkazilgan. Lekin nega 161 nafar faxriy muştariylarning ayrimlariga gazeta yetkazilmayapti?
— Faxriy jurnalist sifatida “Hurriyat”, “Zarafshon” va “Samarqand” gazetalariga bepul obuna qilganliklarini eşitgaç, qalbim quvonçga töldi, — deydi Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Obloqul Usmonqulov. — Hozirgaça “Hurriyat” va “Zarafshon” gazetalarini keçikib bölsa-da, olib turibman. “Samarqand” gazetasining bir neça sonlarini yetkazib berişdi, xolos.
Bunday eʼtiroz va şikoyatomuz gaplar birgina uşbu obunaçimizga xos emas. Negaki, köpçilik obunaçilar gazetani umuman olmayotganligi haqidagi fikrlarni bildirişyapti. Unda tahririyat tomonidan yetkazuvçilarga jönatilayotgan, rasmiy hujjatlarni rasmiylaştirilgan holda qabul qilingan gazetalar qayoqqa ketmoqda?
Kamina ham faxriy jurnalistlar safida bölganligi uçun ötgan yili “Zarafshon” gazetasi tahririyati tomonidan Özbekistondagi yagona mustaqil naşr bölgan “Hurriyat” gazetasiga obuna qilingan edim. Fevral oyidan boşlab gazetani ola boşladim. Şahar poçta-aloqa boğlanmasi va tahririyat orasi piyoda 2-3 daqiqalik masofada ekanligini hisobga olib, uyga emas, tahririyatga yetkazişlarini söragan edim. Hozirça kelib turibdi. Ana şu “kelişi” baʼzan çözilib ketadi. Misol uçun, gazetaning 1 sentyabr soni oradan bir hafta ötib, 8 sentyabr kuni qölimga tuşdi. Holbuki, tahririyat ham boşqa gazetalar qatori “Hurriyat”ga viloyat “Matbuot uyuşmasi” MÇJ orqali obuna bölgan edi. Tahririyatga uşbu taşkilot tomonidan gazeta çop etilganidan söng uzoği bilan 2-3 kun içida yetkazib beriladi. Orasi ikki qadam bölgan şahar poçta-aloqa boğlanmasi xodimlari esa bu masofani bir hafta içida bosib ötişi taajjublanarli.
Demak, bugungi poçta aloqasi tizimi hamon eskiça uslubda faoliyat yuritmoqda. Töğri, şöro zamonida gazetani bir kun keçikib yetkazib bergan poçtalon işdan böşatilganiga guvoh bölganmiz. Ayon böladiki, öşa paytda poçta xizmati qatʼiy qonun asosida faoliyat yuritgan ekan-da? Xöş, bugungi poçta xizmati qanday talab, qonunlarga binoan faoliyat yuritmoqda? Bir dona gazeta ikki qadam naridagi manzilga bir hafta muddatda yetkazilsa, bundan yetkazib beruvçi heç qanday masʼuliyatni his etmaydigan bölsa, obunaçi talabini heç kim eşitmasa, kimga murojaat etiş kerak?!
Obuna mavsumi boşlanişi bilan obunani taşkil etuvçi va yetkazib beruvçi “xizmatkorlar” köpayib qoladi. Ularning bir qadami tahririyatlarda bölsa, qöli va közi obunaçilarda böladi. Maqsad — tahririyatlarni işontirib, obunani taşkil etiş töğrisidagi şartnomani rasmiylaştiriş va obunaçilar yöliga tuzoq qöyiş. Afsuski, bunday nayranglar yildan-yilga kuçayib bormoqda. Obuna uyuştiruvçi, naşrlarni yetkazib beruvçi turli MÇJlar yildan-yilga bodroqday potirlab yotişibdi. Ammo aksariyatining işi—qalloblik, yolğonçilik. Mablağni obunaçidan olişadiyu, gum bölişadi. Ularni tekşiradigan taşkilot esa qolmadi. Nima emiş, bular tadbirkorlik subʼyekti emiş?! Axir, har yili turli nomda oçilib, xalq pulini özlaştirib ketuvçi, obuna uçun taşkilot va korxonalardan pul ötkazdirib olib, hatto tahririyatlarga buyurtma bermaydigan bunday uçar “tadbirkor”lar qaçongaça bilganini qilişadi?
Sir emaski, baʼzan ayrim taşkilot va muassasalar ham bunday öyinlarga hayrixoh va hamkorlik qilişayotgani quloqqa çalinib qoladi. Yaʼni obuna uçun mablağ ötkaziladi, lekin “bizga gazeta-jurnal yetkazilmasa ham bölaveradi” deya pul örtada “arra” qilinadi. Bunday hojatbaror, qallob xususiy (taşkilot deyişga ham or qilasan)lar bugun yana “uyğonib”, yangi tuzoqlarni qayerga qöysak ekan, deb öylayotgan bölsalar ajab emas.
Ha, bugun qaysi bosma naşr rahbariga murojaat etmang, bunday soxta tadbirkorlar tomonidan ötgan yilgi, hatto undan avvalgi yillardagi qarzni ham uzmayotganligi haqidagi eʼtirozlarni eşitasiz. Umuman, bunday “taşkilotlar”ning faoliyatini nazorat etuvçi va tartibga soladiganlar bormi bu dunyoda?
Quvondiq XALILOV
