Oti qora Oypari

yoki öquvçini bezdirayotgan poçta xizmati, obuna   biznesi, maʼnaviyat-maʼrifatning “jonkuyar allomalari” va milliy matbuotimizning bugungi ahvoli xususida

 

Surxondaryo viloyat markazidagi gazeta dökonlarini aylanib, ertalabki bayram kayfiyatidan asar ham qolmadi. Biz qanday asrda , qanday jamiyatda yaşayapmiz?! Hamma imkoniyat va şaroit mavjud bölgan, eng rivojlangan texnika va texnologiya asrida zimmamizdagi burç hamda vazifaga   nisbatan masʼuliyat şumi?!   “Özbekiston poçtasi”, “Matbuot tarqatuvçi” kabi taşkilotlarning “ziyokor”lari korçalonlari butun mamlakat va millatimiz Uçinçi   Renessansga mustahkam poydevor   qöyayotgan bir payt­­da milliy maʼrifat, maʼnaviyat va mafkura öçoği bölgan matbuotga munosabati şu darajaga yetib kelganligiga özimni özim işontirolmadim…

Xuddi keçagidek köz öngimdan ketmaydi. Yolğizboğ qiş­loğimizning yetti yaşaridan yetmiş yaşarigaça xabarçi (poçtalon) mulla Boyqobul boboni har kuni intizorlik bilan kutar edi. Ertalab kök eşagini minib,   qiş­loq oralab tuman markaziga qarab ketardi. Tuş payti bölar bölmas xurjunining ikki közini gazeta-jurnallarga töldirib qaytardi. Uç qişloqda uç yuzga yaqin xonadon bölsa, hammasiga gazeta- jurnal, xat, telegramma, “posilka” degan narsalarni tarqatib çiqardi. Bu möysafid bunça işga qanday ulgurardi… Buning ustiga, hamma dala bilan band bölganligi uçun u kişiga qişloq   qariyalari çiroq şişa, novvot, çoy, gugurt, kabi narsalarni ham ta­yinlaşardi. Bobo heç qaçon qişloqdoşlarining raʼyini qaytarmasdi. Bunga ham yarim asrdan oşdi. Qança evriliş­lar, özgarişlar, yuksalişlar bölmadi, deysiz.

Özim yoqtirgan gazeta- jurnallarning yangi sonlarini oliş uçun ötgan yilning 6 dekabr kuni “kioska”larni aylandim. Ayrimlari yopiq, ayrimlari esa “hali kelmagan” yoki “sotuvga berişmaydi”, deyişdi. Tuşdan söng soat ikkilarda “Matbuot tarqatuvçi” viloyat bölimiga bordim. “Hurriyat”ning ötgan yildagi oxirgi sonini söradim. “Oldingi sonlari bor”, qölimga tutqazdi masʼul xodim. — Lekin siz aytgan son kelmagan. Bir ozdan söng “mana yangi poçta   keldi”, deb gazetaning 51-sonini berdi.   Xayriyat, ötgan yil 28 dekabrda çiqqan gazeta ön kun deganda azim Termiz şahriga Yangi yilning 6 dekabrida keçki payt yetib kelibdi. 30 dekabrdagi soni   qaçon kelişi hali nomaʼlum…

Tahririyatlarning yuqoridagi taşkilotlar bilan özaro tuzilgan xizmat şartnomasi ijrosiga kim javob beradi, janoblar!? Bu gazeta va jurnallar viloyat   markazidan 200- 300 kilometr   uzoqlikda joylaşgan Sariosiyo,   Uzun, Oltinsoy, Boysun, Muzrabot kabi tumanlarining eng çekka   qişloqlariga qaçon yetib boradi?! Nahotki, mamlakatda “Özbekiston poçtasi” va “Matbuot tarqatuvçi”dek nufuzli taşkilotlarning mehnat fao­liyatidagi tartib- intizomni nazorat qiladigan muassasa yoki vazirlik bölmasa?!

Yuqoridagi masʼul taşkilotlar faoliyatini boşqariş işonib topşirilgan   rahbarlar bu “faollik” uçun nimani vaj qilib körsatadilar? Har kuni viloyatga samolyot, poyezdlar, avtobuslar uzluksiz qatnayotgan bölsa? Axir bu janoblar xizmat haqlarini tahririyat va naşriyotlardan bir yil oldin   qurtdek sanab olib qöyişadi-ku?! Boşqaça aytganda, bu xalqning—obunaçining peşona teri bilan topgan puli-ku! Xalqiga hozirjavoblik, obunaçiga siylov şunday böladimi?! Mana sizga, maʼnaviyat va maʼrifatning   ahvoli! Xöş, bir hafta, ön   kun ötib kelgan gazetani   obunaçi nima qiladi. Albatta, varaqlab ham körmaydi…

Gazetxon va jurnalist sifatida nima ham derdim. Noiloj, “Rahmat, çarçamangizlar”, deya bu dargohni tark etdim.

Ayrim maʼnaviyat va maʼrifatdan yiroq kişilar “Yevropada ham internet bor, lekin gazetalar beş yuz, bir million nusxada çop etiladi, nega sizlar ming, ikki ming nusxa çiqarasizlar,” deb iddao qilişganda umrimning yarim asri gazetaçilikda ötganligi uçunmi, peşonamdan ter çiqib, havo yetişmay qoladi. Poçta xizmatining ahvoli   şunday bölgaç, öquvçi — obunaçida   nima gunoh?! Milliy maʼnaviyat va maʼrifat, deb nufuzli   minbarlardan bong uramizda, respublika   matbuot naşrlariga obuna yildan-yilga keskin kamayib ketayotganligiga   tomoşabin bölib turaveramiz. Özimizni millatparvar, elparvar qilib körsatamiz. Öqituvçiga, talabaga, şifokorga, idora, korxona, taşkilot, muassasa xodimlariga gazeta – jurnal öqiş majburiy emas, deb qayta-qayta ogoh etamiz!

Oçiği, nima sababdan matbuotdan odamlarning bezi­şiga kasbim taqozosi bilan köp bor guvoh bölganman. Ayrim rahbarlar obunani haqiqiy biznesga aylantirib yuborişgan. Yil yakuniga bir- ikki oy qolaverib, sekingina viloyatdagi boşqarmalar, taşkilotlar rahbarlari majlisga çaqiriladi. Avvaliga obuna haqida rasmiy gap­lar aytilib, “qölingizda taqsimot bor, falon naşrga körsatilganidan bir dona kam obuna bölgan rahbar men bilan işlamaydi”, deb dağdağa qilinadi. Keyingi çaqiruvda esa: “Nega bajarmading, arizangni yoz, sen bilan tegişli organlar şuğullanişadi,” deya masalaga nuqta qöyadi zöravon hokim. Ertasiga organ xodimi va örinbosari borib öşa taşkilotda tor doirada yiğiliş qilib, vahima kötaradi. Qarabsizki, xodimlarning roziligi bilan uşlab qolingan mablağ ular istagan naşrlarga emas, katta rahbar aytgan naşrga töliğiça ötkaziladi. MILLIARDLAB PULLAR! Oti qora   Oypari! Öylaysizki, öşa erka naşr xodimlari otning kallasiday maoş, qalam haqi va mukofot olib şohona   yaşaşadi… OYLAB MAOŞ OLIŞOLMAYDI…   Mana matbuot biznesi, zamonaviy korrupsiya! Özi istaganga obuna bölolmagani uçun majburiy obuna qilingan naşrni yuziga ham qaramaydi. Nega   qarşilik körsatmaysizlar, degan sörovga önlab xodimlar: “Qöyavering, sadaqa! Yarim oylik maoşni deb rahbar bilan çap bölişni, işdan ketişni, siz ham xohlamasangiz kerak!” deya savolga   alamli savol bilan javob   qaytargan önlab insonlarga guvoh   bölganman.

Maʼnaviyat va maʼrifatga bölgan eʼtibor faqatgina qoğozda ekanligiga yana bir misol. Viloyatdagi tumanlar markazlariga, qişloqlar, qörğonlar, mahallalar, guzarlarda kunduz kuni çiroq yoqib   qidirsangiz ham birorta gazeta dökonlarini körmaysiz. Axir hamma ham obuna bölolmaydi-ku! Ana şunday dökonlar oçilib, gazeta va jurnallar sotuvi yölga qöyilsa bölmaydimi? Nahotki, bir tumandan, bir qişloqdan, bir mahalladan, bir guzardan bir dona “Xalq sözi,” “Yangi Özbekiston,” “Özbekis­ton adabiyoti va sanʼati”, “Maʼrifat”   gazetalarini, “Şarq Yulduzi”, “Tafakkur,” “Jahon adabiyoti” kabi jurnallarini sotib olib öqiydigan biror inson topilmasa? Biror emas, önlab, yuzlab odamlar sotib olişiga imonim komil. Faqat eʼtibor kerak!

Bu — qişloq odamlarining orzusiga aylangan muammo! Lekin gazeta dökonlarini oçişmaydi. Yana oti qora   Oypari. Bahona: “Odamlar sotib   olişmaydi!” “Özbekiston poçtasi” va   “Matbuot tarqatuvçi”ning joylardagi masʼul vakillarining bu iddaosi dunyolarga saboq berayotgan donişmand va zakiy xalqimizga,   millatimizga nisbatan oçiqdan- oçiq TUHMATdan boşqa narsa emas! Xalqimiz milliy matbuotimizdan emas, milliy   masʼullarimizdan bezib qolgan, desak yanada töğriroq böladi. Biz yuqorida xabarçi çolni bejiz eslamadik. Har kim   zimmasidagi vazifaga heç bölmasa öşa çoldek vijdonan yondoşganda edi, yuqorida tilga olingan muammolarga   örin qolmasdi…

Safar OMON,

“Hurriyat” muxbiri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan