Qahraton qiş sinovlari

Maʼlumki, şu yilning 16 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlaş çora-tadbirlari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi. Yiğilişda keyingi kunlarda yurtimizga qattiq sovuq oqimining kirib kelişidan söng yuzaga kelgan kommunal sohadagi muammolar oçiq va çuqur tahlil qilindi. Aholini qiyin ahvolga solgan vaziyat yuzasidan tezkor çoralar körilişini taʼkidladi davlatimiz rahbari.

— Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila har bir insonni holatini çuqur taşviş va iztirob bilan yuragimdan ötkazayapman, — dedi Prezidentimiz. — Buni har bir rahbar his qilişi kerak. Bu yilgi sovuq butun tizimning ahvolini, qişga tayyorgarlik yengil-yelpi bölganini körsatdi. Endi bunday davom etişi mumkin emas. Yuzaga kelgan vaziyatni önglaş uçun tezkor çoralar köramiz.

Qahraton sovuq zabtiga olganda birdaniga svetning öçib qolişi, gazning bölmasligi… Va bu ahvol bir-ikki soat emas, bir-ikki kunlarga çözilsa, juda açinarli, albatta.

Ötgan qişning sovuği yöq, deydilar. Har yili ham qiş — qişligini qilişi mumkin. Ammo bu yilgi sovuq, kuçli qor yoğişi sönggi 10-15 yilda ham kuzatilmagan edi. Endi bu narsa bir sabab bölmasligi kerak. Qişga tayyorgarlik asosan qiş kelguniça bölişi kerak.

Tunov kungi qora sovuqda bir tuman rahbari ijtimoiy obʼyektlardan biriga borib, issiqlik quvurini uşlab köryapti, mavjud ahvol bilan tanişayaptilar ekan.

Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilindi va köp bahs-munozaralarga sabab böldi: “Hokim buva, qişga tayyorgarlikni hammayoqni qor bosganda, 20 daraja sovuqda örganadilarmi? Şu payt­gaça uyqudamidingiz?” deb yozişdi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari.

Darhaqiqat, nega şunday? Nega heç bir iş öz vaqtida amalga oşirilmaydi. Axir xalqimizda “Yer haydasang kuz hayda — kuz haydamasang, yuz hayda” degan naql bor. Dono xalqimiz bilib aytganda. Yaʼni, bundan muddao şu böladiki, agar sen harakatingni öz vaqtida yemasang, tayyorgar­liging­ni körmasang, ertaga keç bölişi mumkin. Közlagan hosilni kuzda olib bölmaydi. Şu sabab dono xalq “Jöjani kuzda sanaymiz” deydi…

Sönggi haftalarda yurtimizga kirib kelgan qattiq sovuq ob-havo esa uşbu maqolning yaqqol isboti sifatida körinib qoldi. Nega bu jarayonlarga mutasaddi taşkilot vakillari öz vaqtida tayyorlanişmagan?

Energiya va issiqlik taʼminotidagi kamçiliklar poytaxtimiz Toşkent şahrida ham mavjud vaziyatning ançagina oğirligini körsatdi. Belgilanganidan ortiq kuçlanişda işlagan önlab transformator va past kuçlanişli tarmoqlar ortiqça yuklamaga bardoş berolmasdan turli avariyalar kelib çiqişiga sabab böldi. Buning sabablari mamlakatimiz rahbari tomonidan keskin tanqid qilinib, poytaxt şahar hokimi vazifasidan olindi. Yiğilişda elektr va gaz tarmoqlarida talon-tarojlik köpligi ham körsatib ötildi. Oxirgi oylarning özida neft-gaz va energiya nazorati tizimlarida 192 ta korrupsiya holatlari aniqlangan. Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuraturaga bu sohalardagi korrupsiyani yöq qiliş, avtomobilga gaz quyiş şoxobçalaridagi öğirliklarga barham beriş böyiça körsatmalar berildi.

Prezidentimiz doim jon kuydirib taʼkidlaydi. Bugungi xalqimiz keçagi xalq emas. Bugungi odamlar keçagi odamlar emas. Ular ertaga yoki kelajakda yaxşi yaşaşni emas, bugun munosib yaşaşni istaşadi. Muammolarni özimiz hal qilişimiz lozim. Buni birorta odam çetdan kelib qilib bermaydi. Faqatgina özimiz…

Yöqsa, bundan 7-8 yil avval çekka viloyatlarda, tumanlarda, qişloqlarda 15-18 soatlab elektr energiyasi berilmasligi, uzib qöyilişi bor gaplar edi. Lekin “oh-voh”lar şu kunlardagi kabi unça bilinmas edi. Buning sababi esa, bugungi xalqimiz uyğoq, öz fikrini, munosabatini bildiradigan erkin kişilarga aylanayotganligidadir. Jamiyatimizda esa erkin va adolatli tizim barpo qilinayotganligidan darak.

Xöş, bugun ahvol öşa yillardagidekmi? Yöq, albatta. Imkon qadar elektr energiyasi bilan taʼminlaşga harakat qilinmoqda. Lekin gaz bilan taʼminlaş masalasi tumanlarimizda hamon oğriqli.

Yurtimizda odamlarni rozi qiliş, munosib turmuş şaroitini yaratiş yölidagi bu depsinişlarga barham berilişiga şubha yöq. Çunki Özbekistondagi bor saʼy-­harakatlarning mazmun-mohiyati inson qad­ri uçun yönaltirilgandir. Hamma gap har bir soha mutasaddisining öz vazifasiga vijdonan yondaşuviga boğliq.

Endi yerni yuz bor haydamaslik uçun şud­gorni kuzda, qişga puxta tayyorgarlikni esa fasl kelguniça bajariş talab etiladi, xolos.

Islom ASILBEKOV,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan