Xöjakörsinga işlayotgan qonunlar

— Keçirasiz, “apteka”dan mana şu dorini olib çiqib bera olasizmi, — deya kimdir qölimdan tortqiladi. Ögirilib qarasam, nogironlik aravaçasida ötirgan yoşi kattaroq kişi.

— Uzr, uka. Xijolatdaman. Malol kelmasa mana şu röyxatdagi dorilarni olib çiqib bera olmaysizmi. Zinadan çiqay desam biz uçun yölakça yöq ekan, çiqa olmay boyadan beri qiynalib ötiribman.

— Mayli, bemalol, bering, — deya qölidagi qoğozni oldim-da, dorixona tomon yuzlandim. Dorilarni olib çiqib berdim. Nogironlik aravaçasidagi inson menga öz rahmatini aytgança manzili tomon ketdi…

Qiziq, nega ular uçun munosib şart-şaroitlar yöq degan savol esa meni öylantirib qoldi. Haqiqatdan ham nega şunaqa ekan-a?..

Maʼlumotlarga qaraganda bugungi kunda Özbekistonda imkoniyati çeklanganlar soni 760 ming nafarga yaqin ekan. Birgina Toşkent şahrining özida rasman 45 ming nafar imkoniyati çeklangan inson bölsa, norasman ularning soni 70 mingdan köproqni taşkil etadi.

Nega bu dalillarni keltiryapmiz. Bugun siz bilan birda eʼtibor qilsak birda beparvodek ötib ketadigan xuddi mana şu mavzu haqida yozmoqçimiz. Xöş, bugun imkoniyati çeklangan insonlarning köçalarimizda, bekatlarda, metrolarda, dorixona-yu boşqa savdo şoxobçalarida harakatlanişi uçun yetarliça şaroit bormi, bor bölsa qay darajada, nega biz uni sezmaymiz, körmaymiz.

Sönggi yillarda mamlakatimizda nogironligi bor şaxslarning huquqlarini himoya qiliş böyiça bir qator qonunlar qabul qilinib, qator çora-tadbirlar belgilangan bölsa-da, ular uçun inklyuziv şaroitlar köngildagidek emas.

Qonunçilikka köra, şaharlarni, boşqa aholi punktlarini, turarjoy va rekreatsiya zonalarini, umumiy foydalanişdagi transport vositalarini nogironligi bölgan şaxs­larning ulardan moneliksiz foydalanişi uçun moslaştirmasdan qurişga yoki işlab çiqişga yöl qöyilmaydi.

Senator Odiljon Iminovning taʼkidlaşiça, bu borada qonunçilikda barçasi risoladagidek, biroq amalda ularning ijrosi katta söroq ostida.

Örganiş natijalariga köra, Toşkent şahri ijtimoiy infratuzilmasi obʼyektlari va binolarining 85 foizi hanuzgaça nogironligi bölgan şaxslar tomonidan tösiqsiz foydalaniş uçun moslaştirilmagan.

Yer osti transportidan qulay foydalaniş uçun zarur şaroitlar yaratilmagan. Metro stansiyalarining köplari panduslar bilan jihozlanmagan, bu esa şaharsozlik meʼyorlari talablariga javob bermaydi.

Masalan, Qöyliq bozorida joylaşgan 7-bekatda pandus qiyaligi 45 gradusni taşkil etmoqda (amalda 8 gradus bölişi kerak). Vagon va perron orasidagi böşliq aravaçalar yordamida harakatlanadigan nogironlar uçun jiddiy noqulayliklarni keltirib çiqarmoqda.

Metroning eski yöllaridagi stansiyalar közi ojiz şaxslar uçun taktil qoplamalarga ega emas.

Yangi vagonlarni inobatga olmaganda met­ropoliten poyezdlarida quloği oğir insonlar uçun axborot maʼlumotlar körsatuvçi elektron tablolar mavjud emas.

“Çilonzor” metro stansiyasidagi hojatxonani loyihalaştirişda nogironligi bölgan şaxslarning erkin foydalaniş imkoniyatlari inobatga olinmagan. Jumladan, hojatxonalardagi baland ostona, tor eşiklar (70 sm), uşlagiçlarning mavjud emasligi, qöl yuviş rakovinalarining balandligi aravaçalar yordamida harakatlanadigan nogironligi bölgan şaxslar uçun ulardan foydalaniş imkonini bermaydi.

Şuningdek, nogironligi bölgan şaxslar tomonidan şahar yer usti transportidan mus­taqil foydalaniş imkoniyati töliq yaratilmagan. Ayniqsa, aravaçalar yordamida harakatlanadigan nogironligi bölgan şaxslar, közi ojizlar va quloği oğirlarning erkin harakatlanişi uçun jamoat transportining moslaşmagani, xususan avtobus salonlarida elektron axborot tablolarining, eşitiş moslamalari va boşqa yordamçi vositalarning mavjud emasligi murakkabliklar keltirib çiqarmoqda.

Özbekiston nogironlar uyuşmasi tomonidan ötkazilgan sörovnomaga asosan nogironligi bölgan şaxslarning 93 foizi yer usti jamoat transportini tösiqsizlik nuqtai nazaridan qoniqarsiz deb baholaşgan.

Yöl böyi infratuzilma obʼyektlari (yer osti va yer usti ötiş yöllari) bir qator sezilarli kamçiliklarga ega.

Xususan, ayrim yer usti ötiş yöllarida (masalan, Sebzor va A.Qodiriy köçalarining kesişmasida) loyihalaştiriş jarayonida liftlar közda tutilgan bölsa-da, amalda mavjud emas. Şuningdek, mazkur joyda eskalatorlar ham işlamaydi.

Misol uçun, Yaşnobod tumani Farğona yöli köçasida Islom ota masjidiga yetmay joylaşgan yer usti yöli deyarli standartlarga mos ravişda qurilgan, unga zinalar va panduslar örnatilgan. Ammo afsuski, aravaçada harakatlanadigan insonning çiqişi uçun qulay emas. Nogironligi bölgan inson birovning yordamisiz yölning narigi tarafiga öta olmaydi.

Bu pandusning usti yopilmagan, nogironligi bölgan şaxslar qop yoki yomğirda undan çiqa olmaydi, sirpançiq bölib qoladi. Şunça pul sarflagandan köra, muammoni bitta lift bilan hal qilsa bölardi. Nogironligi bölgan inson bu pandusga çiqqandan köra, yölni kesib ötişni maʼqul köradi.

“Ayrim yer osti ötiş yöllari nostandart panduslar bilan jihozlangan bölib, nogironlik aravaçalari ğildiraklari mazkur panduslarga siğmaydi, bu esa harakatlaniş imkonini bermaydi.

Jamoat joylarida nogironligi bölgan şaxslar uçun zarur eşitiş va köriş maʼlumotlari, şu jumladan relyef nuqtali brayl şriftida tayyorlangan körsatkiç va belgilar mavjud emas.

Piyodalar yölakçalarida texnik moslamalar, yaʼni közi ojiz şaxslar uçun ovozli işora bilan jihozlangan svetofor mavjud emasligi sezilarli tösiqlardan biridir, bu nogironligi bölgan şaxslarning nafaqat faol va mustaqil harakatlaniş imkoniyatini tösmoqda, balki harakat vaqtida ularning hayo­tini xavf ostiga qöymoqda.

Bu holatlar nogiron yurtdoşlarimizning yordamga muhtoj tarzda harakatlaniş uçun yaqinlariga qaram bölib qolişini taqozo etmoqda.

Mayli, uşbu toifadagi fuqarolarimiz bir amallab manzillariga yetib oldilar, ham deylik. Ularni u yerda ham qiyinçilik kutib turadi”, dedi senator.

Jamoat avtobuslari na pandus tuşiradi, na konduktor tuşib imkoniyati çeklangan yölovçiga yordam beradi.

Yaqinda Andijon viloyati hokimi matbuot xizmati Şuhratbek Abdurahmonovni yangi Andijon şahri loyihasi böyiça quruvçi va lo­yihaçilar bilan uçraşuv ötkazgani, yangi qurilayotgan köp qavatli uylarda imkoniyati çeklangan kişilarning harakatlaniş imkoniyatini tekşirgani borasidagi bir neça videotasvirlarni eʼlon qildi.

— Masalan, men nogironman, yoki nogiron qarindoşim bor. Uni uyingni içiga olib kirasan. Qayergaça borasan, köramiz, deydi hokim.

Hokim özi bilan 7 ta nogironlik aravaçasi keltirgani körinadi.

“Uy qurgandan keyin hammayoği bilan quriş kerak. Hozir bitta nogironni olib keling, olib kira olmaysan uyingga. Heç biring olib kira olmaysan”, — deydi hokim atrofidagi masʼullarga.

Hokim oçiq gaplaşişni taklif qiladi. U röparasidagi uyni körsatib, dökoniga nogironlarga kiriş yölagi yöqligini körganini aytadi.

Hokim Janubiy Koreyaning Inçon şahrida körganlarini quruvçilar bilan örtoqlaşadi.

— Inçonda yangi şahar qurişgan, 4 yil bölgan qurilganiga. Kirib kördim, xuddi şu kabi şahar. Uylarning tag qismi, yöl yuzalari – 100 foiz xizmat körsatiş tarmoqlari. Ertaga şunça odam yaşayapti, qayerda xizmat körsatiş bor? Köp qavatli uyda yaşaydigan odamga maişiy xizmat körsatadigan, aytaylik sartaroş­xona kerak, töğrimi? Agar sizlar bir xilda qilib çizib bermasanglar, kamida 1-qavatning 50 foizini xizmat körsatiş nuqtalariga aylantiriş kerak, — deydi Şuhratbek Abdurahmonov.

Ammo nega bu kabi taşabbuslar quriliş vaziridan, transport vaziridan çiqmaydi? Nima ular özga sayyorada yaşaşadimi?! Axir ular ham mana şu jamiyat fuqarosi-ku. Bir ikki marta avtobusga çiqib aholiga yaratilgan şaroitlar bilan tanişgandek bölişdi. Biz aytgan masalalar-çi, eʼtibor berildimikin, yoki bu böyiça maxsus yöl xaritasi işlab çiqilişi va tasdiqlanişini kutib ötirişibdi ekanmi?

Sönggi yillarda nogironligi bor şaxslar uçun oliy taʼlim muassasalarida kvotalar oşirilmoqda, ularning bandligini taʼminlaş uçun çora-tadbirlar işlab çiqilmoqda. Ammo ular öqişga, işga borib kelişi uçun ham mana şu piyodalar yölakçasidan, jamoat transportlaridan foydalanişi inobatga olinmayapti. Qulay infratuzilma va şart-şaroitlar yöqligi, jamiyatdagi köpçilik nogironligi bölgan şaxslarning imkoniyatlari çeklanişiga olib keladi va uşbu insonlarni jamiyat hayotida barça bilan teng ravişda tölaqonli va samarali iştirok etişlariga yöl qöymaydi. Qisqaça aytganda, aslida, imkoniyatlar çeklanişi turli xil nuqsonlar tufayli emas, balki köproq jamiyatimizda tösiqlar borligi tufayli röy beradi.

Islom ASILBEKOV,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan