Ayol mentalitet qurboni bölmasin

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Aholişunoslik jamğarmasi ekspertlari xulosasiga köra, Özbekistonda har 100 000 ayoldan 29 nafari gender tengsizlik tufayli vafot etadi. Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, ayollarga nisbatan zöravonlik holatlari yildan-yilga oşib bormoqda.

2021 yilning 15 apreliga qadar Ombudsman nomiga xotin-qizlardan yigirmaga yaqin jinsiy va jismoniy zöravonlik, ruhiy tazyiq ötkaziş bilan boğliq holatlar böyiça murojaat kelib tuşgan. Ularning aksariyati Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlariga töğri keladi.

Sud-huquq idoralariga murojaat qilmay, oilam buzilib ketmasin, bolalarim yetim qolmasin, degan istihola ustunlik qilib kelayotgan holatlarni ham hisobga olsak, xotin-qizlarga nisbatan bölayotgan zöravonliklar aslida keltirilgan raqamlardan köproq ham bölişi mumkin.

Şu kunlarda jamoatçilikning, ayniqsa, yuqori idora vakillarining tilidan tuşmay kelayotgan “Gender tenglik” atamasi ijtimoiy hayotimizga keçagina kirib kelgandek göyo. Ammo bu tuşunça ança yildan buyon ğarb mamlakatlarida qöllanib kelinadi. Baʼzi hollarda “gender” tuşunçasi “jins” tuşunçasining sinonimi sifatida notöğri işlatilayotganiga unçalik ahamiyat beravermaymiz. Aslida esa jins va gender örtasidagi farq asosiy hisob­lanadi. Çunki ayol va erkak örtasidagi farqlar biologik bölmagan sabablarni ham öz içiga olgan. Gender tuşunçasi aqliy, madaniy va ijtimoiy farqlarga taʼsir qilsa, jins tuşunçasi faqat jismoniy, anatomik va fiziologik farqlarni ang­latadi.

Demak, gender tenglik faqat ayollar manfaatlarini ifodalamaydi. Balki har ikki jins vakillarining öz orzu va maqsadlari sari dadil odimlaşi, hayot sifatini oşiriş uçun bir xil imkon beriş kerakligini ilgari suradi. Aynan rivojlangan jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari tengligining taʼminlanişidadir.

Butun jahonda, şu jumladan, Özbekistonda ham gender teng­lik insonlarni ikki tarafga bölib qöyayotgan ijtimoiy munozaradek göyo. Bunday deyişimizga sabab, mamlakatimizdagi diniy erkinlik va qaraşlarning şakllanib borayotgani munosabati bilan xotin-qizlar mavqeiga talablar ham özgarmoqda. Şunday qilib hozir ayollarga nisbatan ikki qutbli qaraş yuzaga keldi. Yaʼni, diniy nuqtai nazardan “Erkaklar ayollardan har narsada ustun turadi” deyilsa, ikkinçi tomondan “Ayollar va erkaklar huquq va imkoniyat tomonidan tengdirlar” degan fikrni ilgari suradi.

Hozir masala u yoki bu tomonning fikrini tasdiqlaş emas. Aslida gap özimiz gender tenglik mohiyatini, uning jamiyatimiz uçun qançalar zarurligini oz bölsa-da, tuşunib olişimizda.

Ming afsuski, xotin-qizlar köpinça rivojlaniş jarayonidan çetda qoladi. Unda iştirok etgan taqdirda ham juda katta qi­yinçiliklar va hatto yöqotişlar (köpgina hollarda oilaviy nizolar, ajrimlar) evaziga erişadi. Bunga sabab mentalitetimizdan kelib çiqib, qiz bolaga, umuman ayol kişiga “öziga xos” yopiq standartlardan iborat qolip yaratib olganimizdir. Keling, şuni hayotiy misollar bilan tahlil etib köraylik:

…Orzu-umidlari osmon qiz. Maktabni tamomlab özi xohlagan oliy öquv yurtiga kirmoqçi bölganida oilasining qarşiliklari, “Qiz bolaga öqib balo bormi? Tezroq erga tegmasang qari qiz bölib qolasan” qabilidagi taʼnalar… Yoki bölmasa, ayol – oila bekasi, hamma uy yumuşlariga javobgar şaxs. Oila bekasi bu – xizmatkor… Bu kabi misollarni sanab sanoğiga yetolmaysan kişi.

Bir söz bilan aytganda: ayol – mentalitet qurboni…

Real hayotimizga köz taşlaydigan bölsak, ayrim xonadonlarda böladigan kelişmovçiliklar köpinça oiladagi “xotin kişi”ni döpposlab “esini kirgizib” qöyiş bilan yakunlanadi. Aslida ayollarga nisbatan har qanday zöravonlik barça aqlli jamiyatlarda, jumladan, Islomda ham qoralanadi. Ayollarga nisbatan kuç işlatiş tajovuz hisoblanadi. Ularga nisbatan heç qanday zöravonlik, uruş, kaltaklaşni işlatib bölmaydi.

Avvalo ayolga ONA sifatida qaraş zarur. Çunki u millat davomçilarini tarbiyalovçi, voyaga yetkazuvçi şaxs. Qaçonki ayollar saviyali, bilimli bölsa, ana öşa mamlakatda rivojlaniş böladi. Undan tuğilajak farzand ham aqliy va jismoniy tomondan soğlom dunyoga keladi. Bu esa jamiyat rivojiga sezilarli taʼsir ötkazadi. Şuning uçun ham mamlakatimizda ayollar huquqlari, gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga kötarilib, sohaga doir 25 ta qonun hujjati qabul qilindi. Özbekiston Respublikasining Gender tenglikni taʼminlaş masalalari böyiça komissiyasi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi taşkil etildi. Xotin-qizlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş maqsadida, ular bilan manzilli işlaş maqsadida “Ayollar daftari” tizimi joriy etildi.

Şuni aytiş joizki, har bir inson uning jinsidan qatʼi nazar teng huquqlidir va mavjud imkoniyatlardan ham teng foydalanişga haqli. Bu barça joyda bir xil bölişi lozim – xoh jamiyatda bölsin, xoh oilada.

Dildora DÖSMATOVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan