Ögay maktab

Avvalroq Sirdaryo tumani xalq taʼlimi bölimining mudiri Rustam Döstmurodov bilan mak­tablarning moddiy-texnik taʼminoti haqida suhbatlaşib qolgandik.

— Taʼminotimiz yomon emas, — degandi mudir. — Lekin tumanimiz maktablari orasida uzoq yillardan buyon taʼmirlanmay, avariya holatiga kelib qolganlari bor. Şulardan biri Baxt şahridagi 32-maktab.

Navröz bayrami arafasida mudir taʼkidlagan maktabda böldik.

— Maktabimiz bundan roppa-rosa 50 yil muqaddam qurilgan, — deydi Barno Umarova. — Işonasizmi, öşandan buyon biron marta ham kapital taʼmirlanmagan.

Faqat bundan 15 yil muqaddam sport zalimizning tomini yopib berişgandi xolos.

Haqiqatan ham, 410 nafar öquvçi tahsil olayotgan uşbu taʼlim öçoğining ahvoli ançayin xarob. Devorlari darz keta boşlabdi, sinfxonalari, pol va şiftlar, eşiklar abgor ahvolda.

— Yuqori taşkilotlarga bir neça marta murojaat qilganmiz, — deydi direktor. – Hatto tuman hokimi va boşqa mutasaddilar nomiga deputat sörovnomasi ham kiritganmiz. Lekin hozirça biron-bir ijobiy javob yöq.

Direktorning aytişiça, bundan bir neça yil muqaddam maktabni Baxt yengil sanoat kollejining böşab qolgan binosiga köçirişmoqçi bölişgan. Lekin keyinroq viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi boşliğining buyruği bilan, u binoga 71-maxsus maktab-internat jamoasi köçirilibdi.

— Maktabimiz joylaşgan “Işonç” mahalla fuqarolar yiğini “Obod mahalla-2023” dasturiga kiritilgan, — deydi B.Umarova. — Zora, bizga ham eʼtibor qaratişsa, bizning öquvçilarimiz ham xavfsiz, obod va şinam sinfxonalarda tahsil olişsa…

Haydarali MAMATOV,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan