“Joriylaniş” joriy etilyaptimi?
Ilm ahliga oçiq xat
Yurtimizdan qança köp olimlar yetişib çiqsa, bu bizning yutuğimiz, faxrimiz. Tarixiy taraqqiyotga nazar taşlasak, hamma davrlarda ham odamlar ilm ahliga ergaşgan. Ularning körsatmalariga rioya etib, töğriyu xatoni ajrata olişgan. Qolaversa, yuksak intellektual va axloqiy ongning şakllanişida olimlarimizning ilmiy tadqiqotlari ham muhim ahamiyatga ega.
Fikrimizni Sirdaryo viloyati misolida davom ettirsak. Guliston davlat universiteti va Toşkent kimyo texnologiyalari instituti Yangiyer filiali professor-öqituvçilari tomonidan 2022 yilda 51 ta PhD — falsafa fanlari doktori va DSc — fan doktori ilmiy tadqiqot işlari himoya qilingan. Şundan 17 ta PhD himoyasi (33 foiz) taʼlim-tarbiya nazariyasi, pedagogika, psixologiya, siyosiy madaniyat, ong, madaniyat sohalari böyiça bajarilgan. Buni respublikamizning 14 ta hududlari kesimida tahlil qilsak, 714/238 nisbatda, mavjud 200 ta oliy öquv yurtlari kesimida 5100/1700 nisbatda böladi. Yuqoridagi oliy öquv yurtlarining 50 tasi sönggi yillarda taşkil etilganini hisobga olib, 150 tasi misolida körsak, taxminan 3825/1275 nisbatga töğri keladi. Körinib turibdiki, bir yilda katta körsatkiç. Ular tomonidan bajarilgan ilmiy tadqiqot işlari soni hamda ularni ijtimoiy muhitga tadbiq etilişi miqyosini tasavvur qilib köring endi. Haqiqatan ham, quvonarli. Ammo ularning hamma ilmiy yangiliklari amaliyotga joriy etilyaptimi? Muammo ana şunda.
Yuqoridagi taʼlim sohalari PhD ilmiy tadqiqot işlari himoya qilinişidan avval, asosan, taʼlim muassasalarida, xususan maktablarda joriylanişdan ötgan, albatta. Bu bir tomondan ilmiy tadqiqot işining muhimligini, zarurligini körsatsa, ikkinçi tomondan maktab öqituvçilariga, öquvçilarga yangi metodika (öquv qöllanma, uslubiy körsatma kabilar) qöllanilişi asosida maʼnaviy-maʼrifiy muhitning yaxşilanişiga, taʼlim sifati va samaradorligi kötarilişiga xizmat qiladi.
Eʼtibor beriş lozim: tabiiy, aniq va texnika fanlari ilmiy tadqiqot doirasida tajriba va sinovlarni qişloq xöjaligi, sanoat va boşqa sohalarda sinab köradi. Ular tomonidan yaratilgan preparat yoki biror jihoz jamiyatning öziga xos muayyan sohalarida qöllaniladi. Taʼlim sohalarida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot işlari esa insonning maʼnaviy saviyasi, individual ongi, ruhiy soğlomligi, axloqiy qobiliyatini rivojlantiriş uçun xizmat qilişi lozim. Şundagina bajarilgan ilmiy tadqiqot işi samara bergan hisoblanadi. Bu esa muayyan vaqt bilan boğliq bölgan jarayon.
Şu bois taʼlim sohalari yönalişlarida ilmiy tadqiqot olib borayotgan tadqiqotçilarimiz boşqa soha vakillari kabi ilmiy işni tezroq himoyaga olib çiqiş harakatida bölişi notöğri. Ularning ilmiy tadqiqotlari joriylanişi köproq muddat davom etişi kerak. Negaki, ijtimoiy ong bilan boğliq jarayonlarning natijasi darrov bilinmaydi. Yangi metodika qançalik manfaatli ekanini biliş uçun vaqt kerak.
Har bir ilmiy tadqiqot işi natijasida muayyan yangilik yaratilişi, uning negizida faqat ilmiy maqola, qöllanmalargina emas, öziga xos metodika, şu asosda metodologiyada ham yangi bir yönaliş vujudga kelişi lozim. Ilmiy tadqiqot işi qilişdan maqsad — jamiyat hayotidagi mavjud muammoni muayyan ijtimoiy soha yönalişida töğri aniqlab, tadqiqot doirasida yeçimiga erişiş. Tadqiqotda mavjud muammo yuzasidan gipotezani ilgari surib, uning yeçimini nazariya orqali topişdir. Bu ilmiy yangilik. Ilmiy yangilik esa ijtimoiy hayotning ijtimoiy ongida aks etsa, vazifa uddalangan, maqsadga yetilgan böladi.
Maʼlumotlarga köra, Sirdaryo viloyatida 2022 yilda maktab öquvçilari tomonidan 51 ta jinoyat sodir etilib, 2021 yilga nisbatan 12 taga köpaygan. Baloğatga yetmagan qizlar örtasida erta homiladorlik 2022 yilda 2 ta, öz joniga qasd qiliş (suitsid) holati 14 tani taşkil etgan.
Demak bundan körinib turibdiki, maktablardagi maʼnaviy-maʼrifiy işlarni amalga oşirişda maktab, mahalla, profilaktika inspektorlari, amaliyotçi-psixologlar va ota-onalarning hamkorligida hali kamçiliklar bisyor. Amaliyotçi-psixologlar öquvçilar bilan individual şuğullanib, xulqiy oğiş (deviant xulq)ga mayllarini aniqlamagan.
Mana şunday holatlarda ilmiy tadqiqot olib boruvçilar tomonidan tayyorlangan metodik qöllanmalar, uslubiy körsatmalar, luğatlar yoki tavsiyalar taʼlim muassasalarida muhitning ijobiy bölişi, öqituvçi va öquvçilar aqliy, axloqiy ongining ösişi uçun xizmat qilişi lozim. Ilmiy tadqiqot haqiqatda dolzarb bölişi, zör yoritib berilgan bölişi mumkin. Biroq uning natijasi jamiyatda körinmasa, ijtimoiy hayotda aks etmasa, tadqiqotçining rutbasi oşişidan bölak naf yöq.
Oçiğini aytganda, boşqa sohalarni bilmadimu, taʼlim sohasida tadqiqotçilarimiz ilmiy tadqiqotlarining joriylanişida şoşma-şoşarlik bilan faqat hujjat uçun harakat qilişi xatodir. Joriylanişga tizimli, aniq, maqsadli yondaşsalar, yuqoridagi kabi salbiy holatlar maktablarimizda kamayarmidi?..
Taʼlim sohalari böyiça ilmiy tadqiqotçilarimizning ijtimoiy ongga taʼsir körsatuvçi yangi metodikasi haqiqatda yangilik bölsa, maktab va oliy öquv yurtlari örtasida özaro boğliqlik va aloqadorlikda ham muammo bölmaydi. Oliy öquv yurtlarining maktablarga metodik yordam körsatişlari yanada yuqori bosqiçga kötariladi. Maktab rahbarlarining özlari ilmiy tadqiqot işlarining joriylanişini xohlab qolişadi. Taʼlim sohasi yuzasidan muayyan ilmiy tadqiqot işining taʼlim muassasalarida töğri joriylanişi öquvçi yoşlarimiz, öqituvçi pedagoglarimiz aqliy, axloqiy ongi rivojlanişi uçun, umuman, ijtimoiy ong darajasining ösişi uçun, albatta, xizmat qiladi. Buning uçun esa ilmiy tadqiqot işlarimizni şoşma-şoşarlik bilan emas, muayyan ilmiy yangilik qiliş uçun amalga oşirsak, maqsadga muvofiq.
Ilmiy tadqiqot işlari ijtimoiy ong darajasining ösişiga xizmat qilar ekan, ularning barça taʼlim maskanlarida kengroq joriy qilinişi tarafdorimiz, albatta. Şundagina faqat ilm ahllari emas, xalqimiz ham olimlarimiz qilgan va qilayotgan işlaridan xabardor böladilar. Olimlarimizga yuksak hurmatimizni saqlagan holda xulosa qilişni ularning özlariga qoldiramiz.
Bahrom BOYMURODOV,
“Yangi Sirdaryo” gazetasi
bölim mudiri
