Poydevorsiz uy quriş mumkinmi? Yoki sözimiz quriliş sohasi haqida emas!

Yaqinda zarurat yuzasidan çet tilini biliş darajasini aniqlaş imtihoniga kirdim. Maqsad — ingliz tili böyiça sertifikat oliş edi. Meni hayron qoldirgani imtihonning tarkibiy tuzilişi böldi. Butun dunyo davlatlarida amal qilayotgan bu tizimga köra, talabgorlarning ing­liz tilida öqiş, eşitiş, yoziş va gapiriş könikmalari sinalar ekan. Qolaversa, savollar faqatgina öşa tildagi söz boyligini biliş uçun emas, mantiqiy fikrlaş va savodxonlik darajasini belgilaydigan tamoyillar asosida tuzilgan. Demak, ingliz tilidan yaxşi darajadagi sertifikat olmoqçi bölgan odam öşa til grammatikasini, fonetikasini biliş barobarida ravon va xatosiz yoziş mahoratiga, teran tafakkurga ega bölişi kerak ekan.

Yuqorida aytib ötganimdek, imtihonda yoziş sinovi ham mavjud bölib, bunda talabgorlar kamida 150 sözdan iborat xat va 250 sözdan iborat inşo yozişlari kerak böladi. Asosiy eʼtibor nafaqat sözlar sanoği, balki imlo va punktuatsiya qoidalariga ham qaratilar ekan. Maʼlumki, hozirgi kunda faqat bizda emas, balki butun dunyo tillarida şevalaşuv jarayoni bor. Inglizlar ham turli şevalarda gaplaşişadi. Ammo IELTS imtihoni şunday tafakkur bilan tuzilganki, hatto ayrim inglizlarning özlari ham tayyorgarliksiz öz ona tilisida böladigan imtihondan öta olişmasa kerak. Buni tilga hurmat, uni asraşga astoydil intiliş deya baholaş mumkin.

Töğrisi, imtihonda ötira turib, havasim keldi: “Qaniydi, özbek tilidan ham şunday imtihon olinsa. Xorijliklarku mayliya, özimiz şu imtihondan öta olarmikanmiz?” Aslida bugun xorijiy tillarni örganişga ehtiyoj kuçaygani, oliy taʼlim va undan keyingi taʼlim turlarida ham til biliş darajasini bildiruvçi milliy yoki xalqaro sertifikat talab qilinayotgani yaxşi, albatta. Ammo özbek tili uning soyasida qolib ketayotganday tuyuladi menga. Nega “sertifikat”i bor odam imtihondan ozod qilinadiyu, unga qöşimça haq tölanadiyu, özbek tili qonun-qoidalarini biliş, uni sof va bexato qöllaş borasida heç qanday rağbatlantiriş, talab yöq. Balki şuning uçundir bugun köplab yoşlarimiz yoppasiga xorijiy til sertifikatini qölga kiritişga harakat qilişyapti, lekin öz tillarida ikki qator gapni xatosiz yoza olişmaydi! Bunday tanqidiy fikrni bexijolat aytayotganimga asos bor, albatta. Men ham ingliz tilini biliş darajasini bildiruvçi sertifikat olişga taryorgarlik jarayonida öquv kursiga qatnadim. Kursdagi yoşlarga qarab turib, baʼzan rahmlarim kelib ketdi. Ularning köpi özbek tilida ikki gapli xat yozişni bilmaydiyu falon pul tölab çet tilida xat yozişni örganişyapti. Mana, öşa yoş döstlarimning telegram guruhidagi yozişmalardan misol tariqasida ayrimlarini keltiraman:

“Wunda 3partni iwlimizmi

Yu bugun essay yuvordila

Oziz wuni qibersezchi”

Bu — guruh öquvçilarining yozişmalari. Endi esa şu guruh ustozining gapini öqing:

“Kimda savolla, shunmagan narsalariz, qiynalvotgan joylariz bo’sa mandan so’rela!!!!!!!!”

Albatta, birovning xatini, yozişmasini iznsiz ovoza qiliş ham gunoh, ham noqonuniy, ham axloqqa zid. Ammo men bu köçirmani muallif va aniq manzilisiz faqatgina fikr uyğotiş maqsadida ulaşyapman. “Bu şunçaki kundalik yozma suhbatlar, bunda adabiy til qonunlari, imlo qoi­dalariga rioya qiliş şart emas”, degan qaraş ham mavjud. Ammo inson fitratida örganib qoliş odati borki, şunday özaro yozma gurunglarda qilingan eʼtiborsizliklar doi­miy odat tusiga kirib qolişi heç gap emas. Şu bois ham til va uning imlo qonuniyatlarini bilgan odam, avvalo, öz hurmati uçun, qolaversa, suhbatdoşi, eng asosiysi, tilni eʼzozlagani uçun savodsizlarça yozişdan ti­yiladi. Eʼtibor bergan bölsangiz, virtual olamning öziga xos “alifbo”si ham paydo bölgan. Yaʼni ş harfini ingliz tilidagi w bilan ifodalaş allaqaçon “urf”ga aylanmoqda. Kim bilsin, balki bu alifbomizdagi hamon yeçimini topmagan harf birikmalari (Sh, Ch)ning yoşlar tomonidan öylab topilgan oson yeçimidir. Kattalar yöl körsatmaganidan keyin bolalarning özi yölini topadi-da.

Umuman, aytmoqçi bölganim, savodxonlikka intiliş, rağbat, munosabat juda özgarib borayotganday tuyuladi. Bir paytlar nuqul beş bahoga öqiydiganlarni ikkiçilar yoqtirmagani, davraga qöşmagani uçun öğil bolalar aʼlo bahoga öqişdan uyalişardi, öqituvçining savollariga javobni bilişsa-da, ikkiçi örtoqlarining istehzolaridan qoçib, bilmaydiganday turaverişardi. Nazarimda, hozirgi kunda virtual olamdagi döstlik ham imlo xatolari bilan ölçanayotganday. Töğri va ravon yozgan odam şeva va imlo xatolar bilan yozuvçilar orasida otning qaşqasiday körinib qoladi. Hayron qolasan kişi: Nahotki, savodsizlik urfga kirayotgan bölsa? Bu yölning oxiri qanday? Bora-bora biz Navoiy boboning tilini tuşunişda qiynalayotganimizdek, bolalarimiz biz yozgan kitoblarni tuşunmay qolişadimi? Axir, savodsizlikning keyini ilmlilik bölişi mumkinmi? Balki ajdodlarimizning yoziş madaniyatini unutganimiz uçun ham biz bir neça asrlarni boy bergandirmiz?!

Qisqasi şuki, savodsizlik urçigan joyda ilm, maʼnaviyat-maʼrifat, madaniyat haqida söz bölişi mumkin emas! Barça ilmlarning avvali savodxonlikdir, deyişgan ekan maşo­yixlar.

Aslida savod çiqariş ibtidoiy taʼlim hisoblanadiku. Bolaga, eng avvalo, alifbo örgatilmaydimi, axir?! Alifboni örgangan bolalar biroz ulğaygaç, ikki jumlani bir-biriga boğlab, fikrini töliq va xatosiz bayon etolmay qolsa, bu juda uyatli holat emasmi? Avvalo, savod mustahkam bölmasa, ilmiy salohiyat, intellektual tafakkur haqida orzu qiliş u yoqda tursin, şunçaki xayol suriş ham befoyda! Axir, poydevorsiz imorat quriş mumkinmi? Afsus, ming afsuslarki, bugun barça yoşlarimiz ham özbek tilida savodli va bexato yoza oladi, deb baralla ayta olmaymiz. Buni kundalik hayotda, taniş-bilişlar orasida körib, anglab borayapmiz.

Turmuşning turli sohalarida rizqini terib yurganlarku, mayli deylik, ammo heç qursa, oliy maʼlumot egallaş jarayonida turgan talabalar savodlimi? Biror oliy öquv yurti rektori “Bizning yuz foiz talabalarimiz bexato yoziş könikmasiga ega” deb ayta oladimi? Yigirma nafar talabaga diktant yozdirilsa, ularning barçasi xatosiz yoza olişiga kafolat bera oladiganlar bormi? Sizni bilmadimu, men bunga işonmayman. Hatto, ayrim til va adabiyot öqituvçilarining ham “Qattiq x böladimi, yumşoq h?” deb yurişganiga guvoh bölganmiz, afsuski. Şu örinda aytiş joiz: “Öqituvçilarning maqomini yuksaltiriş kerak”, deb bot-bot gapirilayapti. Avvalo, ustoz degan inson savodli bölmasa, heç qanday qonunu buyruqlar bilan uning maqomini kötara olmaymiz. Savodsiz öqituvçini heç qaysi bola hurmat qilmaydi! Ursangiz ham, söksangiz ham, qonuniy jazolasangiz ham! Afsuski, maktablardagi ustozlar orasida savod masalasida oqsaydiganlari kam emas…

Bu gaplarim bilan hammani yoppasiga savodsizga çiqariş fikridan uzoqman, albatta. Yoşlar orasida savodi baland, tafakkuri keng, ilmlilari köp. Ustozlarning ham öz ustida umr böyi işlaydigan, jamiyatga örnak bölguliklari bisyor. Ammo köp taassuflarkim, çalasavodlik jamiyatimizda urçib borayotgan kasallikka öxşayapti. Eng yomoni esa bunga oddiy holdek qaraş, moslaşiş kuzatilyapti. Şunday xavotirlarimizni bildiryap­miz, xolos. Savod masalasi imorat poydevoriday muhim ahamiyat kasb etar ekan, unga bepisandlarça qarab bölmasligini taʼkidlamoqçimiz.

Xalqimizda “Piçoqni avval özingga ur, oğrimasa birovga” degan ajoyib naql bor. Şu örinda özim uçun ham oğriqli bölgan bir masalani aytmasam bölmas. Bugun zamon talabi, obunaçilarning ozligi bois gazeta-jurnallar kam adadda va şunga yaraşa kam sonli xodimlar bilan çiqarilayapti. Hatto, ayrim tahririyatlarda musahhihlik örni butunlay olib taşlanibdi. Tabiiyki, maqola tayyorlaş jarayonida bilib yoki bilmay xato ötkaziş holati böladi. Ana şunday imlo xatolarini “uşlab qoliş” musahhih degan zahmatli iş egalarining zimmasida edi. Bugun şu xodimlarning ayrim gazeta-jurnallarda yöqligi muştariylarga juda bilinadi. Sababi imlo xatolari, tahrirtalablik gazetalarda közga taşlanib qolyapti. Avloniy bobomiz “Gazetalar xalqning öqituvçilaridir” deganlarida “Savodsizlikka ham öqitaveradi” maʼnosida ayt­magandirlar. Har holda hamkasblarimiz bu masalani bir öylab körişlari lozim. Bugun boş muharrir örinbosarisiz, bölim mudirlarisiz, hattoki, jurnalistsiz ham gazeta çiqariş mumkindir, ammo musahhihsiz gazetaning “yuzi qora” böladi. Yaʼni, biror ilmli odam şu gazetani öqisa, yoki ayrimlar aytmoqçi bir çekkaga uloqtiradi yoki erinmasa bitta-bitta xatolarini töğrilab çiqib, gazetaning ham, gazetçining ham “yuzini qora” qiladi. Şu bois ham matbuot   har qanday qiyin şaroit bölmasin, savodxonlik masalasida, avvalo, örnak böliş vazifasida mahkam turişi kerak emasmi? Elektron ommaviy axborot vositalari, yaʼni saytlar, blog­larning yöriği boşqa. Ular aytaveradiyam, qaytaveradiyam. Yaʼni, hozir qilingan xatolik biroz fursatdan keyin tuzatilişi mumkin. Ammo bosma naşrlarda bu imkoniyat yöq. Aytilgan gap — otilgan öq. Xatolar ham! Bir paytlar “Adabiyot öladimi?” degan masala kötarilgani kabi bugun ayrimlar matbuotni “öldi”ga çiqarişayapti. Ammo şu aniqki, balki kam nusxada bölar, ammo ziyolilar, jamiyatning peşqadam vakillarining sevimli maşğulotlari va bir-biriga maqtanadigan oliymaqomlik belgilaridan biri sifatida gazeta-jurnallar yaşayveradi. Qolaversa, tahliliy jurnalis­tik maqolalar, badiiy-publitsistika namunalari tufayli ham matbuotning örnini boşqa ommaviy axborot vositalari bosa olmaydi. Hatto, ayrim rivojlangan davlatlarda elektron ommaviy axborot vositalari soyasida körinmay qolgan naşrlar bugunga kelib, yana köp nusxalarda çop etila boşlangani bu sohaning ertasidan nişona berib turibdi. Eng muhimi esa mana şunday biroz muşkul davr­­da ham matbuot öz yölidan oğişmasligi, ja­miyatning savodxonlik darajasini oşirişga xizmat qilişi şart.

Esimda, bolaligimizda qaysidir sözning yozilişi haqida bahs boşlansa, gazetalarni titkilab, öşa sözni topardik. Gazeta biz uçun imlo luğatiday gap edi. Çunki u yerda savodli insonlar işlaşiga işonardik. Umumiy qilib aytganda, gazeta-jurnallar boşqa vazifalari qatorida savodxonlikka masʼul­liklarini ham heç qaçon unutmasliklari lozim. Zotan, çalasavodlik heç kimga obrö keltirmaydi.

Köça-köydagi joy nomlari, reklama bannerlari, telekanallardagi xatoliklar haqidaku, umuman gapirgisi kelmaydi kişining. Befoyda! Muammoning ildizi yöq qilinmas ekan, u tomir otaveradi. Ildiz esa bolalikka borib taqaladi. Bugun maktablarimizda ona tili fani qay darajada öqitilayapti? Öqituvçilarning savodxonligi balandmi? Öquvçilar diktant yozişyaptimi? Fonetika va imlo qoidalarini özlaştira olişyaptimi? Umuman, özbek tilini yaxşi bilganlik uçun rağbat bormi? Bu savollarga javob topiş muammoning kölamini belgilaydi.

Oliy öquv yurtlariga kiriş imtihonlarida test tizimidan foydalanilayapti. Albatta, inson omili aralaşuvini kamaytiriş maʼnosida bu töğri yöl. Ammo test tizimi abituriyentning savodxonligini tölaligiça aniqlay olmaydi. Balki ona tili va adabiyoti test savollari orasiga kiçik hajmdagi inşo yoki xat yoziş vazifasini ham kiritiş kerakdir? Çunki savod masalasi faqat tilşunoslar uçun emas, hamma soha kişilari uçun zarur. Bu borada soha masʼullari bir öylab körişsa, foydadan xoli bölmasdi.

Eng asosiy aytmoqçi bölganimiz, xorijiy tillardan milliy yoki xalqaro sertifikat olgan abituriyentlar çet tili test imtihonidan ozod etilarkan. Nega ona tili va adabiyoti fani uçun ham mana şunday tizim yaratilmayapti? Imkoniyat, rağbat bor joyda ijobiy natijalar ham böladi-da. Sertifikat zarurati uçun özbek tilini çuqur örganişga töğri kelsa savodxonlik masalasida ham har holda ança-munça özgariş­lar bölardi. Qolaversa, davlat tiliga hurmat va uni eʼzozlaş, sof adabiy tilni saqlaş borasida sezilarli natijalarga erişilardi.

Bugungi kunda nutqning yozma şakli, boz ustiga, qöl bilan yoziş kamyoblaşib borayotgani bor gap. Baʼzan kompyuterda terilgan matnlarga imzo qöyiş uçungina qölimizga qalam olamiz. Şu boisdan bölsa kerak, biror taşkilotga yozma ariza berişni bilmaydiganlar ham bor. Arizani namuna asosida yozganda ham uç-törtta xato qilganlarni uçratamiz. Hozirgi kunda taʼlim muassasalaridagina qalam va daftar işlatilayotgan körinadi. Şu örinda aytiş kerakki, jahonning eng ommaviy tillaridan bölgan ingliz tilini biliş darajasini aniqlaş imtihonida qölda xat va inşo yoziş topşiriği berilgani bejiz emas. Çunki yozuv insonning qalbini anglatadi. Bekorga boşlanğiç sinf öqituvçilari “Daftaring — sening yuzing” deyişmas edi. Uç-törtta jumlani eplab yozolmaydigan, bitta arizada tört-beşta xato qiladiganlarning, qaysi soha vakili bölişmasin, ilmiyu mahoratiga albatta şubha böladi. Öqituvçilar diktant yoki inşoni tekşirayotganda bitta xato uçun tört, ikki yo uçta xato uçun zörğa uç baho qöyişardi. Endi bir tasavvur qiling-a, biz bugun neça bahoga loyiq insonlarmiz.

Alqissa, savodxonlik masalasiga jiddiy eʼtibor qaratiş va bu muammoning ildizlariga barham beriş zaruratga aylanib böldi. Zotan, savodli xalqdangina intellekti yuksak şaxslar çiqadi. Ertamiz egalarining har tomonlama barkamol insonlar bölişini istarkanmiz, avvalo, savodlilik masalasini hal qilişimiz lozim. Savodsizlikka qarşi kuraşning samarali usullarini topişimiz kerak. Zotan, poydevorsiz uy qurib bölmaganidek, çalasavodli odam, hatto öz ism-şarifini xatosiz yozolmaydigan kişi komil şaxsga aylana olmaydi.

Sitora TOJIDDINOVA,

ÖzFA adabiyot muzeyi doktoranti

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan