Köhna “Sardoba” nolasi…

Sirdaryoda bölganmisiz? “Yoğoçli Sardoba” tarixiy yodgorligida–çi? Öylanib qoldingizmi? Albatta–da, bunday nodir inşootning borligi haqida şu viloyatda yaşaydiganlarning özi tölaroq maʼlumotga ega bölmaganidan keyin… mehmonlar qayerdan ham bilişsin? Qolaversa, mehmonlar ham ozoda, obod, körkam maskanlarni tomoşa qilişni xohlaşadi-da.

Biroq tarixiy ahamiyatga molik bölgan bino va inşootlar Sirdaryoda özi köp bölmasa-da, Sardoba tumanidagi “Yoğoçli Sardoba”ning bugungi ahvoli eʼtiborga muhtojligiça qolmoqda. Ming afsuski, bugungi kunda uning nafaqat atrofi, balki gumbazlari ham öt-ölan bilan qoplangan ekan.

Kuni keça Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Sirdaryo viloyat bölimi va Sardoba tuman hokimligi hamkorligida ötkazilgan press tur davomida bir guruh jurnalistlar uşbu noyob obidani közdan keçirişdi.

— Sardoba tumanida bajarilgan va bajarilayotgan ulkan bunyodkorlik işlarini özlaringiz körib turibsizlar. Quriliş sohasini rivojlantiriş uçun ötgan 2022 yilda 27 milliard sömdan ortiq, joriy 2023 yilda bu körsatkiç 101 milliard sömdan ziyod mablağ ajratildi. Bu viloyatimiz miq­yosida ajratilgan mablağning uçdan bir qismini taşkil etib, tumanimiz taraqqiyotiga qaratilayotgan eʼtiborning yuksakligidan dalolat, deb faxrlanib söz yuritdi Sardoba tumani hokimi Akmal Mirzayev.

Lekin Sardobadagi qadimiy maskanga kim eʼtibor qaratadi?

— Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga hokim bölgan vaqtida “Bu Sardoba Jizzax va Sirdaryo viloyatlari donğini kötaradigan mas­kan. Bu joyni obod qilişimiz kerak. Uning atrofini turistik zonaga aylantirişimiz zarur”, deb Toşkent-Termiz M-39 yölidan “Yoğoçli Sardoba”ga keladigan yölni asfalt qildirib, atroflarini obod qilgan edi. Şundan buyon biror özgariş bölgani yöq. Lekin bu yil inşoot atrofini obodonlaştiriş uçun 300 million sömdan köp mablağ ajratilişi közda tutilgan, – deya kuyinib sözladi mehnat faxriysi Köçim Boltayev.

— Men 1998 yildan buyon Toşkent-Termiz M-39 yölidan qatnayman. Biroq şunday yöldan bor-yöği 400 metr masofada joylaşgan nodir, tarixiy inşootning borligini bilmas ekanman, – dedi Özbekiston Jurnalistlari uyuşmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov.

Sardobalar tarixan karvon yöllarida bunyod etilgan. Sirdaryo “Yoğoçli Sardoba”si ham Toşkent-Termiz M-39 yölining şunday ustida joylaşganligi bilan ham bu hududda turizmni rivojlantiriş barçamiz uçun manfaatli böladi. Bunday sardobalar Qaşqadaryo, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida sanoqligina saqlanib qolingan xolos. Ularning tarixiy qimmati va ahamiyati bugun ham yuqori. Negaki, çöllar bağrida suvni yiğiş, uni tejab işlatiş usullari ajdodlarimiz tomonidan ilmiy asosda bajarilganligini örganiş foydadan holi bölmasa kerak.

Yutuqlar özimizniki biz mavjud kamçiliklar va muammolarni bartaraf etiş çoralarini körişimiz kerak, albatta.

Şu bois Sirdaryo “Yoğoçli Sardoba”si hududining logistik imkoniyatlari, uning atrofida xizmat körsatiş va servisning barça yönalişlarini taşkil etiş mumkinligi haqida aytmasak ham tuşinarli. Buning natijasida ekoturizm, ziyorat turizmi, mehmonxona turizmi kabi sayyohlik turlarini rivoj­lantiriş mumkin deb taʼkidlab ham ötirmaylik. Ming bora eşitgandan bir bora körgan afzal, degan naqlga amal qilib, “Yoğoçli Sardoba”ni körib xulosa qilarsiz.

Öylaymanki, yaqin yillar içida tuman, şahar, viloyat kasaba uyuşmalari Samarqand, Xiva, Buxoro kabi tarixiy şaharlarimiz kabi “Yoğoçli Sardoba”ni ham turizm marşruti röyxatiga kiritadi. Natijada içki va taşqi turizm taraqqiy etgan hudud sifatida odamlar ziyorat va madaniy hordiq olib, “Yoğoçli Sardoba”ning horigan holatini, unsiz nolalarini emas, “quvnoq çehrasidan” bahramand böladilar.

Bahrom BOYMURODOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan