Zavod “bankrotlikdan” çiqmagan edimi?
(Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi diqqatiga!)
Suhbatdoşim qoraçadan kelgan, örta böyli, alp kelbatli norğul yigit. Ismi-şarifi Bahodir Möminov. U kuyunib yaqin ötmişidan hikoya qiladi:
– Men “Ohangaronşifer” aksiyadorlik jamiyatida kötarma kran maşinisti bölib işlardim. Iş kunim ön ikki soatdan iborat edi. Menga tepadan pastda işlayotganlarning hammasi yaqqol körinib turardi.Turmuş taşvişida bola-çaqasini boqaman deb tinimsiz mehnat qilayotgan erkak va ayollar. Kuniga ön ikki soat işlasa-da, qorni oç bölsa-da çidaydi beçoralar. Korxona oşxonasi esa mana iş beruvçining aybi bilan beş yildan beri işlamaydi. Korxona xodimlari uylaridan yegulik olib kelişadi. Olti oydan beri iş haqi olmayotgan işçilarning muzlatgiçida nima ham bölardi, deysiz… Kimdir uyidan olib kelgan bankadagi yovğon ovqatini yeydi. Isitgiç ham yöq. Yana kimdir murabbo bilan nonni tuşiradi. Holbuki, Mehnat kodeksining 363-moddasi talablariga köra iş beruvçi xodim zararli şaroitda işlasa, unga bepul davolaş-profilaktika oziq- ovqatini berişi şart. Bizda esa asbest xomaşyosi işlatiladi. Asbest xomaşyosi Jahon Mehnat taşkiloti tomonidan zararli xomaşyo deb topilgan. Töğri, ovqat puli berişadi, bir iş kuniga 9500 söm, bu pulni iş haqimizga qöşib berişadi. Aslida oziq-ovqat puli bu ixtiyoriy, lekin davolaş-profilaktika oziq –ovqatini beriş esa iş beruvçi uçun majburiydir.
– Bu haqda iş beruvçiga murojaat qilmadingizlarmi?
– E, befoyda. Bu töğrisida gapirsangiz, xohlasang işla, xohlamasang işdan böşab ketaver, deb dağdağa qilişadi. Bir-ikki millionga işlaşni xohlovçilar ham serobdan serob deyişadi.
– Siz hozir işlamayapsiz şekilli?
– Ha. Şu yilning mart oyida dabdurustdan “işdan böşaysiz”, deb qolişdi. Nega desam, pensiya yoşiga yetibsiz deyişdi. Mana Sizga ogohlantiriş xati, imzo çeking darrov, agar imzo çekmasangiz tegişli dalolatnoma tuzamiz deyişdi. Undan keyin ogohlantiriş muddatini tovon puliga almaştiring, deb mendan ariza olib qolişdi va oxir-oqibat keyin bilsam, 2023 yilning 13 mart kuni 28-sonli buyruq bilan işdan böşatişibdi. Mehnat kodeksining 100-moddasi 7-bandiga köra, iş beruvçining taşabbusi bilan mehnat şartnomasi bekor qilinayotganda kasaba uyuşmasining roziligi olinişi kerak edi. Buni ham ep körişmadi, şunday buyruq bor deyişdi-da, şundan söng qadrdon korxonamiz darvozasi men uçun qarsillatib yopildi, qayta zavodga kiritişmadi.
– Xöş, keyin nima böldi?
– Yaxşi odamlar menga sudga bering deb maslahat berişdi. Ularning gapiga amal qilib Ohangaron tumanlararo fuqarolik sudiga ariza berdim. Savol tuğiladi: bizlar nima uçun özimizning haqqimizni sörab sudma sud çopib yurişimiz kerak. Biroq fuqarolik sudlarida insof bor ekan, 2023 yil 25 avgust kuni mazkur sud “Ohangaronşifer” AJning 2023 yil 13 martdagi 28-sonli buyruğini ğayriqonuniy deb topdi va menga 32 mln. 520769 söm iş haqi va 2.158.258 söm maʼnaviy zararni undirib berdi. Baraka topgur sudya Feruzaxon Möminova ayol kişi bölsa ham yuragi butun xalqparvar sudya ekan.Feruzaxonga öxşagan odil sudyalar köpayaversin deb doimo duodaman.
Şifer sexining sobiq işçilari D.Niyozova, Z.Yöldoşeva va B.Tojiyevlarning kuyunib aytişiça ularni ham şu yil mart oyida pensiya yoşiga yetgansiz deb qöllariga ogohlantiriş xatini tutqazişgan. Tabiiyki, ular korxonada uzoq yillar işlab izzat-ikrom kutişgan. Yaqin beş oy hisob-kitobni kutişdi va umidlarini uzib fuqarolik sudlariga haqlarini sörab daʼvo arizasi kiritişga majbur bölişdi. D.Niyozovaning aytişiça, korxona jamoa şartnomasida ijtimoiy kafolatlar bisyor, ular faqat qoğozda xolos, jumladan, har yili mehnat taʼtiliga çiqqanda bir oylik iş haqi miqdorida soğliğini tiklaş uçun moddiy yordam beriş közda tutilgan. Biroq bunday yordam 2016 yildan beri berilmaydi.
Suhbatimizga Uraimqul Irisqulov qöşildi:
— Mening yoşim 82 da, — dedi u çuqur xörsinib. — Şu zavodning asosçilaridanman. 1989 yilda men sement zavodining şifer sexini ajratib olib “Ohangaronşifer” ijara korxonasi tuzgan edim. 1994 yilda u korxona aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Dastlabki yillardayoq zavodimiz oyoqqa turib mamlakatdagi eng maşhur zavodlarning biriga aylandi. Har yili mehnat nafaqasiga çiqqan xodimlarga barakali pul mukofoti, qimmatbaho sovğalar berib izzatini joyiga qöydik. Korxona kasaba uyuşmasi qömitasi tomonidan ularga davolanişi uçun pul ötkazib berildi va turistik sayohatlar uyuştirildi. Bu yil dekabrda zavodimiz taşkil etilganiga 60 yil töladi. Korxonamizning 30 va 40 yilligini zör tantana bilan nişonlagan edik. Endi esa eh… mana, men ham yaqindagina qadrdon korxonamizda korxona rahbarining işlab çiqariş böyiça maslahatçisi edim va menga ham şu yil iyun oyida dabdurustdan “lavozimingiz qisqartirildi” deb qolişdi. Yoşi uluğ odamga bu juda taʼsir qilarkan. Şuni sal tuşuntirib aytişsa bölardi-ku! Men ham mart oyidan beri oylik olmayman. Qani, bu yerda inson qadrini uluğlaş va mehnat kişisiga eʼtibor? Jumladan, maʼmuriy idora xodimlari uçun avtobus yölga qöyilmagan va ular beş kilometrli masofaga pullari bölmaganligi uçun baʼzan piyoda borib kelişadi. Muhtaram Yurtboşimiz insonni rozi qilinglar, ertaga bugungi kundan köra yaxşi yaşasin deyapti. Bular esa…
Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev “Men Prezident sifatida iş boşlagan birinçi kundanoq “Biz xalqimizga xizmat qilgani kelganmiz. Biz xalqimizni rozi qiliş uçun kelganmiz” degan gaplarni doim takrorlayman degandilar.
Şubhasiz, Uraimqul Irisqulov öz işining mohir ustasi va şifer texnologiyasi böyiça birinçi raqamli yetuk va noyob mutaxassis. Yaʼni, u şifer işlab çiqarişining “piri” desak yanglişmagan bölamiz. “Ohangaronşifer “ AJda esa mutaxassisligi agronom bölgan bir kimsani esa şifer sexiga boşliq qilib qöyişibdi.
— Men zavodimni juda-juda sevardim, — deydi yiğlamsirab Nigora Qöçqorova. — 2022 yil boşida men dispetçer bölib işlardim. Maʼlumki, dispetçerlar zavodning yuragi, qisqaça aytganda “tungi direktor” hisoblanadi. Biz tört kişi dispetçer edik. Oramizdagi bir kişini yoqtirmaganlari uçun va bu kişidan qutuliş uçun unga qöşib bizlarni ham qisqartirib yuborişdi. Men töğri gapni aytganligim va haqimni talab qilganligim sababli men uçun qora kunlar boşlandi. Zavodda hamma bir-biriga duşman va piçir-piçir gaplar. Muhit juda yomon edi. Turtinib işladim. Şu yil mart oyida işdan böşaşga majbur böldim va olti oydan beri oylik ololmadim. Bilasizmi, murojaat qilmagan joyimiz qolmadi. Mehnat huquqi inspeksiyalari, prokuratura va kasaba uyuşmalari… Biz kasaba uyuşma aʼzosi bölsak-da, yuqori kasaba uyuşma organlari bizni emas, iş beruvçini himoya qilişdi. Jumladan, R.Xoliqulov deganlari özini korxona kasaba uyuşmasi qömitasi raisi deb biladi, lekin sudlarda iş beruvçidan işonçnoma olib Mehnat kodeksining 43-moddasiga zid iş tutib iş beruvçini zör berib himoya qilişini qanday tuşuniş mumkin. Xullas, sudga berdim va şu yil 25 avgust kuni Ohangaron tumanlararo fuqarolik sudi mening daʼvo arizamni qanoatlantirib menga 11 million sömga yaqin iş haqimni undirib berdi. Qöying-çi, bizlarni fuqarolik sudlaridan boşqa birortasi himoya qilmadi. Xotamjon Matkarimov rais bölgan Ohangaron tumanlararo fuqarolik sudiga adolat uçun taʼzim qilaman. Fuqarolik sudlarida insof bor ekan!
– Sudlar faqat qonunga böysunib iş köradi, — deydi rais Xotamjon Matkarimov. — Agar iş beruvçi mehnat qonunçiligini buzsa, biz uni mansabdor deb ayab ötirmaymiz, va albatta, mehnat huquqi buzilgan fuqaroni avvalgi iş joyiga tiklaymiz. Töğri, baʼzan xodim muntazam korxona içki mehnat tartibini buzib kelsa va iş beruvçi uni qonuniy böşatsa bu hollarda ham biz faqat qonunga amal qilamiz.
Ohangaron tumanlararo fuqarolik sudlariga işga tiklaş va iş haqini undiriş böyiça davʼo ariza bilan murojaat qilganlarning aksariyatini “Ohangaronşifer” AJ xodimlari taşkil etarkan…
Davlatimiz va hukumatimiz mehnat kişilariga alohida ğamxörlik qilib 2023 yil 30 apreldan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini kuçga kirgizib berdi. Endilikda eski kodeksning 100-moddasidagi 7-band olib taşlandi, pensiya yoşidagilar xohlasa va kuçi yetsa bemalol işlaşlari mumkin. Yangilangan Mehnat kodeksining 333-moddasiga binoan endi iş beruvçi xodimga har bir keçiktirilgan kuni uçun iş haqini penya bilan tölaşga majbur. Şuningdek, uşbu kodeksning 173-moddasiga köra endilikda mehnat şartnomasi iş beruvçining taşabbusi bilan bekor qilinganda xodimlarga ön beş yillik mehnat stajidan keyin işdan böşatiş nafaqasi ikki barobar qilib tölanadi.
Şuningdek, mehnat taʼtilining eng kam muddati mazkur kodeksning 217-moddasiga köra 21 kun etib belgilandi. Jamoa şartnomalarida esa har bir iş beruvçi va xodimlarning vakillik organi bundan ham köp taʼtillar muddatini belgilaşlari mumkin.
Yangi Mehnat kodeksi iş beruvçiga qatiy majburiyatar belgilagan. Jumladan, kodeksning 244-moddasi iş beruvçi xodimlarga iş haqini har oyda kamida ikki marotaba berişi hamda özining moliyaviy holatidan qatʼi nazar kelişilgan haqni öz vaqtida berişi majburiy qilib qöyilgan. Agar iş beruvçining hisob-kitob raqamida mablaği bölmasa, u tijorat bankidan kredit olib iş haqini xodimlarga berişi şart!
Suhbatga şifer sexining peşqadam maşinisti Hasan Rasulov qöşilib şunday dedi:
– Dadam ham şu korxonada işlaydi. Aytişiça, ilgarilari kasb va umumxalq bayramlari bizda yuksak saviyada ötgan. Har bir bayramda xodimlarga eng kam iş haqining ikki-uç barobari miqdorida bayram puli berilgan. Endi esa bu bayramlarni unutdik, şundoq yonimizda sement zavodida işlayotganlarga behad havas qilamiz, ularda işçilar oşxonasi işlab turibdi.Bu yilgi quruvçilar kunini sement zavodi rahbariyati qoyilmaqom qilib nişonladi, hatto şahardagi öyingohda katta bayram konserti taşkil etildi. Bu korxonada pensiyaga ketayotganlar katta izzat-ikrom bilan jönatiladi va har biri 60 va 70 milliondan hisob-kitob puli olişmoqda. Bizda esa…
Hasanboyning közlarida yoş tomçilari yaltiradi…
Yana bir ismi şarifini sir tutişni söragan bir xodimning aytişiça korxonada şifer sexining varaq qoliplaş maşinasi maşinistlari korxonada eng köp iş haqi oladigan mutaxassislar hisoblanadi. Biroq ularning oylik iş haqi uç millionga ham bormaydi. Korxona rahbariyati esa Mehnat kodeksining 4-moddasiga xilof ravişda iş körib, odam ajratib, öziga yoqqan xodimlarga 6 va 7 million sömdan iş haqi belgilagan.
Şu yil 23 iyunda korxona aksiyadorlarining umumiy yiğilişida korxonadagi lavozimlar jadvali yangilandi, unga köra buxgalteriya xodimlari töliq qisqartirildi va buxgalteriya işini auditorlik firmasiga beramiz deyişdi. Eng qiziği şundaki, qisqartirilgan 7 ta buxgalteriya xodimidan tört nafari auditorlik firmasi niqobida işga qaytib kelişdi va mana şu tört xodim esa atigi bir yil mazkur korxonada işlagan xodimlar edi. Uşbu korxonada yigirma yil işlaşgan tajribali xodimlarga esa Mehnat kodeksining 167-moddasiga zid ravişda iş bermay köçaga haydab yuborildi.
Maʼlumki, mehnat qonunçiligida korxona iş beruvçining aybi bilan bekor tursa xodimlarga örtaça iş haqi tölanadi deyilgan. Jumladan, ötgan yili korxona bir maromda işlamadi va 2022 yilning dekabr va 2023 yilning yanvar, fevral oyi uçun işçilarga örtaça iş haqi örniga eng kam iş haqi, yaʼni 920 ming sömdan haq tölandi. Bundan tabiiyki, işçilar norozi bölişdi va murojaatni örgangan Toşkent viloyati kambağallikni qisqartiriş va bandlik boş boşqarmasi mutaxassislari korxona rahbariyatiga 2022 yilning dekabr va 2023 yilning yanvar oylari uçun örtaça iş haqini tölab beriş haqida 2023 yilning 6 mart kuni yozma körsatma berişdi va boş hisobçi R.Rajabovga esa mehnat qonunçiligini buzgani uçun maʼmuriy jarima qöllandi. Buni qarangki, korxonaning zöravon rahbarlari qonuniy körsatmani bajarişdan boş tortişdi va yana şu masalada zavodga kelgan bandlik boşqarmasi xodimlarini zavodga qasddan kirgizmadi. Yana bir tomoni şundaki, korxona rahbariyati korxona işlamay tursa-da va qonun barçaga barobar bölsa-da oddiy işçilarni qiynab va özlariga maʼqul kelgan xodimlarga korxona bekor turganda töla iş kuni qöyib korxona mablaği talon-toroj qilingan. Bu borada hokimiyat va prokuraturaga murojaat qilinganda bu möʼtabar idora xodimlari esa biz sud işlariga va aksiyadorlik jamiyatlari işlariga aralaşişga haqqimiz yöq deb özlarini çetga olişdi.
2020 yilning 6 iyul kuni “Ohangaronşifer” AJ Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan bankrot, deb eʼtirof etilgandi. Biroq korxonaning noşud sud boşqaruvçilari zavodning tölovga qobiliyatliligini tiklaş örniga korxona qarzini yanada köpaytirib yubordilar va 2023 yilning 6 mart kuni kreditorlar yiğilişida hammani çalğitib göyoki zavod töla bankrotlikdan çiqdi deb bayram qilişgan edi. 2023 yilning 22 avgust kuni Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan yana “Ohangaronşifer” AJga nisbatan tölovga qobiliyatsizlik işi qözğatildi. Demak, zavod bankrotlikdan çiqmagan ekan-da.
“Nuroniy” jamğarmasining şahar bölimi keyingi vaqtlarda mahallalarda ham özlarining kengaşlarini tuzişdi. Biroq Ohangaron şahrini şahar qilgan şifer zavodida mana şunday kengaş tuzilmaganligi taajjublanarlidir.
Inson qadri, şaʼni va qadr-qimmati muqaddas. Bu esa yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda mustahkamlab qöyilgan va heç bir mansabdor insonning qadrini kamsitişga haqqi yöq. “Ohangaronşifer” AJning işçilari ham sarson bölib yurmay yaxşi işlab yaxşi iş haqlari olişga, eʼtiborga töla haqli.
Ming afsusuki, bu ahvolga mutasaddilar hozirça tomoşabin bölib turişibdi.
Ozod XUŞNAZARZODA,
jurnalist
