Uyğoq qalblar, birlaşaylik!
Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan hayosizlik, maʼnaviy tahdidlarga qarşi çora izlab…
Ijtimoiy tarmoqqa qöyilgan bir postda 4-5 yoşlardagi xorijlik qizça kitob öqib ötiribdi. Bundanam ğaroyib jihati: u özi kabi qizaloqqa ustozlik qilib, kitob sözlarini dona-dona öqiydi, uni takrorlayotgan “şogirdça” talaffuzidagi xatoliklarni taʼkidlab-taʼkidlab tuzatadi. Şu yoşida kitob va uning har harfiga bunçalar mehru ixlos qöygan qizaloqqa, ğoyibdan uning ota-onasiga, hayotdagi yuzlab voqea-hodisalar orasidan ayni mana şu lavhani tanlab ijtimoiy tarmoqqa qöygan insonga va unda şunday tanlov farosatiyu salohiyatini tarbiyalaganlarga havasim keldi.
Benazir şoir Töra Sulaymon bir şeʼrida “Şamol şamolni tebratar” degandek, yana şunga öxşagan videolavhalar körgim keldi. Ayniqsa, özimizga, öz xalqimiz hayotiga taalluqli bölsa, degan ilinjda edim. Ijtimoiy tarmoqlarga kirib yurmaganingdan keyin bilmaysan, balki bundan-da maʼno-mohiyati çiroyli postlar bordir. Şunday qiziqiş, umid bilan kuzatuvni boşladim.
…Karnay-surnayning töy bazmida böladigan navolari yangraydi, qişloq köçasiga nimagadir uzundan-uzun matolar poyandoz kabi solingan, uning ikki tomonida odamlar qator tizilgan.
“Kelin-kuyovni katta köçadan uyigaça şunaqa tantana bilan olib kirişarmikin?” — deb öylab turgandim, yöq, bu Umra ziyoratidan qaytib kelayotgan otaxonni kutib oliş marosimi ekan. Otaxon vajang navolar ostida katta köça yoqasidan boşlangan uzun yölni, keyin burilib hovlisiga olib keladigan köçani bosib ötdi. Xuddi rasmiy bir vakildek. Közing oçiq bölsa, xilma-xilini köraverar ekansan. Bungaça Haj ibodati, Umra ziyoratiga borib kelgan ayrim kişilar xonadonidagi dasturxonlarga tölib toşgan neʼmatlar, ziyofatlarni körib hayron bölardim, axir ibodatning maxfiy bölişi afzal, mömin-musulmonga kamtarlik, kamsuqumlik munosib-ku.
Marğilondagi jome masjidi qurilişining ilk ğiştini qöyayotgan uç ulamoning noyob surati saqlanib qolgan. Ular orasida ona tomondan bobom Qozoqvoyhoji ham borlar. Ötgan asrning 20-yillarida köp ilmu maʼrifatli insonlar qatorida yeru suvlari şöro tomonidan tortib olingan rahmatli Qozoqvoyhoji bobom poyi piyoda uç marta Haj safariga borib kelgan ekanlar. Yuz yoşdan ötib yaşagan bobomiz umrlarining oxirigaça kimdir yonlariga kelib tavoze körsatişi, qöltiqlab olişiga yöl qöymas ekanlar: “Özidan boşqa heç kim maqtov, taʼzimga loyiq emas!” Şu bobomning Ğaribiy taxallusi bilan yozgan ğazallari jamlangan kiçkina devon qolgan. Onam uni har gal öqiganda: “Şunça toat-ibodatda ötgan dadam gunohlar yukidan bu qadar qörqqan ekanlar, biz nima qilamiz?” — deb yiğlayverardilar.
Keyingi yillarda Haj, Umraga boruvçilar soni yildan yilga ortmoqda; safar davomida yaratilgan şaroitlar yaxşilanib borayotganini körib, eşitib turibmiz, bu xayrli işlarga boş bölib turganlar martabasini Alloh yanada baland qilsin. Lekin “töqlikka şöxlik” degandek, muborak safar nasib etganlar orasida ibodatlari qabul bölişini umidu iltijo bilan söraş örniga, özlarini “hoji ota”, “hoji ona” saylab olib, buni har jihatdan namoyiş qilişga öçlik kasali urçib bormoqda. Qöni-qöşnilar, qarindoşlar, şahar-qişloqlar aholisi orasida kuni nonu şakar bilan ötayotgan millatdoşlaring, yurtdoşlaring oz emasligini körib-bilib turib, qorni töqlarga ziyofat ulaşmoq va uni namoyiş etmoq uyat, gunoh emasmikin?..
…Yana bir postda sanʼatkorlikka daʼvogar bir qiz blogerning savollariga javoban uzulari, böynidagi zanjiri, sirğasi, soati, köylagu etigi, sumkasi… keçirasizu, iştonigaça qança narxda olganini yayrab-yaşnab turib aytib berdi. Umumiy narx 25 ming AQŞ dollariga yetdi. Töğrisi, men uning birorta qöşiğini eslolmadim. Qarang, töqson töqqiz foizimiz qizimizni uzatiş, öğlimizni uylaş uçun sepu sarupo rejasini tuzganda, yangi yoş oilaga eru xotinlik masʼuliyati, axloq-odobi haqida yozilgan uç-törtta kitob olişni xayolga ham keltirmaymiz-u, maʼnaviy saviyasi kiyimlarining narxini minglab odamlarga ovoza qiliş darajasida bölgan “sanʼatçi” bir sidra kiyimiga 25 ming dollar sarflab qöyilibdi! Biz kimmiz?
“Onamni, inşaalloh, deb niyat qilgan kunlariga alhamdulillah deb aytaman… xursand bölib yuraylik…” — yana bir postda bir juvon bu sözlari bilan nima demoqçiligini harçand urindim, anglolmadim. Onasi haqiga duo qilyapti desam, qölidagi ryumkada suvmi, boşqa narsami çayqalib turibdi…
Lekin bular keyingi postlardagi tomoşalarning çangida qolib ketdi. Hamma narsa qöş-qöş keladi, degandek, töylar, har xil davralardagi öyin-kulgilardan olingan videolavhalar qatorlaşib çiqib keldi-yov! Ularning öziga xos jihatidan köra umumiy öxşaşliklari köp: gumburaqars musiqa ostida davrani “gullatayotgan” qizu ayollarning deyarli hammasi boşdan-oyoq tanasini sirib turgan liboslar kiygan; yaratilişda öziga xos bölgan qiyofalarning aksari zamonaviy kosmetologning qolipidan çiqqan — qop-qora qoşlar, kerilgan qaboqlar, ajralib turgan yonoqlar, kattalikda musobaqalaşayotgan lablar… (şularni kuzatib, haqiqiy gözallikni hamma öziga xos bölgandagina ajratiş mumkinligini angladim). Nafaqat qiyofalar, raqslar ham egizakdek: ayollar toru tanqis liboslarda özi börtib, ajralib turgani kamdek, ibo-hayo bilan yaşiriş lozim bölgan joylarini qöllari, harakatlari bilan körsatadilar. Mukarrama Turğunboyeva, Tamaraxonim, Gulçehra Ismoilova, Dilafröz Jabborova kabi raqqosalar qölu qadamlarining musiqaga uyğun nozik-nafis harakatlariga, yuz-közlaridagi hayo, jilvaga maftun bölgan bölsak, mana bu videolardagi xatti-harakatlarni körayotganingdan uyalib ketasan. Lekin mening bu gapim ustidan kuladiganlar, zamondan orqada qolganimni yuzimga aytadiganlar, “körmay qöya qoling” deb maslahat beradiganlar köp. Ular orasida oppoq soqolli çollar (ana, videoda bittasi yoşgina qizni quvlagandek örtada yugurib öynab yuribdi), nevara-çevarali xotinlar (yoş qizu ayollarning beldan pastini silkitib öyinga tuşişlarini xursand kuzatib ötirişibdi), zimmasiga oriyat posboni bölmoqlik ham yuklangan yigitlar bor. Bir postni kuzatarkan, “Asl yigitlar, qayerdasiz? Qayerga qarayapsiz?” deb baland minbardan çaqirgim keldi. Yaʼni yigirma-öttiz erkak örtasida yigit bilan qiz bir-biriga qarab öynayapti. Qizning harakatlari quyuşqondan çiqib ketgan, uning yigitga yaqinlaşib kelişdagi şiddatini körib, beixtiyor “Qoç!” devoribman, ammo yigit eşitsayam, ulgurmasdi… Qiz unga baqamti kelib şunaqa beşarm harakat qildiki, buning taʼrifida “şarmandalik” sözi qoçmoqqa kunjak izlab qoladi.
Xullas, tuşundim: yurtdoşlarimiz orasida ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvçilar qöygan postlarda kitob öqiş, farzand tarbiyasi, biror badiiy yoki sanʼat asaridan olingan taassurot, qarindoş-qöşniçiligu quda-andaçilik odoblari, yoşligu keksalikka oid saboqlar… – bu kabi muhim va kerakli mavzular anqoning uruği ekan.
“Momolarimiz, onalarimiz undoq bölgandilar, bundoq bölgandilar”, — deb nolalar qilişdan foyda yöq endi. His-hayajonlarga berilib, köngilning hoyu havas köçalarida adaşib yurganlarni insofga çaqiriş, öz nazdimizda taʼsirçan gaplar aytiş, nasihatlar qiliş — fursatni boy beriş. Zero, bugun millat yuzini yerga qaratadigan gaplariyu qiliqlari bilan özini namoyiş etayotganlarni tomçiga qiyoslasak, tomoşa qilib ötirganlar daryo, dengizga monand. Tarbiyasi, hayot tajribasi, saviyasi turliça bölgan odamlarning, ayniqsa, yoşlarning qay biriga ularning yengil-yelpiliklari, beodobliklari, behayoliklari, taşqi yaltir-yultir-u umrni bekorga sovuradigan öyin-kulgilarga öçliklari yuqmaydimi?
Bozorlarda telefon savdosi qizigandan-qizigan; oq-qorani ajrata olişi haqida-ku gap yöq, hali yuz-qölini tuzukroq yuvişniyam bilmagan bolasiga ota-onalar: “köpdan ajralmasin”, “boşqa ilojim qolmadi”, “şunday qilmasam öqimasmiş, gapimga quloq solmayapti” degan öyda yeb-içarlaridan tejab bölsa-da, telefon olib beryaptilar. Köçada, uyda, kunduziyu keçasi telefonga termilgan bolalarimizning neça foizi ilm, fan, madaniyat, maʼnaviyatga taalluqli postlarni kuzatadilar-u, neça foizi ur-sur multfilm va kinolar köradilar, şafqatsizliklaru baxtsiz hodisalar qurbonlarining tomoşabinlari safiga qöşiladilar, uyatsiz davralarga “mehmon böladilar”? — hisobini çiqarib oliş uçun hammamizda dalillar yetarli.
Yaqinda Çeçenistonda bir bola PUBG öyinida kompyuter öyinçasida “öldirib qöygani” uçun öz döstini şafqatsizlarça piçoqlab öldirgani haqida xabar tarqaldi. “Dahşat, bunaqasidan Xudo saqlasin”, — deymiz. Ammo aqlu idrok közlarini qörqmay oçib qaraylik: öquvçining öqituvçisiga qöl kötargani (gap qaytarişi, masxaralaşi, laqab qöyişi) unda ustoz zotiga va ilmu fanga muhabbat ölgani emasmi? Erning farzandlari oldida xotinini vahşiylarça piçoqlagani unda insoniylikning qurib bitgani emasmi? Ön bir-ön ikki yoşida qiz bolaning tuqqani yon-atrofidagilarning undan yuz ögirgani, qizaloq kelajagiga… qöygani emasmi? Pul topiş uçun xorijga birgalaşib ketgan eru xotinning qarindoşda qoldirgan murğak bolalari xor bölib, zulm ostida jon berişi qay bir qalblarning bir parça qora göştga aylanganidan darak emasmi?.. Aççiq misollarning nihoyasi yöq!
Bir sahna asaridan xotiramga yozilib qolganidek:
Köngil yiğlaydi-yu, közlarda nam yöq…
Jurnalistlar, jamoatçilikning jonkuyar vakillari bu mavzuda bosma ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilgan maqola, suhbatlarini adadi mingdan boşlanib, ön mingdan ham oşmaydigan öşa gazeta yoki jurnallarning obunaçilari öqiydilar, xolos. Agarda şuni ham öqisalar?! Şu örinda bosma ommaviy axborot vositalarida çiqqan materiallar haqida hamkasblar, boşqa öquvçilar fikr-mulohaza bildirişi va ular eʼlon qilinişi, muammolar hal etilişi uçun masʼul taşkilotlarga rasman murojaat etilişi oddiy qoida. Ammo ijtimoiy tarmoq egalarining hammasi öziga xon, öziga bek. Hammasi özining şon-şuhratini va muxlislarini oşiriş ğamida. Milliylik, şarmu hayo, axloq-odob haqida rivoyatlar aytib gurunglar bergan blogerlardan birontasi (misol uçun): “Hoy falonçi, xalqning eʼtiboriga kiyimi, maşinalari, sayru sayohatlarini sanab karillaydigan maqtançoqni olib çiqişni bas qil!” — deganini eşitmadik.
Bugun xalq bilan kundalik muloqot, jamiyat qalbiga yöl topişning eng qulay bir vositasi bor, bu — deyarli hamma xonadonda mavjud bölgan teleekranlar. Televizor katta avlod vakillari juda köpçiligi hayotining ajralmas qismi bölib qolgan. Bu imkoniyat telejurnalist hamkasblarimiz, telekanallar masʼullariga har doimgidan ham jiddiyroq vazifa yuklaydi, desak, bizni tuşunsalar kerak. Har xil şoular, sanʼat, madaniyatga tariqçalik foydasi yöq ötkinçi qöşiqlardan iborat konsert dasturlari, axloqsizlikni oçiq-oşkor tarğib etadigan seriallaru videofilmlar, behayo reklamalar örniga jamiyat maʼnaviyati, madaniyati, saviyasini tarbiyalaydigan, yuksaltiradigan tişli-tirnoqli dasturlar kerak. Televizor körişni faqat dam oliş, rohatlaniş deb bilganlarga “tişli-tirnoqli” iborasi juda qöpol, xunuk körinişi mumkin. “Kasalni yaşirsang, isitmasi oşkor qiladi”, bugun kesib taşlanmagan yara ertaga gazak oladi… Ha, ijtimoiy tarmoqlardagi umuminsoniy, milliy qonun-qoidalar, qadriyatlarni mensimasdan ularning oyoq osti qilinişi jamoatçilikning qatʼiy, doimiy nazoratiga olinmas ekan, köpçilikning köz öngida, eʼtiborida bölgan telekanallar orqali tahlil etilib, kelib çiqişi mumkin bölgan oqibatlar röy-rost aytilib, ularning oldini oliş çoralari umumxalq işiga aylanmas ekan, söz va şaxs erkinligini “ommaviy madaniyat”ga vosita qilib oladiganlar köpayaveradi.
Xalqimizning lönda iborasi bor: “Bitta kalla — bitta, önta kalla — önta…” Yuqorida şaxsiy mulohazalarim, takliflarimni yozdim. Ular töğri, notöğri bölişi mumkin. Ammo hurmatli Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev ham taʼkidlaganlaridek, bugun ming-minglab “bolalarimizni telefon tarbiya qilayotgani” — bor gap. Bu tarbiya berayotgan aççiq mevalar har bir oiladan tortib mamlakatimiz hayotining barça sohasida rejalaştirilgan, kutilayotgan yuksaliş, ezguliklarga salbiy taʼsir körsatişi — oldimizda turgan katta muammo. Bu haqda yuragi yonib öylayotgan, sözlayotgan, taklif-mulohazalar bildirayotgan yurtdoşlarimiz yuzlab, minglab topiladi.
Muhtasar qilib, demoqçimanki, mahalla oqsoqollari, ziyolilar, tajribali otaxonu onaxonlar, ustozlar, xotin-qizlar faollari… bir ibora bilan aytganda, barça uyğoq qalblar birlaşib, bu masala-muammoning yeçimini topiş harakatini boşlamasak, moddiy va maʼnaviy yöqotişlarimiz har lahza ortib boraveradi.
Muhtarama ULUĞOVA.
