Adib iztiroblari – zamon va makon iztiroblari

Atoqli adib Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan çayon” romanini qayta zavq bilan öqib çiqqanimdan söng öylarim tuguni yeçilganday böldi. Adibning Qöqonga safari davomida tarixiy hujjatlarni örganiş barobarida xon saroyining har bir yölaklari, qalʼa kungiralari, maqbaralar mehroblari, mad­rasalarning naqşlar ila qanday ziynatlanganiça sinçilik nazarida qaraganligi asar voqeasini bir halqaga olganligida kuzatiladi. Anvar va Raʼnoning sevgisi bir bahonadir, ammo xonlik tanaz­zulining ayançli qiyofasi saroy ahkomlarining zalolat botqoğiga botib, özlik özagidan ayroligida körinadi. Haqparvar, adolatparvar, el dardida yongan ulamolar köçaga uloqtirilgan. Ularning siyosiy, ijtimoiy munosabatlarda qaraşlari inobatga olinmagan.

Öziga mahliyolik, işratparastlik va jaholatparastlik urçigan makonda qabihlik, tubanlik, fis­qi-fasod, ğiybat va böhton kabi jirkanç illatlar bolalaydi.

Xonlikning böğzigaça mutaassiblik ğuli çirmagan, fikr falajlangan, sox­­ta hamdu sano “tuya” mingan, iffatsizlik davr tuğrosiga aylanganligi asarning voqea çiziğida bir ipga tortilgan. Şarmandalik hayo nuqsida köngil mehrob­larigaça köçgan, amaldorga qulliq qiliş iftixor yaloviga aylanganki, xonlikning badburuş başarasida qon hidi silqiydi.

Solih maxdum   xasislik, qizğançiqlik domiga tuşgan, pul uçun özini sotadigan qiyofasiz kimsa bölib, tirnoğining kirini pullaşni or bilmaydi. Oltinu sandiq töla sarposi böla turib, xotini Nigorxonimu bolalari, hatto öziga ki­yimlikka sarflaşdan tiyiladi. Çunki uning maqsadi beşni ön qilib boyişdir. Qora tangani tişining kavagida asraşni ep bilgan mumsik mudarris öquvçilarning ota-onasidan berilgan haqqa qarab bolaning fandan baholanişi avlod tarbiyasiga xiyonatidir. Madrasalarda öqitiş tizimi yöqligi, taʼlim-tarbiyaning sustligi, qiroatxonlik, “kun ötsa böldi” degan maqsadda saboq beriş tavakkalçilikning ildizi ekanligini adib mahorat bilan asarida tasvirlagan.   Haftiyakni jörovozda yoddan öqiş maşqi bola şuurida fikrlaş hissini söndiradi. Töğriroği, yuzaki qiroatxonlik mağzavasiga çöktiriş holatini sinçilik bilan yoritadi adib. Nigorxonim 20-30 öquvçiga saboq bersa-da, iş haqini çaqasigaça sanab oladigan Solih maxdum kabi boylar oilasi fojiasi ham çuqur yoritilgan. “Ularning uy mojarolari va bola-çaqani it kabi siqişlari nimada?”deya adib öziga savol qöyadi va uning javobini asarda aks ettiradi.

Anvar yoşligida qolib, poççasining uyida yaşaydi. Ammo poççaning it feʼl­liligi bir çimdim tuzni köp körib zuğum körsataverişidan yuragi zada bölgan opasi Mohlarimoyimdan panoh sörab (Nigorxonimning onasi) yiğlab-siqtab iltijo qilgani manzarasi ham inson taqdiri muammosi öz davrida oçiqligini, mehrsizlik riştalari salqiligini anglatadi. Xon sarmunşiyi Muhammad Rajabbek qölida Anvarning iş örganişi bilan ördadagi daftardorlik, forsiyça va turkiyça nomanavislik hunarlarini töliq özlaştirişi unga hayot yölini oçadi. Sarmunşiyning nazariga tuşadi. Uning öğli Anvarning maktabdoşi va dösti edi. Öğlining vafotidan keyin Anvarga alohida mehr körsatadi. Şunda nega Abdulla Qodiriy munşiylikka (kotibiyat) eʼtiborni qaratgan degan   savolimizga darrov javob topamiz. Çunki uning özi Turkiston gubernatorlik idoralarida sarkotib bölib ozmunça işlagan. Xatlar, şikoyatlar inson taqdirining mehvari ekanligini oşkora bilgan. Şikoyat va arzlari havoda qolgan xalq xonlikning puç vaʼdayu soxta, quruq siylovlaridan zadalangan va köng­­li qolgan.

Munşiyxonada, yaʼni saroy saltanatining mehrobida in qurgan mulla Kalonşoh, Şahodat mufti kabi munşiylar din ilmidan çuqur xabardor bölsa-da, iğvo köpigidan bebahra qolmaganligi zimdan Anvar mirzaga qarşi fitnasida suv yuziga qalqqan pöpanakday ayon böladi. Mulla Abdurahmon din peşvosi, lekin axloqsiz va körnamak. Baʼzida meni bir savol qiynaydi: bizku dahriy zamonda yaşab, tanglayimiz şöro mafkurasi bilan kötarilgan. Tanglayi Qurʼoni karim bilan kötarilgan baʼzi bir bobolarimizning (aynan saroyda işlaganlarni nazarda tutayapman) bunday axloqsizligini qanday baholaş mumkin?! Komilligu oriflikdan asar yöq bandalarining nazdi suq, razillikni sallasining peş bandiga öragan, qabihlikni dasturilamal qilganlari taʼbingizni xira qilişi bor gap! Buning barçasiga muttaassiblikning qora yovğoni, razillikning istilosi sababmasmikan? Yolğonlikning qasri poydevori tubanlikdir. Yolğon hamdu sanolar ilmsiz kişini tezda girdobiga tortadi. Jasoratsiz, ilmi zaiflar yolğonga öç, özligidan mosuvo, özini emas, özgalar qadamini ölçaguvçilardir. “Maqtov şirin oğu, şirin öldirar” (Rauf Parfi) maqomidan benasibdirlar ham. Komil inson özini noqis bilgay va şu noqisligidan orif va komillik pillapoyasiga kötariladi. Demak, ilohiy kitobni öqib uqmagan “musulmon” musulmon emas, nari borsa şayton malaylaridir.

Asarda “Haram” bobida gözal qizlarning tahqirlangan qismati odam öziga yov degan tuşunçani tuğdiradi. Haramdagi kanizaklar hayoti işratparastlikning jirkanç manzarasi bölib, ayol qismati vaznsizlik, xayoloti turmuşning aççiq zardasi omilida gul köngilni çöğlantiradi va kuydiradi. Yer soliğini tölamagan kambağalning qizini haramga keltirilişi xonlik siyosatining çirkin va tubanlikdan dalolat ekanligini, el or-nomusini toptaş kundalik iş amaliga aylangan darajadaligini öquvçi öqiydi. Yuz kanizak va törtta xotinlik “rutba”sida siylangan xon maişatparastlik botqoğiga çökişi bor gap. A. Qodiriy ötgan asrning yigirmançi yillarida xonning törtinçi xotini Roziya buvi bilan uçraşib, haram voqealarini uning esdaliklari orqali dalillar asosida tasvirlaydi. Na xonlik, na xalqi bilan işi bölarmidi bunday elboşilarning? Ahmoqlikning çegarasi yöq dey­di maşoyixlar. Xon öğli Örmonbekning   sunnat töyini bir yuz yigirma kun ötkazganligidan öysiz, nodon, qöğirçoqsifat el boşqoni ekanligidan ogoh tortasiz. “Kirlangan” xonlikning öz xalqini yov körib tutqunlik va qullikda saqlaşi bilan keçagi ajdodlarimizning qora ötmişi qalbimizni qavartiradi. Qöqon xonligini Nobel mukofoti sovrindori Gabrail Markesning “Yolğizlikning yuz yili”dagi Makondosiga qiyos qilaman. Makondo jaholatparastlik, işratparastlik, işqparastlik, zöravonlik va şunga öxşaş illatlar girdobida Yer yuzidan supurilib ketadi. Bu yozuvçining dunyo gegimonlariga “tuhfa”si edi. Ammo Qöqon mavjud va tarixiy makon. Ördani egallab olgan riyokorlik inson rutbasiga qiyomat qoim tamğasini yopiştirdi. Olçoq saltanatni yuqoridagi kabi illatlar yemirdi.

Anvar va Raʼno munosabatida özbekona serlutflik, halimlik, poklik, jasurlik, muhabbatda sodiqlikni anglab, qalbga nur ulaşguvçi tuyğuga oşno bölamiz. Raʼnoning xon ovçilariga “ilinişi” unda jasorat tuyğusini gurillatadi. Öz sevgisiga erişolmay tuşkunlik iskanjasida zaʼfaron bölgan Anvarni çorlab u bilan dösti Sultonmurodnikiga kelişi voqeasi qalbni titratib, vujudni silkitadi.   Anvardagi qörquv örnini jasorat çulğaydi. Bu Sultonmurodning xon tomonidan qatl etiş hukmi damlarida közguga solinadi. Döstini qutqaziş uçun Anvar xon saroyiga özi boradi. Muloqot çoğida köramizki adib Xudoyorxon holatini söz böyoğida mahorat bilan çizgan. Qarangki, xon saro­yida xizmat qilgan amaldorlarning odamoviligi yöq. Borlari haydalgan, badarğa qilingan.

“Raqibni bu borada jasoratda körgan Xudoyorxonning kiprik ostlari uçib, soqol töklari silkindi. Va biroz söz topolmaganidek tamşanib turdi.

— Sen bizga xiyonat qilding, it uvli!

Anvar boş irğatdi.

– Iqrorman.

– Tuzimni unutding.

– Tonmayman.

– Iqrorsen, tonmaysen, öbdan iş! – dedi zaharxandalik qilib xon, – öluvdan ham qaytmaysen!

– Men sizdan marhamat sörab kelgan emasmen, –dedi iljayib Anvar. –Özimni ölimga berib, bir gunohsizni qutqaziş uçun kelganman.

Hamnişinlar lablarini tişlaşdilar. Xudoyorxon istehzolik kuldi:

– Pusulmonçilik qigansan-da?

– Albatta, — dedi Anvar, – boşqalar kişi gunohi uçun gunohsizni tutib pusulmonçilikdan çiqqaç, men pusulmonlik bilan ölişni öbdan bildim”.

Göyo xon musulmonçilik (mehri daryolik) ustidan kulib, uni mazaxlayotganday edi. Ezgulik yöli razillikni tuğdiradi degan xulosa ham öyingizda çarx uradi.

Xonga yuzlanib ölimni maqbul top­gan Anvardagi jasoratni körganda ajdodlarimiz butunlay ğaflat çohida qolmaganligini ang­laymiz va qalbimizda ğurur hissi çeçak oçadi.

Uluğ adib asari xalqimizning maʼnaviy mulkiga aylangan. Haqiqiy kitob­lar   yondiriladi, kuydiriladi, ammo millat xotirasidan öçmaydi. Öz davrida kutubxonalardan uloqtirilgan bu asar ham kitob javonlarimizga qaytarilganiga yarim asrdan oşdi. Yertölalardagi sandiqlarda asralgani ham çin. Baribir, xalq özining uluğ ijodkorini yakkalab qöymaydi, qatliomdayam yuragiga yaşiradi. “Mehrobdan çayon” ham şunday asar. Millat yuragiga aylangan asarlardan biridir.

Otabek va Anvarda adib feʼl-atvori va qiyofasini anglaganday bölaman. Garçi Antonio Porke “Tubanlik abadiy, qolgan barçasi ötkinçi”deb aytsa-da inson kuraşlarda maʼnaviy ğolib bölişini, şu ğoliblikda hayot zavqini surişini uluğ adibimiz Abdulla Qodiriy asarlaridan topamiz va köngilga taskin beramiz.

Öroz HAYDAR,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan