Endi xato qilib bölmaydi
Professor Ahmad Şimşirgilning “Amir Temur” asarining kitob holida naşr etilişi yurtimiz madaniy hayotida quvonçli voqea sifatida qabul qilindi. Naşrning taqdimoti ötkazildi, munosib sovğa sifatida mehmonlarga hadya etildi. Bevosita qiziqişim tufayli kitob bilan tezda tanişib çiqdim va bunday eʼtiroflar örinli bölganini angladim. Haqiqatan, tariximiz yuzasidan yozilgan katta–kiçik asar, agar u haqiqatni ifodalaşga xizmat qilsa, har qanday eʼzozga loyiq. Bu safargi eʼtirofning yana bir boisi esa kitobning muallifi qardoş va qondoş turk xalqining vakili, yaqinlargaça bu mavzuga bir yoqlama yondaşib kelgan ilmiy jamoatçilikka mansub tadqiqotçi edi. Demak, tarix haqiqati asta-sekin bölsa ham tantana qilayapti.
Yana bu kitobga oşiğiç qiziqişimning ikkinçi sababi – mazkur mavzu ham sevimli maşğulotlarimdan bölib, şu yönalişda “Hazrat Sohibqiron” va “Sohibqiron abadiyati” kitoblarim qayta-qayta naşr etilgan, ularning “taqdiri” yuzasidan ham gumonim bor edi. Ahmad Şimşirli kitobini öqib çiqqaç esa bu mavzuda hali köp tadqiqotlar olib borilişi, yangi-yangi kitoblar yozilişi joiz ekaniga, bizning saʼy-harakatlarimiz bu yöldagi ilk qadamlar bölayotganiga yana bir bor işondim. “Önta bölsa, örni boşqa” deganlaridek, u tarixning şavkati şunçalik uluğvorki, qança köp munosabat bildirilsa, haqiqatga şunçalik yaqinlaşilaveriladi, uzoqdagi ulkan toğning sinoatlari şunçalik oydinlaşaveradi. Ajablanarlisi, bu jarayon tufayli qiziqiş aslo susaymaydi, balki ortib boraveradi. Çunki bu yölga tuşgan odam butun insoniyatga mansub tilsimga duç kelgan böladi. Ha, Sohibqiron bobomizning qaddi-basti şunçalik purviqor ekan!
Marmara universitetining professori, tarix fanlari doktori Ahmad Şimşirgil Usmoniylar davriga doir salmoqli tadqiqotlari bilan maşhur. Bevosita turkiy olamning buyuk fotihi Sohibqiron Amir Temur faoliyatiga qiziqişini esa ana şu yönalişdagi tadqiqotlari taqozo qilgan bölsa, ajab emas. Asar ruhi tasdiqlaydiki Ahmad oğa keng miqyoslarda fikrlaydigan, tarixiy jarayonlarni tor mahalliy yoki milliy biqiqlikda emas, balki umuminsoniy, umumjahoniy ufqlarda köra oladigan hur fikrli yangi avlod olimlari silsilasiga mansub ekan. “Amir Temur” kitobida olim aniq dalillarga tayanib, ularning şarhida halol, rostgöy pozitsiyada bölişga intiladi va şu tufayli uning bitiklarida tarix haqiqati hayot haqiqati bilan uyğunlaşib ketgan. Töğri, asarning “Sohibqiron Amir Temur”, “Turkistonning birlaşişi” deb nomlangan dastlabki boblarida keltirilgan tafsilotlar bugungi maʼlumotli öquvçi uçun yangilik bermasligi mumkin, ammo muallifning ravon uslubi, tarixiy dalillarni badiiy izohlar bilan yana ham yorqinlaştirişi, Nizomiddin Şomiy “Zafarnoma”si va boşqa manbalardan şarhlarni aynan keltirişi öquvçiga maroqli mutolaa tuhfa etadi. Bunda tarjimonlar Iqbol Usmon va Abdulla Muborakning vazifani muvaffaqiyatli uddalagani qöl keladi (masʼul muharrir tarix fanlari doktori, professor Azamat Ziyo). Umuman, kitobning jamoatçilikka yetkazilişi ijobiy hodisa sifatida baholanadi, negaki, garçi bu mavzuda xorijda köplab tadqiqotlar yaratilgan bölsa-da, ularning hammasidan jamoatçiligimiz xabardor bölavermaydi.
Albatta, bir asarning madaniy muomalaga kiritilişi qilingan işlarga közgu tutilgandek böladi, yutuqlar qatorida muammolar ham közga taşlanib qoladi. Maʼlumki, temurşunoslik sohasida yurtimizda ança işlar qilindi, köplab masalalarga oydinlik kiritildi. Biroq hali bajarilişi lozim bölgan yumuşlar ham yetarli. Bu holni turk qardoşimizning naşr etilgan kitobi mutolaasi davomida yana bir marta his etdik. Negaki, muhtaşam tarixda heç bir unsurni faromuş qiliş mumkin emas, çunki hamma nöqtalar joyida bölsa, asar mukammal böladi, bilʼaks, iştibohlar, munozaralar köpayaveradi. Bu hol esa tarixiy dalilni yaxlitligiça va butun böy-basti bilan tasavvur qilişda muhim omildir. Şundagina, butun insoniyat tarixi hayot haqiqatiga xizmat qiladi. Ayni maʼnoda tadqiqot va asarlardagi baʼzi hollarni haq yölidagi urinişlar tarzida qabul qilsa böladi.
Şubhasiz, Toşkentda naşrga tayyorlangan va Turkiyada çop etilgan “Amir Temur” kitobi çinakam eʼtirofga arziydi, asar yangiça noşirlik mahsuloti sifatida ham qadrli. Bu örinda hozirgi yutuqlardan kelib çiqib, mavjud axborotlarga murojaat etiş maʼnosida baʼzi masalalarga eʼtibor berilganda, yana ham yaxşi bölişini taʼkidlaş örinli. Töğri, naşrda jiddiy mantiqiy xatolar yoki tarixiy tahlilni ataylab buzib talqin qiliş singari nomaqbul örinlar uçramaydi, nazarga ilingan xatolarni esa bir harf yoki sözni almaştiriş bilan töğrilab qöyiş mumkin bölardi. Negaki, bugungi ilmiy salohiyat har sohada öta aniqlikni talab qilmoqda. Jumladan, kitobda nasl-nasab (geneologiya) borasida baʼzi çalkaşliklar röy bergan. Masalan: Sohibqiron va Turmiş oğo nikohidan “Umarşayx ismli öğlon dunyoga keldi”. “Şu yili yozda ikkinçi xotini Öljoy Turkon oğo ham öğil tuğib, unga Jahongir deb ism qöydilar ” (37-38 betlar) deb qayd qilingan. Bu dalillar 291-betda takrorlangan. Holbuki, Umarşayx mirzoning onasi Tölin oqa ekanligi, Turmiş oqaning farzandi Muhammad Jahongir atalgani, Öljoy Turkon esa Sultonbaxtbegimni dunyoga keltirgani Özbekistonda naşr etilgan kitoblarda qayta-qayta taʼkidlangan va bu dalillarga heç qanday eʼtiroz yöq.
Oçiği, naşrda turli darajadagi xatolar ötgan. Ularni şunçaki imloviy yoki tahririy çaşliklar desa ham böladi. Ularni töğrilaş katta maşaqqat tuğdirmaydi, niyat esa möʼtabar mavzudagi har bir bitikning nuqsonsiz bölişiga erişiş. Şu maʼnoda quyida keltirilayotgan mulohazalar heç kimni xafa qilmaydi, deb öylaymiz. Zero, “Ilm ahlining odobi halimlikdir”. (Hadisdan) Albatta, ular keyingi naşrlarda, albatta, bartaraf etilişi lozim bölgan kamçiliklardir.
Yozuvçining işi şunçalik nozikki, “bir nöqta birla “köz”ni “kör” qilurlar” deganlaridek, bir harf bilan kutilmagan maʼno çiqib qolişi mumkin. 98-betda “…ayoli Qutluğ Turkon oğo” deyilgan. Bu qöpol xato. Holbuki, 103-betda töğri nusxasi keltirilgan. Sohibqiron laqab emas, rutba, maqom (22-bet), buni izohlasak, ança vaqt ketadi, lekin köpçilik buni tuşunadi. “Mahmudiy çuquri” (52-bet) – quduği, bu köplab manbalarda qayd etilgan. “Marv örnida bölgan Maxan” (şu betda), aslida Marv viloyatidagi Moxon qişloği! Şer Bahodirmi, Şer Bahrom (60-bet)? “Tarmaşirin” ( 44-bet), emas Tarmaşir (“Tört ulus tarixi”da şunday yozilgan). Balki “Tarma şer”dir (“olma şirin” emas?!). Bayonquli – Boyonquli (46-bet)– qay biri töğri? “Zanjir saroy” (45-bet) – qöşib yoziladimi, ajratib? “Şoh Valiy, ilxoniylar, Begijekbek-Bekkiçik (50-51-bet)” qanday yozilgani töğri?
Albatta, bu nuqsonlar faqat uşbu kitobga xos emas, joy va kişi nomlarini birxillaştiriş borasida töxtamga kelingani yöq. Ammo mana bu kamçiliklarni mazkur asar naşri jarayonida töğrilasa, bölardi. Masalan, Temurbekning oilada törtinçi öğil ekanligi taʼkidlangan (20-bet), boşqa joyda ukasi deb Iduku Barlos (89-bet) qayd qilinayapti. Holbuki, Sohibqiron “Temur tuzuklari”da avvalgi safdoşlaridan biri sifatida Iygu Temurni tilga oladi. Bular bir kişimi yoki… Malika Xonzoda Saroymulkxonim, Tökalxonim singari Xonzodaxonim tarzida yuritiladi, çunki ularning nasl-nasabi bir (“Xonzodabegim” 82-bet). Şujoning qizi emas, nabirasi kelinlikka söraladi (111- bet). “Bağdodni Sulton Ahmadning Faraj degan qömondoni himoya qilayotgan edi” (212-bet), holbuki, Sulton Ahmad jaloyiriylar yetakçisi, Faraj esa Misr sultoni Barquqning öğli. “ …Jeneva bilan diplomatik aloqalar örnatdi”(192-bet) — agar bu rost bölsa, alohida izoh beriş lozim edi. Umarşayxga emas, Umar mirzoga maktub yuboriladi ( 286-bet). Öşa paytda ikki daryo oraliği Örta Osiyo deb atalganmi? (122-bet). “Çenkşining zamonida (1336-38 yillar) diyorlarga nasroniylar kelib, missionerlik qilgani va hatto çerkovlar qurgani haqida bitiklar saqlanib qolgan” degan dalil jiddiy izohni talab qilar ekan. “Şarqning maşhur sulolalari” kitobida (Ş. Vohidov, A. Qodirov. Toşkent. “Akademnaşr”) keltirilişiça, Çangşi Ebuğon öğlon öğli 1334 yil qisqa davr hukmronlik qilgan. Körsatilgan vaqtda esa Buzan Tore Temur öğlon öğli (1334-38 yillar) taxtda ötirgan (197-bet). Körinib qoladiki, kiçkina dalilni istifoda etiş uçun ham bir neça manbalarga murojaat etişga töğri keladi.
Taʼbir joiz bölsa, qayd etib ötilgan xatolarni tahrirtalab yoki imloviy anglaşilmovçiliklar deb qabul qilsa ham böladi. Şuningdek, asarda keltirilgan baʼzi örinlar jiddiy izohlarni talab qiladi. Jumladan, Amir Temurning hukmdor sifatida tan olinişi marosimida “…oq kigiz gilamning ustiga ötqazişdi. Söngra gilamning tört tomonidan uşlab, uç marta boşlari qadar kötarib tuşirişdi” (74-bet) deyiladi. Köpgina mutaxassislar esa bu marosim köçmançilarga xos bölib, Sohibqiron uni qöllamagan, deyişadi. “Zafarnoma”larda ham bu haqda maʼlumot yöq. “Çiğatoy xoni Tuğluq Temur katta qöşin bilan Turkistonga kelgan paytda uni Amir Temur kutib oldi (49-bet) deyilgan maʼlumot esa jiddiy eʼtirozga sabab bölişi mumkin. Hatto “yurtidan ketmay, Tuğluq Temurga sodiq qolişga qaror qildi (şu joyda) deya taʼkidlanadi. Bu voqea 1360 yilda, möğul hukmdor közi qonga tölib, yurtni bosiş uçun kelayotgan paytda röy berayapti. Könglida qasos öti alangalangan Temurbekning tutgan yöli (agar muallifga işonadigan bölsak) tarixiy vaziyatga va öşa davrdagi ahvolga qançalik mutanosib? Holbuki, ota vafotidan iztirobga tuşgan, amakisi Hoji Barlosni Amudaryodan nari tomonga kuzatib qaytgan Temurbek vaziyatdan kelib çiqib, möğullar bilan murosa qilmasa bölmasligini, ularga qarşi turadigan kuç uning ixtiyorida mavjud emasligini tuşunib, murosa yöliga ötadi. Ularning boylikka öçligidan foydalanib, qimmatbaho sovğalar bilan (uning ota bisotida bor edi) boçqinçilarning qabuliga muyassar böladi va ajdodlari udumiga köra sipohsolor etib tayinlanadi. Bu öta nozik diplomatiya, uzoqni közlab qilingan taktika edi. Ahvolni şunday izohlaş batafsilroq va töğriroq böladi.
Sohibqironning maşhur şoir Hofiz Şeroziyga munosabati jahon tarixida şunday darajadagi ikki buyuk zotning takrorlanmas muloqoti sifatida köp eʼtirof etilgan, turli rakurslardan talqin qilingan. Har qanday şaroitda ham Amir Temur sözni juda qadrlaydigan, tuşunadigan nozik taʼb inson sifatida namoyon bölavergan. Ahmad Şimşirgilning yondaşuvi esa özgaçaroq: aholiga oğir soliq solinadi va şoir hukmdorga noçorligidan, yaʼni bunça katta soliqni tölay olmasligidan şikoyat qilişga majbur böladi. Mayli, şunday bölsin ham, ammo talqinda baribir Sohibqironning yorqin şaxsiyati butun böy-basti bilan namoyon böladi. Ammo öqigaç, savollar yuzaga çiqadi, qayerdadir mantiq buzilgandek tuyuladi. Töğri, muallifning ijod erkinligi daxlsiz, qalam uning qölida. Axir “ilm-fan, madaniyat homiysi” deya taʼriflangan qudratli zot beçora şoirning mablağiga (yaʼni soliq tölaşiga) köz tikmagandir.
Şu maʼnoda juda köp talqin va taʼrif qilingan Sulton Boyazid bilan munosabatlarda ham adib öz yurtining farzandi sifatida namoyon bölişga haqli. Şunday ham bölgan. Ikki hukmdorning yozişmalarida böysunmas içki mayllarning yuzaga çiqqani, hali biron marta mağlubiyatga uçramagan Boyazidning öz yurtida töla huquq bilan söz ayta olişi mumkinligi botindan taʼkidlanadi, göyo har qança niyati xolis bölmasin, çetdan kelgan kuç mamnuniyat bilan qabul qilinmaydi. Bu örinda masalaning mohiyati ham keyingi öringa ötadi, holbuki, maʼlum hudud emas, butun saltanatlarning manfaati örtaga tuşayotgan edi. Boyazid yöltösar va bosqinçi Qora Yusuf va şakkok Sulton Ahmadni panohiga olib, ularni jazodan saqlab qolayotgan, şu qiliği bilan öz niyatini oşkor etayotgan edi. U murosa yölini inkor etib, köproq maydonda savaşişni xohlayotgandi, bilʼaks, Amir Temur ham hali biron marta yengilmagan sarkarda edi. Nihoyat, Turon qöşinining jangga çorlagan maktubni Ahmad Şimşirgil şunday izohlaydi: “Boyazid bu maktubga muʼtadil kayfiyatda javob yozib, sulhga rozi bölgandek taassurot qoldirgan…” (220-bet).
Eʼtiborli tarixiy manba sifatida eʼtirof etilgan Ibn Arabşohning asarida esa bu vaziyat “Temur maktubidan voqif bölib, uning xitobi mazmunini faxmlagaç, Boyazid örnidan turib ketdi, uning ğazabi qaynab-yondi” (“Amir Temur tarixi”, 256-bet) tarzida qayd qilinadi va özining har qanday muhorabaga tayyorligini taʼkidlab, xotinlarni örtaga qöygan maktubini yozadi (Ibn Arabşoh bu holning maʼnaviy tomonlarini batafsil izohlaydi). Albatta, Boyazidni junbuşga keltirgan omillar haqida kitobda gap ketmaydi, bu maqsad ham bölmagandir. Bugungi tadqiqotlar körsatayaptiki, Rim papasi boşida turgan tarğibot maşinasining maqsadi “Yevropani zir titratgan Yildirimni boşqa bir turkiy fotih qöli bilan töxtatiş” mumkin bölgan va butun saʼy-harakat şunga qaratilgan, bu tarğibot öz işini qilgan…
Muallif Ahmad Şimşirgil nima bölganda ham Sohbqiron şaxsiga çuqur hurmat bilan qaraydi. Kitobining Sohibqironning şaxsiyatini taʼriflaşga bağişlangan bobda xolis fikrlarni bayon etadi. Xususan, oldingi bölimlarning birida yirik olim, bugungi kunda sotsiologiya fanining asosçisi deb tan olingan Örta asr tamaddunining taniqli vakili Ibn Xaldun bilan muloqotlarini samimiy tasvirlab, Amir Temurning yuksak salohiyatini aniq gavdalantiradi.
“Sevgi jafosiz, kitob xatosiz bölmaydi” deganlaridek, muharrir va noşirlar keyingi çop etişlarda, şuningdek, “Sayyidim, yengilayapmiz!” degan sarlavha (134-bet) matnga qançalik mosligi (holbuki, bunday xitob bölmagan), ariqqa “otasining qadrdon dösti Barlosning nomini berib, uning xotirasini abadiylaştirişni niyat qildi” (213-bet) degan gap – aksariyat barlos uruğ nomi yoki yetakçi jangçi maʼnosini anglatadi, deb biladi, “Qora Yusuf”mi (289-bet), Xoja Yusuf (biri – azaliy duşman, ikkinçisi işonçli bek) ekanligiga izoh beriş lozim böladi. Negaki, allaqaçon kitobxonlar aniq dalil sifatida qabul qilgan maʼlumotlar yangi maʼnosida qöllanilsa yoki foydalanilsa, ularga tuşuntiriş beriş joiz. Xuddi şunday jiddiy izohtalab dalil: “Uluğbek Samarqandda voliy edi. Şohrux mirzoning vafotidan keyin taxtga ötirgan Uluğbek poytaxtni yana Samarqandga köçirib, u yerda gözal asarlar qoldiradi” (295-bet) degan gap maktab öquvçisini ham çalğitadiki, bu örinda ortiqça tafsilot örinsiz bölsa kerak. “Rum diyorlariga borişga jurʼat qilmadi”(253-bet)degan gap ham bahsli. “Ojizlik aqlni yöqotadi, nafsni öldiradi” ( 285-bet) – mantiq nimada? …
Nima bölganda ham “Amir Temur” (“Nasim-Kutub”, 2023) kitobining fazilatlari köp. Unga ilova qilingan yuzga yaqin (!) foydalanilgan adabiyotlar röyxati muallif mavzuni yoritişga qançalik jiddiy qaraganini körsatib turibdi.
Hakim SATTORIY
