Bir balosi bölmasa…

Davriy naşrlar rivojiga tösiq bölayotgan ayrim muammolar haqida

 

Köpçilikning dilidagi,   tilidagi gapni aytsangiz, eşitganning,   öqiganning   quloğiga qörğoşinday   quyuladi. “Hurriyat”ning şu yil 4-sonida 80 yoşdan oşgan ziyoli   otaxonning “Matbuotga qaytmasak bölmaydi” sarlavhali maqolasini   öqigan har bir haqiqiy   ziyoli gazetxonning “yarasi yangilandi” desak, mubolağa bölmas.

 

Kasb taqozosi va xizmat   yuzasidan har oyda uç-tört   tumanda bölaman, turli toifadagi odamlar bilan suhbatlaşişga töğri keladi.

…Taşkilot rahbari qandaydir yiğilişga ketgan ekan.   Xodimlardan biri ötirib turing, yarim   soatdan söng boşliq   keladi, deb joy   körsatdi. Vaqt ötkaziş   uçun   örindiqqa joylaşib,   sumkamdagi gazeta- jurnallarni olib   varaqlay boş­ladim. “Hali   şu naşrlar çiqayaptimi?!   “Özbekiston adabiyoti va   sanʼati”, “Şarq yulduzi”ni körmaganimga, öqimaganimga çorak asr   böldi-yov”, — dedi özini   bölim boşliğiman, deb   taniştirgan taşkilot xodimi. Uning   bu gapi yuragimga piçoq sançgandek böldi… Mana,   bir “ziyo­li”ning ahvoli!

Kuyunçak otaxon aytganlaridek, bir tomondan   matbuot naşrlarini joylarga yetkazib beruvçi, obuna bilan şuğullanuvçi mutasaddi taşkilotlarda köpgina   ştatlar qisqarib ketganligi va   davr çiğiriğidan ötgan   iş tizimidan voz keçilganligi sohani inqiroz yoqasiga   olib keldi. Xususan, Surxon   vohasining viloyat markazidan 200-250 çaqirim uzoqlikda joylaşgan çekka   qiş­loqlariga borganimizda   vaqtli naşrlarning oyning boşida   çiqqan sonlari oyning   oxirida zörğa yetib borayotganligiga bir neça marta   guvoh bölganman.

Xöş, oylab gazeta- jurnal ololmagan odam obuna bölişdan nega bezmasin! Hatto tuman   markazlariga matbuot naşrlari bir hafta keçikib boradi. Bunga şaxsan özim guvoh.

Öquvçilik   davrimni yaxşi eslayman, qiş­loğimizda mulla Boyqobil   degan qariya poçtaçi   bölardi. Şanba, yakşanbaga qaramasdan   uyma-uy gazeta-jurnal, xatlarni   tarqatib yurardi. Rahmatlikning doimo taroqi xurjun ortilgan eşak minib         qişloğimizga kelişi biz bolalar   uçun haqiqiy bayram bölardi. Çunki öşa   taroqi xurjundan çiqarib bizga ham gazeta-jurnallardan   berardi. Bugungi rivojlangan   davr­­da esa qiş­loq ahli, ayniqsa, yoşlar poçtaçi degan terminni bilişmaydi va unday vazifani bajaradigan   odamni tanimaydi ham. Özim yaşayotgan “Darband” mahallasida 4 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.   Lekin suriştirib gazeta-jurnal oladigan biror xonadonni topolmaganim juda-juda alam   qildi.

Bir paytlar televizorda, radioda ertalab markaziy matbuot   naşrlarining qisqaça şarhi   berilardi. Nega endi mamlakatimizdagi önlab tele va radio kanallari   keça-kunduzi kurakka turmaydigan millatimizga, maʼnaviyatimizga yot, bemaʼni şoularni, reklamalarni namoyiş   etib, tinglovçi va   tomoşabinlarning yuragini bezillatgunça, har kuni markaziy naşrlarning   şarhini berib borsa, asakasi ketarmidi?! Axir gazeta-jurnallar şarhi ham “issiqqina” yangilik, ham ogohlik, ham   maʼnaviyat, ham maʼrifat, ham   madaniyat emasmi? Buni hamma jon   quloği bilan tinglaydi va köradi. Nahotki, bir-ikki daqiqalik   matbuot şarhini   Özbekistonday boy mamlakatda bepul   efirga beriş imkoni bölmasa-ya!

Oçiği, azbaroyi jonim   açiganidan bu gaplarni aytayapman. Baʼzi bir markaziy   naşrlarni qölga olsangiz,   öqiydigan   narsaning özi   yöq, saviyasi, öquvçiga das­turxon qilib qöygan mavzu   va muammosi hatto tuman   gazetasidan pastroq. Şunday ekan,   kimdan öpkalaysiz?! “Bizniki   ijtimoiy-siyosiy naşr”, degan bahonangiz, ortiqça. Buning ustiga-ustak, yillik obunangiz bir   million sömdan ortiq. Öquvçi degani — oddiy xalq. Öquvçiga esa öqişli, sifatli va arzon naşr kerak!

Matbuot — oyna! Oynada hamma narsa boriday aks etadi. “Başarang   qiyşiq bölsa, oynadan öpkalama”, degan   maqol bejiz aytilmagan. Oyna   heç narsani yaşirmasligi   kerak! Buni — şaffoflik ham deyişadi.   Şu maʼnoda muharrirda, jurnalistda jasorat va xolislik boş mezon. Biz — milliy matbuot   vakillari ana şu oynaning xira   bölişiga, ğubor bosişiga, çang qoplaşiga yöl   qöymasligimiz lozim. Çunki oyna xira bölsa, hamma   narsani xira körsatadi. Qani tahririyatning,   jurnalistning öşa majlis, anjuman, voqea va hodisotga munosabati, tahlili, taklifi! Şunday qilinganda gazetxon, gap bu yerda ekan-da, degan xulosaga keladi va jon-jon, deb öqiydi!

— Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasiga rahmat, meni obuna qilişgan ekan. Öşa maqolani   men ham öqidim. Heçdan köra,   keç bölsa ham milliy   matbuotimiz rivojidagi eng oğriqli va dolzarb muammoni qalamga olibdi, — dey­di Qumqörğon tumanidagi Xöjaqişloqda yaşovçi Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, matbuot faxriysi   Olimjon Usanov. — Agar öçirib   taşlaşmasa, bu borada bir-ikkita   fikrlarim bor.

Birinçidan, gazetalarning   adadi açinarli holga kelişida jurnalistlar ham aybdor. Çunki keyingi yigirma- yigirma beş yil içida sohaga mutaxassis bölmagan “ijodkorlar”, öz manfaatini hamma narsadan ustun   qöyadigan “jurnalistlar” köpaydi. Oddiy   xalq bloger bilan jurnalistni ajrata olmay qoldi   va matbuotdan köngli ança sovidi.

Ikkinçidan, u poçta bölsin, u “Matbuot tarqatuvçi” bölsin, matbuot naşrlarini öz vaqtida yetkazib beriş tizimi   mutlaqo yaroqsiz bölib qoldi. Duşanba kuni   çop etilgan gazetani beş-ön kundan keyin qölga olişga hojat ham   qolmaydi.

Uçinçidan, milliy   matbuotimizning bunday noçor   holga kelişida muassis   va muharrirlar ham aybdor. Baʼzi   narsalarni körib hayron qolaman, jismoniy tarbiya   öqituvçisi, hisobçi, yöl qurilişi   muhandisi, olibsotar savdogarlarni boş muharrir etib tayinlaşgan. Ularni bu   lavozimga men qöymaganman, muassis qöygan! Kasalni yaşirsang, isitmasi oşkor qiladi. Bunday muharrirlar yoniga   öziga öxşaş “ijodkorlar”ni töplaşadi. Ulardan   nima kutiş mumkin?! Nahot buni tuman, viloyat hokimlari yoki boşqa muassislar bilişmaydi,   anglaşmaydi…

Beixtiyor bir eski maqol esga tuşadi: “Bir balosi bölmasa, şudgorda quyruq na qilur?!”

Ustoz jurnalistning kuyunib aytgan gap­larida katta dard   bor. Jadid bobolarimiz bundan bir asr oldin bejiz millatni ogohlantirib   qöymagandi. Mafkuraga, maʼrifatga, tarbiyaga va maʼnaviyatga nopisandlik alal oqibat fojia   va tanaz­zulga olib   keladi. Örni kelganda yana bir   gapni aytmasak bölmas. Bu muallifning   huquqi va uslubi.   Ilgari   zehni ötkir   öquvçilar özlari uzoq yillar   öqib kelgan naşrlarda maqola yoki   ijodiy namunalarga imzo   qöymasada, uslubidan kimniki ekanligini bilib olardi. Demoqçimizki, bugun köpgina tuman, viloyat, respublika naşrlarini varaqlasangiz, imzolar har xil   qöyilganu, lekin boşdan oxirigaça bir kişi yozgandek, zerikarli, iligi yöq, qöpol qilib aytganda, “ölik” gaplar. Töğri, köpçilik   ikki tomçi suvdek bir xil yozişga, bir xil fikrlaşga, yaʼni yakranglikka   örganib qolgan. Ammo   bunçalar ham emas-da! Bu   öşa dargohda işlayotgan masʼul xodimlar, yoki muharrirlar hammaning   yozganini özining “temir   qolipi”ga solganligini körsatadi. Butun boşli gazeta bir qolipda yozilgandan söng uni   öqigiligi qoladimi? Albatta, tahrir qiliş kerak,   lekin tahrir katta masʼuliyat,   bilim, yuksak saviya talab   qiladigan   ijod   sanʼatining bir turi ekanligini ham unutmaslik lozim.

— Biz nahotki şu   darajaga yetib   keldik, — dey­di   Muzrabot tumanidagi 48-sonli maktabning tarix öqituvçisi   Vazira Jörayeva. — öşa   maqolani men ham   öqidim. Eng nufuzli   gazeta “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”ning 1000 nusxada çiqişi   açinarli hol. Oddiy dehqon, çorvadorni   qö­ying!   Agar Özbekis­tondagi şoirlar, yozuvçilar, dramaturglar, adabiyotşunos olimlar, kitob çiqargan ijodkorlarning uçdan biri öqiganda ham adadi ön mingdan oşardi. Mamlakatimizda 10 mingdan   ortiq maktab, ming-ming­lab adabiyot öqituvçilari, yuzlab kutubxonalar, adabiyot va madaniyat koşonalarida xizmat qilayotgan ziyolilarimiz bor-ku?! Bu eng   katta fojia! Buni heç   qanday bahona bilan oqlab bölmaydi.

Bugungi muharrir ham ijodkor, ham tadbirkor, ham   işbilarmon bölişi kerak. Men ijodkorman, bersang yeyman,   ursang ölaman, qabilida   iş köriş zamonlari allaqaçonlar ötib ketgan.   Joyi   kelganda muharrirlar jamoasi   bilan eng çekka qişloqlarga, tumanlarga, viloyatlarga   çiqib, ijodiy-amaliy uçraşuvlar   qilişsa, xalqning fik­rini, istak-takliflarini örganişsa, öquvçi ham, obunaçi ham köpayadi. Bu amalda isbotini topgan   usul. Muharrir haşamatli xonada mansab kursisida ğoz kerilib   ötiriş bilan gazetaning mazmuni, mavzusi yaxşilanmaydi, adadi   köpaymaydi. Muharrirning kunda   işxonaga kelib ketişi, faqatgina rasmiy majlislarga qatnaşişi matbuot, gazeta uçun jon   kuydirişini bildirmaydi.

Bizningça, eng   muhimi, tahririyat va   gazeta taqdirini hal qiladigan narsa qu­yida. Buni qirq yillik gazetaçilik faoliyatimdan kelib çiqib   aytayapman. Kimnidir yomonlamoqçi   emasman, vohadagi tumanlardan birida bölganimda taşkilot   rahbari jiğibiyroni çiqib   hasratini tökdi: “Mantiqni   qarang, jamoamizda 80 kişi   işlaydi. Hokimiyat viloyat gazetasiga   160 ta, tuman gazetasiga 120 taga obuna   bölasan, deb köz oçirgani   qöymaydi. Hali öz sohamizga   tegişli qança gazeta – jurnallar bor. Falon gazetani öqiysan,   deb xodimlarimni majbur   qilolmayman-ku?!” Beçora taşkilot   boş­liği   katta rahbarga   qarşi çiqolmaydi, ertasini   öylaydi.

Töğrisi, har   yili şu maşmaşa, şu   sahna takrorlanadi. Barça davriy   naşrlarning taqdiri quyida — hokimlar, boş­qarma boşliqlari   istagi va topşiriği   bilan hal böladi. Tanlaş, erkin   obuna degan narsalar allaqaçonlardir luğatdan, taomildan çiqib   ketgan. Hamma joyda xöroz   bir xil qiçqiradi. Buni “majburiy-ixtiyo­riy” deysizmi, “ixtiyoriy-majburiy” obuna   deysizmi, özingizga havola! Xullas, zamona zörniki,   tomoşa körniki, deb   şuni aytadilar-da! Bu muammolarni, maş-maşalarni hal qiliş muharrirlarning, jurnalistlarning qölidan   kelişiga közim yetmaydi. Bu   muammo va maş-maşalarni qonun doirasida hukumat miqyosida hal etişdan boşqa   çora yöq, deb   öylaman.

Safar OMON,

Özbekiston Jurnalistlari

ijodiy uyuşmasi aʼzosi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan