Özga tilni tanlaymizmi?
“Hurriyat“ gazetasida özbek tili qadr-qimmati, ona tilimizga oid dolzarb muammolar böyiça köplab maqolalarni öqib mamnun bölaman. Xususan, yaqinda aniqroği gazetaning şu yil 10 avgust sonida eʼlon qilingan “Özga tilni örganişning şarti bor” sarlavhali maqola ham meni yana çuqur mulohazaga çorladi…
Eʼtibor bersak, köpçiligimiz öz fikr-mulohazamizni tuşuntirişda, ayniqsa, özaro suhbatlarda rusça sözlardan foydalanamiz. Balki, rusça sözlardan foydalaniş kim uçundir bilimdonlik, boşqa tilni özlaştirganlik qobiliyatining belgisi sifatida namoyon bölar, ammo bu odat bizning rus tiliga bölgan eʼtiborsizligimizning ham namunasidir. Çunki sizu-biz qöllaydigan rusça sözlarning ona tilimizda kamida uç-törtta sinonimi mavjud. Şunday ekan, mard bölsangiz ona tilimizni hurmat qiling, uni kaşaga aylantirmang. Sof özbekça gapiring. Bu suhbatdoşingizga yoqmasa, yo u sizni tuşunmasa, unda marhamat qilib sof rus yo boşqa ajnabiy zabonda sözlaşavering. Bizda-çi? Unisiyam yöq, bunisiyam gör emas. Bari çala, bari aralaş-quralaş. Şu bois ayrim rusça sözlar kundalik sözlaşuv isteʼmolidan judayam sustkaşlik bilan çiqib ketayotir. Bu borada tilşunoslarimizning amalga oşirişlari zarur bölgan vazifalari talaygina.
Yaqinda şunday bir suhbatning guvohi böldim. “Tak çto, endi qiladigan işlarimizni töğri rasçyot qilişimiz kerak!”, deydi kattagina idorada masʼul vazifada işlaydigan bir inson. Köryapsizmi, göyo şu bir neçta rusça söz bilan fikrini aniq ifoda etmoqçi bölyapti. “Tak çto”, “rasçyot” singari sözlarni ona zabonimizga qöşib-çatib işlatmasa, uni birov tuşunmaydimi? Ona tilimizga bepisandlik bilan munosabatda böliş degani şu-da.
Töğri, til muammosi har bir xalqda mavjud. Dunyodagi beş mingdan ortiq tilning yarmidan köpi yöqolib borayotgani ham bor gap. Nazarimda buning ikkita sababi mavjud: birinçisi — tanazzulga yuz tutayotgan tilni ona tili, deb qabul qilgan xalqlarda öz tiliga eʼtiborsizlik; ikkinçisi — tanazzulga yuz tutgan tillarga özga tillarning taʼsiri — aralaşuvi. Bizning ona tilimizga bugungi kunda ana şunday taʼsirlar yöq-ku! Demak, ayb — özimizda.
Albatta, til taraqqiyotida özga tillardan kirib kelgan va endilikda amaliyotga joriy etilayotgan özlaşgan sözlarning ham ijobiy taʼsiri böladi. Biroq ona tilimizda sözlar ekanmiz, boşqa tildagi har qanday sözdan foydalanmasligimiz zarur. Bunga ayrimlar eʼtiroz bildirişi ham mumkin. Ammo ölda-jölda, almoyi-jalmoyi sözlarni oğzaki nutqda qöllaş bilan heç kim ona tilimizga “yangilik” kirita olmaydi! Yoşlarimizning muomala, munosabatda çet sözlardan pala-partiş foydalanişi esa ensangni qotiradi.
Maqola muallifi jurnalist M. Hamidova töğri taʼkidlaganidek, heç kim heç kimning xorijiy tillarni örganişiga qarşi emas, faqat oldin öz tilimizni puxta bilişimiz, adabiy til talab va qoidalariga amal qilgan holda sözlaşişni, yozişni qoyillatib qöysak, bas!
Dunyoga esa nafaqat rusça, balki ingliz, fransuz, nemis, ispan, hind, yapon singari tillarni ham puxta örganib çinakam özbek kim ekanligini namoyon etaveraylik! Ammo lekin, biroq… Eng avvalo, ona tilimiz hurmatini joyiga qöya bilaylik-da! Nima dedingiz?
Quvondiq XALILOV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi,
“Samarqand” gazetasi muxbiri
