“Ruxsat bölsagina obuna bölamiz”
Men “Markaziy Farğona” gazetasining muxbiriman. “Hurriyat”ning har sonini intiqlik bilan kutaman. Unda yoritilayotgan ongu şuuringizga taʼsir etadigan turli mavzudagi maqolalar, badiiy asarlarni öqib zavqlanaman. Ayniqsa, gazetaning ötgan sonlarida matbuotimiz taqdiriga oid kuyunçaklik bilan yozilgan Xurşid Döstmuhammad, Olimjon Ösarov, Sobir Xatamovlarning maqolalarini öqib, ularning ötkir, tiyran mulohazalaridan tölqinlanib ketdim.
Töğrisi, hali ham rahbarlarimiz orasida gazeta funksiyasi nimadan iboratligini tuşunmaydigan, tuşunişni xohlamaydiganlar köp. Ular özlaridan kelib çiqib, keng gazetxonalar ommasi u yoqda tursin, qöl ostida işlaydiganlarni ham matbuot vositalari bilan tanişib borişdan mahrum qilmoqdalar. Nahotki bunday rahbarlar Prezidentimiz Ş. Mirziyoyevning “Zamon bilan hamnafas yuraman, degan rahbar, albatta, kitob, matbuot bilan oşno böladi. Bunday rahbar orqasidan odamlarni ergaştira oladi” degan daʼvatlaridan xabarsiz bölişsa?
Xabarsiz deb bölmaydi, albatta. Ammo ularga “imennoy” topşiriq bölişini kutişadi, nazarimizda. Yöqsa, obunadan gap oçilsa, bas, bahonalari son mingta: “Pulimiz yöq”, “Obuna böliş majburiy emas”, “Buni bir öylab körişimiz kerak” va hokazo.
Bu ahvol nimaning oqibati? Nega rahbarlar matbuotdan, maʼnaviyatdan qoçadigan bölib qolişdi? Ehtimol, rostdan ham iqtisodiy ahvollari kötarmayaptimi?
Aslo! Masala boşqa yoqdaga öxşaydi. Çunki muammo sizu biz öylagançalik emas. Yöqsa, şu rahbarlar turli-tuman tadbirbozliklaru, har-xil bayram dasturxoni deb yuzta gazetaga obuna bölişga yetadigan sarmoyani bemalol sarf etişmoqdalar-ku! Yoxud qinğirliklar tufayli qança taşkilotlaru muassasalarda yirik-yirik mablağlar sovurilayotgani-çi, buyam yolğonmi?!
Yozyovon tuman hokimligining “Markaziy Farğona” gazetasiga obunani taşkillaştiriş jarayonida tuman telekommunikasiyalar boğlamasi, poçta bölimi va “Vodiy maxsus sanitar trans” MÇJ korxonasi rahbariyati turliça, ammo mohiyatan bir xil bahonalarni rökaç qilişdi.
“Biz yuqori taşkilotimiz ruxsat bersagina, tuman gazetasiga obuna bölamiz”, — deydi Yozyovon telekommunikatsiya boğlamasi rahbari Zuhraxon Qosimova. U şunday tuşunçada yurgani uçun ham haligaça şartnoma asosidagi 2021 yil uçun obuna pulini ötkazişni paysalga solyapti. “Xodimlarimizning maoşlari juda past, ularni zörğa işlatyapmiz, obuna bölişga imkon yöq”, — deydi poçta bölimi boşliği Mamasoli Toşaliyev. Uning gapiga ajablanasan.Poçta xodimlarining maoşi kamligiga kim aybdor? “Bizda gazetalarga ehtiyoj yöq, şu sababdan obuna bölolmaymiz”. Bu –“Vodiy maxsus sanitar trans” MÇJ Yozyovon filiali rahbari Abdunosir Eşmatovning bahonasi. Qiziq, qirq nafarga yaqin xodim işlaydigan jamoada nahotki bitta ham gazetxon topilmasa? Ular ijtimoiy-siyosiy özgarişlar jarayonini şu ahvolda kuzatib kelayotirlarmi?
Viloyat, tumanimizning poçta tarixida matbuotga xolis munosabatda bölgan rahbarlar köp bölgan: masalan, Nabijon Arabboyev, Sarvarjon Umarov viloyat poçtasi rahbari örinbosarlari, Nurmuhammad Turğunov singari hududiy boşqarma boşliği lavozimlarida işlaşgan. Ular birinçi navbatda özlari, söng jamoasini va boşqalarni ham matbuot naşrlariga obuna bölişga çorlaşar edi. Gazeta-jurnallarda çiqqan maqolalarni muntazam öqib borişardi, munosabat bildirişar edi. Nega bugungi rahbarlar ular kabi matbuot bilan oşno emas?
Prezidentimiz esa kuyunçaklik bilan bot-bot şunday demoqdalar: “Har bir davlat organi (rahbari) kundalik faoliyatida ommaviy axborot vositalari bilan yaqin muloqot va hamkorlikni yölga qöyişi şart va zarur”.
Yana nima deyişga ham hayronsan…
Isoqjon KARIMOV,
Yozyovon tumanining “Markaziy Farğona”
gazetasi muxbiri
