“Öz-özimizga gapirayotganga öxşaymiz”
(“Matbuotga qaytmasak bölmaydi”. “Hurriyat”, 2022-yil, 2-fevral, №4-son).
Qadrli “Hurriyat” ijodkorlari! Matbuotga eʼtibor beriş kerakligi haqida aççiq, ammo öta muhim mulohazalar ifodalangan maqolalar kitobxonlikka daʼvat boşlangandan buyon gazetangiz sahifalarida muntazam yoritiladi. Kuni-keça, aniqroği, şu yilning 4 fevral kuni eʼlon qilingan Sobir Xatamovning “Matbuotga qaytişimiz kerak” nomli maqolasini ularning mantiqiy davomi deb hisoblayman.
Qoraqalpoğistonda ham matbuotga munosabat yaxşi emas. Gazeta dökonlari huvillab yotibdi. Viloyat va tuman gazetalari zörğa çop etilyapti. Muxbirlar azbaroyi sohaga qiziqqanidan juda oz maoşga qanoat qilib kelmoqdalar. Şu bois sönggi yillarda “Yerkin Qaraqalpaqstan” respublika gazetasida ana şu mavzuda jurnalist K.Reymovning “Tomirga bolta urilmaydi”, Qoraqalpoğiston xalq yozuvçisi M.Nizanovning “Özingiz mingan şoxni çopmang”, Ye.Baynazarovning “Bitkan aql bölmasa”, B.Karamatdinovning “Gazetalar ölmaydi” kabi munozarali maqolalari çop etildi. Ammo heç qanday foydasi bölmayapti. Xuddi özimiz özimizga gapirayotganga öxşaymiz. Respublika, viloyat matbuot organi bir muammoni kötarsa, tuman miqyosida bor-yöği gazeta xodimlari orasida muhokama qilinadi. Tuman gazetasida agar bunday mavzuda maqola çiqsa, juda kam sonli obunaçilar öqib qöyişadi, xolos. Hokimliklar, joylardagi taşkilot va korxonalar rahbarlari, umuman, aholining qolgan qismi bundan mutlaqo xabarsiz, xabari bölsa ham beparvo!
Ilgari-çi, gazetada bir tanqidiy maqola eʼlon qilinsa, tegişli taşkilotda muhokama qilinar, körilgan çora-tadbir gazeta orqali ommaga maʼlum qilinardi. Endi oçiqdan-oçiq “Gazetaga ehtiyojimiz yöq”, deydigan bölişdi. “Majburiy obuna mumkin emas” degan gap aksariyat rahbarlar uçun bahonaga zör asos böldi. Ijtimoiy tarmoqlardagi işonçli-işonçsiz xabarlarni öqib, “madaniy ğiybat”ga giriftor bölib qoldik. Nega bunça past ketdik? Hatto Ikkinçi jahon uruşida jangçilarni ruhlantirişda gazeta kuçidan foydalanilgan. Gazetalardan taşqari turli tilda “jangovar varaqa”lar çiqarilgan. Uruşdan keyingi mehnat, bunyodkorliklarga çorlov ham matbuot vositalari orqali amalga oşirilgan. Qöyingki, bundan öttiz yillar oldin maktab va oliy öquv yurtlarida devoriy gazetalar çiqarilar edi. Devoriy gazetalar matbuotga hurmat ramzi edi-da. Qolaversa, yoşlarni öqişga, ijod qilişga undovçi bir omil edi.
Ötgan yili hatto Prezidentimiz yiğinlarning birida maktablardagi taʼlim-tarbiya xususida söz yuritib, aynan “Devoriy gazeta”lar haqida gapirgan edi. “Oynai jahon”da Davlatimiz rahbarining ana şu gaplarini eşitib rosa xursand bölgandim. Afsuski, taʼlim dargohlarida gazetaga obuna böliş tugul, oddiy devoriy gazeta taşkil qiliş haqida ham öylamayaptilar? Qiziq, unda davlatning qança mablaği sarf etilib, har bir maktabda maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça tarğibotçi vazifasi nima uçun taşkil etildi?!
Loqaydlik, beparvolik, körib körmaslikka oliş deganlari şu bölsa kerak-da!
Furxat UTEMURATOV,
“Xöjayli haqiqati” gazetasi
boş muharriri örinbosari.
Qoraqalpoğiston Respublikasi.
