Qadrdonlar davrasida…

samarqandlik jurnalistlar ilk bor qöşni davlatga velosayohatga çiqişdi

 

Tojikistonga safarimizning öziga xosligi şundaki, biz bu safar qöşni davlatga sayohatni velosipedda amalga oşirişga qaror qildik. Çunki yurtimizdagi rasmiy ommaviy axborot vositalari ijodiy xodimlari içida bu loyihamiz ilk xalqaro velotur hisoblanadi. Şu bilan mazkur turdagi sayohat ommalaşişi, ham salomatlik ham, ikki davlat örtasidagi turizm rivoji uçun öziga xos yangi yönalişning paydo bölişiga turtki bermoqçi böldik.

Velotur viloyat Matbuot uyidan start olişi belgilandi. Onlayn xarita — Google maps dasturi bu joydan Söğd viloyati Panjikent tumani markazigaça 65 kilometr ekanini körsatadi. Ammo biz yöl-yölakay qator hududlardagi diqqatga sazovor joylarga kirib, kiçik-kiçik lavhalar tayyorlaşni rejalaştirdik. Şuningdek, velotur davomida Söğdning ham qator maskanlarida böliş közda tutilgan edi.

Velosayohat uyuştirib joylardan turli reportajlar tayyorlaş borasidagi rejamizni nafaqat tahririyat, şu bilan birga viloyat hokimligi, sport boşqarmasi, viloyat velosport federatsiyasi ham qöllab-quvvatladi. Jumladan, sayohatning qöşni davlatdagi qismi toğlar orasida davom etişi közda tutilgani uçun velosport federatsiyasidan ikki dona eng çidamli va qulay velosiped ajratib berildi.

Dastlab, velosipedda kiçik masofalarga sinov uçun sayohatlar uyuştirdik. Va safarga tayyor ekanimizdan söng, şu yilning 6 aprel kuni viloyat Matbuot uyidan xalqaro veloturga yöl oldik.

Samarqandga munosib veloyölaklar kerak

Mamlakatimizda içki turizmni, velosportni rivojlantiriş ham dolzarb hisoblanar ekan, veloyölaklar nazoratiga jiddiy qaraş kerak ekan. Töğri, viloyatimizda, xususan, Samarqand şahri va Toyloq tumanida keyingi yillarda bunday yölak­lar ança masofada, juda çiroyli va qulay şaklda barpo etildi. Ammo aftidan, hozirça, bu velo­yölaklarga munosabat barçamizda töla şakllanib ulgurmagan.

Misol uçun, “Samarqand-siti”ni “Siyob bozori” bilan boğlovçi benihoya çiroyli (Usta Umar Jöraqulov) köça qurilgan. Zamonaviy yeçim, tört tomonlama qatnovga möljallangan köçada piyodalar manfaatlari ham hisobga olingan. Ammo ayrim “boyvuçça”lar yangi bozor yaqinida yölakni hovlisidan köçaga çiquvçi mulk sifatida tasarruf etmoqda. Ularning uyi yaqinidan piyoda yoki velosipedda ötiş uçun yölning avtomobil qatnov qismiga ötişga töğri keladi.

Safarimiz davomida eng oson bosib ötgan hududlarimizdan biri — Toyloq tumanining kiriş qismidan markazigaça bölgan yöl deyiş mumkin. Çunki bu yölning bir tomonida töliq veloyölak qurilgan. Qatnov qismidan 1 metrlik maysazor ajratib turgan yölakda örindiqlar va çiqindi taşlaş qutilari ham joylaştirilgan. Hatto velosiped qöyiş joylari ham bor. Ammo yana öşa gap: bu yölak­larda ham bir neça joyda “tadbirkor”lar yölaklarni egallab olayotgani kuzatiladi. Önlab holatlarda odamlar maşinalarini veloyölakka qöyib ketganini esa aytmasak ham bölar…

Nima bölganda ham Samarqandda veloyölaklar qurilayotganini faqat olqişlaş mumkin. Foydalanişdagi kamçiliklar fikrimizça vaqt masalasi. Darvoqe, aholi soni eng köp bölgan Urgut tuman hududida ham xuddi şunday yölaklar qurilsa veloturizm rivoji uçun juda yaxşi iş bölardi.

Yöldagi ziyorat

Velosayohat davomida Toyloq tumanidagi Imom Dorimiy ziyoratgohiga ham kirib ötdik. Maʼlumotlarga köra Imom Doromiy hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hazratlaridan ön uç yoş katta bölgan.

Ular ayni bir vaqtda, yaʼni IX asrda hadislar bilan astoydil şuğullanganlar. Şu bois, bu ikkala buyuk muhaddis bir-birlarini şaxsan bilganlar. Hatto, aytiş mumkinki, ular özaro yaqin ilmiy hamkorlikda bölgan. Bu fikrimizga dalil tariqasida tarixçi Şamsuddin Zahabiyning “Siyar aʼlom an-nubalo” nomli asarida keltirilgan qu­yidagi maʼlumotni körsatiş mumkin: “Ishoq ibn Ahmad ibn Xalaf şunday degan: “Bir kun ustoz Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning huzurlarida ötirgan edik. Şu payt ustozga bir maktub keltirdilarki, unda Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiyning vafoti (u Imom Buxoriydan atigi bir yil oldinroq – 869 yilda vafot etgan) haqida xabar qilingan ekan. Bu noxuş xabardan ustoz çuqur qayğuga botib, boşini quyi egdilar. Bir muddatdan keyin boşini kötarib, közlari limmo-lim yoşga tölgan holda hasratu ğamginlik bilan: “Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun” oyatini aytib: “Sening tirik bölişing uçun döstlar hammasi jonlarini fido qilişga tayyor edilar-ku”, – deb yuzlariga duoi fotiha tortdilar”. Mana şu muxtasar lavhadan ham körinib turibdiki, Imom Buxoriyning alloma Imom Dorimiyga nisbatan ehtiromi çeksiz bölgan.

Tumanning “Naqqoşon” mahallasidagi xuddi şu manzil yonginasida joylaşgan ming yillik tutlar ham fikrimizça eʼtiborga molik. Mazkur noyob daraxtlar hozirgi kunda davlat muhofazasiga olingan.

Çegaradan ötişda muammo yöq

Mazkur manzillardan çiqqanimizda allaqaçon kun yarmidan oqqandi. Şu sababdan, keç tuşmasidan Tojikiston çegarasigaça yetib olişga qaror qildik. Qöşni mamlakatga yetgunga qadar bir neça marta töxtab nafas rostlaşga töğri keldi. Bojxona pos­tiga yetib borganimizda soat allaqaçon 21:00 dan oşgandi.

Çegaradan ötib-qaytiş haqda ikki oğiz. Aslida Panjikent va Samarqandning qator tumanlari aholisi, ayniqsa, Urgut, Toyloq tumanlarida ikki davlat fuqarolari örtasida qarindoş-uruğçilik qadimdan davom etib keladi. Ayni vaqtda ham ikki tomondan quda-anda bölganlar oz emas. Ammo uzoq yillar davomida biz asosan çegaradan ötib qaytiş qiyinçiligi haqida eşitib kelganmiz.

Mana şu qiyinçilik biz velotur iştirokçilarining ham miyamizga örnaşib qolgan ekan. Ozroq hadik, “ötkazişarmikan” degan öy bilan bojxona çegara postiga kirib bordik. Yöq, har ikki tomon nazorat ötkaziş postida heç qanday muammo yöq. Tadbirkorlar, sayyohlar, xullas, istagan odam ötib-qaytib turibdi. Özimiznikilar “yaxşi borib kelinglar” deya kuzatgan bölsa, qöşnilarimiz “Xöş omaded” deya kutib olişdi.

Çegara postdan ötgaç, Panjikent şahriga qadar taxminan 20 kilometr masofada asosan özbek mahallalar ekan. Ammo Panjikentda ham til bö­yiça muammo yöq — qaysi samarqandlik tojik tilini oz bölsa ham bilmaydi deysiz?

Oçiğini aytganda, Panjikentga yetgan zahoti mehmonxonaga joylaşiş tadorigini qildik. Har holda şunça masofaga velosipedda boriş oson emas ekan. Oyoqlarimizda toliqiş yaxşigina bilinayotgandi. Şahar markazidagi mehmonxonaga kirib bordik.

Darvoqe, şaharga keç yetib borganimiz uçun sömni valyutaga ayirboşlaş imkoni bölmadi, banklar yopiq. Mehmonxonada bizga tölov 100 somoniy ekanini aytgaç (bizning pulda 100 ming söm) vaziyatni tuşuntirdik. Mehmonxona xodimi telefonda boşliği bilan gaplaşgaç, sömda ham bemalol tölov qilişimiz mumkinligini aytdi. Rostini aytganda, bu bizga ğurur bağişladi.

Panjikentdagi oçiq osmon ostidagi muzey

7 aprel kuni tongda oldindan rejalaştirgan manzilimiz — Köhna Panjikent tarixiy şahar xarobalarini körişga yöl oldik. Velosipedda taxminan yarim soatlik yöl, xullas, “bir qir narida”…

V-VIII asrlarda gullab-yaşnagan mazkur şahar örni hozirda oçiq osmon ostidagi muzey körinişida himoyaga olingan. Mahalliy aholiga köra, bu şahar qadimgi Suğd davlatining muhim şaharlaridan biri bölgan.

Şu yerlik odamlar şahar örnidagi qoldiq devorlarni körsatarkan, bizga tuşuntira ketdi: “mana bu devorlar örnida oldin karvonsaroy bölgan, bu yerda odamlar yaşaş uyi, himoya devori…” Bir yarim ming yillik şahar devorlari oralab sayr qilarkansiz röparangizda qadimiy şahar xayolan tiklanib,   sizni olis moziyga tomon yetaklaydi.

Tuşdan söng Panjikent köçalarini kezdik, tuman gazetasi tahririyatida, turizm taşkilotida böldik. Oçiğini aytganda, binolar arxitekturasi bilan hozirgi Panjikent qaysidir maʼnoda 90 yillarni eslatdi bizga. Ammo aksariyat köçalar ravon, ularda asosan xorij maşinalari, onda-sonda Özbekistonda işlab çiqarilgan maşinalar uçraydi.

Bozorlardagi narxlar biznikidan keskin farq qilmaydi. Bir dona non bizning pulda 1000-3000 sömgaça, göşt 65 000-75 000 söm. Yoğ va tuxum bizdagidan biroz qimmatroq. Aytgança, tuxum va bir qator boşqa oziq-ovqat mahsulotlarini ayrim tadbirkorlar Samarqanddan olib borib sotişarkan.

Keçqurun, iftor vaqti Panjikent kafelarida ham odam gavjum. Ikki xil ovqat, yaxna içimlik va salatlar uçun 50 000 sömdan töladik.

Sarazm — YUNESKO muhofazasida

Safarimizning ikkinçi kuni dastlab Sarazm tarixiy yodgorligida böldik. Bu maskanda önlab qazişmalar oçiq holda saqlangani bois qadimiy bino va inşootlar bilan tanişiş imkoniyati bor.

Sarazm yodgorligi Zarafşon daryosining toğlar orasidan keng vodiyga çiqiş joyida, Oyimköl yonida joylaşgan. Ayrim olimlarga köra, “Sarazm” atamasi suğdça “sarizamin”, yaʼni “yerning boşlanişi”, “vohaning boşlanişi” demakdir.

Yodgorlik yassi tepaçalar körinişida, 100 gektarga yaqin joyni egallagan. Unda 1976 yildan tadqiqot işlari boşlangan. Arxeologik tadqiqot natijalari bu yerda qadimiy dehqonçilik, hunarmandlik izlarini aniqlagan. Şuningdek, bu yerda qadimiy binolar qoldiqlari, turar joylardan tortib qasr va madaniy binolar eʼtiboringizni tortadi. Ayniqsa, sopol, balki metall va toşdan yasalgan buyumlar, oltin bezak, feruza közli ziynatlar ham hududni va şu yerdagi muzeyni tomoşa qilişga arziydi. Mazkur maskan 2001 yilda Sarazm yodgorligi tarixiy-arxeologik qöriqxonasi, deb eʼlon qilingan hamda YUNESKO Butunjahon madaniy merosi röyxatiga kiritilgan.

Kunning ikkinçi yarmida Söğdning eng bahavo joylaridan biri — mahobatli toğlar orasidagi Yettiköl turistik maskaniga yöl oldik. 45-50 kilometr masofaning teng yarmi murakkab toğ yöllaridan iborat. Tor yölning bir tomoni baland toğ bölsa, ikkinçi yoni qörqinçli jarlikdan iborat. Har ikkisi ham boşni aylantiradi. Şuning uçun yölning yarmini maşinada bosib ötişga töğri keldi.

Yettita kölning har biri ikkinçisidan maʼlum bir masofada joylaşgan, 500 metrdan – bir neça kilometrgaça. Törtinçi köldan ötgaç sörab suriştirib, oz sonli uy-mehmonxonalardan biriga joylaşdik. Ajab, olis va maşaqqatli toğ yöli ustida joylaşgan mehmonxona ançagina zamonaviy va sarişta. Hududda havo ança salqin, şuning uçun sayyohlar asosan yoz oylarida taşrif buyuradi. Boş­­qa vaqtda esa bu köllarni sokin maskan deyiş mumkin.

Muhim tomoni şuki, Zarafşon daryosining asosiy birinçi irmoği Iskandarköldan boşlansa, yana bir irmoği mana şu Yettiköldan boşlanadi. Suv yettita köldan birin-ketin çiqib Zarafşonga borib quyiladi.

Bu köllarga yetib borganimizda allaqaçon kun botgan edi. Qaytiş imkonsiz, tun yarmigaça toğlik tojik döstlar bilan suhbat qurdik. Hatto şu yerlarda ham aksariyat aholi özbek tilini ozmi-köpmi tuşunadi. Har ikki kişidan bittasi heç bölmasa bir marta Samarqandga kelib ketgan.

Safarning uçinçi kuni deyarli yöl bilan ötdi. Velosipedda Suğdiyon şahri, undan keyin qator qiş­loqlar oralab Panjikentga, undan esa Jartepa bojxona postiga qariyb keç tuşganda yetib keldik.

Safardan olgan eng asosiy xulosalarimiz: qöşni davlatda biz, özbekistonliklarni qattiq hurmat qilişarkan. Yölda uçragan odam borki qayerdan ekanimizni bilgaç, çoy taklif qiladi, mehmon qilgisi keladi. Juda köplab panjikentliklarning Samarqandda uzoq yoki yaqin qarindoşlari, heç bölmaganda döstlari bor. Kim bilan gaplaşsangiz, albatta çegaralar oçilganidan xursand ekanini aytib ötadi.

Bizda ham şunday keçinmalar. Muhimi, özimizni özga yurtda yurgandek his qilmadik, taniş çehralar, öxşaş tabiat, tarixiy muştaraklik, xullas, hammasi özimizdagidek. Xoh ulovda, xoh piyoda bormang, qöşni davlatda qadrli mehmon bölasiz, qadrdonlar bilan körişasiz.

Anvar MUSTAFOQULOV,

Yoqubjon MARQAYEV,

“Zarafşon” muxbirlari

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan