Yosemitening sarin yellari
Yosemite milliy parkida bölib, uning xuş havosi, orombaxş sabosidan zavqu şavqqa töliş istagi qalbimda uzoq vaqtdan beri jöş urardi. Niyat ijobatga aylanib, öşa taʼrifi yetti iqlimga ketgan maskanda sayr etiş baxtiga muşarraf böldim. Toğ havosi… Vujudingizga qandaydir özgaça orom, huzur baxş etadi, yuzingizni tarovatli epkin siypalab ötgandek böladi. Ha, çindan ham, musaffo havoning qadr-qiymati hamma joyda ortib bormoqda. Axir inson soğ-salomatligi u nafas olib turgan atrof javonibning qay darajada şaffofligiga boğliq.
1
Odamzodning feʼli qiziq. U eng avvalo, özi yaşab, nafas olib turgan muhit beğubor bölişini istaydi, umr böyi şunga intiladi. Ana şunday çoğda odamning toğu toşlarga talpinişi turgan gap. Çunki, köngilni ravşan qiluvçi havo toğ tomonlarda keragiça topiladi. Şunda hind xalqining sevimli farzandi, dunyo adabiyotida munosib iz qoldirgan söz sehrgari Rabindranat Tagor satrlari yodga tuşadi:
Gözaldir bu olam — toğlarning bağri,
Gözaldir tabiat, farovonlik ham.
Gözaldir ona yer — gar quçsa qaʼri,
Roziman çangiga boşimni egsam.
Darhaqiqat, bu gözal maskan, toğlar ölkasi taʼrifi-tavsifi önlab doston, yuzlab şeʼrlarga jo bölgusi. Istasangiz bahor kezlari ana şu toğ sayriga oşiqing. Öşanda uning jamoliga, husnu malohatiga bir qur nazar taşlaysiz. Şunda xuddi tonggi sabo tarovatidan xumor közlarini pirpiratib, endigina uyqudan uyğongan nozaninni uçratganday bölasiz. Sölim yozi soya-salqin boğu roğlari, nilgin osmoni, zumrad ötloqlari, kuzi özining tökin-soçinligi, donişmandligi, saxovati evaziga jonlarga huzur bağişlaydi. Ammo hammasidan ham qişi özgaça. “Qor qöynida oppoq paxtadek, Tödalanib yotar oppoq qor” (Abdulla Oripov satri) deganlaridek, töşini purviqor toğlarga berib vazmin qadam taşlayotgan dehqon monand vazmin, bosiq. Dunyo möʼjizalari jamlangan bu sarin yellar ölkasining ajoyib, esda qolarli yerlari bisyor, möl-köl. Milliy parkda, najot maskanida uning bokira qiyofasi toptalmaydi, saxovatli yerlari işdan çiqmaydi, hosilsizlikdan asrab qolinmoqda, poyonsiz ötloq-yaylovlari payhon qilinişiga yöl qöyilmayapti, ularning örni yaydoq, taqir, yalanğoç bölib qolmayapti, örmon, boğlari qisqarmayapti, suvi ifloslanib, havosi buzilişiga yöl qöyilmayapti. Buning uçun milliy park xodimlaridan tortib, barça-barça javobgar va masʼul ekanliklarini unutmaslik zarur. Maʼlumki, Amerika Qöşma Ştatlari, Kaliforniya ölkasidagi Yosemite milliy parkining donği butun olamga ketgan. Lekin najot maskani şuhratini bundan-da maşhurroq qilib yuboriş imkoniyati bor. U qöriqxonaning taşrif qoğoziga aylangan şarşarasi, daryosi, örmonlari, ayiq, yovvoyi şer, buğu singari noyob hayvonlari hamda bitmas-tuganmas hayratga çulğaydigan toğu toşi, betakror tabiatidir.
Erta tong bilan ajoyib hoşiyali baland yöldan yurib, dengiz sathidan tört ming metr balandlikda joylaşgan toğ tepasiga kötarila boşladik. Toğdagi dara, sayhon, öngir va qalin örmonlar yuksaklikdan qaragan közga xuddi turfa xil şaklda terib qöyilgan gugurt qutiçalariga öxşab körinadi. Bu manzillarda xiyla sokinlik, begonalik hukmron, şamol kuçi qirqilgan, böronlar ham kamroq. Maşina sekin-asta, toşbaqa yuriş qilib harakatlanadi. Sababi, yer qalin qor bilan qoplangan. Qöşimçasiga sirpançiq, yöl çetlariga tösiq qöyilmagan. Pastdagi tubsiz jar va öralarga boqib, yuraging qörquvdan uvişib ketadi. Toğ bağrida turfa xil daraxtlar ğuj-ğuj ösgan. Barisi böyçan, yam-yaşil. Ular asl holiça saqlanarkan. Yölning adoği körinmaydi. Öşa kuni toğ yölida böralab yoğayotgan dastlabki qorga duç keldim. Qor bundan avval ham bir-ikki yoğib, tez fursatda erib ketgan edi. Bu safar butunlay boşqaça, özgaça. Toğ osmonini qora bulutlar qoplab, qalin qor parçalari böralab urardi. Unçalik sovuq bölmasa-da, qor yerni muzlatib, ğaşingni keltiradi. Hammadan yomoni, tevarak-atrofni köz ilğamaydi. Nima qilmoq kerak? Maşinani iloji boriça sekin haydab, yöldan balandlik sari kötariliş kerak. Menga yölning nihoyasi yöqday tuyuldi. Tezroq manzilga yetib olsak bölardi, dedim içimda. Havo aynib, yölni qor qoplaganida qay alpozda manzilga yetib borişni öylab şeriklarim ham iztirob çekayotganini ilğadim.
Aytgança, xavfli toğ yölida haydovçi ziğirdekkina bölsin böşanglikka yöl qöyişi mumkin emas. Yölboşlovçi Emmaxonim maşinani öngga burdi-da, yöl çetida töxtadi. U olijanoblik qilib, ortidagi maşinani ötkazib yubormoqçi böldi. Bu mehribonlik ançayin qimmatga tuşdi. Maşina balonlari qorga sirpanib, yölning öng tomoniga taqaldi-qoldi. Qani endi zil-zambilday keladigan maşinani botgan joyidan siljitib bölsa… Taxminan yarim soatça ter tökişimizga töğri keldi. Ammo, negadir balonlar qor içidan çiqay demasdi. Aksinça, borgan sari sirpanib aylanib, qorga kömilib borardi. Uni yölga önglaşning imkoni bölmay qoldi. Maşina ortidan zör berib itarişga, yurak hovuçlab turişdan boşqa iloj qolmadi. Nihoyat urinişlarimiz samara berdi. Oğirkarvon ulovni qor içidan çiqarib olişga muyassar böldik. Emma maşinani orqaga haydadi. Pastlik eniş bölgani uçun ulovni töxtatib qoliş mumkin emasdi. Lekin, bu qiyin işni Emmaxonim uddaladi. Ulov sekin-asta yurib ketib, barça xavotirlar aridi. Barçamiz erkin nafas olgança, “Xudo bir asradi” deb qöydik.
Aslida Kaliforniya ştatining sölim maskanlaridan biri hisoblangan Yosemite milliy parkini toğlar qurşovidagi jannat, deb ham ataşadi. Bu gapda mubolağa yöq. Ona tabiat gözalligi bobidagi öz sanʼatini mohirlik asnosida şu yerda namoyon etadi. Baland toğlar, arratiş çöqqilar bağrida qönim topgan yam-yaşil arça, qarağayzorlar, poyoni yöq zumrad dalalaru, boğu roğlar, bulbullar xonişi — bularning barisi Yosemitega bir bor kelgan odamning xotirasida saqlanib qoladi. Jöşib taʼrif-tavsif etilgan bu körkam manzaralarni körib qaytgan tabiat oşiğining köngil olami ravşanlaşadi. Yosemite milliy parki ança katta hududni işğol etgan. Salobatli va mahobatli toğlarning qöynida joylaşgan. U yerga boriş uçun, boya aytilganidek, dengiz sathidan tört ming metr yuksaklikka kötarilişga töğri keladi. Nihoyat maşinadan pastga sakradim. Biz manzilga yetib kelgandik. Atrofni kuzatdim. Özimni kökda parvoz qilayotgan burgut misoli his etdim. Söngra çuqur nafas olib, musaffo havodan töyib-töyib simirdim. Bir qadar baland va zavqli tovuşda: “Oh, ufq çiziğini, quyoşni şuʼla soçib çöğlanişini körar kun bor ekan-ku!” deb ovoz berdim. Agar atrof-javonibga, kengliklarga gir aylanib boqsangiz, çindan ham girdo-gir atrofda Yosemite toğining tizmalari yastanib, bor böyiça közga çalinar, şundoqqina baland qoya orasidan ufq çiziği “tönkarilgan osmon qozoni” va şuʼlaga kömilgan quyoş möʼjizasi bir-biridan yaqqol ajralib turardi. Şu joyda birovlar uçun oddiy tuyuladigan narsadan möʼjiza topgan baxtiyor kişidek xursand va şod edim. Ançagaça Yosemite milliy parkining toği pastidagi vodiylarini kezib yurdim, bokira tabiat qöynidan ajralmadim. Qoyalar salobatli, uçi ötkir, arratiş. Pastlikda ulkan xarsang toşlar. Çor-atrof toğlardan va toğlar örtasidagi daraxtlarga kömilgan böm-böş tekisliklardan iborat edi.
Bizni Yosemite milliy parkining jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xodimi, matbuot kotibi Skott Gediman kutib oldi. Boğ hayoti bilan yaqindan taniştirdi. Bilganlarini sözlab berdi. Qiziqişimiz ortdi. Moviy osmon ostida qönim topgan toğlar ölkasi tabiati, nabototi, hayvonot va ösimliklar olami bilan yaqindan taniştirdi. Savollarimizga imkon qadar javob qaytardi. Skotning uqtirişiça, milliy parkning faxriga aylangan Bridalveil şarşarasi dunyoda beşinçi, Şimoliy Amerikada birinçi örinni band etadi. Köz ilğamas yuksaklikdan, şaffof manzildan otilib tuşayotgan billur tomçilarni köriş, zavqlaniş uçun har yili bu yerga tört milliondan ortiq sayyoh taşrif buyuradi. Tanasi quçoqqa siğmas daraxtlar, uyday keladigan xarsanglar, oppoq köpik saçratib oqayotgan daryo, umuman olganda, barça-barçasi odamni hayratlantiradi. Bizlar tabiat otliq yaratiqdan zavq tuydik, hayratlandik. Avtobusda bir yarim soat davomida milliy park böylab sayohat uyuştirdik. Tabiat oroyişlaridan olam-olam taassurot oldik. Köngil olamim yuksaldi. Xayolda şoir Aʼzamjon Obidovning najot maskanida bölgan kunimiz oq qoğozga tuşirgan “Yosemite qöriqxonasi” otliğ şeʼri jonlandi:
Çor-atrofing mumtoz va jamil,
Şuuringga botmaydi qoya.
Ruh-joningda tantana, sayil,
Mezboning huv dilbar sekvoyya…
Şarşara nur kök yoriğida,
Munça yoniq oqtoşlar bahsi?
Kulib qöyar şams miyiğida,
Kölda erklik, tiriklik aksi.
Uruğingni dilga qadadim,
Zör ilhom-la etadirman tark.
Senday össam bölurmi, qadim
Sohibjamol Yosemite park?!
Kaliforniya ştatidagi qadimgi manzillardan sanalmiş Yosemite milliy parkining tabiati gözal va maftunkorligi bois, bu yerdan qiziquvçilarning qadami uzilmasligini, ösimlik va hayvonot dunyosiga boyligini körib hayratga çulğandim.
Rostdan ham, milliy parkda ovröpoliklarga ham ulgu bölişga arziydigan işlar yölga qöyilganiga işonç hosil qiliş mumkin. Purviqor, ölmas tabiat obidalari butun jahonga maʼlum va maşhurdir. “AQŞ Davlat departamenti qoşidagi xorij matbuot markazi va Amerika Qöşma Ştatlarining Özbekistondagi elçixonasi hamda Vaşingtondagi Meridian Xalqaro markazi tomonidan özbekistonlik jurnalistlar uçun AQŞning Kaliforniya ştatiga mediatur taşkil etildi. Uşbu ön kunlik “Media So-or-2022” dasturida “Özbekiston 24” teleradiokanali, “Fermer” jurnali va Qalampir.uz sayti jurnalistlari iştirok etib, okeanorti mamlakatida ekologiya, qişloq xöjaligi va suv muammolari, şamol energetikasidan samarali foydalaniş yönalişidagi ilğor tajribalar bilan tanişdilar. Şuningdek, ular Kaliforniyadagi ikkita yirik milliy parkiga taşrif buyurişdi. Ana şunday parklardan biri qariyb 4 ming metr balandlikda joylaşgan va 300 ming akrdan ortiq joyni egallagan Yosemite milliy parkidir. Umuman, Amerika Qöşma Ştatlarida 367 ta milliy park bölib, ular 80 million akr yerni egallaydi. Milliy parklar mamlakatning barça burçaklarida tabiat möʼjizalarini özida aks ettirgan hamda odamlarni rom etib kelmoqda. 1916 yil AQŞ Kongressi tomonidan tabiatni muhofazalaş, tabiatning asl möʼjizalarini kelajak avlodlarga qanday bölsa şundayligiça yetkaziş, bu gözallikdan kelajak avlodni bahramand qiliş maqsadida milliy parklar tizimi taşkil etilgan. Amerika milliy parklariga har yili 273 million sayohatçi taşrif buyurib, undagi butun gözalliklar, tabiat möʼjizalarini körib zavqlanadilar. Xususan, Yosemite milliy parki jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xodimi va park matbuot kotibi Skott Gedman özbek jurnalistlarini parkning gözal manzaralari bilan taniştirar ekan, parkning qisqaça tarixini aytib ötdi. Birinçi marta Yosemite milliy boği 1864 yilda muhofazaga olingan. 1890 yildan buyon milliy qöriqxona sifatida muhofaza etiladigan nihoyatda katta hududdagi Yosemite milliy parki noyob tabiati, qoyalari, sekvoyya kabi ulkan daraxtlari, şarşara, daryolari, ayiq, yovvoyi şeri, loçinlari bilan maşhur. Parkda biror narsaning tabiiyligini özgartirişga heç kim haqli emas. Ayniqsa, qiş faslida park beqiyos tusga kirar ekan. Şuningdek, qariyb 1200 kvadrat milyani öz içiga olgan çuqur vodiylar, katta ötloqlar, keng va adoqsiz çöl hududi keluvçilarning eʼtiborini öziga tortadi. Yosemite milliy boği Kaliforniyada joylaşgan. Siyerra Nevada toğlarini ham öz içiga olgan. U özining tunnel körinişi bilan maşhur, baland Bridalveil şarşarasining ramziy manzarasi va El Kapitan va Yarim Gumbazning Granit qoyalari mediatur iştirokçilarida katta taassurot qoldirdi. Kaliforniyadagi ikkinçi yirik milliy boğ hisoblangan Joşua Tri milliy parki maydoni 3196 km2ni taşkil etadi.
Avtobusda sayr qilib yurib, toğlar qurşagan manzilga borib qoldik. Arça, qarağayzordan yuksaklikdagi qorli çöqqida lola bargagiday şuʼla qaltirab turardi. Bu ajoyib şuʼla körinişi edi. Yaqinday köringan, aslida heç qanday tirik zot yeta olmaydigan ufq aylanasida göyo qon daryosi vujudga kelgandi. Bu yer tekislik bölgani uçun olis, qoramtir osmonda tumonat yulduzlar tunda aniq-ravşan körina boşlaydi. Şunda men mayin yeldan bilinar-bilinmas tebranayotgan, çayqalayotgan, eçki öt, ayiq öt, kiyik öt, otquloq, pidana singari öt-ölanlarni oralab, daryo böyiga bordim. Bu joyga sayyohlar ajib manzaralardan bahra oliş uçun töplangandilar. Özimni xavotirsiz odamdek tutib, ular bilan boş silkib salomlaşdim. Jilmayib, boş barmoği bilan mixday zör deb işora qilib qöydilar. Garçand peşinga yaqinlaşib, soat uçga zang çalayotgan esa-da, atrof qoraya boşladi. Qirğoqni mitti, çiroyligina qizil sovunak öt-ölanlar qoplagan. Undan ozgina yulib olib, ularni kaftimda işqab köpirtirdim. Şu tariqa yuz-qölimni yuvdim. Özimni darhol tetik va baxtiyor his eta boşladim. Men uçun hozir, şu tobda zulmat bosayotgan dunyo yop-yoruğ, nurli körinib ketdi. Quyoş tekislikdagi nurini yiğiştira-yiğiştira qarağayzor ustidan arratiş çöqqiga çiqdi. Billur tomçilardek öynoqlab, zarra-zarra bölib tuşayotgan Yosemite şarşarasi körgan közni quvontiradi. Qizğiş, qoramtir qoyalar şunçalik köpki, qarab, sanab sanoqdan adaşib ketasan. Ataylabdan tevaragiga qaradim va çipor tusli xarsang toş oldiga çökkaladim. Qölimga uçi ötkir toş olib, ança mahalgaça çipor toş tagini kovladim. Bu yerdan atrofdagi çöqqilar aniq körinib turardi. Şu yerdan quşlar bekitgan bir hovuç yonğoqni topib oldim, Mağzi töq, şirin, totli ekan. Toş bilan çaqib, pok-pokiza tuşirdim.
2
Baʼzida maymunlardek çaqqonlik bilan toğ tepasidan pastga yovvoyi şerlar tödasi tuşib keladi. Ularga it va börilar vovullab qöyişadi. Ammo, yaqiniga yölaşga jurʼat eta olişmaydi. Toğ şerlari bahaybat va jundor bölişiga qaramay, qoplondek şiddatkor sakrab, böri va itlarga çap beradi. Va bir zarb berib ularni qulatadi. Böri ğingşib yerga yiqiladi. Börining qattiq ökirganidan boğ nazoratçilari uyğonib ketadi. U yugurib deraza yoniga keldi-da, taşqariga olazarak tikildi. Taşqari qoronğu edi. Nazoratçining burgutnikidek ötkir közi qora şarpalarni aniq va bexato kördi. U dahşatga tuşib yugurib yurgan şarpalarni ilğadi. Uning hozirgi alpozi vajohatli va bir qadar qörqinçli edi. Bu yirtqiçlar buğu göştini xuş körib “çangini çiqaradilar”. Qorni oçganda ularni ovlaydilar. Şu asnoda jon saqlab omon qoladilar. Ammo, odam tegmasa, tegmaydilar. Iloji boriça körinmaslikka harakat qiladilar. Şundan söng yovvoyi şerlar zulmat qöyniga kirib ğoyib bölişdi.

Yosemite milliy parkidagi purviqor toğlar bor böyiça qor körpasiga burkanib yotardi. Qalin tuşgan oppoq tuman xuddi öçoqdan kötarilgan pağa-pağa tutundek burqsiqib tutaydi. Huv olisda qaqqayib turgan qoyaga örmalab çiqiş muşkul. Yuqoriga zinalardan oyoq bosib kötarilgunça odamning bölari böladi. Ustiga-ustak, jar, çuqurliklarga tikilsang, yuraging orqaga tortib ketadi. Töğri, tik ör-jarlar bu joyning öz nomi bilan toğ ekanligini yodga solib, eslatib turadi. Işqilib, tubsizlik qaʼriga qulab ketmasak böldi degan öy keçadi köngildan. Şundoqqina yoningdan oppoq bulutlar laşkari suzib ötadi. Qöling bilan tutib olging keladiyu, ammo buning sira iloji yöq. Yölboşlovçi, imillama, jadalroq yur deb şoşiradi. Uni ham tuşuniş kerak. Yoğin-soçin, qor tuşmasdan közlangan manzilga yetib boriş zarur. Aks holda noqulay vaziyatga tuşib qoliş mumkin. Bundan Xudoning özi asrasin. Aytgança, yölboşlovçi kamgap, kamsuqum odam. Huda-behudaga gap qotmaydi. Aksinça, miq etmasdan, yöl tanobini tortişni maʼqul köradi. Faqatgina ahyon-ahyonda ortidan kelayotgan şeriklariga qarab qöyadi. Oldindan, xatarli joy bor, deb bizlarni ogohlantiradi. Yuksak arratiş çöqqiga tomon turnaqator bölib kötarilib borayapmiz. Ayni çoğda gap sotişning mavridi emas.
3
Quyoş bulutlar orasiga bekingan. Gohida jamol oçib, közni qamaştiradi. Şu mahal baland toğ tepasidan öynoqlab pastga tuşayotgan Bridalveil şarşarasiga yaqinroq kelib razm soldim. Xuddi qum-şağal barxanlari oralab, suzib kelayotgan kemaga öxşaydi. Çunki, ulkan suv vujudga keladigan tepalik juda olisda, şaffof joyda! Yaqin tevarakda arratiş, yuksak çöqqilar, kökka böylaşgan son-sanoqsiz daraxtlar qirday bölib uyulib yotibdi. Bahaybat xarsanglarning bir qismini yoğin-soçin öpirib, yemirib öz domiga tortib bormoqda. Biroq, siz haqiqiy sarguzaştni sevsangiz, dadilroq bölişingizga töğri keladi. Birdan köz öngingizda quyoşning toğlar orasidan möralagani, qizğiş, olov tusida jilolanişi namoyon böladi. Bu tabiat işqibozlari lahjasida “heç qayerdan topib bölmaydigandek gratsiya” manzarasi deyiladi. Ammo, biz körib turgan antiqa, noyob manzaraning heç qanday aloqasi yöq. Şu örinda sayyohlar tiliga tuşgan Yosemite daryosi haqida qisqaça töxtalib ötmoqçiman. Ikki tomoni baland toğlar bilan öralgan, bir yonboşini daryo suvi yuvib ötuvçi bu sölim maskan ilgaridan mavjud bölgan. Uning şifobaxş suvi hindu qabilalarini taʼminlab kelgan. Şuning uçun ham uning tarovati, maftunkor tabiati odamlarni doimo öziga çorlagan. U yerdagi irğay, qayrağoç, sada, palmalar oralab ötgan söqmoq böyidagi dara, öngir, sayhon va çöqqilar, daraxtlar bağridan qaynab çiquvçi zilol suvli çaşmalar töplanib, Yosemite daryosining vujudga kelişiga sabab bölgan katta suvlik nomi ham aynan Yosemite, yaʼni grezdi ayiği nomi bilan atala boşlangan. Katta-kiçik jilğalar orqali pastlikka intilayotgan, çopayotgan buloq suvlari qalin, ziç daraxtzor örmon adoğiga yetgaç, şarşaraga aylanar, önlab toş zinalarga urilib, daryoga qöşilar, uning gurillagan ovozi butun borliq böylab hayotbaxş tantanavorlikning aks-sadosi, ovozi bölib yangrab turadi.
Xalqimizda, “Toyni çavandoz mingani yaxşi” degan mantiqli gap yuradi. Bu umrida egarga ötirmagan odam özini ham, arğumoğini ham qiynaşi mumkin deganidir. Ana şu narsani anglab yetgan milliy park masʼullari tabiatdagi har bir narsani öz holiça saqlab qolişga astoydil tirişmoqdalar. Ular tabiat hiqildoğidan tutgan panjalarini qöyib yubormayotgan taşkilotlar, sanoat korxonalari bilan aslo murosayu, madora eta olmaydilar. Bundayin qusurli işlar, kelajakni öylamasdan qurib taşlangan inşootlar tabiiy muhitga önglab bölmas ziyon-zahmat yetkazuvçi korxonalar ham AQŞda mavjud edi. Lekin hammasi “beozor” deb yaşirib kelinardi. Ularning bunday yomon faoliyatining payi qirqildi. Kimlargadir tobe bölmay, boşqalarga sözini ötkaza oladigan tabiatni muhofaza qiliş sohasi jonkuyarlarining fidoyiligi sabab, Kaliforniya ölkasidagi ekologik vaziyat birmunça yaxşi, tabiiy olam bizdagidek istalgança “xomtalaş” qilinmagan. Ahamiyatlisi, milliy boğning har qariç yeri yagona nazorat ostida böladi; har bir daraxt, hatto buta ham, toğu toş ham, hayvonu quş ham hisobda turadi. Vodiylar, toğlar, örmonlar oromini buzuvçi har qanday xatti-harakatlarga çek qöyildi, boğu örmonlarga izğib kirib keluvçilarning yöli tösildi, buloqlar közi oçildi, jilğalar tölib oqa boşladi, hayvonlaru quşlar emin-erkin harakat qilib, öz kunlarini körib yurardilar.
Yosemite milliy parkidagi ayiqning ulkan panjalari, kulrang, qoramtir junlari ostidan körgan odam undan hayiqişi, çöçişi turgan gap. Bu qudratli panjalar ölja oliş mahalida, toşni taşlab yubormaslik çoğida rosa asqotadi. Odatda u sovuq kunlari kun böyi uxlaydi. Har holda, böron turgan mahalida panalaydigan bir-ikkita joylari böladi. Şulardan biri yuksak daraxt kovagi içidagi in. U şu boşpanani xuş köradi. Böron zörayganda, qor kuçayganda öşa in joniga oro kiradi. Ayiqning makoni uzra qor uyumi paydo böladi. Qor uyumi uni sovuqdan eson-omon, soğ-salomat saqlaydi. Uning serjun pöstinidan issiq narsaning özi yöq. Bu unga halovatli uyquni tortiq etadi.
Osmon. Toğlar. Daraxtlar. Oppoq qor yerni momiq körpasiga burkagan. Yosemite milliy boğini kezib yurganimizda, Amerika Qöşma Ştatlarining Ogava ölkasida istiqomat qilayotgan jurnalist döstimiz Dilşod Islomov telefon qilib qoldi. Omonlaşdik. U sayohat taassurotlari haqida söradi. Ajoyib manzaralar tasvirga olingan lavhani Abduvohid aka telefon ekranidan körsatdi. Nazarimda, toğlar vodiysiga uyuştirilgan bir kunlik sayohat xotiram “sandiği”da bir umrga saqlanib qoladi. Özbekistondan ekanligimizni bilgan gid Uel Eli Fantana iliq va samimiy munosabatda böldi. U bundan ança yillar burun Özbekistonda bölgan ekan. Unga döppi kiygizdik, birga rasmga tuşdik. U biz bilan qadrdonlardek xayr-xöşlaşdi. Bilişimizça, bu ölkada hindu qabilalari istiqomat qilgan. Boğ nomi hindu tilidan olingan. Bu grezdi ayiği maʼnosini anglatadi. Odamlar bu yerda qolib, hordiq yozişlari mumkin. Buning uçun törtta mehmonxona işlab turibdi. Ayniqsa, sayyohlar orasida Yaponiya, Singapur davlatlaridan kelganlar köp ekan. Dovon yöli yuksaklikda, şaffof manzil böylab çözilib ketgan. Qor qalin tuşgan. Muzlama, sirpançiq. Salgina huşyorlikni yöqotsang, sirğalib ketasan. Binobarin, haydovçilardan huşyor va çapdast böliş talab qilinadi. Yer ostidan qurilgan yöldan yursang, kayfiyating kötariladi. Şu asnoda yonğindan kuyib, tanasi qoramtir bölib qolgan son-sanoqsiz daraxtlar, çaqmoq qöli bilan qilingan bedodlikning alamli yodgorligiday bölib, öşa fojialarni eslatib turadi.
…Safar tugagaç, boşqa yöldan qaytdik. Yöl qordan tozalangan, atrofi tösiqlar bilan öralgan. Qolaversa, tekis va ravon. Eng muhimi, heç qanaqa xavotir-hadikka, yurak oldirişga hojat qolmagandi. Fristenga boriş yölida töxtab dökon aylandik, uçta nauşnik, bitta krem va tört paçka şokolad xarid qildim. Ön dollar böldi. Söngra tamaddixonaga kirib pitssa yedik. Yölboşlovçi Emmani siyladik, mehmon qildik. Mehmonxonaga kiraverişdagi zaldagi örindiqqa çökib, Emmaxonim bilan dildan suhbatlaşdim. Kino sanʼatiga mehr qöygan qizning orzu-umidlari, rejalarini yon daftarçamga yozib oldim. Emma boladay xursand böldi. Buni odamga mehr bilan boqib turgan közlaridan sezsa bölardi.
Uluğbek JUMAYEV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.
