Şirinsuxanlar gurungi

Gazetamizning faol mualliflaridan biri Hamidulla Akbarovning yangi “Maroqli fasllar, eʼzozli musohiblar” kitobi “Adabiyot” naşriyotida çop etildi. Quyida uşbu kitobning muxtasar bir qismini siz muştariylar eʼtiboriga havola qildik. Köp yillik hayot, qizğin faoliyat bosqiçlari, ota ulfatlari, ona dugonalari, şuningdek, muallifning zamondoşlari bilan bölgan musohaba, sözlaşuv iştirokçilarining portretlariga oid – söz ila ifoda etilgan çizgilar öquvçini befarq qoldirmaydi. Şunday lavhalardan birida akademik Yunus Rajabiyning musiqaşunos Ilyos Akbarov hamda kompozitor, etnograf Hafiya Muhamedova xonadonida bölgan muloqoti qalamga olingan.

…Yunus Rajabiy “Oq maçit” mahallasidagi uyimizga oçiq çehra bilan “Ilyos aka!”, deb kirib kelardilar. Otamiz “Meni “aka” demang, ön ikki yoş kiçikman sizdan”, deyişlariga qaramay, “Sizni “Ilyos” deb çaqirolmayman. Şunga köniking” deb aytardilar. Kunlardan bir kuni kula-kula eşikdan kirib keldilar:

– Ilyos aka, kelinni – Hafiyaxonni çaqiring, gapim bor, – deb hovlidagi supada hikoyalarini boşladilar. – Keçki payt uyga qaytib, kalitim bilan eşikni oçsam, dimoğimga şarob hidi urdi. Kimningdir xurragi eşitilib turibdi. Hayron böldim. Uyimizda bunday alpozda uxlaydiganlar yöq edi-ku! Mehmonxona böş, yotoqxona ham. Oşxonaga kirsam muzlatgiçning eşigi oçiq, çiroği yoniq, stolda esa sovutgiçdan olingan musallas, “zakuska”ning qoldiği. Kimdir kattaroq örindiqqa ötirib olib, boşini stolga qöygança, bemalol uxlab yotibdi. “Kimsiz? Tong otdi…” deb uyğotmoqçi bölgan edim, közim stol tagidagi böğçalarga tuşib qoldi. Oçib qarasam, kennoyingizning bisoti birin-ketin çiqib kelyapti… Demak, ömargan… Çoy qöydim. Dasturxon yozdim. Xurrak esa tinmaydi. Kelin­oyingiz keldi. Harakatimni körib, “Kim u? Nima harakat?” deb derazalarni oça boş­ladi. Qöyaver, biroz tin olsin, ulfatim, deb qöya qoldim. Xullas, kayfini buz­dim, şekilli, sekin-asta uyğondi. Közini oçişi bilan tugunlarga yopişib, “urra” qoçmoqçi. “Şu böğçalar sizga kerakmi? Şoşmang, olib ketarsiz. Almisoqdan qolgan lozim bor, kiyarsiz. Doka römol bor, örarsiz. Ğirçillama, amirkon mahsi bor, kalişi bölmasa ham kiyarsiz, deb “mehmon”ni ötkazdim. “Mendan yoşroq körinasiz, çoydan quying”, deb damlangan çoyni oldiga surib qöydim. Koyimadim. Nasihat ham qilmadim. Faqat taajjublanganimni aytdim. “Ömarişmidi niyatingiz? Ömarib ketavermaysizmi? Nega birovning uyida, oşxonasida içasiz? Xurrak otib uxlaysiz, xonadonimizning havosi bilan şaʼningizni ham bulğaşni özingizga loyiq topibsiz, barakalla”, – dedim. Fotiha öqişim bilan eşik qolib, kirib kelgan teşigi tomon ketyapti. Yöl buyoqda, dedimu, qöliga böğçalarni tutdim. “Olmayman”, deb eşik tomon otilgan edi, döq qildim – “Olmasang mirşab çaqiraman!” Töxtadi. Topganingizni olib keting, deb qöliga tugunlarni tutqazdim. Kelinoyingiz “Bermang, nima qiladi uni”, deganiça qoldi.

Hikoya davomida ikki bor çoy damlab keldim. Yunus aka miriqib sözlar, kutilmagan mehmonning xatti-harakatini, goh hayron bölgani, goh qörquv aralaş duduğlanib nimalarnidir aytişga uringanini, ayniqsa, yöğon xurrakni “ijro” bilan körsatib, talaffuz etib yiğilganlarni kuldirgan, özlari ham miriqib xoxolagan edilar.

– Qaytib kelmadimi “mehmoningiz?” – söradilar otam.

– Mehmon kunda kelsa qadrini yöqotadi, – Yunus akaning javoblari har galgidek tayyor edi. – Keçagina taşrif buyurib, uyimizda özini-özi mehmon qilsa, ikki tugun sovğa-salomlar bilan uyiga ketsa-yu, yana mehmonga otlansa, insofdan bölmas.

– Insoflilari ham bölarkan, Yunus aka. Mirtemir domlani tunaşganini eşitmaganmidingiz? Yarim keçada şirakayf şoir uyiga kelayotsa, ikki tomonidan ikki barzangi çiqib, yölni tösibdi. Domla pisand qilmay turaveribdilar. Çöntaklari böm-böş ekan-da. Heç vaqo topolmay, bir-biriga qarab turgan tunovçilarni hayron qoldirib, taklif kiritibdilar:

– Sizlar ham ne niyatlar bilan köçaga çiqqansizlar. Tağin yarim keçada! Tunagan odaminglardan heç narsa unmadi. Yuring­lar uyga. Aqçadan qolgan bölsa, boş ustiga. Qaytarmaslik şarti bilan beraman.

Bevaqt kelgan mehmonlarni uydagilar tanimasa-da, iliq kutib olişibdi. Domlaning buyurtmalari bilan kartoşka, göşt qovurilibdi. Mehmonlar zör iştaha bilan tanavul qilib, şoirdan, uy bekasidan közlarini yaşirmoqçi bölib biroz ötirgaç, qözğalibdilar. Şunda Mirtemir rafiqasiga: “Taxmondagi atlas körpaning tagida pul qolgandi, olib çiqing” deb qolibdilar. Xullas, uydagi bor mablağni tungi mehmonlarga berib, xayrlaşibdilar. Bu voqeaga çamasi ikki-uç yil bölgan.

Yaqinda şoir xuddi öşa ahvolda uylari tomon ketayotsalar, lang oçiq eşik oldida ikki baquvvat yigit nimalardir solingan qop, temir banka, böyraga öralgan yana bir nimalarni galma-galdan taşib, özaro maslahatlaşib turganini körib, birpas kuzatgaç:

– Nima gap? Köçib kelayapsizlarmi bizni uyga? Yoki biz köçib ketayapmizmi? – deb söraganlarida, ular:

– Domla bormisiz! Tanimadingiz bizni. Yodingizda bölsa, sizni tunamoqçi bölgandik. Mehmon qilib, qölimizga pul berib uyaltirgan edingiz. Öşa kundan keyin ikkimiz ham bu işni taşladik. Yölimizni topib oldik. Qarzimizni oz bölsa-da, uzaylik deb keldik, – deyişibdi.

Bu sözlarni tinglab turgan şoir yigitlarni eslay olmabdilar. Uyga olib kirib kitoblaridan hadya qilibdilar.

– Qiziq bölgan ekan. Mirtemirni körib turaman. Bir oğiz aytmaydi-ya. Tafsilotlarini sörab olaman. Hafiyaxon, rafiqasini qarang vaqt yarim keçadan ötgan bölsa-da, mazzali taom keltirsa. Jiz-biz ustiga pul bilan ham siylasa. Darvoqe, yaqinda öçoq yoqib ötirmaymiz, şekilli. Gaz kelarmiş.

– Özingiz kördingizmi?

– Eşitdim. Elektr plitaga öxşagan, undan ança kattaroq, stol-kursidek moslama bölarkan. Quloğini buraşingiz bilan gugurtni yoqib tutatişingiz kerak ekan. Darhol yoqmasangiz portlab ketarmiş.

Otamiz xavfsirab:

– Balki gazni olmay turarmiz, – deb qoldi.

Yunus aka:

– Zör yonadi deyişadi. Ötin, kerosin ham kerakmas. Tutun ham çiqmas ekan.

– Boşqa şaharlarga ham borarmikan? – Gapga aralaşdi onamiz. – Ança böldi, andijonlik, marğilonlik ayollardan xalq qöşiqlarini yozib olmoqçi bölib borganimizda xotin-qizlar öçoq boşidan çiqmay, ötin, ğözapoya, poxol, tappi yoqib tirikçilik qilişlarini, qozon qaynatiş­larini körib köp açingandim.

– Toşkentda ham ahvol şu-ku! – eʼtiroz bildirdi Yunus aka.

– Bizda har qalay kömir bor, elektr quvvati bisyor, dökondan navbat kutib bölsa ham kerosin olsa böladi, – deb qisqagina javob bilan çeklanmoqçi bölgan kompozitor-etnograf Hafiyaxon Muhamedovadan Yunus aka maʼlumot olmoqçi böldilar:

– Aşulani qanday yozib oldinglar? Hamrohingiz Romanovskaya özbek tilini bilarmidi?

– Tilni töla özlaştirmagan, lekin madaniyatimizni örgangan, taomilimizni bilgan, unga amal qilgan ayol edi. Muqaddas Qurʼonni bilardi. Özbek kuylarini sevib xirgoyi qilib yurardi.

– Rus ayoli-ya! Qaysi kuylarni sevardi?

– Köp qöşiqlarni yoddan bilardi – sözini ham, ohangini ham. Ayniqsa, “Yor-yor”ni berilib aytardi.

– Öşa jarayon qanday keçgan? Şu haqda köp öylayman. Balki yozib olingan qöşiqlarni jamlab, kitob holida naşr qiliş kerakdir.

– Lutfixonim Sarimsoqovaning Andijondagi uyida bölganimizni köp eslayman. Xonandaning harakatlari, sözlari hozir ham kulgi uyğotadi. Şokilali zirak taqqan, iroqi döppi kiygan, uzun, tim qora soçlarini orqaga taşlab olgan Lutfixonim avvalida biroz taajjublandi. Meni eslagandek böldi. Çunki, körişgandik. Lekin peşonasiga tör durraçani tanğib olgan rus ayolini körib, hayratomuz tikilib qoldi. Salom-aliqdan keyin nima vajdan kelganimizni tuşuntirdim:

– Qöşiqlaringizni notaga olişga keldik. Hamrohim Yelena Yevgenyevna Romanovskaya. Peterburg konservatoriyasini bitirgan. Hozir Toşkentda istiqomat qiladi. Kuylarimizni yoqtirib qolgan. Qurʼonni biladi. Hozir vodiyda ayollar aytadigan qöşiqlarni yoziş bilan bandmiz.

– Oson bölmayotgandir. Ayollarimiz juda tortinçoq-da, – mezbon içkariga taklif etgança, tinimsiz savol beraverdi. – Töy-haşam, qizlar davrasida tengdoşlarimni, yoş qizlarni örtaga tortmoqçi bölaman. Heç unaşmaydi. Qanday köndirayapsizlar?

– Qaysi xonadonga bormaylik, bajonidil söraşib, dasturxon yozib, çoy uzatişadi. Lekin “Bir juft aşula aytib bering, dugonalaringiz sizni tavsiya etişdi”, deb iltimos qilsak, durraçalari bilan yuzlarini berkitib “Vo-oy, kim aytdi? Aşulani, öyinni bilmayman. Artistlar bor-ku, öşalarga ayting. Qoyil qilib aytib berişadi”, deb heç könmaydilar.

Lutfixonim:

– Siz bilan bir marta uçraşganimdan keyin ular darhol örtaga tuşib, öynab, xirgoyi qilib, katta aşulalarni baralla aytib berişi amri mahol. Yana yoningizda öris ayol bor. Öşa xotin-qizlar siz ketganingizdan keyin eşikni tambalab lapar ham aytişadi, dugonalari bilan askiya ham aytişadi. Şöx vodiyning qizlari. Farğonaça raqs tuşişini aytmaysizmi?

Bunday tavsiya va izohdan keyin Lutfixon aya devorga osiğliq dutorni olib, uni şunaqangi sayratdiki, biz opa bilan (Yelena Yevgenyevnaga şu tarzda murojaat etardim) şoşib qoldik. Çamadondan met­ronomni olib işga solişga urindik. Ohangning yangraş surʼatini belgilaydigan uçburçak şaklidagi bu asbob – met­ronomni körib, hayron bölib ijroni töxtatdilar. Bilmas ekanlar. Tebrangiç turli ritmda tebranişini, kuy maromiga moslana olişini tuşuntirdik. Nota tagiga kiçikroq patnis qöyib, yangrayotgan tovuşlarni maxsus belgilar bilan qoğozga tuşira boşladik. Qöşiqlar ketma-ket aytildi. Şoşa-pişa birimiz aşulaning sözini, birimiz esa ohangini ilğab olib, notaga muhrlaş bilan band böldik.

Hafiyaxon Muhamedova şu yerda hikoyasini töxtatib, atrofdagilarga murojaat etdi. Uzr söragandek böldilar:

– Zeriktirib qöymadimmi? Baʼzi tafsilotlarni eslaş ortiqça körinar. Yunus aka nima deysiz?

– Siz aytayotgan tafsilotlarni barça bastakor ham, musiqaşunos ham, qolaversa, tinglovçi ham bilişi kerak. Hamza bilan birga bölgan, unga şogird tuşgan Lutfixonim Sarimsoqova bilan ötgan kunlarning har bir daqiqasini tiklaş, qoğozga tuşiriş zarur, deb öylayman. Iltimos, hikoyangizni davom ettiring. Heç qisqartirmay ayting. Iloji bölsa, tilga olgan kuylaringizni ham eslating.

– Bölmasa, suhbatni içkarida – pianino yonida davom ettirsak, – deb onamiz hammamizni unça katta bölmagan xonaga boşladi.

Ikki taxmon, bir çöyan peçka, katta karovat, qadimgi kitob javoni. Qoğoz va kitoblar, qalam, peroli ruçkalarga töla yozuv stoli – şular orasida qopqoği oçiq, qop-qora pianino savlat tökib turardi. Onamning nozik barmoqlari eski, lekin jarangdor ovozini yöqotmagan pianinoning klavişlariga tekkanida şinamgina xonaga yana fayz kirgandek böldi. “Omon yor”, “Qilpillama yor”, “Barno yigit”, “Fab­rikaning yölida römolça topib oldim” qöşiqlarining ohangi yangradi. Ijro davomida izohlar berildi.

– Lutfixon qöşiqlarni aytib bölgaç, yonimizga keldi. Notani qöllariga olib hayron böldilar: “Şu nuqtalar bilan aşulalarimni yozib oldingizmi?” – deb qah-qah urib kulib yubordi. Çamasi, “harakatingiz behuda” demoqçi bölardi.

– Bizga işonmayapsiz, şekilli – şubha bilan qarayapsiz yozuvimizga. Ohang ham, aytiliş ritmi, sözlariga urğu berib talaffuz etilişigaça yozib olindi.

– Yöğ-ye.. Aytib bera olasizmi? Ijroda, kuyda heç yanglişmaysizmi?

– Siznikidek yangroq ovozim yöq. Lekin şubhangizni tarqatiş uçun unnab köraman – dedim-da, ayaning qölidagi dutorga işora qilib, – dutoringizni işonasizmi? – deb söradim.

Mezbon bizni faqat yozuvçi, şarhlovçi, musiqa töplovçi sifatida qabul qilgan ekan, şekilli, taajjubini yaşirmay, sozini uzatdi. Dutorni qölga olib qayta sozladim. Bizga tikilib turgan mezbonga vodiyda yozib olingan “Yor-yor”ni turli ohangda, rang-barang sözlar bilan aytilişini eslatdim. Xonanda va sozanda bağrimga bosib olgan dutor kosasida harakat qilayotgan barmoqlarimga qarab közlariga işonmay ötirdi. “Yor-yor”ning erkaklarga xos yöllari boşlanib, men sunʼiy ravişda bariton ovozi bilan ayt­moqçi bölganimda, mezbon “Köp yaşang! Bormisiz!” dedi-yu, özi ham qöşilib erkak­lar aytadigan “Yor-yor”ni baland ovoz bilan ijro eta boşladi. Bizga taniş bölgan kuy özgaça söz bilan aytildi. Biz Romanovskaya bilan bir-birimizga işora qildik-da, L.Sarimsoqova ijrosidagi “Yor-yor”ning yana bir nusxasini ham yozib oldik. Fursat ötmay hozirgina notaga olingan kuy-qöşiqlarni popurri şaklida ketma-ket çalib, aşulasini ham aytdik. Şunda aya örnidan turib, yuzini-yuzimga qöyib:

– Aylanay sizdan! Şunday iş bilan bandmisiz. Avlodlarimizga yetib boradimi biz aytib yurgan aşulalar? – dedi-yu, goh dutorni, goh esa oddiy likopçani çertib ketma-ket xalq qöşiqlarini şunaqangi berilib, ehtiros va nazokat bilan ayta boşladiki, biz Yelena opa bilan tovuşni notaga oliş, şeʼriy misralarning öziga xos talaffuzini – transkripsiyasini qoğozga muhrlaşni unuta yozibmiz.

* * *

Saratonning jazirama issiq kunlari otam bilan Yunus Rajabiy uzoq safarga otlanib qolişardi. Yoz çillasini Kislovodsk yoki Yaltadagi “Özbekiston” sanatoriysida ötkazişni afzal körib, bir neça hafta taraddud körişardi. Xalq musiqasiga oid maʼlumotlar, bir aşulaning notadagi, ijrodagi turli körinişlarini tasdiqlovçi manbalar, köp yillardan beri taʼqib etib kelingan Fitratning musiqa haqidagi kitobçasi, “Xorazm tanbur çiziği”ga oid noyob tadqiqotning qöl­yozma nusxasi, şuningdek, nota va oddiy oq qoğozlar boğlami bilan birga devzira guruç, zira, yançilgan rayhon onamiz tayyorlagan xaltaçalarga solinardi. Yunus aka, ayniqsa, “Jambil esdan çiqmasin, şörva, xördaga maza kiritadigan jambil böladi” deb, bu xuşböy ösimlikni kötarib kelganlarida hayron bölardik: dam olişga ketişyaptimi bular yoki işlaşgami, ijod qiliş niyatidami yoki pazandalik sanʼatini namoyiş etiş rejasi bormi? Katta çamadonlardan biri böş ketardi. Serfarzand, sernabira Yunus aka taaj­jublanganimizni körib:

– Qaytganimizda xonadonimizga yaqinlarim hol-ahvol sörab kelişadi. Qölimga qaraşadi. Bolalarim, ularning bolalari, Xudoga şukur, köp emasmi, römolning özidan kamida 20 ta olişim kerak. Bu yoğini özingiz hisoblayvering, öşa kuni katta qozonda kamida ön kilo guruç damlanadi, deb farzandlari, nabiralari, kelin va kuyovlarini tilga olar edilar.

Şunday taraddud ketayotgan kunlarning birida Yunus aka çorak litrlik aroqni kötarib keldilar. Şişa idişdagi suyuqlikni çayqab:

– Mana bu qurğurni xolodilnikka qö­ying, bundan köproq içsak işlay olmaymiz, – deb kiçkinagina, pastqam oşxonada savlat tökib turgan katta, oppoq sovutkiçni oldiga borib, eşigini oçib-yopib qöydilar. – Mahallamizda ham bir-ikki xonadonda bor bu uskuna. Qöni-qöşni göşt, sut-qatiqni issiqda saqlay olmay, biznikiga olib çiqadigan bölişibdi. Xolodilnikni eşigini oçganimda öylab qolaman: qaysinisi bizniki-yu, qaysi biri qöşnilarniki, köpinça ajrata olmayman.

Yunus aka lağmonni yoqtirişlarini bilib onamiz darhol opalari Voçkiyaxonga meni jönatardilar. Otam eşik tagiga bir-ikki hovuç suv separdilar-da: “Şalabbo qilib suv sepdim, u qurib qolmaguniça qaytib kelasan” derdilar. Qançalik tez yugurmay, uyga qaytganimda suv qurib qolgan bölardi. “Oq maçit” bilan “Baland maçit”ning orasi ançagina masofa edi-da.

Öşa kuni lazzatli taomdan keyin şaqillab qaynab turgan samovar xontaxtadan örin oldi. Onamiz gruzin çoyini damlab, katta piyolalarda uzatayotganlarida Yunus aka muşohada qildilar:

– Bizda kuy, ohang, katta aşulalar notasiz ham avloddan-avlodga ötib kelavergan. Yevropada nota, bizda tanbur çiziği paydo bölib, maʼlum va maşhur kuylar qoğozga tuşiriladigan böldi. Komil Xorazmiyga qoyil qolaman: ança murakkab “Rost” maqomini özi ixtiro qilgan usulda muhrlab qoldirgan-a?! Işini oxirigaça yetkazmagan bölsa-da, yöl körsatilgan…

– Özingiz yaxşi bilgan Viktor Uspens­kiy Fitratning taklifi bilan Buxoroga borib, maqomni nota belgilari bilan yozib olgan. 1925 yili uni Moskvada naşr ham qilgan. Hindistonda raqamli sistema qöllanilişini bilaman. Lekin bizda nota yozuvini joriy etiş oson bölmayapti. Musiqadan savodi çiqmaganlar köpçilikni taşkil etadi. Sozanda, xonandalar ham nota maxsus belgilarining qöllanilişini, notalar guruhlanişini bilmaydilar, umuman, musiqani grafik belgilar bilan ifodalaşdan bexabarlar köpligini özingiz ham bilasiz, Yunus aka. Hatto biroz kulgi uyğotadigan voqealar ham röy beryapti…

Uyimizga kelgan mehmonlarning aksariyati musiqaga u yoki bu darajada aloqador edi. Ular voqelikni, muhitni, ijod damlarini, muşohada daqiqalarini, hatto, kundalik hayotda röy berib turadigan voqealarni vizual tarzda, yaʼni köriş qobiliyatlari bilan yoxud verbal vositalarda, yaʼni aytiladigan söz orqali qabul qiliş bilan çeklanmasdilar. Ular bir ritmda yangrab turadigan doira zarb­lari yoki patnisga, likopçaga, xontaxtaga bir maromda urilayotgan kaft taratadigan jarangsiz tovuşning bir maromda eşitilib turişi, hatto, böş piyola zavq bilan çertilişi raqsga, aşulaga, musiqa çalişga undabgina qolmay, hikoyaga jör bölişini istardilar. Baletmeyster, xalq artisti Isoxor Oqilov bunday ritm­­ga çidab tura olmas, kiçkinagina hovlimizda şunaqangi raqs tuşar ediki, yiğilganlar örinlaridan turib ketar, kimdir qarsak çalib, boşqalar örtaga tuşib usta raqqosga şerik bölardi… Bastakor, sozanda Nabijon Hasanov kelganida esa köproq sukut saqlab, özlari jajji temir qafasda olib kelgan saʼvani bizning uyimizdagi quşçalar bilan böladigan çaqirişmasini, bir-birlariga tovuş berişini tinglab ötirardilar. Ketayotganlarida arzanda quşçalarini bizning sayroqilar katagiga qöyib yuborar yoki u yerdan bir juftini olib ketardilar…

Öşa “musiqali soatlar”ning oliy maqsadi bölgan ekan. Hayotiy ijro, unga jör böladigan jismoniy harakat balandparvoz sözlarga, baqiruv-çaqiruvga, nigohlar keskin ravişda özgarib turişiga, börttirilgan imo-işoraga muhtoj emas ekan.

Onamiz Sora Eşontörayevani dramatik teatr aktrisasi sifatida qadrlaş bilan birga bu musiqa şaydosi kuydan oziq olişini bilar, binobarin, bunday arboblarning ijodiga turli sanʼatlar nuqtai nazaridan qaraş lozimligini ayt­moqçi bölardilar…

Öz-özi bilan bölib, oltmiş yoşiga qadar uylanmay ijod naşidasidan mast bölib yuravergan Manas Leviyev hamkasb döstlari: Mutal Burxonov, Sulaymon Yudakovni turmuş qurişga daʼvat etar, “ikki nozaninni topib qöydim, bir kunda töy qilib ikki kompozitorning boşini ikkita, keçirasiz, törtta qilib qöyamiz” deb “Töylar muborak”ni aytar, malikalar taʼrifini keltirar, özi ham “Sabʼai sayyor” dostonida taʼriflangan Mehridek oqila qizni izlab yurganini aytardi. Keyin jiddiy ohangda “Ikrom köp yozadi, Mutavakkil heç yozmaydi” deb I.Akbarov hamda M.Burxonovni tanqid qilgandek bölganida, kulgi kötarilardi. Çunki ularning birinçisi baʼzan böş pyesalarga ham musiqa yozar, ikkinçisi esa yillar davomida mahsulot bermas, “Navoiy” operasi ustida ön yillar davomida işlayotganini nazarda tutib haq gapni aytardi. Şunda “Özingiz-çi, özingiz köp yozasizmi?” degan savol tuşganida, Manas aka “Men Mavlono Alişer Navoiy oldidagi qarzimni uzib olay, keyin savolingizga javob beraman” degandi.

Ijod ahli hazil-mutoyibaga hamişa örin topgan. Vaqtini ham ayamagan. Dös­tining könglini ovlab, jajji sahnalar, epizodlar yaratgan. Ularning ayrimlarini qalamga olganimda, zabardast zamondoşlarimizning uluğ­vorligi bilan birga yoş bolalardek soddaligi, oq köngilligi, betakallufligi yirik asarlaridagina emas, hazilkaş döstlariga bölgan munosabatlarida ham közga taşlanar ekan, deb mulohaza qildim.

Hamidulla AKBAROV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan