Vijdon… Uni körganlar bormi?
Odatda kimningdir bizga nisbatan notöğri munosabatidan yoxud insofsizligidan, adolatsizligidan ranjisak, “vijdoning kuysin”, “vijdoning bormi özi?” deymiz yoki yana “vijdonini yegan bu” degan hukm bilan alamimizdan çiqamiz; turli minbarlardan “vijdon amri bilan iş tutaylik”, “vijdonan işlaylik” deya amri maʼruf qilamiz. Yuzakiroq mulohaza qilsak, “vijdon” umumisteʼmoldagi söz ekan, jon joylarimizga taalluqli muayyan tuyğularni şu sözsiz ifodalay bilmas ekanmiz, vijdon – hayotimizda juda muhim örin tutar ekan… Çuqurroq mulohaza yuritsak esa…
Otabekning guvohi
Uluğ Abdulla Qodiriy bundan salkam bir asr muqaddam “Ötkan kunlar”da Otabek siymosida maʼnaviyati benihoya yuksak insonning ideal timsolini yaratib, uni barça zamon kişilariga ibratu örnak qilib qöydi. Özbek adabiyotining mangu yaşnoq gulzori bölgan bu asarda şunday sahna bor: “Otabek va qutidor Azizbekning ayğoqçilari sifatida ölimga hukm etilganlar. Otabek özining isyon qözğaş maqsadida emas, bölak maqsadlarda Marğilonda turganini, ehtimol etilayotgan gunohdan emin ekanini qayta-qayta takrorlaydi. Quşbegi “najot fariştasi” (Kumuş)ning kömagi bilan dor ostidan qaytarilgan bandilarni yana bir karra söroq etadi: — Otabek, — dedi Quşbegi söz boşlab, — qölga olingan kuningiz menga özingiz bilan otangizning qanday kişilar bölganingizni, yaʼni maslakingizni sözlagan edingiz. Ammo biz öşal sözlaringizga dalil va isbotsiz işona olmaymiz… Endi siz öşal daʼvoingizni isbot qila olasizmi?
— …
— Demak, öşa sözlaringizni isbot qiliş uçun hujjatingiz yöq?
— Yöq… Isbot uçun vijdonimdan boşqa şohidim yöq”.
Albatta, bu şohid – guvoh, huquqiy bilimlari risoladagidek bugungi öquvçiga ğalati tuyulişi mumkin. Ammo boşi ustida “bir soç tolasiga boğlangan şamşir” (A.Oripov) osiq turgan lahzalarda keltirilgan dalil Otabekning vijdon tuşunçasini benihoya yuksak tutgani, insonning hayot-mamot masalasini hal qilişi mumkin bölgan qadriyat deb bilganidan, şuningdek, bu qadriyat aynan vijdonsizlikning qurboni bölgan Qodiriy uçun ham benihoya yuksakligidan dalolat beradi.
Inson hayotiniig fojialarida iymon uyğotuvçi uluğ bir qudratni körgan va buni sanʼatkorlik bilan körsata olgan Çingiz Aytmatovning Mömin çoli, Saidasi, Edigeyi, Abutolibi, Böstoni, Avdiysi-çi? Bizni maftun etgan, ularga ergaştirgan narsa ham bu qahramonlarning vijdon amri bilan amalga oşirgan kori xayrlari, vijdonsiz kimsalarga qarşi olib borilgan kuraşlarda baʼzan noçor qolib, çekkan iztirobu alamlari emasmi? Ularning ayrim iymonsizlarga qarşi olib borgan kuraşlari va bu kuraşlarning aksaran samarasizligi bizga bugungi kunda ezgulikning ğalabasi aynan vijdon va vijdonsizlik örtasidagi nisbatga boğliqligidan saboq bermaydimi?
“Kassandra tamğasi” esa taʼbir joiz bölsa, vijdon haqidagi iztirobli ogohlantirişdir. Qismat alamini butun jamiyatdan, butun insoniyatdan olişga çoğlangan Andrey Krilsovning köksida uyğongan vijdon hayqiriği uni to şu paytgaça erişgan jamiki moddiy va maʼnaviy huzur-halovatlaridan voz keçişga, “kosmos orqali özlikka çekiniş”ga majbur etadi. Iso Masih singari uning vijdonini qutqarişga safarbar etilgan Runa timsoli qalbimizda çeksiz muhabbat uyğotadi. Ammo vijdonsizlik çegarasidan xatlab, iymon sari yuz burgan Filofeyning özi pirovardida vijdonsiz olomonning johilligi tufayli halokatga mahkum…
Haqli savol tuğiladi: insoniyat yuz bor, balki ming çeksiz marta vijdonsizlik oqibatida öz boşidan turli qirğinbarotlaru, köz körib quloq eşitmagan fojialarni keçirdi, qirildi, yondi, xonumoni sovrildi, davlati va millati halokatga keldi – nega sergak tortmadi? Nega u hali-hanuz ğofillik, befarqlik, keraksiz taşvişlar, fitna-fujurlardan boş kötarib, qarşisidagi aççiq haqiqat – iymonsizlikka qarşi jiddiy kuraşa olmaydi? Bu savolga, balki, javob topiş mumkindir. Ammo masalaning mohiyati bunda emas. Muddao şuki, vijdonsizlikka qarşi kuraş, isyon qiliş uçun, eng avvalo, iymoni but, eʼtiqodi salomat, irodasi bukilmas ŞAXSlar kerak. Bizga bugun – ötiş davrida aynan ana şunday har tomonlama soğlom avlod har qaçongidan ham zarur.
Qozonning ustiga ötirgan odam
Naql qilişlariça, bir zamonlar hayot juda oğirlaşib ketibdi-yu, odamlarga kundalik oziq topiş ham ötkir muammoga aylanibdi. Şunday kunlarning birida birov uyida issiq ovqat tayyorlab ötirsa, qöşnisi çiqib qolibdi. Şunda haligi odam ne-ne maşaqqatlar bilan yetişgan ovqatni qöşnisidan qizğanib, qozon-pozoni bilan olib tagiga qöyibdi-da, ustiga ötirib olibdi. U yoğini özingiz tasavvur qilavering… Şundan xalq orasida “qiyinçilik kunlar-ku ötar, ketingni kuygani qolar” degan naql yuradi.
Bugungi kunning ayrim manzaralari ham qozon ustida ötirgan odamni esga soladi. Bugun ham ötiş davri maşaqqatlaridan şikoyat qiliş, har qanday yuzsizligu surbetlikni, insofsizligu beorlikni bozor iqtisodiga “yuklaş”, davrning oğirligi bilan oqlaş “moda”ga aylangan. Aslida bularning bari özimizning sabotsizligimiz, irodasizligimiz, buyuk kelajak yaratiş yölining boşida muqarrar duç kelinajak qiyinçiliklar oldida dovdiraganimizni yaşiriş uçun vijdonsizlikni dastur qilib olganimizning misoli emasmi? Agar aynan ana şunday kunlarda bir-birimizni qöllab-quvvatlasak, har birimiz öz zimmamizdagi masʼuliyatga vijdon ila yondaşsak, Turkistonning oqilu fozil farzandlari bir umr orzu etgan birlikni bayroq qilib kötarsak, ham ötkinçi maşaqqatlarning zarbi unça sezilmaydi, ham maʼlum muddat ötib, hayot öz iziga tuşib ketgaç, vijdonimiz osoyişta böladi.
Biz vijdon haqidagi bahsimizni behudaga badiiy adabiyotdan tamsil bilan boşlamadik. Zero, xalqning vijdoni böla olgan uluğ sanʼatkorlar vijdonni inson hayotining mohiyatini taşkil etuvçi va jamiyat tadrijining yönalişini belgilovçi uluğ qadriyat sifatida talqin etganlar. Haqiqatda şunday. Agar tevarak-atrofga tahlil közi bilan nazar taşlasangiz, xayrli amallar ham, bir qator buzğunçiligu, noşoyista xatti-harakatlar ham vijdon va vijdonsizlik çegarasida sodir etilayotganining guvohi bölasiz. Bugun bozor oralagan xaridor özi bilan qöltaroziyu, metr – çöp olib yurmasa, olgan matosini tikuvçi qaytarib beradi, xarid qilgan yeguligini köz köradiyu, oğiz körmaydi; töyida dabdaba bilan poytaxtdan falon hofiz çaqirib, doşqozonda oş damlatgan möylovdor akamiz mahallasida çiroq öçsa, taʼmir uçun köp qatori ming sömni ming iddaoyu pisanda bilan çiqaradi; falon xil köylagini maʼrakada köz-köz qilişga şaylangan mahbubamiz öşa davrada darsliklarning qimmatlaşib ketganligi bois bolalarini kitob bilan töliq taʼminlay olmaganidan şikoyat qiladi; bozor sumkangiz sal kattaligini körgan militsiya xodimi nonuştaga “çoyçaqa” söraydiyu, qizarinib ham ötirmaydi; zörğa “uç”ga ilinadigan talaba kontrakt puli tölab qöyilganligini pisanda qilib, öqituvçiga reyting ballarini kötarib qöyişni iddao qiladi. Yöl qoidasining buzilişi oqibatini hujjat içiga qöyib berilgan “çoyçaqa” bilan “tekislaş” mumkin… Bular – kundalik hayot manzaralari, özimizni har qança ğofillikka solmaylik, körinib turgan aççiq haqiqat.
XX asr sönggi va yangi asr boşida ğaroyib bir illat paydo böldi: hammaning köz oldida uyalmay öğrilik, muttahamlik, tovlamaçilik qilgan, umrining yarmini yolğon, fitna-fujur bilan ötkazayotgan odamlar goh davraning töriga çiqib qoladilar. Odamlar öşa illatni urçitib, millatning boşida kanadek köpayayotgan tovlamaçini bir-birlariga körsatib: “U kişi katta moşennik” desa, ikkinçisi: “Ha, taniyman. Hatto, falonçini ham çuv tuşirdiya”, – deb, nafratlanib, hazar qilib emas, “hayratlanib” qaraydilar. Xöş, bu davralarga çoy-non taşib, xizmat qilib yurgan farzandlarimiz tarbiyasini kim öylaydi? Axir, qadim Şarq özining ibrat va insofi, axloq va ilmi bilan ziynatli, uluğ emasmi? Kam öylaymiz, oz fikrlaymiz – köp gapiramiz, jindek amal qilamiz…
Yana bir aççiq haqiqat: mansabdorning xizmatiga hamişa şay, uning mehmonini kutib-kuzatadigan, zarur bölsa, xöjayin uçun, manfaat uçun haftalab öz oilasi, farzandlarini ham unutib, bozor-öçar qilib, ming-minglarni sovuradigan, töy-haşamlarda “falon” sömni qistirvorgan akamiz öz farzandlariga törtta kitob yoxud kompyuter olib berişni xayollariga ham keltirmaydi.
Ayrimlarning uylariga borsangiz, qöy söyadi, yaşiklab içimlik, öylasang labingga uçuq toşadigan xarajatlar qiladi. Lekin yaşaş şaroitini körib qörqib ketasan odam. Uyida na tuzukroq televizor, na radio, na bir jurnalu na bir gazeta… Dunyoda nima gap? Qayerda terror, qayerda diniy ekstremizm? Qayerda jaholat, qayerda taraqqiyot? Ilm, yaratuvçanlik, farovonlik – bularning bari “mehmonnavozlik” oldidan ötaversin…
Öz vijdonimiz bilan hamişa hisoblaşamizmi – bugun aynan döppini boşdan olib, ana şu xususda fikr-mulohaza qiladigan, aql-idrok bilan iş köradigan, qirq ölçab bir kesadigan, kam gapirib – köp amaliy iş qiladigan, özing ibrat bölib, vijdonan yaşab, şundan söng özgalardan talab qiladigan zamondir.
Albatta, özbekning mard, şijoatli, hamiyatli öğlonlari juda köp. “Ketmonning dastasini-da kökartirib” (A.Oripov) hayotga nekbin köz ila boquvçi xalq bu. Bu xalq eng oğir zamonlarda ham özining sabr-toqati-yu, mehnatkaşligi orqasida özligida sobit qola bilgan. Eng muhimi, heç qaçon vijdoniga xiyonat qilmagan, vijdon yöriğidan çetga çiqmagan. Vijdon degan uluğ hakam ertaga bizga – özbekning XXI asrda yaşayotgan qoraközlariga ham “qiyinçilik kunlar-ku ötadi-ya…” demasligi uçun ana şunday uluğ elning farzandlari ekanligimizni unutmaylik.
Derazani kim sindirdi?
Insonlik jamiyati paydo bölibdiki, başariyatning uluğ farzandlari uning nomukammalligidan, noqisligidan ozurda. Insonlik jamiyatining ular kutgan darajaga çiqişiga xalaqit berayotgan katta-kiçik illatlaru, buzilişlarning boşida vijdon muammosi turadi desak, mubolağa bölmas.
Bolalikda öqiganim bir hikoyada şunday voqea bayon qilingan edi: sinf derazasining bir közi qandaydir sabab bilan sinadiyu, aynan aybdor bola qatʼiy guvohlik berib, döstining nohaq jazolanişiga sabab böladi. Döst esa bu uluğ adolatsizlik oldida noçoru noiloj, “vijdonidan boşqa şohidi yöq”. Meni hanuz hayajonlantiradigani: voqeaning yeçimi emas – şuning uçun ham hikoya qanday tugaganini eslay olmayman. Meni aynan voqea qiziqtiradi, özimça uning tadrijini öylayman… Oddiygina hodisa, arzimasday bölib tuyulgan vijdonsizlik, alhol bu vijdonsizlik manzarasiga atrofdagilarning loqayd munosabati döstning könglida uluğ alam bölib tuğilmasligiga, asta-sekin yuz boşli ajdahomisol ulkan ÖÇga aylanmasligiga, ehtimolki, öz izidan turli vijdonsizliklaru, jinoyatlarni boşlab kelmasligiga kim kafolat bera oladi? Axir, köksida kulala bölgan öç tufayli zoti-bisoti notayin ikszurriyodlarning tarqalib ketişiga sabab bölgan Andrey Krilsov kaşf etgan yovuzlikning zamirida ham unga nisbatan qilingan vijdonsizlik (ehtimol, otasi tomonidan, ehtimol, onasi tomonidan) yotmaydimi?
Yana bir oddiyday tuyulgan voqeani olaylik: kassir oylik maoşingizni “yuz sömigina”ni “qöl haqi” sifatida heç tortinmasdan, izohlarsiz – vijdonsizlarça olib qoladi. Siz esa arzimas pul uçun tuşuntiriş talab qilişga iymanasiz-da (ehtimol, bu doimiy hodisa bölgani uçun ham tuşuntiriş sörab ötirmaysiz), “öç”ingizni boşqa birovdan, masalan, adaşib pulingizga ortiqça qaytim qaytargan sotuvçidan olasiz. Sotuvçi esa… Şu tariqa vijdonsizlik vijdonsizlikni tuğdiradi, vijdonsizlarça munosabat vijdonsizlarça munosabatni keltirib çiqaradi. Jamiyat böylab taralgan bu tölqin sal ötib tuzatiş ehtimolidan xoli qötirga aylanadi… Bunday jamiyatga toza havo olib kirilmasa, Vijdonning uluğ elçilari sabot va qatʼiyat bilan işga kirişmasa, unday jamiyat tanazzulga mahkumdir. Bunga tarix guvoh, tarihda keçgan har ne buyuk imperiyalar taqdiri misol. Öz jamiyatini vijdon ustuvor bölgan jamoaga aylantirişga uringanlarga esa hamişa oğir bölgan, baʼzan esa ular bu kuraşda Iso Masih singari Avdiy yo Andrey Krilsov singari, Fitratu Çölpon singari öz hayotlari bilan badal tölaganlar. Axir, insonning millionlab vakillari yostiğini quritgan Ikkinçi jahon uruşi ham yuksak miqyoslardagi vijdonsizlikning oliy namunasi emasmidi? Axir, Asadbekni (“Şaytanat”) katta jinoyatçiga aylantirgan ham butun boşli jamiyatning vijdonsizligi emasmidi? Axir, öz dösti, yoru birodari, ustozi yo şogirdining vijdonsizligi qurboni bölgan Fitratu Qodiriy, Çölponu Usmon Nosirlarning ruhi-arvohi atrofimizda hanuz aylanib, çirqillab yuribdi-ku.
Iymon – tarozu
Aslida vijdonning özi nima? XX asr boşlarida davr kişisining axloq dasturi bölarlik “Turkiy guliston” ni maydonga çiqargan Abdulla Avloniy unga şunday taʼrif beradi: “Vijdon deb ruhimizga, fikrimizga taʼsir qiladurğon hissiyot, yaʼni sezuv-tuymakdan iborat maʼnaviy quvvatni aytilur. Biz har vaqt afʼol va harakatimizni yaxşi va yomonligini, foyda va zararligini onjaq vijdonimiz ila bilurmiz. Vijdon insonning aql va fikrini haqiqiy mezonidirki, bu tarozu ila öz kamçiliklarini ölçab bilmak ila barobar boşqalarning ham afʼol va harakotini sezur. Agar işlagan işi şariat, aql va hikmatga muvofiq bölsa, muhabbat qilur. Qabohat va yomon işlarni qilsa, nafrat qilur”. XIX asrning uluğ klassigi Lev Tolstoy fikriça esa “Vijdon — odamlar hayotining odil rahnamosidir”. Undan ança ilgari yaşagan Sitseron esa sof vijdonni “eng kerakli ziynat” deb hisoblaydi. Bu taʼrifu taşbehlarning barçasi vijdon tuşunçasi hamma zamon mutafakkirlarini befarq qoldirmagani, bilʼaks, ular vijdonni inson va jamiyat qiyofasini belgilovçi mezon deb bilganlaridan dalolatdir.
Paydo bölganidan buyon eng yaxşi axloqiy qadriyatlarni tarğib qilib kelayotgan Islom dinida iymon – boş tuşunçadir. Insof-adolat, möminlik, mehr-oqibat, birlik-birodarlik, eʼtiqod, muloyimlik, ilmga intiliş, şijoat – bularning barçasi iymon doirasiga kiradi. “Şariat hukm-ahkomlariga jamiyat xavfsizligini taʼminlaş, eng yuksak insoniy fazilatlarni saqlaş, hurmatlaş, qon tökmaslik, öz or-nomusini saqlaş, öz mol-mulkining daxlsizligini taʼminlaş kabilar kiradi”, – deb yozadi Ar-riyod muallimlar oliy bilimgohining diniy ilmlar böyiça ustoz professori Abdu-r-Rahmon bin Muhammad Ol-i Umar janoblari. Islomning adolati ham şundaki, hayot bu dunyo bilan tugamaydi, “insonlarga yomonlik qilib, zulm ötkazgan, azob bergan, ğariblarni ezib haqlarini yegan kişilar bilan odamlarga adl va yaxşilik, ğariblarga rahm, yöqsillarga şafqat qilgan kişilarning oqibati barobar bölsa, yaxşilikning foydasi yoki yomonlikning ziyoni qanday farqlanadi?” (Rahmatulloh Turkistoniyning “Ilm va iymon” kitobidan) – aynan uluğ Ajr kuni va şu kuni beriladigan hisobot insonlarni faqat va faqat yaxşi amallar qilişga yönaltiradi. Endi ayting-çi, bu tuşunça va hodisalarning birortasini Vijdon tuşunçasidan ayri tasavvur qiliş mumkinmi? Mahşar – bu vijdon taroziga qöyiladigan kun emasmi? Vijdonsizlikni kasb qilib, iymonga erişiş mumkinmi? Aslo! Aslida iymonning asosida ham vijdon yotadi. Olamga, odamlarga va öziga vijdon közi bilan qaramagan inson iymonli böla olmaydi. Zero, islomda ham ming yillik toat-ibodatdan köra birovga qilingan yaxşilik, öz xatti-harakatingning taftişi, adolat va insofning ajri yuksakroqdir. Bunga esa vijdoningni bir çetga surib qöyib erişib bölmaydi.
Barça qadriyatlarning otasi
Başariyat mutafakkirlarini hamişa inson umrining mohiyati, insonlararo munosabatlar, jamiyat va şaxs munosabatlari qiziqtirib keladi – bularning zaminida saodatli jamiyat ğoyasi yotadi. U qanday nomlanişidan qatʼiy nazar – “Fozil kişilar şahri”mi, “Utopiya” orolimi, “Odil şoh mamlakati”mi? Mohiyati bir – insonlar teng huquqli bölib, baxt-saodatli hayot keçiradigan jamiyat. Bu esa tabiiyki, adolat, insof, hamiyat, mehr-oqibat, şijoat, maʼrifat, nomus, hayo, vafo, birdamlik kabi bir qator maʼnaviy qadriyatlar bilan boğliq. Heç mubolağasiz aytiş mumkinki, ana şu qadriyatlar boşida Vijdon turadi. Yöq, bu şunçaki şoirona gap emas. Axir, vijdonsizda hayo-yu vafo böladimi? Or-nomus yo mehr-oqibat böladimi? Qaysi vijdonsiz çöntagi qappayganda birovga hamiyat körgazibdi?
Ammo heç kim onasidan vijdonli yoki vijdonsiz bölib tuğilmaydi. Avvalo, oila, keyin esa turli tarbiya muassasalari, mahalla-jamoaning, atrofdagilarning taʼsiri, tarbiyasi har qanday kişida öz-özini taftiş qiliş, xatti-harakatlarini baholaş, burçga töğri yondaşiş, şuningdek, boşqalarning ham yaxşi-yomon amallariga munosabat bildiriş tuyğusini şakllantiradi. Bu – Vijdon tuyğusidir.
Bizning milliy hayotimizda özaro taʼsir qonuni kuçli. Köçaga çiqqan bolani butunlay notaniş möysafid ham, uzoq bir mahalladoşi ham tergaydi; maktabda qilgan notöğri xatti-harakatidan akasi yoki singlisi ota-onaga axborot yetkazadi; özidan sal kattaroq maktabdoşi tanbeh berişni burçi deb biladi… Bu, tabiiyki, vijdon tuyğusining şakllanişiga ham, uni şakllantirişga ham juda qöl keladi.
Içingdagi xoin
Özbekning betakror şoirlaridan biri Şavkat Rahmon bir şeʼrida şafqatsizlarça savol qöygan edi: “Nopoklar poklarga qilganda tuhmat, titramay aytdingmi keskir sözingni? Bolangning yodiga ne qilding tuhfa, asrab qololdingmi özing özingni?” Keyin esa yanada keskin talab qiladi: “Öldir, içingdagi xoinni öldir!” Içingdagi xoin… Kim u? Şoirning talqiniça, bu – qörquv. Qörquv esa içingda Vijdon örnida paydo bölgan böşliqda boş kötaradi. Köksida vijdoni uyğoq inson har qanday xavf-xatarga, har qanday mustabidga, hatto ölim tahlikasiga-da tik qaray oladi. Uluğ ajr kuni berilajak hisobot ham uning uçun qörqinçli emas. Qörquvni vijdonsizlik, vijdonsizlikni qörquv tuğdiradi. Mansabu, moddiy farovonlik taʼmasida maddohlikni öziga or bilmaydigan, insonning eng nodir boyligi bölgan vijdonni arzimas baholarda pullaydigan kimsalar esa katta kuraşlarga, katta fidoyiliklarga qodir emaslar.
Bugun davrning şiddatini, zamonning talabini, umrning mohiyatini teran anglagan har bir vatanparvar, millatparvar şaxsning maqsadi bitta – ona Özbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatorida köriş, özbekning nimalarga qodirligini namoyiş etiş va qoraköz bolalarga ozodu obod bir yurtni meros qoldiriş. Bu – bizning avlod çekiga tuşgan masʼuliyat. Bu masʼuliyatni şaraf bilan uddalaş uçun esa köksimizda har qanday qörquvni mahv etişga qodir bölgan Vijdon hokimlik qilmoği lozim. Har bir vijdonli insonning doimiy şiori, vijdon hayqiriği esa millatparvar şoir Şavkat Rahmon sözlari bilan aytsak, şunday bölmoği lozim:
Faroğat borligin unutib qöydim.
Bağrimga çaqinlar tegdi dafʼatan,
Sendan-da uluğroq narsa yöqligin,
Soçim oqarganda angladim, Vatan!
Naqadar keçikib angladim seni,
Çaqinlar yöq qilsa meni dafʼatan,
Ayt, qandoq çidayman bunday xörlikka.
Ayt, qandoq yotaman bağringda, Vatan!
Ilhom ĞANIYEV,
Xalqaro Yassaviy mukofoti laureati
