Ekstensiv va intensiv taraqqiyot: qay biri afzal?
Taraqqiyotda ança rivojlangan mamlakatga safarning bir yaxşi jihati – bor. Hamma narsani soliştirasan. Erişilgan yutuqlarning tezroq özimizga ham kirib borişini orzulaysan. Şunga özing ham bevosita hissa qöşging kelaveradi. Bu esa tinimsiz fikrlaşga undaydi.
Uşbu mulohazalarni, kaminaning Turkiya Respublikasi poytaxti bölmiş Anqaradagi öylari, sifatida qabul qilasiz.
…Keçasi uyquga yotayotganingizda ertaga qaysi soatda aynan qaysi işni bajarişingizning puxta rejasi tuzilmagan bölsa, kelayotgan kuningiz barakali bölişidan umidingizni uzavering. Barakasiz ötgan kunni esa kun sanab bölmaydi. Ular soni qança köpaysa, umringizni, şunça qisqargan, deb hisoblayvering. Elligingizda oltmişga, oltmişingizda yetmişga kirgan deb biling özingizni.
Eh-he, qança-qança odamning kuni bekor ketyapti-ya.
Şöro davridan qolgan kasalimiz şuki, otamiz bir iloj qilib, öqişga kiritib qöysa, bir diplomçani qölga kiritsak, bir işçaga joylaşsak-da, pensiyagaça ğimirlab borib-kelib yursak, böldi-da. Yöq, endi bunaqasi ketmaydi! Bundan bu yoğiga diplomingiz emas, özingiz işlaysiz, birodarginam! Qölimda-ku aniq statistika – yöq. Lekin bozor iqtisodiyoti davrida oliy taʼlim muassasasini tugatgan qança-qança fuqaro amalda, heç qanday mutaxassislik talab qilinmaydigan işlarda işlab yuribdi. Essiz şunça yillar sarflangan mablağ, şunça taʼlim, şunça umr…
Pensiya yoşigaça, asosan, Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Taşqi işlar vazirligi, Prezident devoni, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida işlaganman. Hammasi – davlat byudjetidan taʼminlanadigan taşkilotlar.
Bu közlar çiroyli kostyum-şim kiyib, böyniga oxirgi rusumdagi galstukni taqib, işga keladigan xodimlarning qança-qançasi idorada kunini juda unumsiz ötkazganini körmadi, deysiz? Ammo bunaqalar işga hammadan burun kelib, hammadan keç ketişni juda-juda qotiradi-da. Aksar rahbarlarga şundaylar köproq yoqişini ham bilib qolganman: Majlisda: “Mana, ötiribdi-ku beçora keç soat töqqiz-öngaça!” – deb, aynan öşalarni maqtaganlarni ham köp körganman. Yaxşiligi – bular boşliq söragan paytda: “Labbay!” – deb öşa zahoti kabinetga kiradi-da.
Şöro davrida suratga olingan “Işdagi işq” badiiy filmida bir nozik nuqta – bor. Iş soati tugagan daqiqada statistika idorasining barça xodimlari birdaniga örnidan turib, uyiga jönaydi. Aslida, buni kino ijodkorlari bir orzu sifatida körsatgan, nazarimda.
Iqtisodiyoti yuksak darajaga yetgan mamlakatlarda rahbarlar iş vaqti tugaganidan keyin işxonada ötirgan xodimni yomon körar ekan. Birinçidan, layoqatsiz xodim bölsa kerakki, vazifani belgilangan vaqt içida bajara olmayapti. Ikkinçidan, inson iş kunlarida sutkani uçga bölişi, uning birini, albatta, işga, ikkinçisini, albatta, uyquga, uçinçisini, albatta, ovqatlaniş, yuvinib-taraniş, yöl, madaniy hordiq çiqariş va boşqa ehtiyojlarni qondirişga sarflaşi – lozim. Uçinçidan, ilm asr-asrlar tajribasini umumlaştirib, şu qatʼiy xulosaga kelganki, inson bir haftada 40-41 soatdan ortiq işlasa, unum, yaʼni miqdor ham, sifat ham, şubhasiz, pastlaydi. Buning uçun kuniga sakkiz soatdan işlansa, haftasiga ikki, kuniga yetti soatdan işlansa, haftasiga bir kun töliq dam olişi – şart. Törtinçidan, ilm salomatlik uçun insonga keçki ovqatdan kamida uç soat ötganidan keyingina uxlaşni tavsiya etadi. Keçasi töqqiz-öngaça işda bölgan odam qaçon keçki ovqatni yeydi-yu, qaçon yotadi?
2011-2017 yillar viloyatlarimizdan biridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş institutida dars berdim. Umumiy örta taʼlim maktablari uçun bir neça bor öquv dasturlari, darslik va qöllanmalar tayyorlaşda iştirok etgan mutaxassis sifatida özimça öqituvçining bugungi saviyasi va zamonning ular oldiga qöyayotgan öta yuksak vazifasi haqida tasavvurga egaman. Ammo ana şu 7 yil bu tasavvurlarimni sindirib taşladi. Öqituvçilar orasida ötkir-ötkir muallimlar borligini ham qayd etgan holda, şuni aytamanki, maktab pedagoglarining bugungi umumiy saviyasini bilsangiz, tuşkun bölib ketasiz. Köplari oliy taʼlim muassasasini tugatganidan buyon qöliga darslikdan boşqa kitob uşlamagan-ye!.. Özlariga qolsa, dars ötib, ularning boşini qotirib ötirmasangiz-u, test savollarining javoblarini yozdirsangiz-da. Ana şunda sizdan yaxşi domla – yöq. Yodlasa, imtihondan eson-omon ötsa, malaka oşirgani töğrisida sertifikatga ega bölsa, yana bir neça yil sinfga gavdasini sudrab kirib, oylik oli-i-i-b yursa…
Insoniyat tarixi samarali natijaga erişişning ikki asosiy usulini biladi. Biri – ekstensiv, ikkinçisi – intensiv usul. Birinçisida miqdorni oşiriş, ikkinçisida sifatni kötariş talab qilinadi. Yana ham soddaroq qilib aytsak, ikki fermer xöjaligi bu yil bulturgidan köra ikki barobar köp hosil yetiştirdi. Ikkalasi ham buğdoydan bultur 30 sentnerdan hosil undirib, 30 tonna ğalla olgan edi. Bu yil ularning har biri 60 tonnadan hosil kötardi. Ammo birinçisi 10 gektar yerini 20 gektarga yetkazib, bu natijani qölga kiritdi, ikkinçisi öşa-öşa 10 gektarda dehqonçilikning intensiv usullaridan foydalanib, ikki barobar unumdorlikka erişdi, yaʼni gektaridan 60 sentnerdan ğalla oldi.
Ekstensiv usulning istiqboli – yöq. Çunki tinimsiz ravişda yerni köpaytirib boravermaysan-ku. Şöro davlati Markaziy Osiyoda dehqonçilikni ekstensiv usul bilan rivojlantirişga berilib, qöriq yerlarni özlaştiraverdi-yu, Orol dengizini quritib qöydi.
Turkiya qişloq xöjaligi allaqaçon intensiv usulga ötib olgan. Oçiq yerda dehqonçilik qilgandan köra issiqxonalarda mahsulot yetiştiriş – har taraflama samarali. Intensivligi şundaki, faqat yozni kutmasdan, yil – ön ikki oy dehqonçilik qilinaveradi-da. Usti yopilgani uçun zararkunandalarga qarşi kuraş ham qulay keçadi. 1 gektar oçiq maydonning heç biridan 1 gektarli issiqxonadan olinganidek katta daromad qölga kirmaydi.
Ekstensiv va intensiv usul – aqliy mehnat kişilari, boringki, bevosita ijod ahliga ham birday tegişli.
1975 yili hozirgi ÖzMUning jurnalistika fakulteti talabasi sifatida işlab çiqariş amaliyoti mahali maoş olib, hozirgi “Buxoronoma” gazetasi tahririyatida uç oy işladim. U paytlar viloyat gazetasi haftasiga beş kun çiqar edi.
Rahmatli Najim Safarov degan akamiz masʼul kotibning yordamçisi edilar. Bir kuni oldilariga çaqirib: “Tahririyatimizda qirq tört nafar xodim işlaydi. “Şulardan qançasi talab darajasida maqola yoza oladi?” – deb öylaysiz? Nari borsa, ön-ön beş nafari. Gazeta şu ön-ön beş kişining mehnati evaziga çiqadi. Qolganlar şular soyasida oylik oli-i-ib yuraveradi. Bu ham yetmagandek, ular qalami borlarning hasadini ham qilişadi. Siz yoza olar ekansiz, ehtiyot bölasiz-da”, – degan edilar.
Işsizlarni qöya turaylik. Har kuni işga borib-kelayotganlarning ham bekorçisi – qança. Qöl-oyoği butun odamning, yuridik til bilan aytganda, mehnatga layoqatli fuqaroning jamiyatga foydasi tegmayaptimi, uni yaşayotgan deb hisoblaş – qiyin. Şu maʼnoda, Xudo keçirsin-u, rasmiy statistikadagi örtaça yoşning ham amalda kamroq ekanini his qilaman. Mamlakat esa faqat va faqat unumli mehnat natijasidagina rivojlanadi.
Şöro davrida: “Kapitalistik mamlakatlarda zavod egasi, kerak bölsa, öz öğlini ham işga olmas ekan. Bizda kimdir zavodga direktor bölsa, hamma yoqqa özining qarindoşlarini qöyadi”, – degan gap yurar edi. Bozor munosabatlari özimizning hayotimizga allaqaçon kirib keldi. Şukur, neça-neça tadbirkorning iş sörab kelgan öz yaqinlarini işga olmaganini ham kördim. Şukurligi şundaki, raqobat asosida işga eng munosib, eng layoqatli kadrni oladi-da. Masalan, mahoratli kabobpaz örniga layoqatsiz öz öğlini qöysa, işi yurişadimi? Aslo! Mijozlarini yöqotadi. Biznesi öladi.
Rus tilida “itogo”, yaʼni “yakuniy natija” degan tuşunça – bor. Buni raqamlarda ifodalanadigan masalalardagina emas, hamma sohaga nisbatan ham qöllasa, böladi. Şu maʼnoda ğalvirni suvdan kötarganda umr böyi ekstensiv usul bilan işlagan aqliy mehnat kişilari mehnati samaradorligining yakuniy körsatkiçi kam ekani ayonlaşadi. Yo soğliğidan ayriladi, yo ertaroq professional malakasi pastlab qoladi, yo barvaqt qariydi va hokazo. Xalqimiz aksaran tojik tilida işlatadigan: “Kam-kam xör, har röz xör!, – degan ajoyib maqol – mavjud. Bu: “Kam-kam ye, har kuni ye!” – degani. Ayni hikmatni ham faqat iqtisodiy maʼnodagina tuşuniş – xato. Intensiv mehnat usuli kişining uzoq yillar har kuni unumli mahsulot berib turişiga erişişini taʼminlaydi-da.
Biz, yaʼni yoşi kattalarning bölganimiz – böldi. Lekin röparamizda kuçli va şafqatsiz raqobatga asoslangan bozor munosabatlari köndalang bölib turibdi. Nima qilsangiz, qiling, boringizni bağişlang, mablağingizni sarflang, bolangizni samarali mehnat qilib, bu kuraşda yutib çiqadigan kadr qilib tarbiyalang! Raqobatni mahallangiz, tumaningiz, şahringiz, viloyatingiz, boringki, mamlakatimiz miqyosidagina, deb öylasangiz, yana yomon adaşasiz. Axir, dunyo bozori – bitta. Özbekistonimiz bu bozorga kirib borganiga 31 yil bölyapti. Endi ana şu ulkan bozorda yutsakkina, yutgan hisoblanamiz.
Xulosa – juda oddiy: bizga dunyo bozoridagi katta raqobatga bardoş bera oladigan farzandlar – kerak!
O. SULTONMUROD
