Özga tilni örganişning şarti bor

Maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganlar: “ Har bir millatning dunyoda borligini körsatadurğon oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yöqotmak millatning ruhini yöqotmakdur”. Bugungi kunda sayyoramizda 50 million kişi özbek tilida sözlaşadi. Demak, öz-özidan ayonki, ona tilimiz juda qadimiy. Şu bois ham unga eʼtibor zarraça susaymasligi kerak. Quyidagi lavhalar şu xususda.

Yaqinda haj ziyoratidan kelgan dugonamni yöqlab bordim. U muqaddas safar taassurotlarini tölqinlanib gapirdi. Ayniqsa, bir hi­koyasi menga taʼsir qildi.

— Ibodatdan böşagan çoğlarimizda Makkadagi dökonlarni aylanardik, — dedi u. — Tilla taqinçoqlar sotiladigan dökonga kirdim. Sotuvçi yigit közimga taniş körindi. U bilan arabça muomala qilişga urindim.

— Özbekça gapiravering, xolajon, men özbekman, — dedi u farğonaça lutf bilan.

— E, aylanay sizdan, özbekmisiz. Şu yerda yaşaysizmi? — söradim undan.

— Yuz yillardan oşgan, — deya kuldi u, — Katta bobom taqdir taqozosi bilan kelib qolgan. Şundan beri Arabistondamiz. Men uçinçi avlod vakiliman.

— Demak, şu yerda tuğilgansiz. Qanday qilib sözlaş yösiningiz sira özgarmay qolgan. Qoyil qoldim.

— Men sizga aytsam, özbeklar yaşaydigan mahallada istiqomat qilaman. Uyda ham, köçada ham özbekça gaplaşamiz. Urf-odatlar, töylar, marosimlarimiz özbekça. Biz ham sizlar kabi özbek tilida radio eşitamiz, televizor köramiz, özbek adiblarining kitoblarini öqiymiz, sizlardek palov, manti, qaynatma şörvani yaxşi köramiz. Siz özingiz Özbekistonning qayeridansiz?

— Toşkentdan, Qöyliq bozoriga yaqin joyda turaman.

—Kelinoyim öşa joydan. Aytiş­lariça Qöyliqda farğonaliklar köp ekan-a?..

Yigit bilan ança suhbatlaşdim. U sanʼatimizdan ham yaxşi xabardor ekan. Lutfixonim Sarimsoqova, Soyib Xöjayev, Maʼmurjon Uzoqov, Yusufjon qiziq, Tavakkal Qodirov va Şerali Jörayevlar haqida zavqlanib gapirdi. Katta bobosining 20 yoşda kelgani, u töqson yoşdan oşganda otam va nevara-evaralarini çaqirib, mening uyimda hamişa özbekça gapirilişi kerak, deb vasiyat qilganini ğururlanib aytdi. Hatto uning xotini afğonistonlik turkman ekan. U ham bolalariga özbekça gapirarkan. Oilada heç kim katta boboning vasiyatini buzişga haqqi yöq ekan. Keyin dugonam buning teskarisi bölgan holat haqida gapirdi. Jiyanlari atigi ön-ön beş yil yaşab tilimizni, urf-odatlarimizni tamoman unutganligini aytib, oğrindi.

Oramizda Özbekistonda yaşab tilimizga eʼtiborsiz bölib yaşayotgan vatandoşlar yöqmi? Qöşnim Hojimurod asli çimkentlik. Ammo köp yildan buyon Toşkentda istiqomat qiladi. Xotini Nasibaxon ham özbek oilasidan. Bir kun kelin uyi­miz töğrisiga qöyilgan örindiqda ingliz tilida sözlayotgan ikki qizaloq bilan ötirgan ekan. Yonlaridan ötayotib, hazillaşdim:

— Ii-ye, mahallamizga çet eldan mehmonlar kelibdi-ku, — dedim jilmayib.

— Şunga yaqinroq, — kulimsiradi Nasibaxon, keyin qizlarga rusçalab, salom bermaysizlarmi, degandi, ular baravariga “privet tyotya” deyişdi. Bular akamning qizlari, oilada rus va ingliz tillarida sözlaşişadi, — dedi u.

— Nima, ular özbek tilini bilişmaydimi?, — hayron böldim.

— Naima sal-pal tuşunadi, Nafisa qip-qizil ingliz. Akam ularni oldin ingliz tiliga ixtisos­laşgan boğçaga berdi. Hozir xorijiy tilga öqitiladigan maktabda tahsil olişmoqda. Akam bilan kelin­oyim beş yil Londonda yaşaşgan. Menimça, qizlarini ham öşa yoqqa yuborişadi. Zamon talabi şu-da! Bolalarimiz dunyo bilan böylaşsin, özlarini dunyoga tanitsin. Şunday emasmi?

— Akangiz bir narsani hisobga olmaganlar, — dedim negadir içimdan zil ketib. — Xorijlik mehmonlar yurtimizga öz tillarini unutiş uçun kelmaydilar-ku! Inglizlarga ham öz tili, urf-odatini yöqotgan boşqa tilda gapiradiganlarning keragi yöq, menimça! — dilimdagini oçiq aytdim va öz yölimda davom etdim.

Öylab qolaman, özi, özligini bilmagan odam qanday qilib dunyo taniydi? U xorijlikka özini kim deb taniştiradi? Farzandlarining zamonaviy bölişini istayotgan bunday ota-ona öz millatiga xiyo­nat qilmayaptimi? Milliy ğurur va iftixor tuşunçalari undaylar uçun ermak uçun aytiladigan gapmi? Özingniki özagingni kesadi, deganlari şu bölsa kerak-da!

Uyimiz yaqinidagi avtobus bekatida yangi dökon faoliyatini boş­ladi. Afişada öqlovday qilib “Mы otkrilыs” deb yozib qöyilibdi. Biram şinam, biram bejirim, mahsulotlar peştaxtalarda did bilan qöyilgan dökon egasi öquvçim Ğafurxöja edi. U bilan körişgandan keyin ginaga ötdim:

— Ğafurboy, “Ustoz, xuş kelibsiz” degan özbekça talaffuzingdan dilim yaşnab ketdi. Çunki ibratli bir özbek oilasida kamol topgansan. Akang ham özbek tili va adabiyoti öqituvçisi. Ammo… bir işingga qoyil qolmadim. Dökonning oçilganligi haqidagi xabarni özbek tilida yozsang bölmasmidi? Bilasan, mahallamizda rus millatiga mansub bölganlar yöq. Hatto maktablardagi xorijiy tillar öqituvçilari ham özbek. Keyin Özbekistonda tilimiz Davlat tili sifatida qabul qilinganini bilmaysanmi, nima balo? “Dökonimiz işga tuşdi” yoki “Dökonimizga marhamat” deb yozdirsang, kifoya emasmidi?

— Opajon, gapingiz töğri, — gapimdan xijolat ham tortmay, hazil-çin aralaş özini oqlaşga tuşdi u. — Hozir hamma şunday yozdirayapti. Axir, mahallamizga turistlar kelib qoladi…

Bu nima? Öz qadrini bilmaslikmi? Özbekona bağrikenglikmi? Axir, özimizning şunday gözal, har qanday fikr va maʼnoni ang­latişga qodir sözlarimiz bor-ku! Nima Londonu Parijga turistlar borişmaydimi? Ular özga tilda hammayoqni töldirib taşlaşmaganku.

Ölganning ustiga tepgandek, maşinada ketarkanman, bir kabobxona peştoqidagi yozuvga közim tuşdi: “Kömir bor. Angiriniskiy. Kirigiziskiy”. Dod deb yuboray dedim. “Rusçada şunaqa savodsiz ekansan, nima qilasan uni buzib? Undan köra öz tilingda yoza qolmaysanmi?

Xullas, nima demoqçiman? Albatta, xorijiy tillarni örganiş kerak. Bobolarimiz şunday bölgan. Beruniy bobomiz eng murakkab bölgan sankrit tilini ham örgangan. Zamaxşariy bobomiz esa arab gramatikasiga asos solgan. Alişer Navoiy öz davrining eng nufuzli bölgan forsiy tilni çuqur bilgan holda turkiy til rivojiga umrini bağişlagan. Toşkentlik Abulqosim eşon rus tilida Turkiston general-gubernatoriga ariza yozib hamşaharlarini “vabo isyoni” dan qutqarib qolgan. Bunday ajdodlarimiz köp.

Ammo ular öz tillari zaminida turib, xorijiy tillarda öz iqtidorlarini namoyiş qila olganlar. Biz ana şunday ajdodlarning vorislari ekanligimizni unutmaylik! Binobarin, maşoyixlardan biri degan ekan: “Yovdan qörqma, uning kimligini bilasan — huşyor bölib turasan, özingdan çiqqan nodondan qörq, u bilib-bilmay senga duşmanlik qiladi”.

Öz tilini yaxşi özlaştirmay, urf-odatlari qandayligini bilmay yurgan xorij tiliga havasmand yoşlar yuqoridagi hikmatni aslo unutmasliklari kerak.

Muhabbat HAMIDOVA,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan