Ustoz – otangdan uluğ

Yoki xalq maqolini özgartiriş bilan muammo hal bölib qoladimi?

 

Sönggi vaqtlarda öqituvçilarga eʼtibor hukumat tomonidan ortib, omma tomonidan ozayib borayotgandek, göyo. Axir, yakuniga yetgan öquv yili oxirida röy bergan va hozir ham adoğiga yetmagan hodisalar şunday xulosa yasaş uçun asos bölib xizmat qilmayaptimi? Aslida, filologiya fanlari nomzodi, adabiyotşunos olim, mohir pedagog Omonulla Madayev haq edi:

– Qaçonki, dono xalqning yaratgan narsalari taftiş qilina boşlanar ekan, demak, qayerdadir noqulay vaziyatlar paydo böladi.

Darhaqiqat, dono xalqning “Ustoz otangdan uluğ” degan maqolini tahrirlab, “Ustoz otangday uluğ”, deya iddao qilayotganlarning kasriga ham şunday holatlar yuzaga kelayotgan bölişi mumkin emasmi?

Bandixon tumanida nima gap?

Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida öqituvçi darsga tayyorlanmagan öquvçini kaltakladi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot kotibi maʼlumot bergan edi.

Maʼlum bölişiça, 22 aprel kuni Bandixondagi 4-maktabning ingliz tili fani öqituvçisi 9-sinf öquvçisi dars maşğulotlariga tayyorgarlik körmasdan kelgani uçun uni urgan. Voqea ortidan maktab direktori “öz xohişi”ga köra böşaş uçun ariza yozgan, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari va öquv-tarbiyaviy işlar böyiça örinbosari, şuningdek, ingliz tili fani öqituvçisi, bundan taşqari, 9-“b”sinf rahbari bilan tuzilgan mehnat şartnomalari bekor qilingan.

26 may kuni öquvçisini kaltaklagan öqituvçiga nisbatan maʼmuriy javobgarlikka oid iş qözğatilib, u mazmunan körib çiqiş uçun jinoyat işlari böyiça Bandixon tumani sudiga yuborilgan.

Keyinçalik ijtimoiy tarmoqlarda uşbu öquvçining maktabdoşlari bilan muştlaşayotgani tasvirlangan videolar ham tarqaldi.

Qadimgi Şumer bitigida…

Holat yuzasidan ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari öz munosabatlarini bildirmoqda. Ulardan biri Facebook ijtimoiy tarmoğida şunday yozadi:

“Işqilib, Ali ham, Vali ham öqituvçi öquvçini urgani haqida yozyapti. Biz ham öz fikrimizni bildirişni joiz kördik.

Bir kiçkina sirni oçmoqçiman. Şumer degan davlat bölgan. Taxminan 6000 yil avval. 600 emas, 6000 yil avval! Öşa qadimgi Şumer davlati ilk yozuvni ixtiro qilgan. Mixxat yozuvini. Barça sohalar yuksak taraqqiy etgan davlat bölgan. Şu davlatning tarixi haqida hikoya qiluvçi loytaxtaçalarda bir bitik mavjud.

Unga köra, örgatuvçi, yaʼni ustoz örganuvçini, yaʼni öquvçini dars qilmagani uçun qattiq jazolagani, tanaga nisbatan oğriq berilgani haqida bayon etilgan. Unda öquvçi öqituvçisidan qörqişi ham nazarda tutilgan. Şunday ekan, uriş pedagogikada bor narsa. Buni har qança inkor qilişmasin, baribir qöllaniladi. Özbekçilikda ham qadimdan qolgan gap bor: farzand madrasa yo maktabga berilganda domlaga “Eti – sizniki, suyagi – bizniki” deyilgan.

Baʼzi bir sotsiopatlarga aytmoqçimanki, köp ham patillamasdan sa-a-al özingizni qölga oling. Öqituvçi heç qaçon yomon bölsin demaydi. Uyda siz berolmagan tarbiyani darsini çetga surib, şuğullanişga majbur böladi.

Men özim ham 11-sinf öquvçilariga eşikni içkaridan qulflab dars ötganimni yaxşi eslayman. Urgandayam aybini böyniga qöyib, keçirim sörattirib urganman. Hali biror marta norozi bölmagan birortasi, bitirib ketganlari ham köça-köyda körganda doim qöli köksida.

Anavi videodagi holat oldindan rejalaştirilgani 200 foiz aniq. Telefon yaşirin holatda tasvirga olgan. Agar öqituvçi jinni yoki qonxör bölsa, unga nisbatan tekşiruv olib boriladi va uni işga olgan bilan bir qatorda javobgarlikka tortiladi. Lekin umuman olganda, öqituvçi özi biladi qanaqa pedagogika qilişni. Farzandni erkak qilib tarbiyalang…

Mirşod RÖZIYEV”

Bu fikrlar albatta, bahsli bölişi mumkin. Avvalo, yaxşi öqituvçi öz “siri”ni öquvçilarga berib qö­yişi kerak emas. Negaki, özini hurmat qilgan, talabçan ustozni hamma (hatto öquvçilarning ota-onalari ham!) hurmat qiladi. Öqituvçi şunday hurmatga ega bölsa, bolalarga bir nigoh taşlaşining özi ularni zirillatadi. Hamma jim, sinfxonada paşşa uçsa eşitiladi.

Lekin… qani şunday maktab pedagoglari?

Öqituvçi bolalar bilan hiring-hiring qilsa, qöşilişib sigaret tutatsa… hurmat qoladimi?!

Ustoz otangdan uluğmi?

Özbekiston musulmonlari idorasi raisi örinbosari Ibrohimjon domla Inomov “Ustoz kim?” maqolasida şunday yozadi:

“…Bizning dono xalqimiz “Ustoz – otangdan uluğ”, deb bejiz aytmagan. Çunki, hammaga maʼlumki, insoniyatning eng birinçi Ustozi – bu Alloh taoloning Özi bölsa, “Alloh Odamga barça yaratilgan va yaratilajak narsalarga tegişli nomlarni örgatdi. Söngra ularni fariştalarga birma-bir körsatib dedi: “Agar eʼtirozingizda rostgöy bölsangiz, ana u narsalarni nomlari bilan Menga aytib beringiz!” (Qurʼoni karim, Baqara surasi, 31-oyat), musulmonlarning insonlar içida eng buyuk ustozi – Payğambarimiz Muhammad alayhissalomdir!”

Va yana, Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidovning “Söz latofati” risolasidan olingan uşbu iqtibos töğri va örinli:

“Xalqda “Mehmon otangdan aziz”, “Ustoz otangdan uluğ” degan hikmat bor. Biror aqlli zot, otadan uluğ, otadan aziz inson bölmaydi, deb aytgan çoği, keyingi vaqtda “Mehmon otangdek aziz”, “Ustoz otangdek uluğ” deyiş urf böldi. Otadan uluğ va aziz kişining yöqligi haqiqat. Aynan şuning uçun ham bu taşbeh işlatiladi.

Maqolni tahrir qiluvçi oşnolarga maslahatim bor: Agar “dan” örniga “dek” qöşişni juda xohlasangiz, xalqning boşqa bir iborasi borki, uni şunday tahrir qilsa savobli iş böladi. “Töylar qiling, qamişdan bel boğlab xizmat qilay,” deydilar. Aslida qamişdan bel boğlaş emas, qamişdek bel boğlab xizmat qiliş töğriroq böladi”.

Ustoz – otangdan uluğ! Vassalom! Xalq oğzaki ijodining mahsuli bölgan maqolni taftiş qilişga, tahrirlaşga heç kimning haqqi yöq! Bu naqlni ustoz­­ni boşiga kötargan Xalq yaratgan!

Biz öqigan damlarda…

Maktabimiz direktori – Raʼno opa Muhiddinova xuddi erkak öqituvçilarimiz kabi talabçan, juda qattiqqöl edi. Pinhoniy mehrini sezdirmasdi. Raʼno opa, şuningdek, Vatan tuyğusi fanidan dars berardi. Ötilgan mavzuni kitobga qarab gapirgan öquvçini jini suymasdi. Uyda boş kötarmay öqiydigan ikki darsligimizdan biri Vatan tuyğusi edi.

Yangi kelgan öqituvçining ahvolini tuşunsangiz kerak. Tokay öquvçilar bilan til topişib, maʼlum maʼnoda ularni jilovlab olmaguniça ança ter tökişi kerak.

9-sinfda öqiyotganimizda yangi rus tili öqituvçisi keldi. Tabiiyki, yoş muallimga quloq solişimiz duşvor. Axir, “ösib qolgan” ösmirlarmiz-da. Dars şovqin-suron bilan keçardi.

Ikkinçi yo uçinçi darsda ustoz bir rus yozuvçisining suratini körsatib, “Kto eto?” dedi. Şovqin içida Nurjamol degan sinfdoşimiz “Çexov…” de­yişga ulgurdi, xolos. Şovqinimiz uning qönğiroqdek ovozini yutib yubordi. Şu orada direktor bilan sinf rahbarimiz xonaga kirdi. Sinf jimjit. Raʼno opa Nurjamolni maqtab, barçamizga dakki berdi. Oramizda sinf rahbarimizdan kaltak yeganlar ham böldi.

Keyin maʼlum bölişiça, Raʼno opa darslarni eşik ortida kuzatib yurarkan. Şovqinimizni eşitib, sinf rahbarimizga holimizni körsatgan. Keyin esa rus tili darsga kirgan ekanlar.

Töğri, öşa vaqtlarda Raʼno opani unça xuşlamasdik, biroq, biz uçun eng köp qayğurgan Raʼno opamiz ekanligiga hozir amin bölayapmiz. Çunki yurtimizdagi maktablarda Raʼno opadek fidoyi muallimlar köp ekanligiga şubha yöq.

“Pedagog xodimlarning maqomi töğrisida”gi Qonun loyihasi qayerda?

Barça-barça davrlarda ham öqituvçilar obrösi haqida qayğurib kelingan. Ayniqsa, köpgina Yevropa davlatlarida öqituvçilar va ilmiy xodimlarning ijtimoiy maqomi ança yuqori bölib, hatto, ular davlat xizmatçilariga tenglaştirilgan.

Mamlakatimizda ham davlat va jamiyatda öqituvçi maqomini oşirişga qaratilgan jiddiy harakatlar boşlangan edi. Ammo u töxtab qolgandek.

Bu böyiça xalqaro tajriba mavjud. BMT tomonidan “Öqituvçi maqomi töğrisida”gi tavsiyasi tasdiqlangan. 2019 yil Qozoğistonda “Pedagogning maqomi töğrisida”gi qonun qabul qilingan.

2018-2020 yillarda Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini yanada takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar dasturida “Öqituvçining maqomi töğrisida” gi Özbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini işlab çiqiş nazarda tutilgan edi. Dastlab Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan “Öqituvçi maqomi töğrisida”gi Qonun loyihasi işlab çiqilib, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qöyilgani va muhokama davrida 68 (!) taklif kelib tuşgani maʼlum qilingandi.

Oradan vaqt ötgaç, uşbu loyiha “Pedagog xodimning maqomi töğrisida” deya qayta nomlandi. Masʼuliyat esa Xalq taʼlimi vazirligidan Adliya vazirligiga yuklatildi. Adliya vazirligi Xalq taʼlimi hamda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirliklari bilan birga uşbu qonun loyihasini işlab çiqib, 2020 yilning 28 noyabrdan 13 dekabrgaça muhokamaga qöydi hamda uşbu davr içida 725 taklif bildirildi.

2022 yil 7 fevral kuni Özbekis­ton Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning yillik hisobot tarzidagi matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri aynan “Pedagog xodimlarning maqomi töğrisida”gi Qonun loyihasi taqdiri bilan qiziqdi. Vazirning aytişiça, loyiha Vazirlar Mahkamasida turibdi.

– 2020 yilda “Pedagog xodimlarning maqomi töğrisida”gi Qonun loyihasini işlab çiqdik, Vazirlar Mahkamasida turibdi. Bu yerda qöşimça kafolatlar masalasida yana muammo bölyapti, pul bilan boğliq. Bilasizlar, (pedagoglarning) oyligini oşirişga juda katta eʼtibor bölyapti. Şuning uçun bu sohaga har bitta qöşimça eʼtibor mablağni taqozo qiladi. 500 mingta öqituvçi işlaydi, u masala pul bilan boğliq bölgani uçun hozir körib çiqilyapti, – degan edi Adliya vaziri.

Qolaversa, Özbekiston Respublikasining sobiq Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov öqituvçilar obrösi haqida şunday degan va bu sözlar katta umid bağişlagan edi:

– Özbekistonda yaşayotgan har bir odamning maktabga boğliq tomoni bor, boşqa sohalarda bölmasligi mumkin, lekin aynan maktabga hammaning işi tuşadi, hamma farzandining kelajagini öylaydi… Afsuski, oxirgi vaqtlar biz ikki masalaga duç kelib qoldik. Birinçisi – öqituvçining jamiyatdagi obrösi. Ikkinçisi – jamiyatda ziyoli insonlarning obrösini oşiriş… “Ustoz – otangdek uluğ”, (!) degan gap bor. Lekin joylarda baʼzi rahbarlar şuni tuşunmasdan, suiisteʼmol qilib kelmoqda. Ustozning hurmati bölmagandan keyin ortiqça işlarga jalb qilinsa, qöpol gapirilsa, unga döq qilinsa, ertaga undan taʼlim sifatini qanday qilib sörasa, kutsa böladi?

2022 yil fevralida Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi 72-ixtisoslaştirilgan umum­taʼlim maktabi öqituvçilari Marhamat tumani Xalq taʼlimi bölimi mudiri va tuman hokimligi vakili taşabbusi ota-onalar qarşisida keçirim söraşga majbur qilingan edi.

2022 yil 25 may kuni esa Farğona viloyati Qöştepa tumanidagi 22-maktabning 8-sinf öquvçisi (qiz bola) öqituvçisining söziga quloq solmay, kimyo fani xonasi derazasidan sakrab darsdan qoçib ketgani tasvirlangan video tarqaldi.

Bu kabi hodisalar kunda-kunora yurtimizdagi qaysidir maktabda röy bermayotganiga heç kim kafolat bermaydi va bunday voqealar zamirida jamiyatda öqituvçi obrösiga baho beriş mumkin böladi.

Balki, “Pedagog xodimlarning maqomi töğrisida”gi Qonun tezroq qabul qilinsa, öqituvçi maqomi yuksalar edi, bu huquqiy jihatdan asoslanar edi. Zotan, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, jamiyatda öqituvçi kasbi eng nufuzli va obröli kasb bölişi lozim!

Eng oğriqli muammo şundaki, hozirda Xalq taʼlimi vaziri vazifasida işlayotgan Baxtiyor Saidovning quyidagi fikrlari har qanday kişini öyga soladi:

“Bugungi kunda respublika maktablarida 504 ming nafar öqituvçilarimiz faoliyat yuritadi. Ularning 280 ming nafardan ortiği, yaʼni 56 foiz öqituvçilarning salohiyati talab darajasida emas. Bu degani deyarli 3 millionga yaqin öquvçi bolalarda yuqori malakali öqituvçidan taʼlim oliş imkoniyati mavjud emas” vazirning bu gapi şunçaki köçadan olinmagan. Örta taʼlimda ham muammolar içiga kiriş zarur.

Bolaning suyagi – ota-onaniki, eti-çi?

…Voqeaga huquqiy jihatdan ikki fuqaro örtasidagi jinoiy xatti-harakat tasnifida qaraş mumkin. Lekin ularning biri ustoz, ikkinçisi öquvçi ekanligini, öquvçi bölganida ham muştumzör öquvçi bölganligini unutmasligimiz kerak böladi. Agar öquvçisini urgan har bir öqituvçi işdan böşatilişi kerak bölsa, maktablarimiz ustozlarsiz huvillab qolişi mumkin-ku! Ayniqsa, mening otamdan uluğ ustozlarim işsiz qolgan bölardilar. Aniq!

Heç bir muallim yomon bölgin, bolam, deb öquvçisini urmagan, urmaydi ham. Ota-ona ham bolasini yomon bölsin, demaydi. Biroq ularning mehri farzandidagi qusur va nuqsonni idrok etiş uçun parda vazifasini ötaşi heç gap emas.

Bu gapga közim tuşib, avvaliga beixtiyor yuzimga tabassum yugurdi. Lekin öylab körsa böladigan fikr ekan. Nega deysizmi?

Öylab köring, axir heç kim öqituvçilar ayb iş qilgan, yo dars qilmagan öquvçini urib, biror jo­yini mayib qilar darajada kaltaklasin demayapti. Bu mumkin emas!

Ammo tan olaylik, hammamiz ham odammiz. Bir marta quloğini çimmilatib çözib qöygan, yoki bir-ikki bor turtib, boring bir-ikki şapaloq tortib yuborsa, tamommi? Öqituvçi qöpol, vahşiy, maʼnaviyatsiz bölib qoladimi?

Bir paytlar tanbeh va dakkilarni eşitgan, hatto bitta-yarimta şappati yegan bola heç qaçon bu haqda hatto ota-onasiga aytmasdi, ularni “Meni muallimimiz urdi” deb maktabga yetaklab kelmas edi. Bu bir or sanalardi. Öğil bolaning ğururi baland bölib kamolga yetayotganiga şu ham bir misolda. Bugun-çi? Özi tarbiya degan, ilmga qiziqiş degan narsadan asar ham yöq ayrim bolalar qaysidir ustozi ğing desa, joyini körsatib, qöyapti. Bu ham yetmagandek, telefoniga tasvirga olib, butun dunyoga şarmanda qilyapti ustozlarini! Mana sizga natija!

Oçiği, ança yillardan buyon maktab taʼlimi öz özanidan çiqib ketgan edi. Aytaylik, kiyiniş borasida. Bugun yuqori sinflarni qöya turing, hatto boşlanğiç sinflarga bir qiyo boqib köring-a, hayron qolasiz. Sinfdagi qiz bolalarning yarmi — hijobda! Ular hali bola-ku, axir! Maktabmi, mas­jidmi — farqlaş muşkul bölib qoldi.

Xullas, joriy yil öquv mavsumidan boşlab maktab formalarining majburiy ravişda yölga qö­yilişi töğrisidagi xabarni eşitib, ming-minglab ota-onalar xursand bölişdi deb öylayman.

Maktab birinçi navbatda taʼlim-tarbiya öçoği. Yoşlarni tabaqalaştiriş, turliça kiyim, yuriş-turişda bölişi mutlaqo maqbul iş emas. Maʼquli, qizlar ham, öğil bolalar ham maʼlum formada bölişi kerak. U xoh boy-badavlat oilaning farzandi bölsin, xoh qöli qisqaroq oilaning bolasi. Şundagina, taʼlim-tarbiya ham, kattalarga hurmat, kiçiklarga izzat degan tuyğular ham yana qaytadi maktablarimizga.

Endi mavridi kelganda, aytiş kerakki, hamma bolalarning qölida şapaloqday telefonlar bölişi, bölsa ham mayliku-ya, ulardan dars paytida bemalol foydalanib ötirişi singari narsalarni ham maktablarda tartibga soliş, dangal aytsak, darsga telefon olib kirişni qatʼiy taqiqlaş lozim. Juda zarur bölsa, sinf­­­­x­onalarda kompyuterlar bor-ku, ulardan foydalaniş mumkin. Va yana bir mulohaza: hamma yoqda zamonaviy texnologiya, internet deya oddiy kundalik daftardan voz keçilgani ham yaxşi bölmadi. Bu haqda bir neça oy avval “Hurriyat” gazetasida ham yozilgan edi. Ha, öşa “qoloq” metod bölsa ham, baribir kundaliklar yaxşi edi. Ota-onalar “qani bolam, bugun neççi baho olding”, deya sörab turar edi. Hozir-çi? Buni aniqlaş uçun internetga kiradimi? Qişloqlarda internet bormi, uni hamma ham tuşunadimi?

Qolaversa, eng yomoni maktab öquvçilari gazeta, jurnallardan umuman mosuvo qilindi. Qaytaylik matbuotga, hali ham keç emas, degim keladi…

Ota-bobolarimiz farzandlarini muallimga topşiriş çoğida “Eti – sizniki, suyagi – bizniki”, deyişgan. Şunday ekan, parça etni, taʼbir joiz bölsa, odam qilib berayotgan otadan uluğ zotlarga munça döq urmasak?! Ehtimol, dono xalqning yaratgan maqollari “taftiş” qilina boşlangani bunga boş sababdir.

Otabek ISROILOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan