Nima uçun yaşaysiz?

Heç eʼtibor berganmisiz xorij kinolarida, adabiyotlarida aksariyat odamlar öz nomini abadiyatga muhrlaş maqsadida hali heç kim qöl urib körmagan işlarni qilişga, qandaydir noodatiy qaraşlari bilan insoniyat hayotiga yangilik olib kirişga urinadi. Ular uçun boşqa odamlarning fikri, tanqidlari, qarşiliklarining aslo ahamiyati yöq.

Bu kabi odamlar kimlargadir kör-körona taqlid qilişdan, kimlargadir ergaşib ularning işini davom ettirişdan mutlaqo yiroq bölişadi. “Odamlar men haqimda nima deyişyapti?”, “Qanday natijalarga erişsam köpçilikni hayratda qoldiraman?”, “Şaxsiy maʼlumotlarimga nimalarni qöşiş orqali odamlarning menga bölgan hurmati ortişiga va qiziqişiga sazovor bölaman?” degan yuzaki qaraşlarni xayolining bir çetiga ham keltirişmaydi göyo. Bundaylar uçun özidan boşqa ideal odam yöq va ular faqatgina özlari uçun işlaşadi.

Şular haqida fikr yurita turib baʼzan ular bilan özimni, atrofimdagi odamlarni soliştiraman. Qayergadir amallab işga joylaşib oliş, bunga xuddi katta bir imkoniyatdek qarab, oldinda qölga kiritişimiz mumkin bölgan sovrinlarga eltuvçi yöl sifatida baholaş – bularning bari ötkinçi hoyu­-havas, oçiqroq aytadigan bölsam umrni behudaga sarflaşdek tuyula boşladi.

Öylab köring, biz köproq nimalar uçun harakat qilamiz? Öz rezyumeimizni turli oldi-qoçdi yutuqlar, real fikrlovçi insonlar uçun bir ti­yinlik qiymatga ega bölmagan sovrinlarimiz bilan boyitiş uçunmi yoki öz işlarimiz bilan “men”imizni topiş uçunmi?

Amerikalik jurnalist Devid Bruksning “Put k xarakteru” nomli asarida ham xuddi şular haqidagi fikrlarni uçratdim.

Unda jurnalist “Sönggi paytlarda men rezyume va nekrolog örtasidagi farq haqida köp öyladim” – deya öz qaraşlarini asoslaşga urinadi.

– Birinçisi, işga kirişda aytib ötiladigan fazilatlar, mehnat bozoriga taklif qilinadigan va ular yordamida taşqi muvaffaqiyatga erişiladigan könikmalardir. Nekrolog fazilatlari esa çuqurroq narsa; ortda qoldirgan narsangiz. Ketganingizda siz haqingizda esda qoladigan fazilatlar – tabiatingning mohiyati: mehribonlik, mardlik, halollik va boşqa odamlar bilan munosabatlaringiz – degan sözlarni keltiradi Devid Bruks. Va yana şunday deydi: – Köpçiligingiz nekrolog fazilatlari rezyumedan köra muhimroq, deb aytasiz, lekin tan olişimiz kerakki, hayotimiz davomida barçamiz birinçisidan köra ikkinçisi haqida köproq öylaganmiz.

Negaki bugungi kunda biz yaşayotgan muhitning özi şunga majbur qiladi. Kimdir sizni biror joyga tavsiya qilayotganda falon mukofotlar sov­rindori, falon fanlar nomzodi yana bir nima-bir nimalarni qöşib maʼlumotlaringizni köpirtirib aytib bersa bölgani, öz-özidan sizni işga olişga talabgorlar ortib ketadi. Buyoğiga özingizni aqllidek tutib, qayerdandir körib olgan “maʼlumotlar”ingiz, “yangiliklar”ingizni joriy etiş taklifini berib tursangiz kifoya, salkam avliyoga aylanasiz-qolasiz.

Nima qilibdi, ozgina vaqt bölsa-da yuqori lavozimda işlab olganingizning özi sizning şaxsiy maʼlumotlaringizga juda katta ijobiy taʼsir ötkazadi. Nima qiziği bor siz kiritgan takliflar 10 yildan keyin 15 yildan keyin qanday “natija” berganini. Muhimi hammasi yaxşi boşlandi, men işdan ketganimdan keyin bari özgarib şu holatga keldi deb turaverasiz-da! Yuqorida aytilganidek har bir işlagan joyingizdan rezyumeingizni boyitadigan yutuqlarni olib ketsangiz böldi-da.

Heç guvohi bölganmisiz, qandaydir tanlovlar ötkaziladigan bölsa, ança avvaldan buning uçun tayyorgarlik körib yurgan odamlar böladi. Eng qiziği bundaylar 10-15 nafarni emas, balki ming, ön ming nafarni taşkil etadi. Qolaversa, ular öz faoliyati doirasidagi vazifalarni ham atayin mana şunday sovrinlar uçun bölgan kuraşlarda “toş bosadigan” qilib rejalaştiradilar.

Nima deysiz, şu kabi insonlar faqat rezyume uçun işlaydiganlarga misol böla olmaydi-mi?

Aytinçi, siz biror mukofotga tavsiya qilinayotgan odamning “Yöq menga buning aslo keragi yöq. Faqatgina öz vazifamni bajaryapman xolos” degan fikrlarini qaçon eşitgansiz? Ha, biz bunday gaplarni faqatgina hamma işlar bitib, kastyumlarga ordenlar taqilayotgan vaqtlarda özini kamtarindek körsatişga urinadiganlar tilidan eşitamiz. Balki şuning uçundir qança-qança “qahramon”larimiz erta bir kun heç kimning yodida qolmas.

Afsuski, bugungi zamonaviy jamiyat qanday qilib ajoyib martaba quriş haqida öylaşni rağbatlantirmoqda, lekin içki dunyoga qanday ğamxörlik qilişni tuşunişga yordam bermayapti hisob. Muvaffaqiyat va şon-şuhrat uçun raqobat şunçalik şiddatliki, u butun vaqtimizni olyapti. Isteʼmol bozori bizni utilitar fikrlaşga va kundalik qarorlarning maʼnaviy oqibatlari haqida öylamasdan, istaklarimizni qondirişga intilişga undamoqda. Tez va yuzaki muloqot şaxsiyat tubidan kelayotgan sokin içki ovozni böğa boşladi. Biz öz-özini tarğib qiliş va öz-özini reklama qilişni örgatadigan, muvaffaqiyatga erişiş uçun zarur bölgan könikmalarni rivojlantiradigan va bu yölda insoniylikdan çiqişga-da olib keladigan, öz kamçiliklari bilan halol içki kuraşni zörğa rağbatlantiradigan madaniyatda yaşaymiz.

Yoşlarga hozir nima uçun “Buruniylar çiqmayapti, Farğoniylar, Xorazmiylar, Farobiylar, Termiziylar çiqmayapti?” deb savol berişdan avval yuqoridagilar haqida bir öylab körarmiz?!

Töğri, vaqti-vaqti bilan kamdan kam hollarda ajoyib içki yaxlitligi bilan ajralib turadigan odamlarni uçratişingiz mumkin. Ular mazmunli yaşaydilar va arzimas narsalarga almaştirmaydilar. Ular qarama-qarşiliklar bilan parçalanmaydi ham. Ular xotirjam, öziga işongan va özlarining ruhiy ildizlarini his qilişadi. Böronlar ularni yöldan ağdarib taşlamaydi, taqdirning özgarişlari ularni ezib taşlolmaydi. Ularning ongi hamjihatlikka, qalbi işonçlilik va sadoqatga töla.

Bunday odamlar sira ham eʼtiborni jalb qilişni istaşmaydi: ular mehribon va quvnoq, juda ehtiyotkor. Ular kamtarona fazilatlarga ega, doimo kimgadir foydasi tegişi uçun intiladi va ular dunyoga heç narsani isbotlaşiga hojat yöq. Ular kamtar, özini tuta oladigan, möʼtadil, boşqalarni va özini hurmat qiladigan va öziga nisbatan talabçan insonlardir.

Ular bilan bölgan har bir suhbat maʼnaviy quvonç baxş etadi. Ularga kimdir baqirsa ham jimgina va xotirjam javob berişadi. Nohaq zulmga uçrasalar ham nolişmaydi. Ularning işlari sözlaridan köra balandroq gapiradi. Ular qanday jasorat körsatayotgani haqida öylamaydilar. Özlari haqida-ku umuman öylamaydilar. Atrofdagilarning nomukammalligidan özlariça ğazablanmaydilar. Ular faqat nima qiliş kerakligini körişadi va buni qilişadi.

Endi barçamiz vijdonan özimizga savol berib köraylik: Biz şunday odamlar sirasiga kiramizmi?

Işonç bilan aytişim mumkin-ki, hozir biroz xayolga çömib köpçiligimiz bunday yaşaş orqali köp narsadan quruq qolişimiz va pana-pastqamda qolib ketişimiz mumkinligini tasavvur qildik. Mana bizning özimizga beradigan bahoimiz va qörquvimiz.

Kamoliddin RÖZIMATOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan