Sunʼiy intellekt odamning egizagimi?
Endi bemalol xayol ham surolmaysiz çoği! Nega desangiz, yaqinda sunʼiy intellekt nima öylayotganimizni ham bilib olişi mumkinligi haqida bir maʼlumot öqib qoldim. Texas universiteti olimlari şunday tizim yaratişibdi. U funksional magnit-rezonans tomografiya (MRT yaʼni patologiya va kasalliklarni taşxislaşning zamonaviy usuli) yordamida insonning fikrlarini öqib olarkan. MRT miya faolligini kuzatadi, sunʼiy intellekt esa signallarni sözga aylantiradi. Tajribada 20 yoşdan 30 yoşgaça bölgan ayollar va erkaklar qatnaşgan. Ular kuzatuv davomida radio tinglaganlar. Bu vaqtda nimani öylaganlari sunʼiy intellektga asoslangan kompyuterga tuşirilgan. Tizim insonning öy-fikrlarini ipidan ignasigaça bilib berolmaydi, albatta. Ammo xayollarning asosiy mavzusi ayon böladi.
Odatda, robot deganda köpçilikning köz oldiga insonlardek gaplaşa oladigan, ularning örniga barça yumuşlarni bajaradigan yordamçilar keladi. Ammo sunʼiy intellekt nisbatan kengroq tuşunça. Aslida mobil qurilmangizdagi dasturlar: google-tarjimon, luğatlar, turli xil öyinlar va hokazolar ham sunʼiy intellektga yaqqol misol böla oladi. Faqat ularning qamrovi kiçikroq bölib, maʼlum bir yönalişdagina sizga yordam beradi. Yaʼni bajarmoqçi bölgan amallaringiz turiga qarab tegişli dasturdan foydalanasiz.
Xöş, özi sunʼiy intellekt nima?
Sunʼiy intellekt deganda insonning mantiqiy va ijodiy funksiyalarini bajaruvçi intellektual sunʼiy tizim tuşuniladi. Uşbu atama örganiş va muammolarni hal qiliş kabi inson aqli bilan boğliq xususiyatlarni namoyiş etadigan har qanday texnologiyaga nisbatan ham qöllanilişi mumkin. Uning ideal xususiyati – aniq maqsadga erişiş uçun eng yaxşi imkoniyatga ega bölgan harakatlarni baholay oliş va amalga oşiriş qobiliyatidir.
— Bilasizmi, eng ğalatisi nimada? Biz sunʼiy intellektni insonlaştirişga harakat qilyapmiz, lekin özimiz inson kimligini unutyapmiz, — deydi “Global inqiroz. Bu endi har kimga tegişli” konferensiyasida sunʼiy intellekt vakili bölgan Cody ismli maʼruzaçi. Mutaxassis bugungi kunimiz haqida gapirib, yaqin kelajak uçun ham xulosalarini berdi, şuningdek, u zamonaviy jamiyatning asosiy muammosini ham aytdi. Yaqin kelajakda sunʼiy intellekt bizning örnimizni qaysi sohalarda egallaşi mumkin? Şu savolga ham u javob berdi.
Codyning fikriga köra, uning taʼsiri — tasviriy sanʼat, musiqa, tibbiyot, taʼlim va hatto dinda ham kuzatiladi. Tokioda android-rohib, Germaniyada robot-ruhoniy, Kiotoda robot-maʼbuda — bular albatta, bemaʼni bölib tuyulişi mumkin, lekin haqiqat! Psixologiya sohasida ham ilğor özgarişlar yuz berdi. Endi odam psixolog qabuliga borişi şart emas, u öz smartfoniga maxsus dasturni yuklab olişi kifoya va uning psixologik holati kuniga 24 soat davomida nazorat ostida böladi.
U öz fikri davomida taʼlim sohasiga ham töxtalib ötar ekan, uning sifati ham sezilarli darajada oşişi, çunki sunʼiy intellekt har bir öquvçiga individual yondaşa olişini taʼkidlaydi.
—Tadqiqotlarga köra, taʼlim muassasalarining 99 foizi yaqin uç yil içida sunʼiy intellekt asosidagi maşğulotlarga ötişni rejalaştiryapti, — deydi Cody.
Çindan ham, sunʼiy intellekt insoniyat hayotiga börondek kirib kelmoqda va jamiyatning har bir sohasiga öz taʼsirini ötkazib, aql bovar qilmaydigan özgarişlar yasamoqçi.
Aslida koronavirus pandemiyasi dunyodagi köplab voqealarni tezlaştirib yubordi. Bundan ön yil keyin röy berişi kerak bölgan özgarişlar bugungi kunda kuzatilmoqda. Epidemiya “masofaviy” tarmoqlar rivojiga ham katta turtki berdi. Natijada robotlar, sunʼiy intellekt, avtonom elektron tijorat, uçuvçisiz uçiş qurilmalari, onlayn konferensiyalar, tasvirlarni taniş va boşqa sohalar taraqqiyot oqimiga öta faol darajada qöşilib ketdi.
– Aslida onlayn hayot — sunʼiy ongning inson qobiliyati darajasigaça yuksalişidir. Bu aslida kelajak tendensiyasi edi. Vaholanki, koronavirus ana öşa istiqbolni bugunga olib kelib qöydi, – deydi Xitoyning Sinxua universiteti professori Şen Yanning “Xuansyu şibao” gazetasida çop etilgan maqolasida. – Sunʼiy intellekt bizdagi muayyan qobiliyat örnini bosar ekan, alaloqibat öşa qobiliyatimiz sönib boraveradi. Şunday ekan, agar inson özining maʼnaviy saviyasi va maydonini kengaytirmasa, ijtimoiy funksiyalar qiymati sezilarli darajada pasayib ketadi.
Professorning gaplarida jon borga öxşaydi. Töğri-da, kun sayin odamlar internet qarşisida köproq vaqt ötkazmoqda. Agar inson bir kunining 8 soatini uyquga sarflab, qolgan 16 soatining yarmini internetda ötkazişda davom etsa, real hayotga ketayotgan vaqtidan ham köp-ku! Demak, butun dunyoni bir qutiga qamab qöygan epidemiya bizni muddatidan oldin virtual reallikka olib kirdi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda şifokor örniga bemorlarga javob beradigan sunʼiy intellekt, restoranlarda xörandalarga xizmat qilayotgan robot–offitsiant, jarrohlik amaliyotini ötkazayotgan robot–vraç kabi bir qança yangiliklarni öqib qolayapmiz.
Töğri, özgarişlar zamonida yaşayapmiz. Zamon — şiddatkor. Bugungi ixtiro ertangisidan, ertangi yangilik esa indingisidan qulay, tezkor, imkoniyatlarga boy bölib bormoqda. Buni inkor etmoqçi emasmiz. Ammo…
Yaqinda amerikalik tadqiqotçilar “Sunʼiy intellekt tabiiy resurslarga zarar keltirmoqda” degan iddao bilan çiqişdi. Unga köra olimlar ChatGPT serveri qança suv talab qilişini örganib çiqişdi. Maʼlum bölişiça, çat-bot 50 ta savolga javob berişi asnosida 1 litr suv sarf bölarkan. Neyrotarmoqni GPT-3 til modelida tuziş va bilimlar örgatiş jarayonida kuniga 700 000 litr suv ketarkan. Bu 5 ming odamdan iborat bir qişloq aholisining kundalik isteʼmoliga tengdir.
Çat-botga suvning nima aloqasi bor, deysizmi? Gap şundaki, köp işlaganidan qizib ketgan va zöriqqan serverni sovitib oliş uçun toza içimlik suvi talab etiladi. Kuniga millionlab odam unga savol beriş bilan band ekan, server bor kuçini berib işlamoqda. U bir kunda sarflagan suv Teslaning 320 ta maşinasini işlab çiqarişga yetadi. Binobarin, şu yil fevral oyi hisobiga köra, ChatGPTga bir kunda 13 millionta (soniyasiga 150 ta) odam taşrif buyuradi. ChatGPTni örgatişning özi 1300 MVt/s quvvat talab qilgan. Bu yiliga 200 nafar insonning isteʼmolidagi miqdordir. Boşqaça aytganda — şunça elektr energiyasi bilan Nyu-Yorkdan San-Fransiskoga 550 marta elektromobilda borib keliş mumkin. Sunʼiy intellekt tarmoqlarining resurslarga bölgan talabi yil sayin ösib borişi aniq. Buning ekologiyaga taʼsiri jiddiy muşohadalarni talab qiladi, albatta.
Yoki yana bir misol: Amerikaning Goldman Sachs banki yaqin 10 yil içida sunʼiy intellekt tufayli jahon mehnat bozorida 300 millionga yaqin böş iş örinlari yöqolişini başorat qildi. Tahlilçilarning taʼkidlaşiça, ChatGPT kabi tizimlar mehnat unumdorligini yiliga 1,4 foizgaça oşiradi. Dunyo böylab firmalarning kamida yarmi sunʼiy intellekt texnologiyalariga ötgandan söng taxminan 10 yil içida dunyo yalpi içki mahsuloti 7 foizga oşadi. Tadqiqotçilarning hisob-kitoblariga köra, AQŞdagi har 10 işçidan yetti nafari öz işida sunʼiy intellekt taʼsiriga uçraydi, biroq faqat bir neçtasigina işini tamomila yöqotişi mumkin. Hozirça sunʼiy intellekt köproq ofis işçilari va yuridik xodimlar örnini bosişi kutilayotgan ekan.
Öylab köraylik: inson tafakkuri bilan qilingan, uning ongu-şuuri asosida amalga oşirilgan xizmatlar bilan texnika yordamida qilingan işning örtasida farq böladimi? Nazarimizda heç bir sunʼiy intellekt manbai inson qalbidagi odamiylik, mehr-muhabbat, sevgi, sadoqat kabi noyob tuyğularni özida jamlab ololmaydi. Misol uçun, ijodkor yoki jurnalist böliş har bir insondan tuğma qobiliyat va Alloh yuqtirgan isteʼdodni talab qiladi. Özida minglab qulayliklarni jamlagan robot ham, boşqasi ham inson bölolmaganidek, sunʼiy mahsulotlar tabiiysiga tenglaşolmaydi, insonlar yaʼni odam odamga munosabatini esa eng zör qurilma ham insonning özidek ado etolmasligi aniq. Texnika, taraqqiyot, zamonaviy qurilmalar yana va yana rivoj topib boraverar, biroq bu dunyoda inson özligini, ötmişini, odamiyligini heç qaçon yöqotmasa bas.
Eng katta xavotir ana şunda.
Islom ASILBEKOV,
jurnalist
