Uyat böladimi?

Til har bir millatning boyligi, milliy qadriyati, bebaho mulkidir. Har bir xalq va elat, özi hurmat va ehtirom qiladigan muayyan tilga ega. Ayni vaqtda, til ijtimoiy taraqqiyotda uluğvor ahamiyatga ega. Til – har bir millat özligining ajralmas belgisidir. Har bir millat uçun öz ona tili, unda işlatiladigan sözlar öşa millatning öziga xos jihatlarini, tarixini, madaniyatini, millat mentalitetini,   özligini ifoda etişi bilan ham ahamiyatlidir. Şu sababdan “Ona tili – millat ruhi”, “til millat – közgusi”, degan purhikmat iboralar şakllangan. Biroq anglaşimiz kerakki, har bir sözning işlatiladigan öz örni, joyi, aytiladigan doirasi, kerak bölsa, minbari böladi. Quyida tilimizda uçraydigan tarbiyaviy ahamiyatga molik quyidagi sözlarning bugungi kunda işlatiliş örni va madaniyati haqida özimning qisqaça mulohazamni bildirmoqçiman.

Öylab köraylig-a, bugun bizning dunyo­mizda “uyat böladi”, “yomon böladi”, “andişa (kerak) qil”, degan sözlar hali ham işlatilyaptimi? Işlatilayotgan bölsa qaysi hollarda qöllanilmoqda?

Tilimizda uçraydigan ayrim sözlar boşqa millat tillarida uçramasligi bilan, qolaversa, yuqoridagi kabi ayrim sözlarimizning zalvori, bir jumla bilan butun boşli millatning mentalitetini aks ettirişi, özining   mazmun-mohiyati bilan axloqiy-tar­biyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan juda teran maʼnolarni anglatadi desak, mubolağa bölmaydi.

Qadimdan, yuqoridagi sözlar ota-bobolarimiz tomonidan farzand­larni tarbiyalaş uçun ular nojöya xatti-harakat qilgandagina işlatilgan. Yoşlarimiz uçun şu “Uyat-a”, “Yomon böladi” singari sözlar ularning özlarini tuzatişi uçun, boş­qalar oldida öylab sözlaşi, har işni yetti ölçab qaror qabul qilişi uçun yetarli hisoblangan.

Bu kabi sözlarning bugungi kunda foydalaniş darajasi özgarib ketganday nazarimizda. Hozirgi paytda ayniqsa, rahbarlarga rostini aytgan, ularning xatosini, aybini aytgan insonlarga nisbatan hay-hay rahbarga ham şunaqa deydimi, “uyat böladi”, “yomon böladi” (betga çoparlik qilmang), “Odamga andişa kerak, rahbarga ham eʼtiroz bildiradimi, axir sizga iş bergan şu kişi emasmidi? heç bölmasa yoşini hurmat qiling” kabi dakki-daşnomlar bilan özingizni yuz (uyat)sizlikda ayblaydilar.

Yoxud bu kabi sözlar bilan farzand­larimizga taʼlim tarbiya bermoqçi bölgan ustozlarni, biz ota- onalar borib yoqasidan olyapmizki, “Nima haqing (iz) bor mening bolamni sinfdoşlarini oldida mulzam qilişga, uning bizday ota-onasi bor tar­biyasi bilan şuğullanadigan, heç zamonda öqituvçi ham öquvçilarni “uyat böladi”, “yomon böladi”, degan sözlar bilan boş­qalar oldida şarmanda qiladimi”, deyapmiz.

Bizning bu harakatimizning özi aslida, uyatsizlik, andişasizlik, betga çoparlik ekanini, farzandlarimiz ertaga nafaqat ustozlarini balki özidan kattalarni ham hurmat qilmay qöyişini, ularni bilib bilmay özimiz yuz(uyat)siz qilayotganimizni tasavvur qilib körmaymiz. Qilayotgan işimizning, gapirayotgan gapimizning xato ekanligini anglarmiz ehtimol, biroq şu vaziyat asnosida özimizning xatoimizni aslo tan olgimiz kelmaydi. “Qönğiz ham bolasini oppoğim degan ekan”, maqoliga amal qilib, bolamizning yonini olamiz. Özimizning kibr-havoimizni yenga olmaymiz. Asta aytilgan rost gapdan köra baland ovozda (şallaqilik qilib) aytilgan gap (yolğon)ning taʼsiri kuçliroq böladi, degan şiorga amal qilamiz.

Şunday ekan, har birimiz tilimizda uçraydigan nafaqat yuqoridagi kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega bölgan sözlarni, balki har bir sözimizni öz joyida va örnida qöllasak, ham sözning zalvori, ham ahamiyati, ham taʼsiri, ham qudrati öz örnida saqlanib qoladi nazarimizda.

Bahrom BOYMURODOV,

“Yangi Sirdaryo” gazetasi

bölim mudiri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan