Alişer Navoiyning başorati

Buyuk şoir orzu qilgan “Oynai jahon”

Toşkentda qanday yaratilgan edi?..

 

1928 yil. “Qizil Özbekiston”   (hozirgi “Özbekiston ovozi”)   gazetasining 23 aprel sonidagi “Uzoqdagini   yaqindan köramiz” sarlavhali   maqolani öqiganlar uçun   tasvirlangan voqelik öşa kezlari xuddi   ertakni eslatgan edi. Çunki, xalq örtasida   tarqalgan ertak va   afsonalardagina dunyoda   bölayotgan jarayonlarni kuzatuvçi   “oynai jahon” töğrisida   gapirilar edi-da.

Negaki, odamzod   azaldan özi yaşab turgan   hududdan olisdagi ölkalarni   körişga işqiboz bölib, asosan, savdogar, sayyohlardan   körgan-keçirganlarini   eşitaverib, özining   u   yerlarga boriş   imkoni bölmagani uçun, “oynai jahon”   degan közguni orzu   qilgan. Bu   orzu esa xalq örtasida   turli rivoyatlarni keltirib   çiqargan. Şu asosda   esa “Oynai Iskandariy”, “Jomi Jamşid” kabi rivoyatlar   tarqalgan. Hattoki, Alişer Navoiy   hazratlari ham “Farhod   va Şirin” dostonida   “oynai jahon” ni şunday   tas­virlab ötgandi:

Emiş oçib anga   çun, qöydi gomi,

Körundi   toqida raxşanda jomi.

Safou tob aro   andoqki xurşed,

Dema xurşed, balki Jomi Jamşed.

Bölub geti aro   mehri samo ul,

Hamul   oyinai getinamo ul,

Bori maxfiy umur   izhori anda,

Jahon holoti ravşan   bor anda.

Taşida   jilva aylab markazi   xok,

Içinda lek töqquz   davri aflok.

Taşi ul navʼikim   komil zamiri,

Geti andoqki, sohibdil zamiri.

Yaʼni Navoiy hazratlari   uşbu dostonda xalq   örtasida tarqalgan rivoyatni badiiy   tafakkuri şuʼlasi bilan   yoritgan.

Buni qarangki, oradan asrlar   ötib, Navoiy   orzu qilgan “oynai jahon” Toşkentda yaratildi…

Bungaça esa tasvirni uzatiş   böyiça köplab loyihalar   turli davlatlarda keng   tarqalgandi. Bulardan kelib çiqib   tadqiqotçi B.Rozing   televideniyaga nazariy jihatdan   asos solgan va   TVning istiqbolini şunday   “başorat” qilgandi: “Şunday   davr keladiki,   öşanda   elektr teles­kopiya keng   tarqalib, hozirgi telefon singari   hayotiy zaruratga aylanadi. Millionlab şunday   asbob — “elektr közlar” ijtimoiy   va şaxsiy hayotda, fanda, texnikada, sanoatda, tibbiyotda, qişloq xöjaligida xizmat   körsata boş­laydi”.

Darhaqiqat,   şunday böldi: 1928 yilning bahorida   Toşkentda Boris Pavloviç Grabovskiy (1901-1966) hamda   Ivan   Filippoviç Belyanskiy (1907-1978)lar hamkorlikda Örta   Osiyo aloqa okrugining tajriba sinaş   stansiyasida işlab,   elektrotexnikaga oid taj­ribalar   ötkazişadi. Bu tajribalar natijasida   ular harakatdagi tasvirni   elektron nur yordami   bilan bir joydan   boşqa joyga uzatadigan   va qabul qiladigan “radiotelefot” apparati   yaratişdi va buni   laboratoriya şaroitida işlab   çiqişdi.

Bu haqda biz yuqorida   qayd etgan gazeta   sonida şunday yozilgan: “B.P.Grabovskiy va   I.F.Belyanskiy ming çaqirim   uzoqdagi narsalarni körsatadigan apparatni ixtiro qildilar. Yana şu apparat   vositasi   bilan yer tagini   yarim çaqirimgaça köriş   mumkin. U qişloq rözğori   va aloqa işiga   ham juda qulay. Butun mamlakat   şaharlaridan Nijniy va   Toşkentda   bu töğrida   tajriba qilinmoqda. Apparat Toşkentdagi   tajriba   stansiyasida işlatildi. Şanba kuni okrug aloqa idorasida   ixtiro   töğrisida maʼruza   bölib ötdi”.

Öşa yilning   26 iyulida Toşkentda   ötgan bu boradagi   sinov muvaffaqiyatli ötadi. Professor N.N.Zlatovratskiy   raisligidagi   komissiya aʼzolari   ham   sinov paytida   hayratga tuşişdi. Çunki, apparat   elektron tokiga ulangan   payt­­da möʼjazgina ekranda   I.Belyanskiyning yurib turgan   holati, boş kiyimini bir neça marotaba kiyib-yeçgani körinib turardi. Oradan bir haftaça ötib, Toşkentning Yangi şahar   qismidagi köçalardan birida   öşa apparat örnatilgan   holda, oddiy odamlarning ham   köz öngidayam sinovdan   ötkazildi. Bunda uzatuvçi va   qabul qiluvçi apparatlar   tayyor bölgaç, ular işga   solindi. Uşbu tasvirda köçadan   ötib borayotgan kişilarning, tramvay vagonlarining qiyofasi 35-45 metr   masofadan   turib körindi.

Şu tariqa olimlar   va keng jamoatçilik   tomonidan sinovdan ötgaç, hozirgi TVga asos solgan   Ivan Filippoviç Belyanskiy   va Boris Pavloviç   Grabovskiylarga   № 5592 va   № 16733 –raqamli ixtiroçi degan   patent   beriladi. 1965 yilda   har ikkala TV   asosçisiga “Özbekistonda   xizmat körsatgan ixtiroçi” degan   unvon ham beriladi. Ularning dunyoda “sakkizinçi möʼjiza”   degulik bu ixtirolari xalqaro   miqyosda ham eʼtirof   etiladi va   YUNESKOda   ularning şaxsiy fondlari   oçiladi.

Şunday qilib, Özbekiston poytaxti Toşkent — haqli ravişda televideniyaning Vatanidir. Jahonda ilk bor “oynai jahon” bizning zaminimizda ixtiro qilindi. Albatta, bu ixtiro, yangilikning ahamiyati juda beqiyos edi. Çunki öşa vaqtda, yaʼni bundan 94 yil avval hozirgidek hamma tikilib ötiradigan “quti” — televizor yöq edi. Bugun hayotni televide­niyasiz tasavvur qilib bölmaydi, hozir televizori yöq birorta xonadon bölmasa ham kerak.

Ha, bizning yurtda azal-azaldan ne-ne uluğ kaşfiyotlar yaratilmagan deysiz! Lekin dunyo­ning işlarini qarangki, bunday ixtirolarning davomini boşqalar, boşqa yurtlar “ilib” ketib, mislsiz daromad manbaiga aylantirişgan. Televizor ham huddi şunday böldi: Yaponiya, Xitoyga öxşagan davlatlar 1960-1970 yillarga kelib televizor işlab çiqarişda eng peşqadam mamlakatlarga aylanişadi.

“Oynai jahon” kaşf qilingan Özbekistonda esa 1970 yillarga kelib ham agar bölsa, butun boşli qişloqlarimizda bir-ikki nafar odamning uyida televizori bölgandir, hamma qöni-qöşnilar şularnikiga çiqib “oynai jahon” tomoşa qilişgan.

Bularning bari öz yöliga, albatta. Bizni ğururlantiradigani — dunyoda birinçi bölib televizorni hayoliy ravişda öz asariga muhrlagan inson buyuk bobomiz Alişer Navoiy edi. Oradan qariyb tört yarim asr ötib ana şu afsona — “oynai jahon”ni haqiqatga aylantirgan makon ham Vatanimiz poytaxti Toşkent böldi. Bu haqiqat. Uni esa heç kim özgartira olmaydi.

  Umid BEKMUHAMMAD

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan