Jyul Vern başoratlari yurtimizda amalga oşganmi?
Maşhur fransuz adibi Jyul Vern haqida kim eşitmagan deysiz? Bolaligimizda uning “Ön beş yoşlik kapitan”, “Kapitan Grantning bolalari” singari kitoblarini öqib, kapitan Nemo bilan “Suv ostida 80 ming lyo”lik safarlarda bölganmiz, nomaʼlum, “Sirli orollar”ga borganmiz, oyda yurganmiz, ajoyib sarguzaştlar guvohi bölganmiz. Bular haqidagi filmlarni hozir ham körib, töymaymiz. Odamlarni jasoratga, sarguzaştga, adolatga, maʼnaviyatga daʼvat etuvçi bu asarlarning qahramonlari umr böyi biz bilan birga. Jyul Vernning kişini hayratga soluvçi xislati faqat badiiy mahoratidagina emas, balki kelajakni, fan-texnika taraqqiyoti istiqbolini oldindan başorat qilişida ham namoyon böladi.
Adib vafot etganda, uning ijodxonasida jahon xalqlarining tarixi, urf-odatlari, marosimlari, öşa joylarning tabiati haqida qirq mingga yaqin yozmalar topilgan. Ularning içida Markaziy Osiyoga oid maʼlumotlar ham bölgan. Uning “Klodius Bombarnak” nomli romanidagi voqealarning asosiy qismi Markaziy Osiyoda, jumladan, bizning ölkamizda bölib ötadi.
Keling, avval tarixga nazar taşlaylik. Rossiya imperiyasi 1854-55 yillari bölib ötgan Qrim uruşida mağlubiyatga uçragaç, diqqatini şarqqa, markaziy Osiyoga qaratgan. Avval Oqmaçit (hozirgi Qizil Örda), keyin, Çimkent, Avliyo ota (hozirgi Taroz), Olma-Ota şaharlarini zabt etgaç, 1865 yili Toşkentni ayovsiz janglar bilan bosib oladi. Keyin, rus armiyasi Samarqandni mavh etadi, Zirabuloq yaqinidagi jangda Buxoro amirligi qöşini tor-mor qilinib, juda oğir şartlar bilan uni öziga vassal (qaram) davlatga aylantirdi. Keyin, Qöqon va Xiva xonliklari ham öz mustaqilligidan mahrum böldilar. Rossiya maʼmuriyati yangi bosib olingan joylarda mustahkam örnaşib oliş, uning imkoniyatlaridan töla foydalaniş, rus kapitalini kiritiş uçun, avvalo, temir yöl quriş lozimligini rejalaştiradi. U vaqtda Osiyo va Afrika qitʼasi mustamlakaçi mamlakatlar tomonidan bölib olingan, endi bu joylarni özlaştirib oliş uçun keskin kuraş olib borilar edi. Şu tufayli, Köşk(Kuşka), Termiz, Duşanba va boşqa joylarda çegara şaharçalari — harbiy qalʼalar barpo qilindi. 1880 yili esa Kaspiy dengizining Uzun-Ada (sobiq Krasnovodsk) yarim orolida dastlabki temir yöl relslari yotqizildi. Rossiya iqtisodiyoti Markaziy Osiyoning içkarisiga texnika (parovozlar) yordamida şiddat bilan kirib kela boşlaydi.
Bu transosiyo temir yölining ahamiyatini hamma, hatto, Rossiyaning raqiblari ham yaxşi tuşunar edilar. Öşa vaqtlardagi baʼzi manbalarga diqqatni jalb qilmoqçiman: Bu haqda dastlabki maʼlumot 1888 yili Peterburgda naşr etilgan “Kaspiy orti temir yöli, uning ahamiyati va istiqboli” kitobida berilgan. A.Rodkeviçning 1891 yili naşr qilingan “Kaspiy orti harbiy temir yöli böyiça safarnoma” hamda “Kaspiy orti harbiy temir yölining qurilişi va uning Rossiya-Osiyo sanoati hamda savdosi uçun ahamiyati haqida oçerk” kitoblarida bu masalani har tomonlama tahlil etişga harakat qilgan. Keyinroq fransuz injeneri Edgar Bulanjye özining “Mavrga safar” kitobida bu mavzuga batafsil töxtalgan. Jyul Vern bu kitoblarni, albatta, öqigan. U Markaziy Osiyoda bölmagan, temir yöl qurilişini körmagan, ammo bu mavzuga juda qiziqqani aniq. Transosiyo temir yöl qurilişi haqida juda köp maʼlumotlar töplagan, keyin esa, xayolot qanotida uçib, ajoyib asar yaratgan!
Kitob 1892 yili bosmadan çiqqan. Öşa vaqtda temir yöl qurilişi Amudaryo yaqinida olib borilar edi. Adib xayol gilamida Markaziy Osiyo xaritasi ustida turli yönalişlarda parvoz etgan bölişi mumkin. Uning qahramoni Yevropadan Markaziy Rossiya, şimoliy Qozoğiston, Uyğuriston, Gobi çöllari orqali Pekinga hali qurilişi heç kimning xayoliga ham kelmagan yönalişda safar etişi mumkin edi. Turli-tuman voqealarga va ajoyibotlarga töla yana bir yönaliş — Turkiya, Eron, Afğoniston, Pokiston, Pomir va Himolay toğlari oralab Pekinga safar Jyul Vernni band etgan bölişi aniq. Ammo u “adabiy sayri” uçun Markaziy Osiyo orqali ötadigan yölni tanlaydi.
Jyul Vernning “Klodius Bombarnak” romanidagi voqealar Uzun-Ada temir yöl bekatidan boşlanib, Aşxobod, Mavr, Çorjöy, Buxoro, Samarqand, Toşkent, Qöqon, Marğilon, Öş, Qaşqar orqali Pekinga boruvçi xalqaro transkontinental ekspress poyezdda bölib ötadi. Asar qahramoni — “XXI asr” gazetasining muxbiri bekatlarda tuşib, şaharlarni aylanadi, qadimiy yodgorliklarni tomoşa qiladi, mahalliy aholining urf-odatlari, ölka qiyofasi, tabiati, tarixi haqida maʼlumotlar töplaydi.
Romanning yurtimizga oid joylaridan ayrim parçalar keltiramiz:
“Amudaryoni ilgari Okus deb ataganlar. U mahobatda Hind, Gang daryolari bilan teng körilgan. Qaçonlardir bu daryo Kaspiy dengiziga keyinçalik Orol dengiziga quyilgan. Amudaryo Pomir çöqqilarida erigan suvni daşt va qumliklar orqali ikki yarim ming kilometrga olib boradi. Poyezdimiz suv sathidan 11 metr baland qilib, minglab qoziqlar ustiga örnatilgan bir yarim kilometrlik köprik orqali ötib oldi. Buyuk transosiyo yölida eng katta hisoblangan bu köprikni general Annenkov ön oy içida qurib bitkazdi”.
“Buxoro şahri bekatdan ançagina olisda ekan, agar tor izli temir yöl bölmaganda Buxoroni körolmas ekanman. Yarim soatdan söng Darboz darvozasi orqali kirib, şaharning çang köçalarini piyoda aylana boşladim. Men turli binolarga kirdim, bozorda böldim. Bir dökonçada 16 xil navdagi çoy sotilişini bilib oldim. Labi Xovuz maydoni kiraverişida mis zambaraklar örnatilgan. Amir saroyi — Arkni kördim. Uning öng tomonida haşamatli Kolon masjidi (Masjidi Kolon) joylaşgan. Undagi qubbalar va minoralarga son-sanoqsiz laylaklar in qurişgan. Şaharning janubi şarq tomonida bir guruh darveşlarni uçratdim. Hassaga tayangan darveşlarning kulohi ostidan çiqib turgan soçlari şamolda hilpiraydi. Horib-çarçab, Devonbegi ariği çetidagi qayrağoç soyasida “şivinom” çoyidan töyib içdim. Yevropada çoyning bunaqa navini heç kim bilmaydi…”
Yoki asardan örin olgan quyidagi tasvirlarga eʼtibor qarating-a:
“Buxoro va Samarqand oraliğidagi 200 kilometrlik masofada 11 bekatda elga xizmat körsatiladi. Odatdagi poyezdlar bu masofani bir kun davomida bosib ötarkan. Bizning ekspress poyezdimiz esa bu masofani uç soatda bosib ötdi” (!)
“Samarqand şahri ikkiga bölinadi. Yangi şahar ruslar tomonidan barpo etilgan bölib, zamonaviy meʼmorçilik uslubi bilan farqlanadi. Şaharning eski qismi esa muhtaşam obidalar bilan boy bölib, ularni jiddiy örganiş uçun bir neça hafta vaqt sarflaş zarur. Aravada ziyorat qilib, Bibi xonim maydoniga keldik. Bu yerda şu nomli salobatli masjid qad kötargan. Bu maydon Registon kabi töğri burçakli şaklda bölmasa ham, unga nisbatan nafisroq körindi.”
“Tan olişim kerakki, arava bizni şaharning şimoli-şarq tomonida joylaşgan Markaziy Osiyoda eng muhtaşam ansambl — Şohi Zinda qabristoniga olib kelganda, yanada kuçliroq hayajonga tuşdim. Buni qalam bilan ifodalaş qiyin. Buni tasvirlaş uçun rassom böliş kerak. Agar men bu yerdagi inson aql-zakovati bilan bunyod bölgan koşinlar, bino peştoqlari, naqşlarni tasvirlayversam, umrim yetmasa kerak, deb qörqaman. Osiyo dahosi bilan yaratilgan bu tengi yöq meʼmorçilik ansambli qarşisida inson aqli adaşadi.
Men muxbir sifatida Temur maqbarasini körmasdan ketişni istamas edim.
Göri amir maqbarasi tasavvurimdan ham uluğvorroq ekan. U forslar sallasi şaklida feruzrang gumbaz bilan ziynatlangan, saqlanib qolgan yolğiz minorasi esa özining asl ranginligini saqlab qolgan yarqiroq arabiy naqşlarini köz-köz qiladi.
Gumbaz ostidagi asosiy xonaga qadam qöydik. U yerda nomi jahonga maşhur Jahongir Temurning qabri turardi.”
“Samarqand köçalarida odamlar gavjum. Ular turli rangdagi xalatlar kiyib olişgan. Boşlarida mahorat bilan öralgan salla. Samarqandda qirq mingga yaqin aholi istiqomat qilarkan”.
“Toşkentning eski şahar qismi asosan loy devor uylar va qinğir-qiyşiq köçalardan iborat. Bozor va karvonsaroylari ham unçalik emas”.
“Toşkentdan yölga çiqib, 150 kilometr masofada bölgan Xöjand şahriga kirib bordik. Temir yöl bu yerdan keskin şarq tomon burilib, Qöqon tomonga ketadi. Biz Qöqondan söng, Marğilon, Öş şaharlaridan ötib, Pomir daralari oşa Turkistonning Xitoy bilan çegarasi tomon yöl oldik. Marğilon şahrida 60 ming aholi istiqomat qilarkan. Bu şahar Farğona viloyatining amaldagi poytaxti hisoblanadi. Şaharda qadimiy obidalar deyarlik saqlanib qolmagan”.
“Markaziy Osiyoning bu qismini çuqur tektonik kuçlar muntazam taşvişga soladi. Bu yerda yuz beradigan kuçli yer silkinişlari katta vayronagarçilik keltiradi” (Bu satrlarni öqir ekansiz, 1949 yili Aşxobodda va 1966 yili Toşkentda, şuningdek, qöşni mamlakatlarda yuz bergan boşqa zilzilalar xotirangizga keladi).
Jyul Vern romanining qahramoni — “XXI asr” gazetasining muxbiri Klodius Bombarnak hali amalda bölmagan transosiyo magistrali böylab, ekspress poyezdda safar qilib, eson-omon Pekin şahriga yetib boradi.
Kitob 1892 yili naşrdan çiqqan. Kaspiy böylarida qurilişi boşlangan temir yöl izlari esa Çorjöy yaqinida Amudaryoga endi yetib kelgandi. Kitobdagi tasvirlar fantastika janriga astoydil yondaşgan muallifning oldindan başorat qila oliş salohiyati nihoyatda yuksak darajada ekanidan dalolat beradi. Temir yöllar xaritasiga diqqat bilan qarasangiz, uning izlari Jyul Vern başorat qilgan yönalişdan kam farq qiladi. Darhaqiqat, temir yöl qurilişi kitobda tasvir qilingandek, Buxoro, Samarqand orqali Toşkentga kelgan, Xovos bekatidan uning şoxobçasi Qöqon, Marğilon, Andijon, Namangan, Öş va Jalolobodga boradi.
Xalqaro transosiyo yöli hozirgi kunda Istambul — Tehron— Maşhad — Marv —Çorjöy — Buxoro — Samarqand — Toşkent — Olma-Ota — Ğölja — Urumçi orqali Pekingaça yetib borgan!
124 yil avval naşr etilgan “Klodius Bombarnak” asarida ham uning boş qahramoni aynan şu yönalişda safar qiladi.
Maʼlumki, 2016 yil 22 iyunda Özbekiston va Xitoy davlatlari rahbarlari iştirokida Angren — Pop elektrlaştirilgan temir yöli hamda Qamçiq tunnelining rasmiy oçilişi böldi. Dastlabki elektr poyezdi televideniye orqali bu tarixiy voqeani kuzatib turgan millionlab kişilarning köz öngida Qamçiq tonnelidan ötib, yangi yönaliş böyiça temir yöl harakatini boşlab berdi. Eng yuksak xalqaro talablarga javob beradigan uşbu inşoot ikkala mamlakat mutaxassislari hamkorligi va ularning yuksak kasb mahoratlarini namoyiş etdi. Dengiz sathidan 2200 metr balandlikda barpo etilgan bu yöl nafaqat Özbekiston hududlari örtasida yuk taşişni yengillaştiradi, ayni vaqtda Xitoy — Markaziy Osiyo — Yevropa yangi xalqaro tranzit koridorining muhim qismi bölib qoladi. Toğlar oşa ötgan bu yangi yölning uzunligi — 123.1 kilometr, Qamçiq dovonidan ötgan tunnelning uzunligi esa — 19.2 kilometr! Inşootni bunyod etiş davomida 285 ta sunʼiy inşootlar va suv ötkaziş quvurlari, umumiy uzunligi 2.1 kilometr bölgan 15 ta temir yöl köpriklari, 4 ta stansiya, 2 ta vokzal, 4 ta razʼyezd, xizmatçilar uçun turarjoy binolari barpo etilgan. Inşootning umumiy loyiha bahosi 1 milliard 635 million dollar miqdorida tasdiqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, şu yilning özida temir yöl 600 ming yölovçiga xizmat körsata oladi. Yuqoridagilardan kelib çiqib aytiş joizki, iqtidorli olimlar, maşhur adiblar xayolida pişib yetilgan ğoyalar ertami-keçmi amalga oşar ekan. Jyul Vern romanidagi fantastik ğoya Markaziy Osiyo, jumladan, Özbekistonda amaliyotga aylandi.
Jyul Vernning “Klodius Bombarnak” romani 1961 yili Toşkentda — rus tilida (150 ming nusxada) çop etilgan. Uni özbek tilida naşr etiş esa hozirça amalga oşmadi. Ammo öylaymizki, uşbu qiziqarli asarni özbek öquvçilari ham öz ona tillarida mutolaa qilişga haqli. Qolaversa, yuqorida taʼkidlaganidek, maşhur adib uşbu kitobida yurtimiz hayotiga oid köpdan-köp ğaroyib maʼlumotlarni keltirgan.
Anvar TOJIYEV,
mehnat faxriysi
